December 25, 2024

Dead feelings...🚭

Nega meni hech sevolmading ayt axir? Koʻksimdagi shu qalbim qanchalik ogʻriyotgani hattoki tasavvur qilolmaysan sen? Ayt nega meni sevmading? Nima qilay? Seni sogʻinib ketyapman....

Seva qizini koʻtargancha mashina tomon shoshar ekan orqadan kelgan yigit zudlik bilan qizning qoʻllaridan mahkam qisib ortga burdi.

-Qayoqqa- Taehyung tishlarini gʻijirlatib gapirdi.

-Qoʻyib yubor darxol.

-Meni sogʻinmadingmi ?

-Axmoq. Yoʻlimdan chiqma. Qoʻyib yubor.

Taehyung qizning yuziga shunchaki tikilib turar ekan Sevani mahkam quchoqlab olgan qizning boshchasidan siladi.

-Menimcha meni bu qiz bilan tanishtirmoqchisan shundaymi?

-Taehyung....

-Omma men qoʻrqyapman- Seva qizning qoʻllarida yigʻlamsirab gapirar ekan Taehyung avval qiziga soʻngra Sevaga koʻzlarini qisgancha qaradi.

-Taehyung. Ertaga seni kompaniyamda kutaman. Ishonchim komil uni qayerda ekanligini bilasan - Seva shunday deya qoʻlidagi jajji qiziga koʻz tashlb uni mahkam quchgancha mashinaga oʻtirib u yerni tark etdi.

Mashina orqasidan shahvoniy va makkor koʻzlari bilan tikilib qolgan yigit lablarining chetini qoʻllari bilan chertdi.

-Ahh qizaloq... Sen bilan bizni qanday sarguzashtlar kutyapdiyaa~

Taehyung

Kechki soat 20:00

Nika har doimgidek horgʻin holda uygʻondi. Oshxonaga kirdida boshining yorilishiga qarshi suv icha boshladi. Qiz miriqib chanqogʻini qondirar ekan toʻsatdan boʻlgan qoʻngʻiroq uning etiborini tortdi.

-Eshitaman.

-Kichkina ishlar qalay?

Nika xorgʻin ahvolidan yuzlariga sekinlik bilan tabassum yugurdi.

-Chanxo. Senmisan radnoy.

-Menman birodar men. Xoʻsh hozir ayni daqiqada qayerdasan?

-Albatta uyda.

-Qani unda kiyina qol. Bugun Angliyadan qaytish munosabatim bilan senga bazm uyushtirib beraman.

Chanxoning tomdan tarasha tushgandek aytgan gapidan qiz ichayotgan suvuda tiqilib qolar ekan telefon ortidan baland kulgu ovozi keldi.

-Sen hozir ayni daqiqada qayerdasan?

-Uying qarshisida.

-NIMAAA???

-vOy qulogʻim

Chanxo qulogʻidan telefon uzoqlashtirar ekan eshikdan toʻsatdan chiqqan qiz uning eʼtiborini tortdi.

-CHANXOOOO- Nika yugurib borib boʻyi oʻzidan ancha baland boʻlgan yigitning quchogʻiga oʻzini urar ekan yigitni ikki bukulishiga toʻgʻri keldi.

-Sal boʻyingni oʻstirsang yaxshi boʻlar edi kichkina.

Chanxo

-Nega?

-Bunaqa seni quchoqlayman deb egilib belimni ishdan chiqaramanku.

-Hazilingga seni- Nika yana Chanxoni quchoqlar ekan yigit ham uni javoban quchib qoʻydi.

Nika

-seni sogʻindim mehribonim.

-Hoy hozir shu yerda yigʻlaysan shekilli? Hoy bolam bu nima? Nima yigʻlayapsanmi?

Nika yosh toʻla koʻzlari bilan Chanxoga tikilar ekan Chanxo ham unga qarab jilmaydi.

-Bolam axir bu nimasi?

-Meni bunday atama!

-Buni menga man qila olmaysan. Bu soʻzni men sen uchun men ishlata olaman.

-Yaxshi faqat senga ruxsat qiz qizargan koʻzini qisib qoʻydi.

- Xoʻsh kichkina shahar aylanamizmi?

-Albatta. 5 daqiqa.

Nika yugurgancha ichkariga kirib ketar ekan Chanxo uning ortidan jilmaygancha qoldi.

Pov Chanxo
Meni kechir. Seni sevib qolganim uchun kechir. Sening har bir boqishingda oshiq boʻlganim uchun kechir meni bolam. Mittigina qizalogʻim meni. Qani edi men seni sevgandek sen ham meni ozgina sevsang.

Chanxo shunday dediyu oʻziga qaratilgan koʻzlarni payqangandek yoʻlning narigi betidagi qora mashina ichidagi insonga qarab lab chetida shunchaki jilmayib qoʻydi.

-Nika xonim. Nimalar qilib yuribsan? Meni qotilga aylantirmoqchimisan sen shayton qiz. Bitta qoʻymay qiraman. Senga qoʻl tekkizgan har birining qoʻlini uzib olaman.

Jungkook shunday deb rulni bor kuchi bilan urib hansiragancha unga qarab termilgan yigitga yirtqich koʻzlari bilan tikildi.

*

-Xoʻsh Chanxo Angliyada qizlar talaygina ekanmi?

-Ha albatta.

-Hmm birontasiga koʻz ham suzib keldim desang?

-Hoy men senga avvaldan aytganman. Koʻzlarim sendan boshqasini koʻrmaydi axir.

Chanxo Nika tomonga egilib qizga koʻzlarini pirpiratar ekan qiz unga xuddi telbaga oʻxshagandek qarab qoʻydi.

-Hpy hozir yoʻlingga qara keyin menga qarashingga ruxsat beraman.

Qiz sekin koʻz qisib qoʻyar ekan mashina salonida kulgu ovozi yangradi.

Ikki yosh sohil boʻyiga kelib qoʻllaridagi narsalar bilan dengizga tikilishar edi. Ammo shunda yigitning oshiqligi ustun kelib qizga tikilib qoldi.

-Nima boʻldi?

Nika Chanxoga jilmayib qoʻyar ekan Chanxo ham siniq jilmaydi.

-Seni sevaman.

Sukunat.

Nika yuzidagi kulgu soʻnib nihohlarini yigitniki bilan toʻqnashtirdi. Ammo yigit yuzi oʻzgarishsiz.

-Chanxo...

-Bilaman.

-Bilaman meni hech sevmaysan? Ammo nega Nika? A nega? Yoʻq toʻxta. Nega Sugyon. Nega?

-Meni....

-Ayt nima qilay? Yuragim ogʻrib ketyapdi. Ichim yonib ketyapdi Sugyon.

Chanxo qizga yosh tiqilgan koʻzlari bilan tikilar ekan nigohlarini zudlik bilan olib osmonga tikilgancha sohilga choʻzildi.

Nika

-Bu hayotda hamma narsani oʻzimniki qila oldim. Doim hammadan oldinda...hammadan omadli, hammdan kuchli va gʻolib boʻlib keldim....Ammo sen- Chanxo oʻrnidan turib qizga tikildi.

-Meni magʻlub qilgan....maxf ketgan qiz sensan....10 yildan buyon mana shu yerdagi olovni hech soʻndira olmayman...- Chanxo yuragini ushladi.

Nika yigitga mayus koʻzlari bilan tikilar ekan sekin lablarini tishladi.

-JIN URSIIIIN*🗣 NEGAAAAAA? NEGA DOIM MEN YONAMAN🗣 - Yigit dengiz tomonga qarab bor ovozida baqirar ekan yuziga kelib tushgan mushtdan yerga quladi.

Chanxo bilardi. Ularni Jungkook kuzatib turganini bilar edi shu sababli ham qizga dilidagilarni aytgan edi. Zora fikri oʻzgargan boʻlsayu Jungkookka qarshi turish uchun oʻzida kuch topsa.....

Pov avtor

Nima deb o'ylaysiz hayot doim baxtli yakundan iboratmi? Yóq! Biz doim bu hayot oldidagi ainovlar oldida mag'lubligimizcha qolamiz....

9-QISM TUGADI..... BIZ BILAN BIRGA QOLING📌