Today

IDOL 1chapter.

"I spent years protecting my career from losing you. I never realized I was losing you because of it."

#starring Kim Namjoon, Min Soyeon. BTS.

Seul. 2025.08

V- hyung, tomogʻim bogʻilib qoldi. Balki biroz dam olarmiz.
Sg- Qoʻysangchi, hali buni qayta eshitib chiqish kerak. Trekdagi past notali qismni sen ham sinab korishing kerak.
Rm- hyung, TaeTe rost aytyapti. Tushlik qilvolaylik.
Jk- Rapmon hyung, Soyeon nuna keldi.
Jm- boraqoling hyung😁.

Yigitlarning birdan tirjayishlaridan Namjoonning yuzi qizarib ketdi. U practice roomning yonida kutib turgan qizning oldiga ketdi.

Sn- Salom oppa.

Soyeon yerga qarab uyatchangina salom berdi.
Rm- Salom, yaxshimisan?
- ha, ozingizchi?
- yomon emas.
- juda qattiq ishlayapsizlar, tushlik qildingizmi?
- ochigʻi....hali yoʻq, yangi trek ustida ishlayotgandik, ozing bilasan yigitlar inglizchani yaxshi bilishmaydi. Qiyin boʻlyapti.

Namjoon boʻynining ortini qashilab kuldi.


- men sizga jajangmyeon tayyorlab kelgandim.
- mengami?
- a..hammangizga yetadi menimcha.

Soyeon qolida matoga oralgan kichik konteynerni uzatdi.

- kimchi ham bor ichida.

Namjoon Soyeonning qoʻlidagi idishni olib uni ichkariga, oʻzining xonasiga olib kirdi.

- Ozib ketibsiz, oppa.
- yogʻe? Shundaymi? Oʻzingda nima gaplar?
-Aytarli hech gap yoʻq....

Soyeon unga hech nima demadi. Ammo ichida bir dunyo gaplari bor edi. U Namjoonga uni sogʻinganini , ozini yolgʻiz his qilayotganini va bir nechta gaplarni aytmoqchi edi. Ammo har doimgidek uddalay olmadi.

- Kecha halqumsan chiquvchi notalar bilan ishladik. Tomogʻim ogʻriyapti.
- Juda qattiq mehnat qilyapsizlar. Men sizni xizmatdan qaytgach dam olasiz deb oʻylagandim.
- Eh, atirgulim, ishim shu boʻlsa, dam olishga vaqt yoʻq. Har holda lider boʻlsam. Army bizni kutishyapti.
- Lekin....ozingizni unutishingiz kerak emasku.
- keyingi hafta Bottega Venetaning kuzgi namoyishiga boraman. Senga qaysi bluzkani olib kelishimni istaysan?

Namjoon javob berishdan qochib gapni burdi.
- hech nima kerak emas. Shunchaki, siz bilan koʻproq vaqt oʻtkazgim kelgandi.
- Bilaman, sevgilim. Ammo kechir. Jadval tigʻiz. Albom ustida ishlash oson emas. Menga ham qiyin boʻlyapti. Ozim charchaganim bilan, bolalarga ham dalda boʻlishim kerak. Jimin va Jk Yaqinda "Are you Sure" ni suratga olib qaytishdi. Bang pdnim Jiminni yana dieta qilishini tayinladi. Toʻgʻrisi juda charchadim.
- Boʻsh kelmang, oppa. Siz eng kuchlisisiz. Bang shi Hyuk sizni bekorga Lider qilib tanlamagan. Siz hammasini uddalaysiz. Men sizga ishonaman.

Soyeon Namjooning yelkasiga boshini qoʻyib uni qoʻllab quvvatladi. Va oʻyga choʻmdi.

FLASHBACK

- Namjoonieee....
- Soyeooon...

Namjoon qoʻlida qogʻozlari bilan kelib Soyeonni quchdi.

- Xoʻsh, nima boʻldi?
- Qabul qilishdi, faqat solo emas.
- Nima, solo emasmi?
- Bang PDnim guruh tuzayotgan ekan. Men 7talik guruhga lider boʻldim. Mendan tashqari yana bir yigit bir, u mendan bir yosh katta ekan. Yana kichkina bolakay ham ,13 yoshda.
- Voy, 13 yosh boʻlsa ham qabul qilishdimi?
- Ha, unda taland bor ekan.

Namjoon Soyeonning qoʻlidan tutib yaqin atrofdagi cafega olib kirdi. U Soyeonga ogʻzi toʻlib gapirib berardi.

- Bilasanmi, ular juda yaxshi yigitlar. Taehyungning ovozi koʻrinishidan ancha yaxshi ekan. Yana, sen Jungkookni koʻrganingda edi, u juda uyatchan bola. Biz hozir debyut qoʻshigʻi ustida ishlayapmiz. Suga hyungning repi menikidan yomon emas ekan.
- Namjoonieee, sen bir oy ichida juda oʻrganib qolibsan.

Soyeon uning qoʻlini qattiq siqib qoʻydi. U hozir sevgilisining orzusi amalga oshayotganidan xursand edi.

- Soyeon, men idol boʻlsam ham doim men bilan qolasanmi?
- Albattada, boshqa nima ham qilardim, seni sevamanku. Faqat, mashhur boʻlib ketib, meni unutib qoʻymaslikka va'da ber.

FLASHBACK END.

Hayol surib ,bir nuqtaga tikilib oʻtirgan Soyeonning diqqatini Rm buzdi.

- Soyeon, Yaxshimisan?
- A? ..haa? Yaxshiman ....
- Nimani oʻylab qolding?
- deyarli hech narsa, yeb boʻldingmi? Yoqdimi?
- Ha, doimgidek ajoyib.
- Yaxshi....Namjoonie..
- Soyeon, shirinim kechirasan, ammo endi ishlashim kerak. Uyga boraqol hopmi?
Soyeon jim bolib qoldi. Keyin:

- Hop, lekin sizlarni biroz kuzatsam boʻladimi?
- Menimcha stafflar ruxst bermaydi.
- Hop yaxshi . Charchab qolma.

Soyeon shunday deb sumkasini olib, Rmning yuzidan oʻpib qoyib chiqib ketdi. Tushlik vaqti boʻlgani uchun unchalik odam koʻp emasdi.

Min Soyeon. Yoshi 31da. Namjoonning sevgilisi. Ular 2013 yil maydan buyon sevishganlar. Butun kompaniya ularni sir tutadi. Bu haqida faqat a'zolar. PDnim va Mr Lee biladi.

Soyeon uyga kelgach sumkasini otib yuborib ozini karavotga tashladi. U jusa charchagandi.

Yuvinishga ham erinib , yotib uxlab qoldi.

FLASHBACK

Soyeon jahl qilib Namjoonning yelkasiga urdi.

- Nima, men shunaqa xunukmanmi?!

Namjoon esa bir Soyeonga, bir oʻzi chizga rasmga qarab ichagi uzulgidek kulardi.

- Yoʻq, sen xunuk emassan. Qara koʻzlaring Mascara ham chizganman, hahahaha....

- Seni oʻzdiraman, ahmoq!!!

(Rm chizgan rasm. )

(Rm memberlar bilan birga qizlarning rasmini chizgan edi. )

Oʻsha paytlarda Rm va memberlar juda qattiq ishlashardi. Debyutdan keyingi uchinchi yil. 2016 yil edi. Bu vaqtlarda Soyeon Rmning oldiga juda koʻp kelardi.

BTSning Fire qoʻshigʻi endi chiqgan paytlar edi.

Bugun ular practice roomda oʻtirishga payt yigitlar kirib keldi. Ular bu trekdan keyin Sugani tinch qoʻyishmayotgandi.

Jm- Hyung, qarang: 불타오르고 (bultouruneo midi, xullas oʻsha)
Jk- ha, aka 🤙🏻 bultouruneu....hahaha.
Sg- bunday qilmaaaang. *hajimaaa*

Suga uyalib yerga qarardi.

Sy-Mayli, bolalar. Men ketdim, oyim ertaroq kel degandi.
Jh- Voy ,ketyapsanmi? Yaxshi bor.

Soyeon tezda ketib qoldi.