December 9

𝐁𝐞𝐚𝐮𝐭𝐢𝐟𝐮𝐥 𝐚𝐧𝐝 𝐃𝐚𝐧𝐠𝐞𝐫𝐨𝐮𝐬🩸

<<Mening qalbim seni menga eslatib turuvchi eng yomon qamoqxonadir. Qoʻlimdan kelganda koʻksimda yulardimda voz kechgan boʻlar edim>
>

1-Episode🩸

Keling sizga oʻzimning asl va daxshatli hikoyamni aytib bersam. Doimgidek tun chiqar kun botar edi. Ishlarim har doimgidek. Kasbimni soʻrasangiz oddiy muallima boʻlib ishlayman.

Hikoyamni boshlaymn ammo aslida qayerdan boshlanganini davomida tushunib olasiz.

Har galgidek kechki soat 20:00 larda ovqatdan soʻng oʻquvchilarimning daftarlarini, qoʻshimcha darslarimni hisobotini tuzib turar ekanman birdan eshikning taraqlab ochilgan ovozi eshitildi. Eshikni har doim qulflab qoʻyar edim. Chunki yolgʻiz turar edim. Yolgʻiz boshim bilan himoyachim boʻlmasa ham shu kungacha oʻzim yetib keldim. Aslida esimni taniganimda men yetimxonada edim. 18 yoshimda u yerdan ketgach mana koʻrib turibsizki 23 yoshimda oʻqituvchi boʻlib turibman.

Oʻrnimdan turib eshik yoniga kelar ekanman tubsiz qorongʻulik. Menda na chaqirgani qoʻshni na yordam berish uchun biron bir hamroh bor edi. Qoʻrqa pisa eshik yoniga kelar ekanim orqamdan qandaydir sharpa oʻta boshladi.

Tezda ortimga oʻgirilar ekanman daxshatdan tarashadek qotib qoldim. Zinalarda qonli izlar. Qasam ichib aytamanki bu inson izi emas. Ammo men shaharning qoq markazida turaman. Maxluq deya olish juda qiyin.

-Jin ursin* kim boor - men ovozimni sal titroq bilan chiqardim. Tepadan qandaydir gʻalati tovushlar chiqa boshladi. Qanday jirkanchli. Men borgan sari qoʻrqib tepa qavatga chiqib borar ekanman ovozlar balandlashgan sari nolalar ham shunchalik kuchayib borar edi. Tushundim. Bu qanday ovoz ekanligini angladim. Aloqa*

Xonam tomon sekin yaqinlashdim-da eshikni sekin ochdim. Jin ursin* bu nima???? Mening xonam, mening oʻrnimda naqadar jirkanch*

Koʻzlari qizil, tirnoqlari shu qadar uzun va xunuk ediki uni bir koʻrishda iblis deya oʻylash hech gap emas edi.

Erkak va ayol bir biri bilan aqldan ozgandek aloqa* qilishar ekanki men hayratdan eshik tastagini qoʻyib yuborib baqirib yuborganimni sezmay qolibman. Tushunmayapman. Bu qanaqasiii????

Erkak menga qizil koʻzlari bilan qarar ekan tishlarini naqadar oʻtkir va daxshatli ekanligidan koʻzlarim kosasidan chiqib ketar edi. Erkak tezda oʻrnidan turdida men tomon kela boshladi.

Tangrim oʻzing meni qutqar. Men orqamga qaramay qochar ekanman u ham mening ortimdan quva boshladi. Jon holatida oshxona tomon otildim.
Qoʻlimga tushgan narsani qizil koʻzli maxluqqa uloqtirar ekanim unga bu zigʻircha tasir qilmas edi.

Boshiga kuchli jism bilan zarba berganimni bilamanki oʻtkir tishlarini ochib meni tishlashga shaylangan on koʻzlarim xiralashib xushimdan ketdim. Endi men oʻlamanmi?

Pov Avtor.

Yigit chiroqni yoqdida kumush xanjar bilan yigitning boʻyin sohasidan soʻyib tashladi. Soʻngra xushidan ketgan qizni koʻtardida mashinasi tomon harakatlanib dafshat bosgan uyni tark etdi.

*

Mashinada ketar ekanman men oʻlikmnami tirikmanmi bir gʻahza anglolmay ogʻrigan boʻynimni uqalar ekanman yon oʻrindiqdagi bir notanish yigit menga oʻzim haqimda vaysay boshladi.

-Kim Kira. 23 yosh. Seul shahrida oʻrta maktab oʻqituvchisi , moroilar oilasining soʻnggi vakili va mening boʻlajak rafiqam.

-Nima? Hoy nimalar deyapsiz?

-Ismim Min Yoongi. Men Min Miroilar oilasining soʻnggi vakiliman.

-Qanaqa moroi?

-Goʻzal qiz vampirlarga ishonasanmi?

-Qanaqa vampir? Qanday boʻlmagʻur gaplar haqida gapiryapsiz?

-Seni butunlay boshqa olamga olib kirishimni hohlaysanmi goʻzal qiz.

-Yoʻq. Xohlamayman.

-Lekin majbursan goʻzal moroi xonim. Eslab qol ismim Yoongi. Boʻlajak ering.

Qarshimdagi aqldan ozgan telbaga xuddi jinniga qaragandek qarab qoldim. Uning gaplari xazilomus ammo oʻzi nihoyatda jiddiy. Nigohimni undan olib toʻgʻrimizdagi qasrga qaratar ekanman endi men butunlay boshqa dunyo, boshqa olamga tushib qolganimni anglab yetdim.

Katta qilib yozilar "VAMPIRLAR OʻQUV YURTI" deb yozilgan yozuvni koʻrib bu tushmi yokida oʻng farqlay olmay qoldim. Xoʻsh men aslida kimman?

Qop-qora mashina katta qasr ichkarisida toʻxtadida yon tomonimdagi eshikni "boʻlajak erim" ochib menga tansoqchilardek qoʻl uzatdi. U hozirgina yon oʻrindiqda edi. Qanday qilib tashqariga chiqqanini haligacha anglolmay qoldim.

Yoongi

1-Qism tugadi...🩸

[Moroi- bular vampirlar oilasining eng aslzoda vampirlar hisoblanadi. Moroi vampirlar ko‘pincha tirik vampirlar sifatida tasvirlanadi, ya’ni ular inson yoki boshqa mavjudot vampirga aylanganidan keyin emas, balki vampir sifatida tug‘iladi.
Moroi vampirlar qon ichib yashaydi, lekin ko‘pincha ular hayvonlar qonini ichishadi yoki qonini ixtiyoriy taqdim etadigan odamlar bilan yaqin aloqada bo‘lishadi.]

Batafsil fanfic davomida bilib olishingiz mumkin ⚔