Dead feelings🔞
-Sena hoy shayton qiz qayerdasan. Xolasidan ham yashirinadimi odam degan a? Senaa- Nika Sena kompaniya boʻylab aylanar ekan liftning qayrilish tomonida kichik tanacha chiqib turganini koʻrib sekingina kulib qoʻydi.
-Yoo Xudoyim ju jajji shumtaka qayerda ekan a?
Sena yana qiqirlab kulib qoʻydi.
-Yaaaaa seni topdimmi sichqoncha- Nika 4-5 yoshar boʻlgan jajji qizni koʻtarib qitiqlar ekan qiz tinmay xolasining qoʻlida qiqirlab kulardi.
-Yaaa bunaqada erkalatib yuborasan! Yashiringani uchun oʻzi yaxshigina jazo berish kerak bu zumrashaga - uzoqdan oyoq kiyimini yerga urib Seva yaqinlashardi.
-Yaaa Sevashi~ bu nima deganing? Shunday shirin qizni ham jazolab boʻlar ekanmi?
Nika Senani mahkam quchib uning ikki loʻppi yuzidan tishlab oʻpib qoʻyib yubordi. Sena borib yerga tushdida onasining etagidan tutdi.
-Omma Nika xolam bilan endi meni yolgʻiz tashlab ketmang.
-Xolam meni yuzlarimdan tishlab qizartirib yubordilar. Men qaytib xolamni quchoqlamayman.
-Hoy zumrasha oldimga kelchi seni yana tishlab tashlayman. - Sena Nikadan qochib yurar ekan divan ustida ularni kulib Seva xordiq olardi.
-Ha meni uyda javratar eding. Yaxshi boʻldi. Nika mening ham nomimdan tishla bu qizni. - Seva ularni maroq bilan kuzatar ekan qizining kulishlariga bir on mahliyo bólib qoldi.
Pov Seva
Inson shunchalik ham óxshash bólar ekanmi? Kulishlari kózlari..... Bu qiz menga Taehyungni eslatib turuvchi yoqimli bir og'riqdir. Ammo men Shu og'riq bilan kerak bólsa butun umr yashashni xohlayman.
Erta tong. Kuzning mayin shabadasi esib turar ekan qiz qahvaxonalarning biriga kirib ketar ekan bir yigitga turtilib ketdi.
Shunchalik ham beóxshov inaon bóladi. Aysh bugun muhim uchrashuvim bor edi. Yaa yaa yaaa axloqsiz hatto uzr sóramay ketmoqchimi?
-Hoy kaltafaxm qilgan ishing uchun kechirim sóramaysanmi beóxshov - nika yigit ortidan tinmay baqirar ekan yigit unga "tushunmadim" degandek orqa burar ekan bir onga qarshisidagi qizdan muzladi.
-Kechi....- tóxtadi. Bu ikkisi uchun dunyo tóxtar ekan ikki qalb egasidan bir sóz deyolmay dong qotishdi.
-Nika~ - Jungkook lablaridan shu sóz chiqar ekan birdan qo'lidagilarni tashlab qizni bag'riga oldi.
Men mum tishlagan inson kabi miq etmay uni keyingi harakatlarini kuzatar ekanman u menga bir on tikilib kózlarida yosh miltilladi.
-kechirasz siz adashdingiz...Taksii
Nika Jungkookning qólidan yulqunib chiqdida sobiq sevgilisining gaplarini ham eshitmay tezda taksi tutib u yerdan jónadi.
Jungkook aqlini yig'ib tezda mashinaga ótirar ekan u ham taksisning orqasidan qolmasdi.
-Iltimos meni*** shu manzilga tashlab qóying.
Pov Nika
Negaa? Nima uchun? Nimaga? Nega yana yuzlashdik. Biz kórishmasligimiz kerak edi. Barchasi allaqachon tugagan na unga bólgan his qoldi na unga muxtoj men...
Qiz xayop surib taksida ketar na ortidan kelayotgan mashinaga na jiringlayotgan qóng'rog'iga javob berar edi.
Daqiqalar bejirim va shinam uy qarshisidagi tóxtagan mashinani va undan tushayotgan qizni kuzatar ekan Jungkook tóxtab mashinadan tushib telefonda bir nimalar deb bidirlayotgan qiz oldiga shoshdi.
-Nika nega telefonni olishing bunchalik mushkul. Axir Janob Hyunsik bilan uchrashuvni ótqazib...
-Iltimos bugunchalik tobim yoq. Ózing hal qila....
Nika jumlalari yakunlayman kuch bilan devorga urildida buni kimligini anglayman ham ediki labparida ingichka va yumshoq lablarni his qildi.
Jin ursin* men yana uni topdim. Men yana óz baxtimni topdim. Men uni topdim. Ortiq kutmay uning lablariga yopisha ekanman u ham mening bósalarimga javob bergan on xushim boshimdan uchdi. Meni zabt etgan mitti qizaloq. U hali ham ósha ósha. Uni hamon sevaman. Hali ham. To abad. Umr sónggigacha.
Qiz miyyasiga tok urgandek bósalarni tóxtatib Jungkookning bor kuchi bilan otarib yuziga keskin tarsaki tushurdi.
-Jirkanch. Hatto kórishni ham xohlamayman. Batchasi tugagan - nika gapirsr ekan munchoq kózlarida yosh jiqqa tóldi.
-Aslida hamma ayb ózimda. Sevilmasligimni bilib senga ishondim.
-Afsusdaman. Meni bir bora eshit.
-Unut meni. Eshityapsanmi? Unut.
Nika hansiragancha devordan tiralib uy ichiga kirib ketar rkan Jungkook uning ortidan sekin pichirladi.
-Hatto butun umr urinsam ham qólimdan kelmaydiku jinnivoy- Jungkook shunday degancha qizning ortidan darvozadan kirdi.
Seva hamkorlari bilan bólgan murakkab uchrashuvdan sóng soatiga qarar ekan soat millari allaqachon bog'chadagi shumtakani olish vaqti kelganini bildirib turardi.
Seva mashinani bolalar bog'chasi oldida tóxtatar ekan mashinadan tushib jilmaygancha ichkariga kirib ketdi.
Qiz bolalar orasidan yugurib chiqar ekan Seva qiziga quchoq ochib yerga tizzaladi.
-Oxx ommang senga qurbon bólsin mening mitti farishtam.
-Omma bugun men juda, juda aqlli qiz bólib hech kim bilan tortishmadim. - qizining entikib gapirlaridan Seva shirin jiomayib Senaning sochlaridan silab maqtab qóyishni ham unutmadi.
-Barakalla mening disney malikamga. Xósh bugun aqlli bólganing uchun seni bir istirohat bog'ida aylantiraymi? - Seva qizining sumkasini epaqaga keltirish barobarida gapirdi. Qizidan javob kelmagach uninv yuziga nazar solar ekan Sena Sevaning ortidagi nimadirga g'alati qarash qilar edi.
Seva qiz qarab turgan tomonga o'grilar ekan yuzidagi tabassum sekin asta sónib órnini qórquv egallay boshladi.
Taehyung kiyimlari bir ahvolda ularga jilmayib turarkan Seva qizini keskin ortiga olib qóli bilan qizini himoya qildi.
Taehyung ularga jilmayib keng qólini yozarkan ózi kutgan javobni opmasligi aniq edi.