𝒬ℴ𝓃𝓁𝒾 𝒾𝓈𝒽𝓆
Jungkook zarda bilan xonani tark etar ekan, Saewon xo'rsindi. U endigi hayotida nimalar qilishini? Nima bilan shug'ullanishi? Extimol bu mahluqdan qutulish yo'llarining turli - tuman yechimlarini topa oladimi yoki yo'q mutlaqo oylab ko'rmagan edi.
Uning hayotiga ruxsatsiz bostirib kelgan, bu baxtsizliklar, Saewon uchun yetarli va u bugungi kunini hordiq uchun bag'ishlamoqchi edi.
- yaxshisi uxlayman - Saewon bir toxtamga kelib, kiyim javoni tomon yonaldi.
- shunisi yaxshi - qiz javon ichidagi osmonning zangori rangini o'zida aks ettirgan yopiq tungi libosni oldi va uni kiyib oldi.
Shu ekanmi boy hayot? - agar uning shunaqa boy eri bo'lsa, nega endi bulardan roxatlanmaslik kerak? - oyladi Saewon va o'zidagi bu qulaylik unda mamnun qiyofani paydo qildi.
U ikki odamdan-da ko'p odamlarni o'ziga sig'dira oladigan katta yotoq ustiga o'zini tashlar ekan, yumshoq matrasning bilinmas gichirlashidan hursand bo'ldi.
U ko'rpa ichiga kirdi va bir zum bu hayotning shirin yolg'onlaridan uzilishni istab ko'zlarini yumdi.
Zulmat ichra yugurib ketayotgan qiz, ormonning chalkash yo'llarida o'z chiqish yo'lini topa olmas edi. Uning nigohlari bejo, bir vaqtni o'zida har tarafga qarashga urunar ekan, oyog'i tagidagi toshga e'tibor bermay yerga quladi.
Ormon ichini zalvorli kulgu bosib ketdi. Uni kim kuzatayabdi? Bu kimning kulgusi?
Saewonning ko'z qorachiqlari qo'rquvdan kenglashgan u allaqachon o'zining "taqibchisi" - dan habardor va uning mavjudligini isbotlovchi kulguni eshitgan edi.
U o'rnidan turar ekan, qo'llaridagi loy va yumshoq va hiyla nam tuproqni qo'qib tashladi. U bilagidagi shilinish va achishishning yoqimsiz og'rigini his qildi, yuzlari burishib ko'ngli notinch bo'ldi.
- Bu nimasi bo'ldi? - uning aqli butunlay mavhumlik ichra yoqolgan edi. U o'z ongini qo'rquvning chirmovchi tolalari orasida sarsonlik bilan azoblanayotgani his qilib turar, ammo bunga qarshi tura olmas edi.
U ortida gichirlash kabi tovushini eshitar ekan, butunlay qotib qoldi. Orqasiga qarash yoki qo'chishda davom e'tish tanlovining imkonsizlik oshyonlarida kezdi.
- u kim? - u ortiga qaramay savol berdi. Lekin biror sas yo'q- ki uning bu ding quloqlari eshitsa. U ortiga qarashga jur'at etdi, u ilg'ay oladigan harakat qiluvchi jism uning ortida emas edi. U adashdimi?
Qiz bunga e'tibor bermadi. U yolida davom etishni tanladi, agar uning ortida hech kim yo'q ekan, bu yerda turishdan naf yo'q edi!
U ormon oralab yugurib bo'lar ekan, qasr bilan yuzlashdi. Baland salobatli qasrning ormon ortasidagi bu joylashuvi - yoqimli emas edi.
Saewon u yerda bir muncha turib qoldi, u bundan keyin nima qilish kerakligini oyladi. U yana ortida shitirlash tovushlarini eshitar ekan, uning boshi instik tarzda ortga qaradi.
Bu safar u ko'rdi! Undan uzoqroqda unga bir juft qizil ko'zlar qarab turar edi. Bu ko'zlar shunchalar, gazabli va qo'rqinchili ko'rinar ekan, Saewon o'zini chinqirishdan zo'rga tiydi.
U ko'rgan bu qizil ko'zlar shiddat ila u tomon harakatlana boshlaganda, Saewon bu ko'zlar egasi yirik qora bo'ri ekanini angladi.
- Yo Xudoyim! - Saewon o'zini qasrning gothik eshiklariga urdi, - Bu jin urgur nega O'CHILMAYDI? - Saewonning ko'ksidagi kuchli dukkilash uni yanada hayajon va qo'rquvning ayro ko'chalarida adashishtar va uni sarosima og'ushida asabiylashiga sabab bo'lardi.
Gothik arxitekturasining asosiy belgilaridan biri sifatida, bu eshiklar ko'pincha katedral va cherkovlarda uchraydi. Ularning dizayni nafaqat estetik jihatdan, balki funksional jihatdan ham muhimdir: ular ichki joylarni yoritish va havo almashinuvi uchun yordam beradi.
- jin ursin hammasini! - Saewon titroq qo'llari bilan asabiy gothik eshikning zanglagan temir qatlamlariga chirmab tashlangan zanjirni zo'rg'a yechib olar ekan, zarb bilan yulqib yerga uloqtirdi va qasrning tashqi hududiga kirishga muvaffaq bo'ldi.
Ammo u hamon havfdan halos etilmagan edi, uning taqibchisi hamon harakatlanar va u havfli edi. Saewon bor kuchini oyoqlarida to'plab qasr ichiga kirib olishga erishdi, tezda ortidan eshikni qulflashga muvaffaq bo'lar ekan, eshikka urilgan kuchli tana va uning ortidan eshitilgan irillashlar qizning esxonasini butunlay tozg'itib yubordi.
- Men qayerdaman? - u har tarafga sarson nigohlarini tikar ekan, jixozlar ustiga oq choyshablar toshalgan va har - har tarafda eskiligidan chang bilan qo'planib orgimchak tori bilan qorishib ketgan buyumlarni ko'rdi.
Qiz bu qasrni tanishga urundi, bu yer go'yo hozir o'zi istiqomat qilayotgan qasrning eski ko'rinishini eslatar edi.
Qiz nishab xona ichida yurib borar ekan, uzun zinapoya bilan yuzlashdi. Uning shuurida hira hotiralar tizilishib o'tar ekan, zinapoya quyisida unga buyruq berayotgan Jungkookning, siymosi gavdalandi.
- Men, qanday qilib? - qiz ortiqcha so'zlarni ayta olmas, hozir ko'rayotgan barcha xodisalar qanday bo'layotganini tushunmas, tushungan taqdirda ham idrok eta olmas edi.
Qiz pillapoyadan sekinlik bilan ko'tarilar ekan, balandroqda ustiga chirib, o'zida bir qancha teshiklar hosil qilgan mato' bilan oralgan suratga duch keldi. Qiziq bu kimning surati ekan?
Saewon sekinlik bilan qo'llarini osha ko'xna mato' tomon uzatar ekan, ohista harakat qilar edi.
- Nahotki? - Saewon mato' bilan yashirilgan suratdan hayratlandi. Devorda osig'lik bu suratda Saewon tasvirlangandi.
- b-bu qanday bo'lishi mumkun? - Saewon suratning yuz qatlamida barmoqlarini yurg'izar ekan, bo'ynida o'zga tanadan chiqayotgan nafaslarni eshitdi.
- Senga yoqdimi? - dedi notanish ovoz chuqur ohangda, go'yo shivirlagandek ohista va aniq.
Saewon birdan paydo bo'lgan bu ovozdan cho'chib ketdi va tezda o'rtga qaradi, ammo qanchalik tez harakat qilar ekan, uning og'irilgan tanasi shunchalar tez surat osilgan devorga qapishtirildi.
- Jungkook? - deya olishga muvaffaq bo'lgan Saewon opkasini to'ldirib nafas olar, shu sabab ko'ksi muallaq ko'tarilib tushar edi.
- Seni oynagim kelayabdi - Jungkookning yuzi zulmat ichra hira va noaniq ko'rinar, faqatgina uning qorong'u tanasi Saewonga bosilib turar ekan, uni his e'tish mumkun.
- Jungkook, bu yer qorong'u men sizni ko'ra olmayabman, yorug'likka chiqaylik - Saewon qo'lini uning ko'ksiga qo'yib o'zidan uzoqlashtirishga urundi, ammo Jungkookning tanasi boshliqdan iboratdek, shunchaki havoga sing'idi va go'yib bo'lib qoldi.
Saewon bir zum nima bo'lganini tushunmadi, hozirgina u mahluqchasini ko'rdi shundaymi yoki bu ro'yomidi?
-Jungkook? - Saewon qorong'u qasr yo'laklarining ikki tarafiga ham qarar ekan, hiyla bog'iq ovozda murojiat qildi, ammo biror sas eshitilmas edi.
Birdan uyni yoritib yuboruvchi, chaqmoq va uning ortidan yurakni taxlikada qo'ldiruvchi momaqaldiroqning narasi eshitildi. Birdan bo'lgan bu xodisa qizni cho'chitib yuborar ekan, tashqarida shiddatli yomg'irdan darak beruvchi shitirlashlari eshitila boshladi.
Saewon, bu qasr o'zi yashayotgan qo'rg'onning harobaga oxshash ko'rinishi ekanini faxmlagan edi, ammo birdan bu axvolga kelib qo'lgab qasr va o'zi paydo bo'lib qolgan chor tarafi yirik tanali daraxlar bilan oralgan ormonning qanday mavjud bo'lib qolganiga idroki yetmas, fikrlarini to'g'ri ibroz e'ta olmas edi.
Saewon o'zining xonasi tomon yonalib, eskirib deyarli o'z joyida zo'rga osilib turgan zulfli eshigini ochar ekan, xonasining mutlaqo yaxshi saqlanganidan hech narsasi umuman o'zgarmaganini guvohi bo'ldi. Bu voqealar qanday? nima uchun? Nega hozir bo'layotgani u uchun mavhum va tubsizlik ichra yo'qolgandek joyali sababga ega xodisa emas edi.
U xonaga kirar ekan, yagona o'zgarish yotog'i ustidagi alvonrang atirgul edi.
U yotoqqa yaqinlashib, atirgulni olar ekan, uni hidlab ko'rdi. Guldan bahorning muattar hidi taralar ekan, Saewon o'zida jilmayish uchun yagona sabab bo'yisidan yuziga tabassum yugurtirdi.
- Sen menikisan, qorparcham - Saewonning tabassumi so'nib qulog'i ostida eshitilgan bu tovushdan tezda o'rtiga qaradi. Uning ortida turgan bu yirik tana unga juda tanish edi.
Jungkook jilmaydi, uning yuzi tashqarida baland gumburlash ortidan paydo bo'lib chor atrofni yoritgan chaqmoqning siniq shulalarida akslanar ekan, Saewon qo'rqib ketdi.
Yotoqdan uzala tushgan kichik tana va uning ortidan kelgan kichik ingrash, bugungi kun boshlanishi edi.
Soat millari allaqachon 7:00 ni ko'rsatar ekan, quyoshning shaffof nur tolalari Saewonning xonasiga o'g'rincha kirib, unu yortishga ulgurganiga qaramay, o'zi polga qulagan tanasini kotarar ekan, yuzlarini og'riqdan burishtirar edi.
- Ahmoq, yaramas, tushimga kirib qo'rqitishga nima bor edi. Uyqumni rasvo qildi.
Saewob nolib yuvinish xonasida tozalanib chiqar ekan, hamon gazabidan tushmagan edi. U Jungkookni tinmay haqorat qilar ekan, to'liq kiyindi va sochlarini tarab shunchaki yoyib oldi.
- Shoshma, nega men uni oylashim kerak, - Saewon ko'zguga qarab ko'rinishidan kongli toldi va chuqur nafas olib chiqardi. U tushundi, chunki uning bu qimmatli asab tolalari Jungkook kabi kelishgan mahluqot uchun qimmatli qilar edi.
Saewon muqaddam hayotida kambaga'l bo'lganiga qaramay, u o'zini sevar edi va nega endi u Jungkook uchun bu asablarini qurbon qilishi kerak?
- Xonim, - tez orada eshik taqillab, uning ortidan zaif ovoz eshitildi.
Saewon tezda eshik tomon yonalib eshikni ochdi:
- Xayrli tong - dedi u nurli qiyofada
- Xayrli tong xonim, - javob qaytardi hizmatchi qiz egik bosh bilan - Sizni janob nonushtada kutayabdilar.
Saewon indamadi, ammo bosh irg'ab hozir tushishini ma'lum qildi. Va muqaddam joyiga qaytib, o'z mukammal ko'rinishidan zavqlandi. U qarshisida zaif qizaloqni emas, kuchli ayolni ko'rmoqchi edi. Va u bunga tez orada erishish uchun hammasini qilar edi.
Saewon yana bir og'ir "uh" - tordi va yuzida tabassum yugurtirib pastga tushdi. U ovqat xonasiga yaqinlashar ekan, yuragi gumurdi, u tungi oromsizlikka sabab bo'lgan tushini hamon unutmagan edi. U yana jismida qo'rquv nish urayotganini his etardi, lekin o'ziga qo'lga oldi. Axir Jungkookni o'zi odam yemasligini aytgan, to'g'rimi?
U xonaga kirar ekan, hizmatchi qizlar tort tarafda tik turar, Jungkook stol boshida sokin ovqatlanar edi. Uning kelganini sezgan Jungkook, qizga qaradi va jiddiylik bilan og'zidagi luqmasini yutib, so'ng so'z boshladi:
- Xayrli tong - dedi u yana bir goshtni og'ziga solish uchun harakat qilar ekan, o'tkir nigohlarini Saewonga tikib.
- Sizni ko'rgandan keyin bu kunning xayiri qolibdimi? - dedi Saewon faqat o'ziga eshitilar darajada tishlarini gichirlatib va iloji boricha Jungkookdan uzoqroq joyga o'tirdi.
Jungkook "Rafiqasi" - ing erta tongdan kayfiyati yo'qligini sezdi, ammo sabab o'zi ekanini sezmadi. To'g'rirogi u uchun Saewon to'yidan norozi qizaloq edi.
Saewon jimgina ovqatlanishni boshladi, xonada sukut ichra faqat sanchiqi va pichoqning likopchaga urulgan tovushlarini eshitilar ekan, biror buyruqni bajarish uchun saf tortib turgan hizmatchi qizlar bu "Yangi turmush qurganlarning" axvolidan hayron qoldi.
Odatda bu pallada hamma er - xotinlar asal oyi uchun sayoxatga chiqishlari yoxud bir birining visoliga to'ya olmay sevgi og'ushida dengiz tolqinlari kabi mavjlanib, dil izhorlar qilishi kerak emasmidi?
Nonushta tugaganidan so'ng Jungkook odamlari bilan "karvon" - kabi tizilgan mashinalar ichida ketishdi. Saewon esa yana xonasiga ketdi.
- Bular nega bunday? - hizmatchi qizlar tuzalgan dasturxondagi ovqatlarni yig'ishtirar ekan, orasidan biri chiday olmay gapirdi.
- Yangi turmush qurganlar yuzidan tabassum arimaydi bular esa bir biridan 10 metr masofada yuradi-a? - qo'shildi yana bir hizmatchi qiz, dugonasining gapini tasdiqlab.
- Buni nimasi hayratlanarli, janob Jungkook bu xonimchaga majburlikdan uylandi shusiz ham - ko'z gavharlarini ko'z kosasida aylantirgan Ji-eun, hasadnamo yuz bilan gapirdi.
- Bu nima deganing, - hayron bo'ldi Soojin
- Bilmaysizlarmi? - Ji-eun qo'lidagi ovqat qoldiqlarini yig'ib bir idishga toplar ekan, u bilan dasturxondagi ovqatlarni olayotgan hizmatchi qizlarga bir - bir qarab olib, so'ng gapirdi.
- Bu qiz, janobimizni bo'yniga osilib olgan axloqsiz bo'ladi. U janobdan pul talab qilgan, vaxolan-ki janob Jungkook buni xohlamagach, uning otasiga shikoyat qilgan. Aftidan nomusimga tegdi deb tuxmat qilgan shekilli, katta Janob kelishlari bilan, janobimiz ham unga uylanishga qaror qildilar.
Men bilaman Saewon xonim anniq shunday qilgan - Ji-eun qo'lidagi idishlarni saramjonlab olib chiqar ekan, ortidagi hizmatchi qizlarga qarab qo'ydi. U tashlagan mavzu biroz ahmoqona tuyulmasin, yoshligidan ilm yolini ushlamay alal - o'qibat tor fikr doirasi bilan qolib ketgan bu qizlar uchun, kongil yozib giybat qilish uchun yaxshi mavzu topilgan edi.
Ji-eun, "xo'jayin"- ni sevmas edi va uning bu ig'volari sevgi bo'yisidan emas, balkim hasad ortidan edi. U mashaqqat erisholmagan bunday hashamatga osha ko'chadan kelgan xonim erishgani uning jaxli chiqishiga sabab bo'lar edi.
U bo'ylik shaydosi edi, u ko'p bora xo'jayining konglini ovlab pullar undirishni oyladi, ammo Jungkookning havfli shaxsiyati uning maqsadiga tog'anoq bo'lar, qiz "Alfa"-ga yaqinlashishga o'zida jur'at to'pa olmas edi.
Kunlar shu yosinda bir birini quvlab o'tar ekan, Saewon ko'chaga chiqish xuquqidan butunlay mahrum e'tilgan edi.
Jungkook unga uylangani bo'yis uning barcha dushmanlari uchun Saewon "nishon" vazifasini o'tar va uning uchun uy eng havfsiz joy deya e'tirof e'tilar edi.
Saewon o'z xonasida zerikmasligi uchun olib kelingan maxsus kitoblarni o'qib yotar ekan, telefoniga habar kelganini bildiruvchi tovush yangradi.
- Senga yordam bera olaman - noma'lum raqamdan kelgan bu habar Saewonni taajjubga soldi. U avval biroz oylandi, so'ng biroz jilmaydi. Unga kim yordam berar ekan, axir uni 24 soat qo'riqlatib ko'chaga-da chiqarmayayotgan "Eri" - bor-ku
- menga qanday yordam bera olasiz? - yozdi u javoban, aftidan u uchun bu shunchaki zerikishdagi oyin edi.
- Seni Alfaning changalidan ozod qila olaman - noma'lum raqamdan kelgan bu habar Saewon uchun ichak-uzdi hazil kabi tuyuldi. Hozir osha odam uni Jungkookdan qutqarmoqchimi? Nahot Jungkookning vaxshiyliklaridan bexabar bo'lsa?
- uyda bizning odamimiz bor, u senga tashqariga chiqishing uchun ko'mak beradi.
Saewon bu safar oylanib qoldi, noma'lum raqam rostdan uni qutqarmoqchimi?
- Meni qutqarishdan sizga nima foyda?
Qarshi tomondan javob kelmas ekan, Saewon sergaklandi. Nega endi u yozmayabdi? Yoki uning maqsadi garazli edimi?
- Odamimni yubordim, u seni tashqariga chiqaradi va buni keyin muhokama qilamiz.
- Sizga bundan nima foyda? - Saewon yana qayta shu savolni yozdi, ammo javob kelmadi. Biroz o'tib Saewonning eshigi taqilladi. Noma'lum raqam egasi rost gapirgan edimi?
Saewon ornidan turdi, u issiq ko'k pijanmasida oyoq sudrab borar ekan, eshikni o'chishga oylanar edi. Eshik takror taqillar ekan, u eshikni o'chdi.
- Ji-eun? - qiz Saewonning og'zini yopdi.
- xonim ortiqcha gapirmang, sezdirib qo'yasiz - Ji-eun atrofga o'g'rincha qarab olar ekan, Saewonning qo'llaridan tutdi.
- hozir soat 20:00 orqa eshik qo'riqchilari ovqatlanish uchun ketgan, tezroq ulgurishimiz kerak.
Saewon bosh irg'adi, u o'zida ham hayajon ham qo'rquvni his qildi. U Ji-eunga ergashar ekan, orqa eshikka borishdi. Avval Ji-eun eshikni hiyla o'chib ko'z qirida atrofni tekshirar ekan, Saewonga yurish mumkunligini imo qildi.
Ular orqa eshikdan, qo'rg'onning garbiy qismidan chiqishdi. Hiyla uzoqda, ko'z ilg'amaydigan darajada yaxshi niqoblangan qora mashina turar ekan, Ji-eun xonimi ortidan itardi.
- men kirishim kerak xonim, siz esa osha mashinaga boring ular sizga rejani tushuntirishadi.
Saewon mashina tarafga yonalar ekan, hizmatkorga qaradi:
- Arzimaydi - Dedi Ji-eun shodmand qiyofada - bu yerda butun umr asira bo'lishingizni xohlamayman.
Saewon hizmatkor qizga minnatdor nigoh ila qaradi, uni bu hayotta oylagan yagona inson sifatida Ji-eun u uchun aziz insondek ko'rindi. U mashina tarafga qarab tez - tez odimlar ekan, qadamlari shiddatli edi.
Ji-eun xonimi mashina tarafga ketayotganini ko'rib zavqlandi va quvondi, uning rejasiga muvofiq uning xonimi qo'rg'ondan o'z mahbubi bilan qo'chib, o'z eriga xiyonat qilgan mashuqa roli uchun tayyor horak bo'lgan edi.
- ko'ramiz, endi ham bu qasr sen uchun jannatnamo go'shaligicha qo'larmikin? - u miyigida kulib qo'rg'onga kirib ketdi, endi esa shunchaki tomoshani ko'rish kifoya edi u uchun...