Devil's Angel🔞
Yigit butun xona boʻylab oʻshqirdi.
-Bu nimasi? Mening uylanishimga merosning nima aloqasi bor?
-Buni men hohlamayapman shahzoda. Buni otangiz hohlayapdi.
-Qirol bilan oʻzim koʻrishmoqchiman- Jungkook onasiga oʻrnidan turish barobarida gapirdi.
-Yaxshi qirol bilan koʻrish va sen unga bir ogʻiz no oʻrin gapirasan soʻngra merosdan mahrum boʻlasan. Hozir sen va katta shahzoda oʻrtasida misli jang ketyapdi. Agar katta shahzoda Wangso farzandli boʻlishi bilan sen hattoki qirollikni egallashni orzu ham qila koʻrma.
Jungkook tobora onasining gaplaridan gʻazablandi.
-Men istamayman ona. Men hohlamayman.
-Seni yaxshi tushunib turibman ammo shunga majbursan. Sen tezroq uylansang va xotiningni boʻyida boʻlishi bilan sen qirol etib tayinlanasan.
Qirolicha qoʻlini oʻgʻiling yelkasiga qoʻyib ketish oldi tasalli berdi.
-Oʻzing hohlagan qizga uylan. Bunga qarshiligimiz yoʻq. Ammo qirol nabiralik boʻlishi kerak. Shundagina sen taxtga ega boʻla olasan.
Jungkook xonasida qirolicha chiqibbketgach uzoq hayol surar ekan hech ham tabidagi qizni miyyasidan topa olmadi.
Odamlar har doimgidek har xil narsalar bilan ovora ekan bir qiz mushukning ortidan quvish bilan band edi.
-Hoy mushukcha bu yoqqa kel. Qani kelaqol. Pish pish pish. Kelsangchi senga ovqat beraman kelaqol.
-Miho hech ham shu mushuklardan voz kechmadingda. Holi joyiga qoʻysangchi Xudo hayringni bersin.
-Uf buncha noliyverasan. Qara buni yoqimtoyligini. Opa kel qara buni bitta silab koʻr.
Miho opasiga kulrang mushukni tutqazar ekan Jexi unda qoʻllarini tortib qochdi.
-Hatto hayol ham qilma. Men butun hayvonot olamidan nafratlanaman.
Opa singil janjallashib turishar ekan odamlar orasidan foytunda shahzoda oʻtib ketar edi.
-Qochinglar Shahzoda kelyapdi. Hamma chetga oʻtsin.
Hamma insonlar chetga oʻtar ekan Miho hatto yoʻlning narigi betiga oʻtib ulgurmasdan qarshisida ot oyoqlarini teppaga koʻtargancha kishnadi.
-Hoy yalang oyoq koʻzingga qarab yur. Yoʻlingni yoʻqotib qoʻydingmi yoki?
Miho uzr soʻramoqchi boʻlgan vaqtda foytunchining gaplarini miyyasiga lava misoli qabul qildi.
-Kimni yalang oyoq deyapsan hoy ovsar. Oʻzingni kim deb oʻylayapsan?
Miho jaxl bilan qoʻlini oʻdagʻayragancha foytunchiga qichqirdi.
-Shalaqqi xonimcha qani koʻzimdan daf boʻl. Bu kimning foytuni ekanligini bilasanmi?
Aslida Miho koʻrinishidan yuvosh qizga oʻxshaydi. Aslida esa juda qaytsar, oʻjar shoʻx qiz edi. Uni xafa qilgan, kamsitgan insonlarni tavbasiga tayantirmaguncha qoʻymas, oʻziniki boʻlgan narsalarni kimdir bilan boʻlishishni hohlamaydigan egoist qiz edi. Hozir ham aynan foytunchining "Shalaqqi" degan gapi bilan u qaynab turgan choynakdan suv otilishi kabi gʻazablandi.
-Sen itvachcha. Kimni shalaqqi deyapsan? Bu foytun kimniki ekanligiga tupurdim. Ammo seni hozirning oʻzida oyoqlarim ostida chanchilishingni kafolatlayman.
Miho tezda borib yigitning etagidan tortib pastga qulatdi. Otdan sudralib tushgan yigitning joni chunonam ogʻridiki hali oʻzini oʻnglab ulgurmay Miho bor kuchi bilan tepar edi.
-Tashqarida qanday shovqin- Jungkook hayron ifoda bilan shaxsiy yordamchisiga qaradi.
-Bilmadim Shahzodam hozir aniqlayman.
Yordamchi chiqib ketar ekan Jungkook foytun derazalarining pardasidan sekin tashqariga moʻraladi.
-Hoy hoy sen nima qilyapsan? - Yordam kelib Mihoni toʻxtatmoqchi boʻldi.
-Qoʻlingizni torting mendan - jerkib berdi Miho yordamchidan yulqinib chiqib.
-Bu nima qilganing? Qanday hadding sigʻdi bunday qilishga?
-Men oʻzimdan oʻzim uni urmayapman. Avval ishchingizga insonlarga qanday muomila qilishni oʻrgatsangiz boʻlardi.
Miho kiyimini toʻgʻirlash barobarida foytunchiga oʻqraydi.
-Xoʻsh unga nimani oʻrgatish kerak ekan? - mihoning ortidan shahzoda Jungkook keldi. Shahzoda qizni koʻrish maqsadida sekin qiya engashar ekan Miho ortidan kelgan ovozga yuz burdi.
-Muomila madaniyatini - Miho koʻzlarini shahzodaga tikar ekan Jungkook bir on uning yuziga, koʻzlari, dudoqlariga mahliyo boʻlib qoldi.
-Nega mening yordamchinni kaltaklading?
-U meni haqorat qildi - Miho jaxl ovozda gapirar ekan yordamchi unga oʻqrayib tanbeh berdi.
-Sen shahzoda bilan gaplashyapsan axmoq.
-Qoʻyaver Wuji. U seni qanday haqoratlandi.
-U meni shalaqqi xonimcha dedi.
-Isming nima- Jungkook tobora qizga shaydo boʻlib uning gapirishiga oshno boʻlib qolayotgan edi.
-Miho foytunchim uchun sendan men uzr soʻrayman.
Shahzodaning uzridan ham hayratda ham yumshagan qiz endi sal pasayib qoldi.
-Hech qisi yoʻq. Unga shunchaki muomala madaniyati yetishmas ekan xolos.
Miho Jungkookka kulib qarar ekan olomon orasidan opasi kelib qoldi.
-Xayrli kun janoblar. Bizni maʼzur tuting. Miho qani yuraqol. Ketdik bu yerdan.
-Xayrli kun tilayman - Miho ham sekin engashdida olomon orasiga gʻoyib boʻldi.
-Foytunni tayyorlang. - Yordamchi bor ovozda baqirdi. -Qasrga qaytamiz.
Jungkook Miho ketgan tomon yana shirin jilmayar ekan uning jilmayishini koʻrgan yordamchi sekin qoʻrqibgina gap boshladi.