October 26, 2025

𝗛𝗮𝘁𝘁𝗼 𝘀𝗼𝗴'𝗶𝗻𝗺𝗮𝘆𝗺𝗮𝗻

Fariz tilidan

Hayotimni ham ikki qizni ham baxtsiz qilgan menmanmi? Deb oʻylab qolaman ba'zan. Lekin nima qilay? Guli yani birinchi rafiqam bilan shunday yaxshi ediki, ammo bu uzoqqa bormadi. Toʻydan bir oy oʻtib uni eski sevgilisi bilan tutib oldim. shundan soʻng hech qanday bahonasini ham eshitmay ajrashdim. Oyim bunga qarshi boʻldim chunki birinchi rafiqam xolamning qizi edi. Ancha vaqtgacha oʻzimga kelolmadim. Ammo hayotimga u kirib kelgach barchasi tugadi....Men sevdim. U uchun borliqdan kechadigan darajada sevib qoldim. U bilan turmush qurmasimizdan avval men juda katta xatoga yoʻl qoʻydim...

Kompaniyada shartnomalarim bilan oʻralashib yurgan vaqtimda xonamga Guli bostirib keldi.

-Tushunmadim bu yerda nima qilyapsan?- qosh chimirib unga yuzlandim.

-Menmi? Men erimni uylanayotganini eshitib keldim - deya men oʻtirgan oʻrindigʻim yoniga kelib stol ustiga qiya chiqdi.

-Xonadan daf boʻl Guli!- oʻrindigʻimdan turib unga asabiy qaradim.

-Nega? Boʻlajak kundosh...

-U senga hech qanaqa kundosh boʻlmaydi! Biz ajrashganmiz.

-Yoʻq. Men haliyam sizni xohlayman. Siz hali hamon meni erimsiz. Toʻgʻri birinchi sevgim boʻlmagandirsz. Sizdan oldin sevganim boʻlgan. Xato qilganman. Ammo menda birinchisi siz edingiz. Buni juda yaxshi bilasiz! - u shunday deya menga deyarli yopishgan holatda burnim tagida nafas oldi.

Uning koʻzlariga qaragancha tez-tez nafas olar ekanman u ehnida yopishib turgan kiyimining ozgina zamok joyini ochib ochiq koʻksini namoyish qildi.

-Ular sizni sogʻindi. Men ham.

Shu on koʻzimga nafsdan boshqa hech narsa koʻrinmadi. Biz ishxonamning oʻzida, ish stolimda birga boʻldik. Bilmadim balki Nargisni hali his qilib koʻrmaganim uchunmi men uchun mukammal tana hozirda Gulining tanasi edi. Chindan ham u makkor ayol.

Toʻyim boʻlmasdan avval biz bir necha bor boʻldik. Ammo soʻng men oʻzimga kelib u bilan orani ochdim. Eng qizigʻk u ham hech narsa demay rozi boʻldi. Va biz ajraldik.

Hammasi bir maromda ketayotganda esa toʻydan bir oy oʻtgach Guli qoʻngʻiroq qildi.

-Fariz sizda gapim bor.

-Guli meni tinch qoʻy.

-Fariz men xomiladorman.

Ana shundan keyin hayotim chinakamiga abjagʻi chiqdi. Nargis bilan oramizga ham koʻrinmas devor aynan oʻshanda keyin tushdim. Aksiga olib Nargisda ham bola boʻlmadi. Men sabr qila olardim ammo onam har kuni meni ham uni ham siqib qiynab yurbogan edi. Bu oʻrnada Umar tugʻildi. Oʻgʻlim. Birinchi bor uni olganimda yuragimda ham hayajon ham ogʻriq bor edi. Chunki men bolalarim onasi axloqi buzuq ayol emas, oʻzim sevgan adrab avaylagan gul boʻlishini xohlardim.

-Meni ke..chir. Kechir iltimos.- istamayman uni yuragini chil parchin qilganimni koʻzlaridan bila olardim. Ammo qoʻlimdan hech narsa kelmayapdi. Ammo uni qoʻyib yubora olmayman.

-Nargis... moychechagim men tushun...

-Yoʻq. Tushuntirmang. Koʻnglim sezyapdi. Tushuntirsangiz battar boʻlishini yuragim sezyapdi. Shu sabab kerak emas.

*

Qiz eriga marjoni yoshi bilan qarab xonasiga kirib ketdi.

-Nargis....

-Nargis nargis...undan koʻra bolang bilan xotingga qara axmoq bola.

-Oyi...- Fariz tish qayradi.

-Oyilama. Bolangni onasi Guli. Ana u bexosiyat emas.

*

1 hafta. Shu 7 kun davomida bechora qiz allaqachon tamom boʻlgan edi. Eri unga yaqinlashmoqchi boʻlganda Guli doim bolani bahona qilib Farizni chaqirib olar. Nargisning qoʻlidan esa oʻz yogʻiga qovurilishdan boshqasi kelmas edi.

Nargis tilidan

Chidaysan! Soʻnggiga qadar sabr qilasan. Ammo bir kuni befoyda ekanligini ikkimiz ham tushunib yetamiz. Sen bilan oʻtgan kunlarimni qoralamayman. Ammo unutmang...

Endi sizni 𝗵𝗮𝘁𝘁𝗼 𝘀𝗼𝗴'𝗶𝗻𝗺𝗮𝘆𝗺𝗮𝗻. Yuragimdan yulib tashlayman. Men sizni baxtingiz uchun oʻzimni jarga tashlanmayman. Ammo oʻsha oʻlik qalbimda ham siz boʻlmaysiz. 𝗛𝗮𝘁𝘁𝗼 𝘀𝗼𝗴'𝗶𝗻𝗺𝗮𝘆𝗺𝗮𝗻 𝗲𝗻𝗱𝗶 𝘀𝗶𝘇𝗻𝗶.

Qiz xatini soʻngida ilk tanishgan sanalarini belgiladi: 25.01.2022

Soʻngra qoʻlidagi hatto yechib qoʻyishga qoʻrqadigan nikoh uzugini ilk bora qoʻlidan yulib oldi-da xatning yoniga qoʻydi.

Soatga qaradi. 22:00. Toʻy suratlariga boqdi. Ikkisi ham baxtli. Sevgilisining surati ustiga lablarini bosdida bu xonadonni tark etdi. Oʻsha ham baxtli oni, ham qon yutgan kechalari boʻlgan xonalarini, xonadonini tark etdi...

Tonggi 6.

Umar oyisi va dadasining oʻrtasida yotar edi. Ammo Fariz negadir ulardan uzoqroqda yotardi. Bugun qoʻrqinchli tush koʻrib uygʻonib ketdi. Qarasa hali Guli ham Umar ham uxlab yotibdi. Ammo koʻngli negadir boshqacha edi. Nimadirni sezgandek. Oʻrnidan turdi-da Nargisning xonasiga bordi.

Oʻzi ham bilmaydi nega qadamlari bu xonaga olib boryapdi. Ammo qalbi shu qadar notinch ediki hatto oʻzining tanasini begonasirayotgan kabi notinch edi.

-Nargis..-xonaga asta kirdi Fariz.

Jonim? - erkalash bilan chaqirdi.

-Nargis - bugal havotir bilan chaqirib hamma joyni izladi soʻngida yotoqning aynan oʻzi yotadigan tomonidagi tortma ustida xatni topib oldi. Dunyosini ostin-ustin qiladigan bir parcha vatoqni soʻngra uzuk...aynan ikkisi talashib tortishib tanlagan uzukni topib oldi.

Fariz yerga choʻkar ekan xatni yana qayta oʻqib chiqdi. Ammo koʻzlaridan yoshlar sizib chiqardi.

-Kechirolmaysanmi meni endi? Kechirolmaysan albatta. Hatto kechirim soʻrashga haqqim ham yoʻq aslida. Ammo baribir meni kechir iltimos - yigit ayolining uzugini qoʻllariga mahkam siqib koʻksiga qoʻygancha zorlanib yigʻlardi....

-Nafs koʻzni koʻr qilganda yuragingdagi sevgi meni eslamasa, qoʻy kerak emas meni sevganing.-

Muallif🕊