Dead feelings
Taehyung oʻz ovqatini yeb boʻlib shunchaki xonasiga kiyingancha uyni tark etdi. Seva Taehyung ketganini yuqori qavatdan kuzatib turar ekan jilmaysa ham koʻzlaridan sekin yosh oqar edi. Nimaga? Chunki jonidan ham sevadigan inson uni hatto itchalik qadrlamayapdi, u sevgan inson shunchalik oʻzgargan ediku Seva bu "maxluqni" sevib qolganiga ishonmas edi.
Qiz sekin katta deraza tomondan uzoqlashib oshxonaga kirar ekan yuviqsiz idishlarni asta saramjoylay boshladi. Ammo shunda ham koʻzlaridagi marjon yoshlar uni yolgʻiz qoldirmagan edi. Seva boshini egib idishlarni yuvar ekan kutilmaganda qoʻlidagi likopchani stolga zarb bilan urdi.
-nega men? Nega meni sevmading- sokin ovozda aytar ekan tobora qoʻlidagi qadahni sindirar darajada ushladi.
-JIN URSIIIIIN* HAMMANGIZGA LANATLAR BOʻLSIN. MENI SEVMAGAN, MEN SEVIB QADRLAGAN AMMO MENI OYOQ OSTI QILGAN INSONLARDAN NAFRATLANAMAN. IKKI DUNYO JAHANAMMIDA YONIBBKUL BOʻLING. HAMMANGIIIIZ. JONIMNI QANDAY OGʻRITGAN BOʻLSANGIZ SHU OGʻRIQNI HIS QILMAGUNINGIZGA ALLOH JONINGIZNI OLMASIN. OLMASIIIIN. OLMASIIIIN🗣
Seva oshxonadagi barcha likopchalarni yer bilan bitta qilar ekan allaqachon hamma joyni rasvo qilib yerga oʻtirgancha sochlarini mahkam siqib oʻziga kelish maqsadida asta asta tebranar edi. U shunchaki past ovozda gapirar ediki hatto oʻ, ovozini oʻzi ham eshitmas edi.