CHIARA
Maysalar kun oldingi yomg’ir ta’sirida birozgina nam. Osmon bulutli, havo esa salqin aralashgan dim. Boshqacha atmasfera va yoqimli ob-havo. Ammo kimlargadir shu ham yoqmayapdi. Boshi tars yorilay degan payt hech nima ko’ngliga sig’mayotganligi yuzidan ma’lum. Suzilgan ko’zlari esa shamollashning eng birinchi alomati. Saewon qizargan ko’zlari bilan golf o’ynayotgan yigitga qararkan, yengil yo’talib qo’ydi. Arg’imchoqlik o’rindiqni oyoqlari bilan biroz silkitganda Jungkook unga o’girildi.
- Yo’q, - qisqa javob qildi qiz.
- Nega? - Jungkook golf tayog’ini yelkasiga qo’ygancha u tomon yaqinlasha boshladi.
Saewon unga javob qaytarmadi. Go’yoki kechagi bo’lgan hodisaning arazida edi.
- Gapirmaysanmi? - Jungkook qizning yonidan joy olganda Saewon biroz surildi.
Yigitning og’ir vaznidan arg’imchoq o’rindiq ham keskin qimirladi. Yigit ham qizga ergashgan ko’yi o’rindiq ustida u tomon siljidi.
Qizning keskin javobi yigitning qosh chimirishiga sabab bo’ldi. Golf maydoni bo’ylab uzoqlarga tikilib turgan qizga bir muddat qarab qoldi.
- Men so’ramadim, agar sezgan bo’lsang? - oradagi biroz sukutdan so’ng yigit sovuqlik bilan gapirdi.
Jungkook qizning javobidan asabiy kulib qo’ydi. Og’ir ho’rsingach Saewonning nigohlariga ergashdi. Qizning qaysarligi uning sabr kosasini tobora qattiqroq chertayotgan edi. Yam-yashil manzaradan ko’chgan nigoh yana qizga qaytdi. Nigohlar sovuq, yuz ifodasidan nimadir anglash qiyin, tana tili mutlaqo yopiq, ora-orada shamollash sabab burnini tortayotgan Saewon huddi yigit yo’qdek hotirjam o’tirardi.
- Mana shu qora ko’zlaringa qo’limni tiqib olganimda bundan ham ko’roq yoqtirishing aniq!
Saewon jizzakilik bilan baqirdi. Jungkook qo’llarini boshi ostida birlashtirib o’rindiqqa suyandi. Qiz bir kun avval bo’lgan hodisalarni elas-elas eslab qizarib ketdi. Aslida u Jungkookni samimiy va sodda deb tanigandi. Ayniqsa birinchi uchrashuvda ukasi baqirishiga qaramay u shunchaki mayin tabassum bilan qaraganda.
- Isqirtmisan? - yo’tal sabab yoshlangan ko’zlarini yigitga qaratarkan qizargan yuzini yashirish uchun nafrat ifodasini yaratdi.
- Hohlasang tunda birga isqirtlashamiz, - Jungkook qizga ko’z qisib qo’ydi-yu yana o’yinga sho’ng’ib ketdi.
Kasalxonadagi doimiy xlor hidi. Did bilan ta’mirlangan devorlar. Kiborlar qadami ko’p qatnaydigan eng mashxur kasalxonalardan biri. Ayniqsa onalar, ona bo’ladiganlar va ona bo’laolmaganlar tashrifi ko’proq. Ayollar uchun yaratilgan sharoitlar talabga javob beradi. Yuki ham oltin qoshiq bilan tug’ilgan shaxslar orasidan o’tib borar ekan sochlarini ortga barmoqlari bilan taradi. Marmar yo’lak ustida poshnali tuflisi taqqillab, o’zgacha aura tarqatadi. Vanihoyat o’z shifokorining xonasi eshigini taqqillatarkan og’ir ho’rsindi.
- Voyey biram uzoqda honangiz. Yana oxirgi qavatda, - kabinet ichiga kirarkan norozilik bilan gapirdi.
- Keling xonim o’tiring, - qarshisida o’tirgan doktor ayol Yukiga qo’l uzatdi. Qiz ham uning qo’lini qattiq qisib qo’ygach o’rindiqdan joy oldi.
- Iltimos faqat tez va ochiq gapiring vaqtim ziqroq. Tushunasiz degan umiddaman, - sochlarini to’g’irlagan bo’ldi.
- Ko’ngil aynish hech qanday oshqozon sabab emas, bosh aylanishi ham hech qanay gemoglabin pasayishidan emas.
- Unda nimadan? - Yuki tushunmagandek qoshlarini chimirdi.
Yukining qo’llari sochlari orasida qotdi. Doktorga tikilib qolarkan yuragi birdan tez urib ketganini o’zi ham sezmay qoldi. Dunyo to’xtab, ayolning so’zlari quloqlari ostida qayta-qayta takrorlana boshladi. Bir necha soniya shu ahvolda qotgan qizning yuzida mayin tabassum yugurdi.
- Bu narsa bilan hazillashib bo’lmaydi honim!
Yuki hursandligidan keng tabassum qildi. Doktor bilan bo’lgan daqiqalik suhbatdan so’ng u yozib bergan dorilar ro’yxatini oldi-yu eshikdan otilib chiqib ketdi. Yuzida
kulgu, yuragi baxt ila urmoqda. Kasalxona eshigidan chiqish barobarida sumkasini titkilab bir siqim pul chiqardi.
- Bugungi nasibang gadoyvachcha, - hursand bo’lgan ohangda kasalxona oldida tilanchilik qilib o’tirgan erkakka pulni uzatarkan qax-qax otgancha mashinasi tomon yugurdi.
Mayin yoyilgan sochlari havoda silliq tebranar, oppoq tishlari ko’zni quvnatar darajada yaraqlardi. Mashinasini o’t oldirarkan umrida taqmagan havfsizlik kamarini taqdi. Dvigatel ishga tushib ulov joyidan qo’zg’alishi bilan bu yangilikni Nikiga qay tarzda aytishni rejalashtira boshladi. Kechqurun sovg’a qutisi ichiga bolalar oyoq kiyimini solib bersinmi, yoki to’g’ridan-to’g’ri aytaversinmi? Niki qanday reaksiya bildirishi uni juda hursand qilayotgandi. O’ylagan sari yuzidagi tabassumi battar kengaya boshladi. Umrida har bir ayol birinchi onalikni shunday tabassum bilan kutib oladi.
Yuki bo’ynini biroz ko’tararkan qo’ng’iroq ovozi sabab nigohini pastga, telefoniga qaratdi. Ekranda bosh yordamchisining ismini ko’rgach unga ahamiyat bermay qizil tugmani bosib qo’ydi.
- Ayni damda ish bilan band bo’lmoqchi emasman, - o’ziga-o’zi gapirarkan yana chalingach qizil tugmani qayta bosdi.
- Alo honim, - vanihoyat to’rtinchi martada muvaffaqqiyatga uchragan bosh yordamchining ovozi telefon ortidan havotirli yangradi.
- Bugun hech qanday ish bilan band bo’lmoqcchi emasman. Muhim bo’lsa tez-tez gapir. Go’shakni qo’yaman.
- Honim do’kon bo’m-bo’sh. Barcha qurollar o’g’irlanib ketilgan. Hatto ombordagi qurollarning ham to’rtdan uch qismi olib ketilgan, - erkak shoshilib gapirarkan yo’l o’rtasida ketayotgan mashina birdan to’xtadi.
Yaxshiyamki ortidan kelayotgan mashina tormozni vaqtida bosib qoldi. Bo’lmasa ikki kishining hayoti havf ostida qolgan bo'lar edi. Yuki telefonni qulog’i ustiga bosgan ko’yi qotib qoldi. Yo’l o’rtasida tirbandlik va signal tovushlari bir deganda quloqni qomatga keltirar darajaga keldi. Qattiq qisilgan telefon o’chirilib o’rindiq ustiga tashlanarkan mashinalar uchun ajratilgan yo’lda qotgan Yukiga birdan jon kirdi. Katta jip mashinasi bir harakatda chiyillab ortga o’girildi va noqonuniy ravishda birlashgan ikki yo’lni kesib qarama-qarshi tomonga tezlikda uchib ketdi. Sal oldin hursandlikdan osmonlarga uchayotgan qizni bir deganda g’azab egalladi. Hayotining eng qimmatli boyligi qurollari yo’qolganligi uni gangitib qo’ydi.
Qora mashinasi to’xtashga ulgurmasidan ichidan otilib chiqqan qiz qarshisidagi bino tomon kirib ketdi. Hatto mashina eshigini yopish uchun ham juda bandlik qildi. Yuki qadamlarini katta-katta tashlarkan, oynali eshikni ochib ichkari kirganda bosh yordamchi erkak havotirli nigohlarini unga qadab, oldiga yetib keldi.
- Yo’limdan qoch, - Yuki erkakning gaplarini bo’lib uni turtib o’tib ketdi.
Tashqi ko’rinishidan oddiy erkaklar sartaroshxonasi bo’lib ko’ringan binoning eng burchagidagi javonni ochgach ichki qismini kalit bilan ochdi. Qo’llari shoshilishdan qaltirar, nafasi tomog’iga tiqilgan edi. Javonning ichki qismi ham ochilgach qizning qarshisida pastga qarab tushgan zina paydo bo’ldi. Poshnalari sabab yiqilib tushmasikni ta’minlagan holda Yuki pastlay boshladi. Uzundan-uzun bo’lgan zinalar vanihoyat tugagach, qarshisida yana yo’lak paydo bo’ldi. Yuki zinalarning so’ngi to’rtasidan sakrab tushdi va yo’lak so’ngidagi eshik tomon yugurdi. Ortidagi dumaloq erkak unga yetolmay joni halak bo'lar ekan, harakatini yanada tezlatgancha yirik qadamlar tashlay boshladi.
- Hammangni ko’zlaring qayerda edi shuncha qurolni quritishguncha? - Yuki eshikni shaqirlatib ocharkan ortidan ergashayotgan erkakka baqirdi.
- O’chir ovozingni, - erkak yana gapirishga urindi. Ammo bu safar ham uning so’zlari bo’lindi. Yukining baland ovozi zax yo’lakni tutib ketdi, - ishni ketinga tiqib bo’lganingdan keyin o’zingni oqlashga urinma!
Qiz eshikni lang ochib xonaga kirganda qarshisida oldinlari qurollar bilan bezalgan tokchalar bo’m-bo’sh aks etdi. Shu lahza qizning ichidan nimadir shuvillab o’tdi. Butun tanasi muzlab, peshonasidan ter oqdi. Atrofga alanglab qaraganda biron-bir metallni topishga umid qilgan ko’zlari so’ngida bo’shliq bilan to’qnashdi.
- Honim buni barchasi Nikining ishi ekan, - qiz unga yana baqirishidan qo’rqib tezlikda gapirdi.
- Nima? - erkakka o’girilgan qiz qoshlarini chimirdi. Ko’zlari allaqachon yoshlangan. Ammo ularni yashirgandek nafrat aks etgan, - hozir nima deding?
Yuki yordamchi tomon tobora yaqinlashib kelganda erkak ham ortga bir-ikki qadam tashladi.
- U hech qanaqasiga 20 yosh emas, aksincha 30dan oshgan ekan. Ismi ham Niki emas, Nishimura Riki. Yuzi plastik operatiya sabab yosh ko’rinishi ham aniq bo’ldi.
Yuki erkakka bir zum tikilib qoldi. Hozirgina habar topgan yangiligi uni gangitib qo’ydi. Ko’zlaridan oqqan shashqator yoshlarga bu safar chek qo’ya olmadi. Birgina yigit uni kafangado qilib ketgandi. Albatta buni bir o’zi qilmagan. Tonnalab qurollarni olib chiqib ketish oson emas.
- Seyfdagi pul, - qiz erkakning yelkasidan siltab so’radi, - ularchi?
- Ular joyida, - qaltiragan ovozda bildirdi erkak.
Shu payt qiz o’z pullari haqida unga sir boy bermaganidan nechuklik hursand bo’ldi. Ammo keyinchalik yuzi yana tundlashdi.
- Yo’qol chiq, - qiz joyida qotgancha jinnilardek so’zladi, - atrofga qo’riqchilardan ko’proq yolla. Qo’shni do’konlarni ham ijaraga ol. U yerga o’zimiznikilardan qo’y.
Erkak bosh irg’agach xonani tark etdi. Keng va bo’shliqda qolgan xonada bir o’zi qolgan qiz polga o’tirib qoldi. Devorga boshini qo’yarkan qo’llari bevosita qornida tin oldi.
- Otang sotqin chiqib qoldi bolajonim, - qiz asta pichirlarkan hayolini bolani nima qilish kerakligi egallab oldi.
Saewon va Jungkook uchun oradagi haftalar oddiy o’tdi. Ish, biznes bo’yicha uchrashuvlar, korxona uchun mahsulotlar va yana ish. Juda ham bandlikda o’tgan kunlar sabab yigit va qiz deyarli gaplashishmadi. Oradagi kichik-kichik suhbatlar ham ish yuzasidan edi. Saewon ham o’zini undan olib qochmadi. Chunki Jungkook bunga majbur qiladigan harakatlaridan qilmadi. Toki o’sha o’pichgacha…
Qiz oldida bo’lganda hayollari tarqoqlanadigan yigit o’zini yana bosib turaolmadi. Mayin lablarini shunchaki uning yuziga bossam hech nima bo’lmaydi deb o’ylab qoldi-yu natijasidan ancha afsuslandi. Undan so’ng qiz o’ziga kelishi uchun unga bo’shliq berdi. Hech qanday teginishlarsiz, o’pichlarsiz va nigohlarsiz 3 kundan so’ng Saewon uni xonasiga bostirib kirdida “Xurmacha qiliqlaring jonimga tegdi. Mana ariza, ishdan bo’shadim” -deya bir parcha qog’ozni uning yuziga otib chiqib ketdi.
Eshikning taraqlagan ovozi yigitning qulog’ida haligacha qolib ketdi. Yoongining maslahatlari bu darajagacha borishini bilmagandi. Saewonni ko’nadi, buyrug’imni bajaradi va so’ngida meni sevadi deb o’ylab noto’g’ri qilganini tushunib yetdi. Balki o’zi qaytib qolar deb uni 3 kun ishga qaytishini kutdi. Bu huddi hazildek tuyilgani sabab uncha jiddiy qabul qilmagandi.
Kechki o’zining jilodor nurlari bilan butun uyni siylasada Saewon haligacha o’ylaridan qiynalgani yuzida ma’lum bo’lgancha chordana qurib o’tiribdi. Kotibalik qilib oz muddatda ancha-muncha pul yig’ib qo’ygan. Lekin endi nima qilishi haqida o’ylab boshi qotgan. Pul ko’p, lekin otasining qarzlarini qoplamaydi. Qishloqda esa tayinli ish yo’q. Bo’lsa ham yetarli maosh olish amri mahol. Kun ho’yi ishlab bir deganda uchib ketadigan pulni topish mumkin. Saewon o’z mehnati bilan, o’zi atagan yigitning o’sha “xurmacha qiliq” lariga chidab topgan pulini sanab o’tirarkan temir darvozasi taraqlab cho’chitib yubordi. Pullarini tezda yashirib ko’rpa jildiga solgach sochlarini to’g’irlagandek bo’ldi-yu eshik tomon yugurib ketdi.
Temir darvoza ochilib qarshisida Jungkookni ko’rgach sal oldingi hotirjamligi jaxlga o’z o’rnini bo’shatdi. Ammo hayron bo’lgan joyi yigit doimgidek rasmiy kiyimda emas, qulay sport sviter va ishtonda edi.
- Kechirasiz janob uyda hech kim yo’q, - Saewon unga huddi begonalardek gapirib eshikni yopmoqchi bo’ldi.
Lekin kimdir undan ham chaqqon edi. Jungkook tezlikda darvozaga yaqinlashib oyog’ini eshik orasiga suqib oldi. Natijada esa biri eshikni yopishga urinsa, biri ochishga urina boshladi.
- Og’rityapsan,- og’riq sabab tishlari orasidan vishshilladi.
- Unda keting, - qiz eshikni qattiqroq itardi.
Jungkookning sabr kosasi to’lib eshikni bir itarganda qiz ortga irg’alib ketdi. Ostona hatlab ichkari kirgan yigit ustki kiyimini qoqqan bo’ldi-yu, uyga zimdan nazar tashlab chiqdi. Devorlari biroz ko’chgan, ranglari o’chgan, lekin toza. Uyda biroz to’xtalgan ko’zlar hovlining o’rtasiga ekilgan qulupnaylarga tushdi. Oldida katta eman daraxti. Turli gullar esa uyga chiroy baxshida etib insonni dilini hushnud qiladi.
- Tikilib bo’lgan bo’lsangiz endi keting, - Saewon boya oyog’idan sirg’alib ketgan shippagini kiyarkan yigitga jaxl bilan tikildi.
- Bugun ishchilarni rag’batlantirish uchun dam olishga olib ketyapmiz. Korxona hisobidan, - Saewon bilan yana muloqot o’rnatish uchun topgan bahonasini gapirarkan hovli gullarini siladi.
- Yo’q, - yigit unga qayta qaraganda o’zini hech nimani bilmagandek tutdi, - men arizani yirtib tashladim.
Qizning ko’zi chiqib ketdi. Yigitga bir-ikki qadam yaqin kelganda Jungkook ham unga yaqinlashdi. Bunday harakatni kutmagan qiz biroz uyalib qoldi.
- Salkam 1 hafta ishga kelmading. Lekin senga maosh yozilyapdi, - qizni devorga tiragan erkak unga biroz egilarkan ovozida jiddiylikni saqlashga urindi, - agar shunday davom etsang qarzlaring ko’payib ketadi Park Saewon.
- Nima? - Saewon ham hayron ham qo’rquv bilan tepasida turgan yigitga tikildi.
- Chekingda hozirgi kungacha yetarli darajada qarz yozilib bo’ldi. Shu kungacha ishlaganlaring ham yopaolmaydi. Ishga bormasang buni boshqa yo’l bilan to’lashga majbur bo’lasan!
Qiz rasman unga yengilganini tan oldi. Ammo sezdirmaslik uchun uning ko’ksidan itardi. Bu esa yigitning hatto millimetr ham siljishiga yetmadi.
- Bor kiyinib chiq. Bo’lmasa o’zim qilishga majbur bo’laman, - yigit vanihoyat bir qadam ortga siljigach qo’llarini cho’ntagiga suqdi, - har bir qaysarliging nima bilan tugashini aytgan gaplarim esingdami?
Orada masofa yaralganiga shukur qilgan qiz Jungkookning oldidan yugurib o’tib zinali xonasiga kirib ketdi. Yigit ham lab uchida kulib qo’yarkan g’olibona qadamlarini mashina tomon yo’naltirdi.
Ayollarga hos uzoq vaqtni tayyorgarchilikka sarflagan qiz soatdan so’ng temir darvozadan ko’rinish berdi.
- Vanihoyat! O’zim kirmoqchi edim! - yigit og’ir ho’rsinarkan mashinaning old eshigini ochib qizga o’tirish uchun ishora qildi.
- Orqada o’tiraman, - undan qochish uchun bahona qilgan Saewon boshini ekkancha uni oldidan o’tib ketishga urindi.
Shu zahoti yigitning baquvvat qo’llari uni bir deganda old o’rindiqqa joylab qo’ydi. Qiz uchun tanlov qoldirmagach egilib xavfsizlik kamarini taqdi-yu o’zi ham mashinadan aylanib o’tib, ruldan joy oldi.
- Shunaqa aqlli qiz bo’lsang muammo tug’ilmaydi.
Mashina dvigateli ishga tushib ikkisi yo’lga tushdi. Qishloqdan uncha uzoqda joylashmagan, hordiq uchun tanlangan joy turistlar bilan to’laligi bilan sifati va sharoiti yaxshi ekanligidan darak. Ko’plarning tanlovi bo’lgan bu maskanni Jungkook naq 5 kun qidirdi. Saewonni o’ziga kelgach ishga qaytadi deb o’yladi-ku, lekin uning injiq fe’l-atvori haqida unutib qo’ydi. So’ngi kunlarda sabr-toqati to’lgach hech bo’lmaganda u bilan birga bo’lish uchun zavoddagi barcha ishchilarga dam berdi. Shu bilan birga korxona hisobidan kichik bir sayohat uyushtirdi. Albatta bu ishga Yoongi ham jalb qilindi. Chunki Jungkook qiz bilan ovvora bo’lganda ishchilarga qarashga vaqti bo’lmaydi. Shundoq ham Saewon ishda bo’lmaganda faqat Yoongi qiynaldi. Bir tomondan yaxshi bo’ldi. Oz bo’lsada Saewonni qadriga yetishni boshladi. Hozir ham katta ijaraga olingan uy oldida to’xtagan mashinani ko’rgan Yoongi ular tomon tabassum bilan yurib bordi.
- Yoongi tabassum qilishni biladimi? - Saewon hayron bo’lgancha mashinadan tusharkan to’g’risidagi yigitga tikilib qoldi.
- Saewon, - Yoongi qo’llarini kergancha uni quchoqlamoqchi bo’ldi, ammo Jungkook tezlikda uning qarshisidan chiqdi, - bilasanmi nima? Boshqa ishdan bo’shama. Sen yo’qligingda ittek qiynalib kettim.
Yigit Jungkookning yelkasi osha qizga qararkan, yumshoqqina qilib gapirdi.
Hammalari ichkariga kirishganda ishchilar ham boshliqlarini hushmuomilalik bilan kutib olishdi. Himmati uchun yaxshigina maqtov eshitgan yigit kechki taomni ham o’zi qilishini e’lon qilganda yog’ilgan rahmat-u, yaxshiliklar uni biroz taltaytirdi shekilli, yuzidagi tabassumi kengaydi.
Jungkook qizning sevimlisi qulupnoylar ekanligini bilar, shuning uchun ham ijaradagi joyning tomorqasidan yangilarini yulib chiqqandi. Hozir mavsumi bo’lmagani uchun hali ko’p pishmagan. Shu uchun ham idish to’lmagan. Jungkook uni kimdir yeb qo’yishidan qo’rqib idishni yuzini sochiq bilan yopib, muzlatgichning chetiga yashirib qo’ydi. Italiya taomlari va koreys taomlari aralashgan uzun stol ustida barcha yig’ildi. Odam ko’p bo’lgani sabab dasturxonni hovliga qilishdi. Kiyimlarini alishtirib stol ustiga yaqinlashayotgan Saewonni ko’rgan yigit uni qo’lidan tortib o’z yoniga joylashtirdi.
- Yonimda o’tirasan, - qizga bir qarab qo’yarkan faqat unga eshitiladigan qilib dedi.
Taomlarni hidi dimoqni qitiqlaydi. Gavjumlik esa o’ziga yarasha shovqin yuzaga keltirgan.
- Bizning boshliq eng zo’ri desak hato qilmagan bo’lamiz, - taomlanish pallasida ishchilar orasidan eng yoshi kattasi gapirarkan quyuq jilmayish bilan Jungkookga yuzlandi, - sizgacha hech kim bizga bunday dam olish tashkillashtirmagan edi.
- Sizlar shunga yarasha ishladingiz. So’ngi oyda korxona mijozlari ham sezilarli darajada ko’paydi. Buning uchun sizga tashakkur aytishim kerak, - ayolga hushmuomilalik bilan gapirayotgan yigit o’z likobidagi tovuq go’shtini olib Saewonnikiga soldi, - sen ye, menga yoqmaydi.
- Nega sizga yoqmagan narsani men yeyishim kerak? - Saewon lunjidagi taomni chaynash barobarida so’zladi.
Yigit qizning gaplariga e’tibor bermadi. Huddi nimanidir eslagandek o’rnidan turdi-yu, qo’lida qandaydir idish bilan qaytib keldi. Faqatgina stol ustiga o’tirib uni qiz tomon surganda ichida yangi pishgan qulupnoylar ko’rindi.
- Sevimlilaring, - ovozida sovuqlikni ushlab qolishga harakat qilarkan qizga qaramay gapirdi.
- Bu meni sevimlilarim emas, - idishni qayta yigit tomon surarkan Saewon ham unga qaramay gapirdi, - agar hovlidagini ko’rib aytayotgan bo’lsangiz adashgansiz. Ular oyimni sevimlisi, meniki emas.
- Yoqmaganida ularni asrab senga zarur emas edi.
Oyingni sevimlilarini yetishtirish sendek band odam uchun bahona bo’lolmaydi, - yigit idishni yana u tomonga surdi, - yeysanmi yoki dorini ichirgandek qilaymi?
Saewon yigitning gaplarini eshitishi bilan qulupnaylarni ikkitasini bitta qilib og’ziga soldi. Buni ko’zlari chetidan kuzatib turgan yigit beixtiyor kulib yubordi-yu buni yashirishga urindi.
- Odamlar, - ularni maroq bilan kuzatib turgan Yoongi baland ovozda gapirib hammani e’tiborini tortdi, - ular, - Jungkook va Saewonni ko’rsatarkan biroz to’xtaldi, - uchrashishyapdi! 20 dollar.
Tashqi tarafdan oddiy boshliq va kotibadek ko’rinmaydigan bu ikkisi ishchilar orasida ham yetarlicha gumon tug’dirishgan edi. Shuning uchun ham atrofdagilar ketma-ketlikda Yoongining garoviga qo’shilib pul taklif qila ketishdi. Uyatdan qizarib ketgan Saewon o’zini eshitmagandek tutishga harakat qildi. Ammo stol ostidan sonlarida his qilgan muzdek, dag’al qo’l uni seskantirib yubordi.
- Nima deysan yangi biznes ochamizmi? - Jungkook unga bir ko’z qisib qo’ydi-yu qizning sonini qisib unga yaqin keldi.
- Qo’lingni ol Jeon Jungkook! - past ovozda, ammo tishlari orasidan vishshillagan qiz uning qo’lini itarishga urindi. Kuchi yetmagach uni chimchilay boshladi.
- Shunaqa jahling chiqqanda sensirashing yoqadi.
- U seni ismingni to’liq aytib murojaat qilganda qo’rqishing kerak Jeon Jungkook! - Yoongi qarama-qarshi tomondan akasiga gapirar ekan uning ismini aytganda Saewonning ovoziga taqlid qilib kuldi.
Taomlanish tugab hamma kech bo’lganini bahona qilib xonasiga kirib ketdi. Bu yer mehmonxona emas, ijara uyi bo’lgani sabab bitta xonada ko’pi bilan 4 ta odam uxlashga majbur. Charchamagan bo’lsa ham charchadim deb hamma tarqaldi. Aslida esa shuncha kishidan qolgan idishlarni yuvish hech kimga zarur kelgan emas.
- Menga qarashasan, - Jungkook huddi boshqalardek bahona qilib ketayotgan qizni qo’liga idishlarni tutqizib qo’ydi.
- Axir o’zingiz yuvishni bo’yningizga oldingiz, - norozi tarzda gapirdi Saewon.
- Bu yerda, ishchilar orasida eng katta lavozimdagi sensan. Masul’yatli bo’l, - Saewonning ustidan kulgandek boshidan silab qo’ygach yelkalaridan oshxona tomonga asta itarib yubordi.
Idish yuvishga kelganda bari rejadagidek ketmadi. Hamma taqur-tuqurni oshxonaga tashib bo’lgan qiz to’g’ri borib o’rindiqqa cho’zildi-yu, teskari o’girilib yotib oldi.
- Qarashmaysanmi? - yigit beliga fartuk o’rash barobarida so’radi.
- Deyarli hech nima yemadim. Oxirigacha himmatli bo’ling.
- Boshqasi bo’lganda o’zim bilardim nima qilishni, - biroz jaxlini ifoda etgandek idish yuvishga kirishib ketdi.
Huddi uni erkaligini ko’targandek indamay barchasini o’zi yuvdi. Kamida 30-40 odamdan dunyoning idishi qolgan. Uni yuvish oson kechmadi. Kiyimlari ham ho’l. Jungkook so’ngi kosani javonga joylagach peshonasidan oqqan terni artdi. Ortga, qizga o’girilgan ham ediki uni yoping’ichga o’ralib uxlab qolganini ko’rdi. Belidagi fartukni yechib, Saewonni uyg’otib yuborishdan qo’rqqandek oyoq uchida yurib u tomon yaqinlashdi. Qiz to’liq uyquda ekanligini tekshirish uchun yuziga tushgan sochlarini olib qulog’i ortiga qistirdi. Saewon uxlashi oson, yana bir uyquga tushsa fashistlar bombasi ham uyg’otaolmasdi. Qizning tanishlari yoqimsiz deb topgan bu jihati negadir uning yuziga tabassum yugurtirdi. Vaziyatdan foydalanib Saewonning yuziga o’z yuzini bosdi. Avvaliga u uyg’onib yana qarshilik qilishidan qo’rqib qimirlamay turdi. Qiz uyg’onavermagach astalik bilan yuzidan o’pib qo’ydi.
- Bu yer uxlash uchun sovuqlik qiladi qizaloq, - Jungkook qizning oyoqlari ostidan tatirovka chizilgan qo’lini o’tqizdi, ikkinchisini esa uning yelkasi atrofida o’radi.
Qizni ko’tarib maxsus, bir kishilik xona tomon qadamlarini odimlatdi. Ora-orada Saewon nimadir deb shivirlar, shivirlaganda esa Jungkook uni eshitish uchun u tomon egilardi. Zinalar tomon ko’tarilgan qadamlar so’ngida o’nga burildi. Qizni qo’llarida saqlagan ko’yi eshikni ocharkan Saewon ko’zini yarim ochganini sezdi.
- Xonaga kirda yotoq ustida uxla, - qizni asta tushirgach yelkalaridan ushlab xona tomon yo’naltirdi.
Saewon uyqusiragancha, nima bo’layotganini hatto sezmay ham xona tomon kirib ketayotganda nozik bilaklari Jungkookning baquvvat qo’li tomonidan siqildi.
Ammo lablarga navbat kelganda kutilgandan biroz ko’proq ushlab turdi. Ko’zlari yumilgan holda Saewonning labidan mayin bo’sa olarkan bosh barmog’i uning bilagini siladi. Ilk borgi qarshiliklarsiz bo’sa. Agar uyg’oq bo’lganda va uyqusi bunchalik qattiq bo’lmaganda qiz albatta qarshilik qilardi. Saewonning zaifligi bo’lmish uyqusidan foydalangan yigit lablarni uzdi. Ammo yana xohlab qolib qayta tezgina o’pich qoldirdi.
- Endi ketaver, - qizni qayta xona ichiga kirgizdi va eshik tutqichini ushlab qulog’ini bosdi, - qulfla. Saewon uyqusirama, eshikni qulfla!
Eshik qulfi shilq etib qulflanarkan yigit biroz bo’lsada yengil tortdi. Ishchilar orasida tajovuskor yoki yomoni yo’q. Lekin negadir uning himoya qilish instikti qizga kelganda boshqacha reaksiya berardi.
- Jin ursin, - hozirgina qiznikidan uzilgan lablariga barmog’ini yurg’izarkan yana tabassum qildi.
Uning lablarining mayinligi, tanasida qandaydir titrash jonlantirgani unga yoqayotgandi. Yuragida qandaydir yoqimlilik yugurgancha o’zi ham xonaning qarshisidagi o’rindiqdan joy oldi. Chunki eshikni qulflashgina uni tinch qilaolmaydi. Bu narsa bilan kifoyalanmaydi u.