August 31, 2025

𝒬ℴ𝓃𝓁𝒾 𝒾𝓈𝒽𝓆

21-epizod | No'malum shaxs tilidan

Uning sochlarini kaftim orasiga siqimlab olgandim. Ohistalik bilan kuch qo'shib, Hemini boshini ortga egar ekanman, uning qizargan yoshli ko'zlari menga qaradi. O'sha payt o'zimda g'alati qoniqish his qildim. Go'yo bu lazzat men butun umr kutgan hissiyot edi. Uning ko'proq yig'lashini istardim. Har gal u og'riqdan yig'laganda esa huzurni tuydim. O'zimda qanday o'zgarishlar bo'layotganini anglamasamda, faqat bir narsani tushunardim, men uning ko'zyoshlarini yoqtiraman. Uning og'riqli ingroq tovushlari eshitish va har gal unga azob bermasligimni jimgina so'rab, kuchsiz hushidan ketishlarini ko'rish men uchun sevimli tomosha edi. Bu o'zgacha hissiyot.Ta'riflash qiyin bo'lgan, ammo men kashf qilgan hissiyot.
- Iltimos meni azoblamang, buni qilishga majbur qilmang. Yolvoraman.
Uning yosh tomchilari qatora va uzliksiz ravishda quyi tushardi. Lablarim yumshoq tabasumda qinshayar ekan, u barobar egildim, ammo uning sochlaridagi tutqichni fursat qadar bo'lsin boshatmadim.
- Meni bundan mahrum qilma Hemi, axir bu zavqli-ku, - ikkinchi qo'limni uni iyagida mahkamladim, - men bilan o'ynashni istamaysanmi? Bu qisqa, ammo zavqli bo'ladi.
U jim turardi. Ammo u saqlagan sukut, har qanday hayqiriqdan balandroq va jarangliroq edi. Uning sochlarini qo'yib yubordim.
- Pichoqni ol, - dedim sokin, ammo ohangimda so'zsiz buyruq pinhon edi. U hamon o'ylangancha turardi. Titroq lablarini tishlari orasiga olib mayin ezg'ilar ekan, o'zimdagi ixtiyorsiz yutunchni qo'yib yubordim. Extiros. Men unga tegolmayman. Hech bo'lmasa bugun emas. Shifokor ta'qiqi bo'lmaganda, extimol hozirni o'zidayoq uning tanasini ostimga olib, ustidagi bir parcha matoni yirtib tashlagan bo'lardim. O'zingni bos, o'zingni to'xtat deya pichiqlab, o'zimni idora qilishga uruna boshladim.
- Men Kutmayman Hemi, tezroq harakat qil.
U noaniq harakat bilan o'rnidan turdi. Stol ustida mohirlik bilan terilgan pichoqlar to'plami oldiga yaqinlashdi. Tanlovsiz ularga qarab turar ekan, qay birini olishni bilmayotgan edi.
- Kichik o'tkir tig'lisini ol, - dedim undan ko'z uzmasdan. Undagi titroq endi qo'llariga ko'chdi. Qaltiroq qo'llar bilan men aytgan pichoqni zaiflik-la tutarkan, menga qaradi. Uning ko'zlarida "meni bunga majburlama, iltimos" degan o'tinch yashirin edi.
- Endi oldimga kel, - u yana bo'ysundi. Mayda qadamlar bilan oldimga yaqinlashdi. Uning belidan qo'l o'tqazib, xona burchagidagi baxmal kreslo oldiga boshladim. Avval o'zim o'tirib, keyin uni tizzamga tortdim.
- Tugmalarni yech, pichoqni esa menga ber.
U menga yana bir iltijoli nigoh tashladi. Go'yo bularni to'xtat ketishimga izn ber degandek. Lekin men imkon bermayman. Qo'limdan kelmaydi.
- Aytganimni bajar, - bu safargi ohangim hamma yalinch nigohlarniyu har safar o'ylanib qilinayotgan harakatlarni yo'q qildi. U titroq bilan bo'lsada pichoqni menga berib, ko'ylak tugmalarini bo'shata boshladi. Roxatni his qildim. Hech bir narkotik modda bermagan, hech qaysi ayol tanasi orqali his qildirmagan bu huzurbaxsh tuyg'u uning shunchaki tugma bo'shatishi bilan tuyulgan edi.
- Tugatdim, - uning past ovozi mendagi extirosli fikrlarni tarqatib yubordi. E'tiborimni unga qaratib, lab chetidi iljaydim.
- Yaxshi, - so'ng biroz tin olib, unga pichoqni uzatdim, - buni ol.
Garchi uning ko'zlaridagi zohiriy so'roq va sarhadsiz qo'rquv tarqamagan bo'lsada, u hech qanday qarshiliksiz pichoqni qo'limdan oldi. Uning tanasini o'zimga yaqinroq tortdim. Belidan o'ralgan qo'limni yaxshiroq chirmab, sonini siypalay boshlarkanman, u chuqur nafas oldi. Tanasi esa elektor tokini o'tqizgandek qalqib ketdi.
- Endi esa, - bir qo'limda uning tanasini barqaror tutgancha, ochiq ko'ylak qatlamlarimni ikki tomon yo'ydim va ko'ksimni uning ko'zlarida keng ochdim.
- Pichoq bilan, yuragim ustida ismingni o'yib yoz.
Uning ko'zlari hayratdan kattarib ketdi. Ha, u buni kutmagan edi. Bu menga yoqdi. Uning buyrug'imga munosabati. Men undagi bu tahayyurli qiyofani har kuni tomosha qilish uchun, tanamni har qarichida uning ismini o'yib yozdirishni istayman, biroq bugungi topshiriqni o'zi yetarlicha qiynoqli ekanini bilaman.

Garchi jismoniy og'riq menda his qilinsada, ruhiy siniqlikni u boshdan kechirardi. Aynan shu sabab, men birgina ism bilan cheklandim. Faqat bitta. Axir, uni asrashim kerak, bu shunday-ku to'g'rimi?
• - Pultdagi o'chirish tugmasini bosib, televizor ekranini qora tusga keltirdim. O'rnimdan turgancha eshik tomon yo'nalar ekanman, Hemi bilan o'tgan tun-u kunimni yashirin kameralarga muxrlaganim uchun o'zimdan faxrlandim. Uzun yo'lak bag'riga kirib, o'ng tarafdagi qayrag'och tanali eshik zulfini burab ichkariga kirarkanman dimog'imga urilgan mayin iforni to'yib simirdim. Chaqaloq isi. Yorg'akga yaqinlashib, tinchgina uxlayotgan murg'ak tanani kuzatdim, huddi bir paytlar uning onasini kuzatganim kabi. U Hemiga juda oxshardi. Hozir biroz zaif va andak kasal. Onasizlik uni qiynayabdi. Ammo buni ham tezda hal qilaman. Sevgilimni mendan og'irlagan o'sha ablax Taehyung va uning do'sti Jungkookdan a'lamimni so'ngi tomchisiga qadar olganimdan so'ng, Hemini ham bu yerga olib kelaman. Men, u va chaqaloq. Biz oila bo'lamiz. Garchi bolakay mendan bo'lmasada unga otalik mexrini beraman. Men orzu qilgan otalik hissi. Taqdir o'yini sabab bepusht tug'ilgan edim, ammo endi farzandli bo'lish imkoni tug'ildi. Va men bundan unumli foydalanaman. Ularning hayotini jahannamga aylantirishim bilanoq, Hemi bilan yangi hayot boshlayman. Xonadan chiqib, yo'lak bo'ylab zinaga yaqinlashar ekanman, rejalar mukammal tarzda silliq ketayotganini o'ylab tiniqib kuldim. - Meni kut Hemi. Men bilan yana birlashadigan kuningni kut, - lab uchida shivirlangan va'da albatta bajarilishini his etib, yuqori kayfiyatda keyingi qadamni tashlash uchun ketdim.

▪︎
▪︎
▪︎

《 Saewon tilidan | tibbiyot xonasi 》

- Jarohatlaring yaxshi holatda, ammo ular to'liq bitishi uchun biroz muddat kerak, - Jianing mehribon ovozi xonadagi yagona tovush edi. Uning yumshoq barmoqlari yaralangan nuqtalarda harakatlanar, ularning barqarorligini tekshirardi. Nihoyat uzoq tekshiruvdan so'ng u hozircha hammasi yaxshi degan xulosaga keldi va egnimdagi futbolkani tushirdi. Maxsus krovat ustida o'tirib, Jungkookga qisqa nigoh tashlar ekanman, uning norozi nigohlari allaqachon menga qadalib turganini payqadim va oshqozonimda sovuqlik his qilib, undan ko'z uzdim.
- Muolojalar yana davom etadi, buguncha esa ketishim kerak, - kerakli narsalarini sumkasiga jamlagan Jia menga iliq jilmaydi. So'ng eshik tomon yurib, Jungkookga hurmat yuzasidan bosh irg'arkan, unga yo'l ko'rsata boshlagan qo'riqchi ortidan ketdi. Eshik yopilishi bilan qo'lini ko'ksiga chalishtirib olgan Jungkook men tomon yurdi.
- Nima? - uning norozi yuziga javoban qattiq ohangda gapirdim.
- Bandajlarni erta olmaslik kerak edi! La'nati, nega shunchaki menga quloq solishni istamaysan?! - uning ohangida bostirilgan g'azab to'lqini sezdim.
- Mening tanam, mening xohishim. Nima qilishni o'zim hal qilaman, menga cheklovlar qo'yishga urunmang.
So'zlarimdagi keskinlikdan uning qoshlari ko'tardi. Qo'llarini ikki tomonimga tirab, tanasini menga keskin yaqinlashtirar ekan, yanoqlarim qizara boshladi.
- Oh demak shunday? - u istehzoli jilmaydi, so'ng boshini quyi egib, nigohlarini menga tikar ekan, issiq nafasi yuzimga urildi, - Ammo tunlari meniki ekaningni qichqirganingda tana haq huquqlari haqida so'z ochmaganding.
Qorachiqlarim kengaydi. Lablarimni qimtib bahona izlar ekanman, uning mastona nigohlari endi lablarimga qaratilganini sezdim.
- Men hech narsani eslolmayman janob Jeon, qaysi tunlar haqida gapirayabsiz? - hayajondan hapqira boshlagan yurak sadosiga la'nat aytib, o'zimni iloji boricha tabiiyroq tuta boshladim. Uning lab chetlari kengayib, endi o'ynoqi tabassumga aylandi.
- Ammo yuraging bunday demayabdi, qorparcha, - nafasim tiqilib, ko'ksimni shiddat bilan ushlar ekanman, uning baxmal ovozi ostida erimaslik uchun tirishdim.
- Bunday narsalardan xabarim yo'q, - qat'iyroq gapirdim, undan yuz burib.

- Kel unda birga eslaymiz, - dedi u bo'ynimdan qo'l o'rab lablarimizni keskin birlashtirar ekan. Keyingi voqealar esa tezroq o'ta boshladi. Meni quchog'iga ko'tarib, oyoqlarimni belidan o'ragan Jungkook, yirik qadamlar bilan xonamiz ichiga kirdi. Yengil harakat bilan eshikni qulflab, tanamni yotoq ustiga joylar ekan, extiyotkorlik bilan meni o'z ostiga oldi.
- Xotiralar qaytayabdimi Saewon? - kinoya bilan gap qistira turib, bo'ynimga lab bosgan erim, tanamga titroq yuborar ekan, entik nafas bilan xo'rsinib, ko'zlarimni yumdim.
- Jin ursin, sukut saqlama, xotinjon - ingroq bilan terimni tishlari orasiga olgan Jungkook menga o'zini eslatdi. Tuman ichra hiralashgan nigohlar bilan unga qaradim. Hirqoq nafas bilan xo'rsinib, qo'llarimni uning bo'ynidan o'rarkanman, tanamda uyg'ongan istakni pasaytirish uchun kurashdim. Uning lablari qayta dudoqlarimga qaytarkan, ochlik bilan olinayotgan bo'sa yirtqich da'volarga ulanib ketdi. Xona harorati ko'tarilib kiyimlar og'irlik qila boshlarkan, kuchli qo'llar tanam bo'ylab kezib, ikkimizni-da yukdan* halos qilish uchun tirishdi. Nafaslar tutashib tanalar birlashib ketishi bilan keyingi soatlar ilohiy raqs uchun bag'ishlanib, qolgan barcha narsalar axamiyatsiz bo'lib qoldi.

▪︎
▪︎
▪︎

《 Jungkook tilidan 》

Ikkimiz ham horg'in edik. Xona issiq, oramizdagi rishta qalin edi. Uning ustidan turib, yotoqdan tushar ekanman, polda tartibsiz yotgan kiyimlar orasidan shimimni olib kiydim. Hammomga ketish oldidan entik nafas olayotgan Saewonga qisqa nigoh tashladim. Uning ko'tarilib tushayotgan siynalari bo'ylab ko'z yurg'izib, muxrlangan bo'ynidan o'tdim va ajralib qolgan to'la dudoqlarida to'xtadim.
Lab chetida jilmayib, muqaddam bo'lgan voqealar haqida o'ylar ekanman, tanamda tarqala boshlagan istakni sezib, o'zimdagi qattiqli his qildim. Boshimga yengil urib, hayotga qaytarkanman, hammom tomon yo'naldim. Suvni mo'tadil haroratga sozlab xonaga qaytdim. Saewon endi o'zini biroz o'nglab olgan esa-da qattiq charchagandi. Namiqqan sochlarini ortga tarab, peshonasi bo'ylab sirg'alib, yanog'i uzra pastlayotgan ter tomchini artib tashlar ekan, beihtiyor jilmaydim.
Yotoqga yaqinlashib, unga qo'limni uzatdim.
- Yuvinishingizga yordam beraymi madmuazel? - dedim o'ynoqi ohang bilan. U hayron bo'lib avval qo'limga, so'ng o'zimga qaradi. Fursatdan fo'ydalanib, unga ko'z qisib qo'yarkanman, u tabassum qilib, qo'lini kaftim ustiga qo'ydi.
- Sizga rad javobi berish uchun ojizlik qilaman, janob Jeon, - urg'u bilan gapirdi u.
Uning javobidan qoniqib kaftim orasidagi yumshoq qo'lini yelkamga qo'yib, o'zini esa quchog'imda ko'tardim.
- Marhamatingiz uchun raxmat, ammo o'zim ham yurolardim, - dedi u mahmadonalik bilan qo'lini bo'ynimdan o'rash barobarida.
- Haqiqiy jentelmen, o'z xonimining oyoqlarini qo'li ustida olib yuradi, yer ustida emas.
U yengil kuldi. Yoqimli musiqa kabi qulog'im ostida jaranglagan bu ovozdan mast bo'ldim. Keng jilmayib, uning kulgusini abadiy eshitish uchun vaqtni bir laxzaga bo'lsada to'xtatib turishni istadim.
- Oh, meni hayron qoldiryabsiz, falsafadan ham xabardor ekaningizni bilmas ekanman.
U barobar egilib, burnini barmoqlarim orasiga olgancha yumshoq chimdib oldim.
- Ering haqida hali to'liq bilmaysan, xotinjon~
- Ha chunki erim hamon menga o'zi haqida aytib bermagan.
Sukut saqlagancha uning lablariga tikildim, keyin esa ko'zlariga.
Lablar.
Ko'zlar.
Lablar.
Ko'zlar.
Lablar.
Ko'zlar.
Lablar.
Yumshoq.., shirin.., to'la.., pushti.

La'nati, ortiq sabr qilolmayman. Chuqur xo'rsinib, uning bo'ynidan qo'l o'rab, keskin o'zimga tortdim. Dudoqlarni birlashtirib intiqlik bilan bo'sa ola boshladim.
- Hali hammasini bilib olasan, - dedim uzoq bo'sadan so'ng, undan ajralar ekanman. U to'yib nafas oldi. Yanoqlari qizarib, shishib qolgan lablarini siladi. Telefonning jiringlagan ovozi eshitildi.
Jin ursin.
Tek turib, Saewonga qisqa nigoh tashlar ekanman, so'kingancha hammomdan chiqib ketdim.
▪︎
▪︎
▪︎

《 Jungkook tilidan 》

- beqiyossan! - uning belidan qo'l o'rab o'zimga tortdim. Orqasi ko'ksimga bosildi. Ochiq yelkalariga lab bo'sib, bo'yni qadar ko'tarilgancha mayinlik bilan o'pich qoldirar ekanman, u seskandi. Tanasidagi titroq sabab iloji boricha qimirlamaslikka urunar ekan, belidagi tutquchim siqildi.
- Kechikyabmiz janob Jeon, - istehzoli so'z qistirdi Saewon.
Bo'ynidan yuz uzoqlab, uni o'zimga yaqin tutishda davom etdim. Bir qo'limni ko'tarib soatimga qaradim. U haq edi. Uni quchog'imdan ozod qildim, u esa menga yuzlandi. Behayo nigohlarim tezda uning lablariga tikildi.
- Xayolingizga ham keltirmang.
Uning ta'qiqidan qosh ko'tarib ko'zlariga qaradim.
- Nega?
Norozilik bilan so'z qotdim. Nima uchun birdan mumkun emas ekan?
- Lab boyog'ini surish oson ekanmi? Mehnatimni yo'qqa chiqarasiz.
Uning tavsifini eshitib kulib yubordim
- Demak shunday ekan-da madmuazel? Lab boyog'i mendan ustunmi?!
U bosh irg'adi. Ayollar tushunish qiyin bo'lgan mavjudot. Xo'rsindim.
- Yaxshi. Ammo ketish oldidan bir sovg'a bermoqchiman.
- Nima ekan?
- Avval ko'zlaringni yum.
U biroz o'ylandi, lekin itoatkorlik bilan ko'zlarini yumdi. Jilmayib, undan uzoqlashdim. Ko'zgu oldiga kelib, tortma ichidan kerakli qutini oldim. Uni ochib, ichidan maxsus qolib quchib turgan marjonni oldim. Saewon tomon qayta yo'nalib, oldiga borarkanman, ortiga o'tib, qo'limni boshi uzra o'tqazib, marjonni bo'yniga taqdim. Uning tanasi sovuq metal tegishidan titradi. Barmoqlari marjon kuloni uzra sirpanib, men tomon ogirildi.
- Jungkook, - dedi yana bir bor marjonga qarab qo'yarkan, - bu...
- shhh, hammasi sen uchun.
U jilmaydi, tezda bo'yin chozib yuzimdan o'pdi.
- Nima bo'ldi qorparcha? Biroz oldin hech qanday o'pichlar bo'lmaydi demabmiding?
Uning yanoqlari qizardi. Ko'ksimga yengil urib, uzoqlashdi. U qadam tashlamasidan tezda bilagidan tutib, o'zimga tortib dudoqlarini asir oldim.
- Jungkook, lab boyog'im..., - deya nolidi bo'sani uzarkanman. Barmog'im bilan labi chetida surilib ketgan boyog'ni artib tashladim.
- Hech ish bo'lmadi, hamon go'zalsan!
- Asabimni buzmang, - deya mendan uzoqlashgan Saewon dilhiralik bilan xonadan chiqib ketdi. Unga ergashib ortidan chiqdim.
- Xafa bo'ldingmi xotinjon? - dedim yelkasiga qo'l tashlab. U jimgina qo'limni olib tashlashga harakat qildi.
- Saewon.
Jiddiylik bilan yelkasidan tutib o'zimga qaratdim, - mendan jaxling chiqdimi?
U indamadi, so'ng biroz jilmaydi.
- Sizga jaxl qilarmidim? Erimsiz-ku!
Uning ohangidan men ham tabassum qildim. Tezda lablaridan qisqa bo'sa olib oramizdagi masofani kengaytirdim.
- Jungkook!
- Asabiylashma xotinjon, yo'qsa peshonang burishib kampirga oxshab qolasan.
- Nima?
Uni og'iz ochishiga yo'l qo'ymay, tezda yelkasiga quchib, yo'lak bo'ylab sudrab ketdim. Zina pillapoyalaridan pastlar ekanmiz, bizni kutib turgan Taehyung va Heminiga qisqa nigoh tashladim. Ular-da bizga qararkan, rafiqasining qo'lidan tutib olgan Taehyung, eshik tomon yo'naldi.
- Ketdik, - deya men ham Saewon bilan ularga ergashgancha

▪︎
▪︎
▪︎

《 Muallif tilidan 》

Qo'rg'on darvozasi ochilib, qatora mashinalar navbat bilan chiqib ketar ekan, qorong'ulik ichida yashiringan yana bir mashina ularga ergashdi.
- Buni yolg'iz qilishingizga aminmisiz janob? - yo'ldan ko'z uzmagan holda xavotir bilan gapirdi haydovchi.
- ..., - sukut saqlagancha xaydovchiga jirkanish nigohi bilan qaragan erkak, javob berishni lozim bilmay, lablari orasiga qistirgan sigaradan simirdi va zaharli havosini mashina oynasidan havoga purkar ekan, tamakini o'tib yubordi.
- Jeon xonimga bo'lgan suiqasddan so'ng, havfsizlik tizimi oshirilgani haqida eshitgan edim. Demak qo'riqchilar ikki barobar oshgan.
- Gaplaring kalamushga oxshagan turqing kabi asabimni kemirayabdi. Og'zingni yum! - lo'nda buyruq bergan erkak, orqasini o'rindiqga suyab, boshini ortga tashladi. Xaydovchi esa yuziga bo'lgan ta'rifdab g'azablangancha til ishlab, indamay ketish afzal deya o'yladi.

- O'zgina qoldi, yana birga bo'lamiz Hemi - o'zi eshitar darajada shivirlagan erkak, ko'zlarini yumib, xotirasida muxrlangan simoni o'ylagancha jilmaydi. Faqat bu tabassumda quvonch emas, qorong'u istak zohir edi. . .

• 21-epizod tugadi
• Minatozaki Yuki