π πΈπ·π΅π² π²πΌπ±πΊ
Pusandan chiqib o'rmonga ketish yolida avtohalokatga uchragan mashina atrofi politsiyaning maxsus sariq tasmasi bilan oralgan edi. Yomg'irning shiddatli tomchilarni yolni teshgudek bo'lib urilar ekan, shiddatli jala yog'ishni boshlaganini anglash mumkin edi.
Hodimlar yoldan chiqib ketib ikki
yumalab tomi biroz ichiga kirib, pachogi chiqqan mashinani ustlariga mahsus yomg'irpush kiyimlarini kiygan holda tekshirishar edi.
Tez yordam mashinalari allaqachon kelgan bo'lib, qurbonlarni birin ketin olib ketishni boshladi.
- qurbonlar soni? - tinmas yomg'ir ostida labiga tamakini qistirib soyabon ostida halokat joyini o'rganayotgan komissar, qog'ozga bir nimalarni qoralayotgan sinov muddati asosida olingan hodim yigitgachaga yuzlandi.
- qurbonlar soni ikkita, er va hotin janob - yomg'irda shalabbo bo'lib allaqachon isitmalashni boshlayotgan yigitcha yumaloqshishali ko'zoynakini burniga yahshilab qistirdi.
- yaralanganlar bormi? - erkak tamakini yerga tashlab ezgilagancha ichidagi tutunni sard* havoga purkadi.
- Janob aytsam hech ishonmaysiz! - yigitcha burun kataklarini ishqalab davom etdi, -
Er va hotinning joni uzulgan ammo, erkakning qizi.. uning qizi hayratlanarni darajada sog'lom, janob oyog'inini biroz tirnab olganini hisobga olmasa mutlaqo sog'lom. Bunday avtohalokatdan hatto super qobiliyat bilan ham hech qanday jarohatsiz chiqishi
mushkul edi, - yigitcha to'lqinlanib gapirar ekan, uning keltirgan faktlariga komissar ham biroz qiziqish bildirdi.
Rostan ham bunday ko'p talofotli jiddiy avtohalokatda birgina tirnalish aql bovar qilmaydigan darajadagi arzimas jarohat deb topilar edi.
- qiziq.. Omadli ekan. Avtohalokat marhum Janob Parkning aybi bilan bo'lgani boyis ish yopildi, - qisqa qilib sharh bergan komissar yigitchadan fayllarni olib mashinasiga ketdi.
Sovuq havoda atrofi tort devor bilan o'ralgan qamoqxonadan chiqqan qiz, osmonga qarab xo'rsingancha go'yo ichidagi g'uborlarni chiqarib yuborgandek bo'ldi. 5 yil ichida qamoqning tort tarafi oralgan kichik hujrasida o'tirib sokin osmonning kom ko'k libosini ko'rish orzu edi, u uchun. Ayollarning har kungi janjaliyu beayb kaltaklashlaridan qutulgan bo'lgan esa-da yuzlari hali hamon jarohatlarga to'la edi. Bugun u ozodlikka chiqti. Ko'pdan beri o'ziga tegishli bo'lgan, ammo boshqalarning aybi tufayli tortib olingan bu erk, Saewonga yana qaytarilgan edi. Saewon qamoqxonaning jirkanchlikka to'lgan har bir jihatini 5 yil davomida juda yaxshi o'rgandi. Endi esa u bu yerdan qutulganidan hursand, ammo bundan buyogiga nima qilishi mavhum edi.
Saewon u yerda o'zining qimmatli vaqtini ko'p ham o'tqazishni istamay uyiga yol oldi. Bu uyni qamoqga kirishidan oldin davlat tomonidan sovg'a qilingani hamon hotirasida saqlanib qolgan. Uyining eskirib g'ichirlab qolgan eshigining nosoz zulfini burab ichkariga kirgan qiz, uyining ivirsib bir axvol bo'lib qolgan ko'rinishidan seskandi. Chang bilan to'lib havosi zaharlangan uyni yaxshilash maqsadida, derazalarni ochib biroz shamollatdi.
Saewon tartibni yaxshi ko'rar va qayerda bo'lmasin bu ishini hayotida tatbiq qilishni xohlar edi. Shu boyis kelganidanoq, butun dunyoning axlatini o'zida jamlab, orgimchaklar uchun asosiy mehmonxona sifatida ish yuritayotgan bu uyni tozalashni boshladi.
Kechga yaqin o'z ishlarini tugatgan Saewon, yangi yuvilib biroz oldin qurigan postel yozilgan eski krovatiga o'zini tashladi. Biroz dam o'lib ko'zlarini yumdi. Bugun juda charchabti, endi sezildi, lekin ertalabdan buyon ovqat yemagani boyis qorni surnay chala boshlaganini his qildi.
Agar hozir qamoqda bo'lganda har qalay bepul ovqatli bo'lgan bo'lar edi. O'rnidan turgan qiz orqasini krovatga suyadi. Beli biroz qotib, og'rib qolibti. Biror chaqa topish maqsadida cho'ntagini kavlab ko'rdi. Natija qoniqarsiz.
Endigina qamoqdan chiqqan jinoyatchida pul bo'lishini o'zi kulguli narsa edi.
Qamoqxonada do'st tutingan bir nechta dugonalari unga chiqishdan oldin bepul ovqatni qayerdan topishni aytib qo'yganliklari boyis, bugungi kun uchun ovqat toydirishi mumkin edu.
Birozgina eskirgan bo'lsada, ammo hali hamon mazali bo'lgan tokpokilarni ko'cha rastasidan olgan qizaloq uyiga yo'l oldi.
Yo'l yo'lakay ularni paqqos tushirar ekan, ko'pdan beri bunaqa mazali taomni yemaganini his qildi.
Kun ham allaqachon kech bo'lib osmon o'z qizgish yopinchigi ortidan qora matosini tashlar ekan, kuz oyiga hos bo'lgan yengil shabada esar edi. Qizning oylar davomida suv ko'rmagan sochlari shamol bag'rida yayrab har tomonga uchar ekan, qiz ularni qulogi ortida qistirib olardi. Vanihoyat u, uyiga olib boruvchi ko'chaga qayrildi. Mayda qadamlar bilan yo'lda davom etarkan, birdan to'xtab qoldi.
- bular kim bo'ldi endi? Bechoradan nima xohlashadi? - qiz tokpokkini yana bir tishlab iloji boricha tezroq chaynashga urunib, undan uncha uzoq bo'lmagan joyda bir kishini mashinadan chiqarib, kuch bilan allaqanday tashlandiq binoga olib kirib ketishganini ko'rib yashirindi.
Ikki barzangi, ilojsiz kishini binoga olib ketar ekan, ularni ortidan nazorat qilib ketayotgan boshqa barzangilar atrofda tirik jon bor yo'qligini ko'zdan kechirib ketishar edi, ammo Saewonning kichik jussasini sezishmadi.
Saewon ohirgi ovqatini ham ohirigacha yeb yutundi va yashiringan joyidan chiqmoqchi bo'lib qozg'algan bo'ldi, biroq mashina ichidan qora plash ichida keng yelkalari yaqqol bilinib turgan baland boyli erkakni viqor ila barzangilar kirib ketgan bino ichiga yo'l olgani ko'rgan qizaloq yana boshini egdi.
- bilasanmi? Men o'zimga dushman bo'lishga urunganlarni nima qilaman?
Kiriboq yerga itqitilib yuzi tuproqqa bejalgan erkak boshida tik turgan yirtqich, sovuq nigoh ila unga qaradi.
- n..nima qilasiz? - bu yerga keltirilishidan oldin yuzlari yaxshilab bejalib ancha tavbasiga tayangan erkak, momatoloq bo'lib bazo'r ochilayotgan ko'zlari bilan yirtqichga qaradi.
- Unga bu qarori noto'g'ri ekanini isbotlayman! - yigit qandaydir soxta va asabiylikka hos bo'lgan qiyofada jilmayib, erkakni tepib yubordi. Erkak kuchli zarbdan uch irg'ib 2 metr nariga dumalab ketar ekan, bu nomalum gayriinsoniy kuchning boyisidan oshqozonini bor yoki yo'qligi unutib qoydi.
Qora plashli shoshilmasdan 2 metr naridan nafasi bog'ziga tiqilib qornini ushlagancha nafas olishga urunayotgan erkakni sochidan ushlab turg'izdi va yuziga tarsaki solib yubordi.
- Alfa! men bilmay qoldim. Men ..men yo'ldan adashdim Alfa. Ular meni shunga majbur qilishdi. Meni kechir alfa iltimos - yigitning kuchli zarbidan yuzi yongandek qizigan erkak uning oyogiga boshini egib tuflisi o'pa ketdi.
Plashli, unga bir jirkanib qaradiyu erkakni sochlaridan changallab ko'targancha, tanasini ikkiga bo'lakga ajratib tashladi.
- U mahluq - pichirladi qiz uning qilgan ishidan hayratda qolgancha. U o'zi bilmagan holda yordam uchun kelib o'zini muammoga o'tganini kech tushundi. Orqaga tisarilgan qiz oyog'i ostida turgan narsalarni ag'dargancha, qo'rqanidan baqirib yubordi.
- Kim u? - tovushni tezda ilgagan sardor atrofga qarab binoni chiqishiga yugurayotgan qizni ko'rib nafasi ostida so'kindi, - jin ursin.
- Ushlanglar uni! - buyurdi erkak, ikkiga ajralib ichak chavoqni chiqib yotgan sotqinning yonidan uzoqlashar ekan, qochayotgan qizga ishora qilib.
Uning buyrug'ini kutib turgan bir toda yigitlar qizni ortidan chopti. Qolgan qismi esa xo'jayining ko'z qarashlaridan nima qilish kerakligini anglab uning tili bilan aytganda "Axlat" - ning ustiga kirosin sepib yoqib yubordi.
- Kechirasiz ..janob,ammo uni qo'ldan chiqardik - oradan bir soat o'tib xo'jayinini yonida qorquvdan tizilishgan erkaklar todasi orasidan biroz jasurrogi gapirishga jur'at etdi.
Yirtqich qoliga qurolini olib birinchi erkakni oldiga keldi.
- uni ushladingmi? - yigit so'zlarini dona - dona qilib aniq aytar ekan, uni tushunmaslikni iloji yo'q edi.
- yo'q - bir yutunib gapirdi soqolli erkak.
Jungkook hech ikkilanmasdan erkakni boshiga o'q joylandi. U qolgan erkaklardan shu taxlitda bir savolni berar ekan javoblardan qoniqmadi. 10 daqiqa ichida atrof murdalarga to'ldi.
- bu yerni tozalang, - Jungkook sovuq qiyofada yerni o'z jasadi bilan bulgab yotgan "qurbon" - lariga qarab gapirdi.
Uning ishorasi tushungan boshqa erkaklar, o'z joni omon qolganidan xursand bo'lib tezda ishga kirishdi.
Jungkook asabiy horsinib tamanikini labiga qistirgancha, tamakini mahsus oltin yondirgichuda kuydirib cheka boshladi. Ayni paytda unga issiq vanna kerak. U mashinasini ot oldirib, hatto qasr deyishning o'zi haqorat bo'lib eshitiladigan darajasa yuksak did va hashamatga burkangan koshonasiga yol oldi.
Kir, - dedi sovuq politsiya hodimi qizni qolidagi kishanni yechib panjara ortiga itarar ekan, - hozirgi yoshlarga hayronsan, qorni och qolsa bo'ldi tezda og'rilikka qol urishadi. Biror ishni belini tutishni bilishmaydi bular.
Politsiya hodimi malomat qilgancha eshikni qulflab yo'lak boylab tashqariga chiqib ketdi.
Saewon hech kimga gapirmasdan bo'sh krovatga borib o'tirdi. Nari bo'lsa 15 kun o'tirishini bilgan qiz juda sokin edi. Kaloniyadagi boshqa ayollar esa yangi kelgan a'zolariga etibor bermaslikni maqul ko'rishdi shekilli, indashmadi.
Saewon tun boyi uyg'oq yotdi. U uzogi bilan yigirma kun shu yerda bo'ladi. Mayda og'rilik uchun ko'p berishmaydi u buni juda yaxshi biladi. Qamoqni yagona yaxshi tarafi unga bepul ovqat berishlari edi. Qiz qamoqdan keyin nima qilishini oylar edi. Nima qiladi? Qayerga bo'radi? O'zi uni biror yaqini bo'rmi?.
- hoy sen! - beliga kishan osig'lik bo'lib biroz to-lachadan kelgan ayol politsiyachi ozyga bo'tib o'z olamiga tushib qolgan Saewonni turtdi.
- nima karmisan ozod qilishdi seni, orningdan tur. Ortimdan ergash! - ayol ko'p ham izoh berishni xohlamadi va Saewonni turtqilagancha ornidan turg'izib o'zi bilan olib ketdi. Kelganiga bir kun ham bo'lmay ozod bo'lgan qizga ham havas ham hasab bilan boqayotgan ko'zlardan uzoqlashgan qiz har hil xayollarni oylar edi.
Uni kim ozod qildi? Uni biror yaqini bo'lmasa unga kim bunday muruvvat ko'rsatadi? Qiz javobini tashqariga chiqiboq qabulxona oldida mahsus o'rindiqda kamida 20 nafar qo'riqchi orasida o'tirgan yigitni ko'rib anglab oldi.
Saewon joyida tosh qotdi. U yana kaloniyasiga qaytib ketsa ketadiyu lekin osha "Mahluq" bilan ketmaydi!
Yigit uni ko'rib ma'noli jilmaydi. O'rnidan turib qizni yoniga kelib dostona quchdi. Qiz bunday munosabatdan biroz gangib qoldiyu ammo qimirlashga jurati yetmadi.
- meni quch ularda shubha uyg'otma. Agar biror ortiqcha harakat qilmoqchi bo'lsang, seni shu yerni o'zida chavaqlab tashlayman, bundan kongling to'q bo'lsin. Ishonchim komilki buni qanday bo'lishiga guvoh bo'lgansan, - Jungkok kinoya bilan gapirdi.
Saewon inday olmadi. Ko'ziga yosh yig-ilib burni achishib ketarkan, qo'rqibgina yigitni qaltiroq qollari bilan quchdi.
Jungkook qabulxonadagi politsiya hodimlariga o'ziga hos hukmron aurada singlisi uydan qochib ketganligi va shu sabab noto'g'ri harakatga qo'l urib ularning vaqtlarini behudaga olgani uchun chin dildan hijolatda ekanini bildirdi.
Saewon Jungkookning so'zlaridan shu qadar hayratda qolgan ediki, u bunday mukammal bahonani hali hech bir mavzeda eshitmagan edi.
Jungkook qizni yelkasidan qo'lini o-tqizib, tashqariga olib ketar ekan bitta ortiqcha harakat va uning hayotiga nuqta qoyishini uqtirib qoyishga ulgurgan edi.
Ularning ortidan esa 20 nafar tish tirnog'igacha qurollangan qo'riqchilar ergashishdi.
- U qanchalar kelishgan va qaynoq - Qog'ozlarini bag'riga bosib Saewonni yelkasidan quchib ketayotgan Jungkookga mahliyo bo'lgancha gapirdi yosh honim.
- Singlisiga g'amxo'rliginichi. Qaniydi shunday erkak mening turmush ortog'im bo'lsa - eridan biroz noligandek bo'ldi sochini orqasiga koptok misol dumaloq ko'rinishda yig'ib turmaklab olgan orta yoshlardagi ayol.
Jungkook Saewonni mashina ichiga majburlab otirqizdi. Qiz mashinaga otirgan zahoti tipirchilab qochish yo'lini izlay boshladi.
Jungkook qizning bu qarshiliklaridan zerikib uning qollarini o'zining qoli bilan mahkamlab, ikkinchi qoli bilan mahsus tayyorlangan shpritsni uni boyniga suqib suyuqlikni Saewonning tanasiga jo'natdi.
Saewonning tanasiga yuborilgan suyuqlik tez muddatda ta'sir qilishni boshlab o'ziga ogirlik qilayotgan boshini yigitni ko'ksiga tashlab, ko'zlarini yumdi.
Jungkook qizni boshini ko'ksidan olib nariroqga itarib boshqa tarafga qaratib qoydi va haydovchisiga yuzlandi:
- shahar tashqarisidagi boshpanaga hayda.
Haydovchi Alfaning buyrug'ini so'zsiz bajarib shahar tashqarisiga rulni burib, osha tomonga yo'l oldi. Jungkook bo'ynini uqalab, orqasini mashina o'rindig'iga suyagancha, yuzi oynaga yopishib uhlab ketayotgan qizga sovuq nigoh ila qaradi.
Bu qiz uni shuncha sargandon qilib asab tolalarini yaxshigina uzgani uchun qanday ja-zolar qo'llashini oylab g'alati jilmaydi. Balki kolleksiyasiga yana bir tulum qoshilar kim bilsin...?