August 15, 2025

𝒬ℴ𝓃𝓁𝒾 𝒾𝓈𝒽𝓆

20-epizod | Jungkook tilidan

- Saewon, Saewon, ko'zlaringni yumma, iltimos - sevgilimning majolsiz tanasi qo'llarimda sirg'alayotganini his etish yuragimda zaharli hanjarni qadashdek manfur og'riqni keltirib chiqarardi. Qo'rqa boshladim. Bu tanamda uzoq yillar mobaynida ilk bora tuyilgan notanish tuyg'udek junjiktiruvchi hissiyot edi. Uni yo'qotolmayman, bugun emas, keyin emas, hechqachon!
Saewonni quchog'imga yaqinlashtirib, vaznini barqaror ko'targancha qo'llarimga oldim. Daraxtlar orasida shitirlash eshitilib, ildam qadamlar bilan biz turgan makondan uzoqlashayotgan kimsa erkak jinsiga mansub ekanini sezdim. Ammo hozir u muhim emas. Yo'lni tosib qo'ygan zich shoxlar orasidan Saewonni avaylagancha o'tar ekanman, mashina eshigini qiyinchilik bilan ochib, uning allaqachon anchagina zaiflashib qolgan tanasini ohistalik bilan joylashtirdim. Ayni damda qo'llarim titroqdan andak o'zini yo'qotgandek.
- Jin ursin, Jin ursin, - mashinani aylanib o'tib, xaydovchi o'rindig'iga o'tirar ekanman, ortimga yana bir bor qaradim. U hushsiz edi. Uning kipriklari madorsiz yumilgan edi.
- Saewon, sabr qil, meni tashlab ketishga haqqing yo'q! - yutundim, ko'zlarimning ko'rish qobiliyatini fursatsiz kelgan yosh tomchilari tosib qo'ydi. O'zimni qo'lga olib Saewonga qayta nigoh tashlar ekanman, bir narsani angladim.
Saewonsiz, Jungkook mavjud emas.
- Meni tashlab ketma... iltimos
Kalitni burab, mashinani harakatga keltirar ekanman, qo'rg'on tomon yo'l oldim.



• Muallif tilidan | Jeon Qo'rg'oni •
Qo'rg'onda notinchlik hukm surardi. Panjarali darvoza ortida sergak turgan qo'riqchilar esa, ro'para yo'ldan ko'z uzmas, lablarini asabiy tishlagancha, qo'l barmoqlarini chalishtirib olgan edilar. Noqulay sukunat barchaning dilini hufton aylar, har kim o'z xayollari og'ushida nimalarnidir o'ylardi.
Bip, bip, bip
Nihoyat uzoq kutilgan, mashina signali uzoq masofada bo'lsada, qo'riqchilarning hushyorlik diqqatini oshirishga sabab bo'ldi.
- Kelishdi, Kelishdi! - qichqirdi erkaklar, kodli qulf parolini terib, darvozalarni ikki tomon keng ochgancha. Mashina tezlik bilan qo'rg'on hududini kesib o'tdi. Ortida qoldirilgan shinaning yerga kuchli ishqalanish ovozi hamda, keltirib chiqargan chang bo'roni, qo'riqchilar yo'taliga sabab bo'lgan esa-da hech kim bu haqida qayg'urmas edi. Ayni damda, hammani faqat bir narsa qiziqtirardi, u ham bo'lsa, Alfaning rafiqasiga kim hujum qildi?
- Hamma narsa tayyormi? - qo'rg'on zaliga shoshqaloqlik bilan kirgan Jungkook, sabrsizlik bilan so'radi. Qiziqqon nigohlar darhol ularga qaratilar ekan, Namra xonim asabiy bosh irg'agancha xo'jayining javob kutmagan yirik qadamlari ortidan quvib ketdi.
- Unga nima qilibdi? - oshxona ichidan mo'ralab, odam bor yoki yo'qligini tekshirgan ko'yi kafti bilan og'zini yashirgan xizmatchi qizlarning g'iybat ochog'i qaynashi uchun munosib sabab topillgan edi.
- Ko'rmadingmi? Yaralashgan uni! Jeon xonim bo'lish osonmi? Alfa rafiqasi u, xo'jayinni barcha dushmanlari endi u orqali harakat qilishadi. Badal bu u uchun, - Suminning mahmadona gaplarida, gina zohir edi. Go'yo, Alfaning rafiqasi unvoni unga tegmaganidan, butun hayot tizimidan nafratlanayotgandek. Go'yo hammasiga o'sha kelgindi Saewon aybdor-u, uni o'z ulushidan bebahra qoldirishgandek.
- Gapingda jon bor, menimcha endi hatto ko'chaga chiqishga ham jur'at etolmaydi! - miyig'ida kulish baribarida atrofga qarab qo'ygan Son-ah, o'zining bu yashirin gaplaridan biror kim xabar topishidan astoyidil cho'chirdi.
- Tirik qolsa, qo'rqadida, yuzini ko'rmadingmi? Oq muradan farqi yo'q-ku uni! - o'ziga ittifoqdosh topgan Sumin, bu safar ochiqchasiga nafrat bilan mazahlay boshladi.
- Kimni tirik qolish yoki qolmasligini endi sizlar hal qilayabsizlarmi? - Hemining g'azab to'la gaplari ikki qizni ham qo'rqitib yubordi. Ikkisi-da tezda ortlariga qarar ekan, Hemining qon to'lgan nigohlariga duch kelishdi. Uning ko'zlari shunchakar qizargan edi-ki, bu yig'i sababligini bilmagan odam uchun u haqiqiy g'azabdan aqldan o'zgan qotil sifatida ko'rinardi.

- Bizga nima qilishni o'rgatish senga qolmagan, mehmon ekansan o'z o'rningni bil! - manmanlik to'lgan nigoh-la qaragan Sumin, haqiqiy iblis uyg'onishiga turtki bo'ldi.
- Shundaymi? - tishlarini g'ichirlatgan ko'yi shivirlashdek past g'ongillagan Hemining so'zlarini hatto eshita olmagan Sumin, unga ahmoqga qaragandek qarashda davom etdi.
- Qoch yo'ldan, - birdan ularga yaqinlashib xizmatkor qizni turtib o'tgan Hemining ohangi sovuq edi.
- Sen...
- Nima? - yengil qosh ko'tarib gapirdi Hemi, oshxona ichidan nimanidir qidirgan ko'yi.
- Nima qilyabsan o'zi bu yerda? - Son-ahning ovozida noaniqlik bor edi. U aniq nimadir yuz berayotganini bilardi va bunda ishtirok etishni istamasdi.
- Tuhm qovurmoqchiman, tova qayerda?
Hemining oddiy gapidan ikki qiz ham birdek, gangib unga jinniga qaragandek qarashdi. Balki u ayni holatda rostdan aqldan o'zgandir? Bu hozircha noma'lum edi.
- Aqldan o'zgan! - qo'lini ko'ksiga qovushtirgan Sumin lab chetida kulib, qorachiqlarini ko'z kosasida aylantirdi va qarshisidagi qizni boshdan oyoq kuzatib, ensa qotirdi.
- Tova.qayerda.dedim, - uning gaplariga e'tibor bermagan Hemining ko'zlarida bazo'r tutib turilgan g'azab uchqunini sezildi.
- o'ngdan pastki javonchada, - deya javob berdi Son ah, - em, men ketishim kerak ishlarim bor edi, - ishonchsizlik bilan qo'shimcha qilib, oshxonadan iloji boricha tezroq chiqib ketdi. Sumin qizni qo'rqoqlikda ayblab, ichida so'kinar ekan, "Mehmon" - ning keyingi harakatlarini yana mensimay kuzata boshladi.
Hemi qizning nigohlari uning har bir harakatlarini kuzatayotganini bilardi va xayolida aylanayotgan turli fikrlarni hozir amalga oshirishini o'ylab, miyig'a jilmayib qo'yishni ham unutmas edi. Haqiqiy jinnini endi ko'rasan, der edi u vishillagancha.
- Hh, ahmoqmisan nima? Seni joying bu yerda emas nima yoki, - Sumin jirkanch jilmaydi, - ering ham seni xohlamay qoldimi? Uni ham tushunsa bo'ladi, - bu safar ovoz chiqarib kuldi, Hemining e'tiborini tortishni aniq istab, ammo qiz unga e'tibor bermas, faqatgina tovani gazga qo'ygancha unga quyilgan yog'ni sokinlik bilan qizdirar edi.
- Sendek mitti va jirkanch mavjudot u kabi kelishgan va mukammal erkak uchun hatto nafs qondiruvchi qo'g'irchoq ro'lini ham tayinli eplay olmaydi.
Hemining barmoqlari tova dastasida mahkam siqildi. Buni sezgan Sumin yanada kengroq jilmayib, qizni iloji boricha ko'proq kamsita boshladi. "Ha nima, u boryog'i bir necha kunlik shaxs. U baribir yaqinda ketadi.... uning bu yerda hech qanday unvoni yo'q, shunday ekan, nega men a'lamimni undan olmasligim kerak? Axir uning o'zi-ku mening ishlarimga burun suqgan, demak uni o'rnini ham o'zim ko'rsataman" - deya o'yladi, Sumin.
- O'zingga qara tasqara mahluqdan o'zgasi emassan. Sen unga loyiq emassan. Unga turmushga chiqish uchun nima qilding? Ha tahmin qilishim mumkun, axir sen kabilar...
- Yetarli, - Hemi qizning so'zlarini kesdi, - sen juda uzoq gapirding! Avval Saewon, keyin men, endi esa mening* erim.
- Sen yaramas.., - So'zlarini yakunlay olmagan Suminning yuziga tova tomonidan kuchli zarba kelib tushar ekan, qiz muvozanatini yo'qotib yerga yiqildi. Atrofga qizigan yog' tomchilari sachrab ketdi. Hemi-da issiq yog' qurboni bo'lar ekan, ichida yig'ilgan dard a'lam ta'siridan, og'riqni his etmay ham qo'ygandi. Uning tanasi insoniy qobiliyatlarini deyarli yo'qotgan bo'lib, o'rnida faqat bo'shliqni qoldirgan edi.
- Meni tasqara deyayotganmiding? Kel men senga kim aslida shunday ekanini ko'rsataman! - Hemining ichida uyg'ongan yovuzlik uning kishanlangan iblislarini uyg'otib yubordi. Yuziga urilgan issiq tovadan hamon o'ziga kelolmay yotgan Sumin, ko'zlarini elas-elas ochar ekan, yuziga bosilgan qaynoq temirdan shu qadar baland baqirdi-ki, qo'rg'on ostonasida Jungkookning buyrug'ini hamon kutib turgan qo'riqchilar ichkariga qanday yugurib, qay tariqa oshxonaga kirib borishganini bilmay qolishdi.

- Bu nimasi? (Halal so'kinish bu, maqtab tashela qani💅 so'kinishni muallifi esa Arnav sinh rezada meni hindistonlik er standartlarimga to'g'ri kelgan erkakcham.)
Oshxonaga kiriboq Suminning kuygan yuzini ushlagancha og'riqli ingrashiga duch kelgan erkaklar bu yerda nima bo'lganini tahmin qilib ko'rishdi.
- Bu iflos taviani olib keting, - Buyruq berdi Hemi qizning yonidagi tovani olib oshxona stoliga zarb bilan qo'ygancha chiqib ketar ekan. Erkaklar zumda bir biriga qarashdi va Hemining buyrug'iga bo'ysunish yaxshiroq yo'l ekanini payqashdi.



• Ertasi kuni - ya'ni uje yarim tundan o'tib ketgani uchun shunchaki tong o'tdi holos. Bir kun o'tib ketmadi. | Taehyung va Hemining xonasi •

Taehyung ehtiyotkor qadamlar bilan, xonasi eshigiga yaqinlashar ekan, yana tanish yig'i ovozini eshitdi. Yuragi achishib eshik dastagini qattiq siqimlar ekan xo'rsindi.
- Yana yig'layabsanmi? - Xonaga kirgan Taehyung, yotoq ustida oyog'ini quchgancha tinmay yig'layotgan rafiqasi oldiga bordi. Hemi indamadi. Ovozini pasaytirgancha bo'z* yig'lashda davom etar ekan, yuzini yashirib olishni ham unutmadi. Taehyung uning yoniga o'tirdi. Nadomat boyisidan solg'igan nigohlarini unga qaratgancha qo'llarini himoya tarzda o'rab yuzini yashirib olgan rafiqasini quchog'iga olmoqchi bo'ldi, ammo qizning qo'lidagi kuyish izlarini ko'rib ko'zlari g'azabdan to'rayib ketdi.
- Buni senga kim qildi?
Hemi yana sukut bilan javob berishni afzal bildi. Taehyung uning qo'llarini kuch bilan o'ziga tortib, ularni ko'zdan kechirarkan, Hemi unga hissiz qaradi.
- Buni. Senga. Kim. Qildi. Dedim - deya so'zlarini aniq va dona-dona gapirgan Taehyung, qizning ko'zlariga tik qaradi.
- O'zim, - qisqa javob berdi Hemi.
- O'zing? - Taehyungning qoshlari ko'tarildi, ammo ular tezda jaxl bilan chimirildi, - O'zingi o'zing kuydirish biror narsa berdimi senga? Yengillik his qildingmi? Yoki hozir his qilayotgan azoblaring yo'q bo'ldimi? - Taehyung qizni yelkalaridan tutib, silkiy boshlarkan uning ovoz toni ko'tarilib borardi, - Yoki, yoki ji-hooni bizga qaytarib berdimi? O'zingni qiynashni qachon BAS QILASAN? - uning bu so'zlarida endi shikashta og'riq eshitildi, - Menga ayt Hemi, - chuqur nafas olib, biroz tinchlangancha, - o'zingga zarar berib nimani his qilayabsan?
Qiz sokinlik bilan jim turdi. Garchi uning yuzida biror bir hissiyot o'qilmasada bu hali unga baribir degani emas edi.. U juda qattiq qiynalardi, kechalari ovozi butunlay o'chib, faqatgina g'ungullash bo'lib qolguniga qadar yig'lar, uni ovutib, keyinchalik qiyinchilik bilan bo'lsada o'zi uxlab qoladigan Taehyungni uyg'otib yubormasdik uchun bilagini qattiq tishlab azoblangancha ho'ngrardi. Bu og'riqni o'zidan boshqa tushunmas, har tun o'sha mash'um kunni tushlarida ko'rar edi. Endigina dunyo yuzini ko'rgan chaqalog'i og'irlanib ketilgan kechani turli qo'rqinchili ko'rinishda ko'rgani uchun uxlay olmas va bu uning shaxsiyatini butunlay parchalab tashlardi, undan ham yomoni esa, har kecha o'sha kuchsiz kichkintoyini qutqara olmasligini ko'rish uni sekinlik bilan o'ldirib borar, buni esa hech kimga aytolmasdi, hatto o'ziga ham.
- U yaxshimi? - barcha aytmoqchi bo'lgan gaplarini ichiga yutib so'z qotdi Hemi.
- Kim? - bu safar Taehyungning ovozi ham shivirlashdek past va zaif edi. Lekin uning ovoz tonida saqlanib qolgan erkaklik va dag'al tovush, so'zlarni balandroq eshittirardi.
- Saewon, axir uning yaralanishiga ham, bolamizni o'g'irlanishiga ham men aybdorman.
Taehyung qizni quchdi. Sochlarini silab, boshida o'pish qoldirar ekan:
- o'zingni ayblashni bas qil, hech bir ishda sen aybdor emassan. O'sha iflos, bolamizga zarar berolmaydi, agar unga biror narsa qilsa maqsadiga yetolmasligini biladi. Xavotirlanma, - go'yo bu haqiqatni o'ziga ham uqtirayotgandek dalda bilan gapirdi Taehyung so'ng qo'shimcha qildi, - Saewonning axvoli ham yaxshi, Jungkook uni yonida, yaqin haftalarda tuzalib ketadi.
- Meni aldashga urunmang, uning axvolini o'zim ko'rdim, u deyarli ko'karib ketgandi. U o'lib...,

- Shhh, - Taehyung qizni tinchlantirishda davom etdi, - U juda kuchli ekan, tirik qoldi. O'lmadi, qon quydik. Hozir uxlayabdi. Jungkook qo'rg'on himoyasini ham kuchaytirdi.
- Rostdanmi? - ishonishga harakat qilgancha so'radi.
- Ha rost, - Taehyung bu safar yengil jilmaygancha, qizning tanasini yana ham yaqinroq tortib, yaxshiroq quchdi. O'z xayollar olamiga yo'l olar ekan, umrida ilk bor biror kimningdir o'limiga sabab bo'lmaganidan xursand bo'ldi va har tungi iltijolarini ovozsiz pichirlay boshladi.

• #20_epizod tugadi.
• #Minatozaki_Yuki