Forever Happiness
~ sen bilan o'tkazgan xotiralar qayta jonlanishini hohlayman
~ men esa ularning barchasini unutishni...
2-qism. @fanfics_queens kanali uchun...
Turli xildagi chiroqlar bilan yoritilgan shift, qorong'ulikka to'lgan katta zal ichi ham o'sha har turdagi chiroqlar bilan yoritilardi. Zal ichida yangrayotgan barchaga birdek yoquvchi musiqa ovozi. Tanasining har bir qismini musiqaga mos tebratayotgan yoshlar, erkaklikni his qilishni hoxlagan yosh yigitlar, zalning bir burchagida qimmat ichkiliklarni ichayotgan boylar va ularni qondirish* orqali jirkanch pul topadigan bi*chlar.
Hammasi bir so'z bilan aytganda Jirkanchlikdan o'zga narsa emas
Zalning ikkinchi burchagida kichik bar. Bar yonida hatto boshini ko'rtarolmaydigan darajada mast bo'lgan qiz...
- bular juda ajoyib ekaann...qarang yulduzchalar uchmoqda - sochlari zo'rg'a bo'yniga yetadigan qizcha barmenga ko'zoynaklari ortidan katta ko'zlari suzilgancha so'zladi
- qizaloq yoshing nechida o'zi? Kayfing o'tib qoldi - barmen kuldi
- mana mening yoshim shunchada - qiz uzun barmoqchalari bilan yoshini ko'rsatarkan, barmen kulishdan nariga o'tmasdi
- men uchun yana bir qadah quyib qo'ying amaki, men yuvinish xonasiga bormasam sizning baringiz mening ichimdagi ichimliklar bilan to'ladi! - qizcha bazo'r so'zlarini yakunlab yuvinish xonasi tomon chalkash qadamlar bilan yurib ketdi
Qiz yuvinish xonasiga borgach ichidagi bor keraksiz narsalarni chiqarib yubordiyu ko'z oynaklarini yechgancha yuzini yuvdi
- Mana Munsuu ichkilikning kasriga qolding, lekin nima qilayyy u menga juda yoqdida...- qiz oynadagi aksiga qarab kalta sochlarini to'g'irlab ko'z oynaklarini taqqach tabassum qildi
Qator tizilgan xonalar yonidan o'tayotgan qiz kutilmaganda yeqilduyu o'zga bir xonaga kirib qoldi
- ahhh nega bu yer bunchalik qattiq?! Yotoq ham shunday bo'ladimi yaa! - qiz noligancha polda yotarkan uning oldiga kimdir asta yaqinlashdi
- salom! - dedi qadamlar egasi qizni turg'izarkan
- salom, siz kimsiz?! - qizaloq tabssum bilan yonidagi yigitga so'zladi
- bu yerda nima qilyabsan kichkintoy? - yigit uni ko'tarib asta yotoqqa qo'ydi
- men uxlagani keldim! Lekin negadir tanam qizib ketyabdi. Huddi olovda yonayotgandek - dedi qiz ko'z oynaklarini yechib
- kel men senga yordam beraman. Tezda soviysan! - yigit ayyorona tabassum qilgach qizning ustidagi xodini bir deganda yechib yubordi
- mayli nima qilishim kerak? Sovishni juda hohlayman! - qiz yigitga tikilib qoldi
- men nima qilsam shuni qil! - yigit o'sha tabassumi bilan qizni lablariga yopishib ketdi.
Avvaliga erkalik bilan olinayotgan bo'sa keyinchalik chuqur va og'riqli edi. Qiz o'zi bilmagan holda ovozlar chiqarar, ilondek to'lg'onar edi
Bu tong kimlar uchundir muhim, kimlar uchundir yoqimli va yana kimlar uchundir hasratli kunlarning boshlanishi edi...
Yumshoq yotoqda ko'zlarini ochgan qiz qimirlashi bilan tanasida kuchli og'riq his etib ingrab yubordi
O'tgan tunda bo'lgan ishlarni eslarkan ko'zlaridan yoshlari arimas, qilib qo'ygan ishi uchun o'zini ayblardi
Xonaning qaysidir burchagida o'z kiyimlarini ko'rarkan yana qaytadan yig'lashi kuchayib ketdi...
- hoy yig'layvermasangchii! - mana endi qiz xonada yolg'iz emasligini angladi
- siz, siz kimsiz? Nega men bu ahvoldaman negaaa? - qiz yig'lagancha yonida beparvo uxlayotgan yigitga alamli tikilib qoldi
- Kim Taehyungman yetarlimi? Endi yig'lashni bas qil! - yigit hamon yotoqda ko'zlarini yumib yotardi
- endi men dadamga nima deyman! Ularni yuzini yerga qaratdimkuuu. Endi nima bo'ladi?
- hech narsa bo'lmaydi. Agar sen buni kimgadir aytmasang!
- men yolg'on gapirmayman. Ayniqsa dadamga!
- unda bilganimgni qil! - yigit o'rnidan turib yuvinish xonasiga kirib ketdi...
Qiz esa uning ortidan yoshli ko'zlari bilan qarab qoldi
Yuvinish xonasidan yuzini yuvgancha horg'in chiqqan qiz dadsiga nima deyishni bilmasdi. Shunchaki Jim va ko'zlarida yosh. Ahir qanday aytadi, unda ham yuz degan narsa bor. Ayniqsa otasining yuzini yerga qaratib qo'yganini qanday izohlaydi?! Nima bo'lsa bo'ldi uning dadasi uni shu kungacha tushungan va bu yog'iga ham tushunadi
- Dada, men...Men homiladorman! - qiz o'zida jurat topib dadasiga ichidagi eng katta sirni aytdi.
Erkakning yuzi biroz
jiddiylashdi
- uning otasi kim? Menga uni ayt qizim! - erkak jiddiy ammo muloyim so'zladi.
Qiz hozir dadasidan kaltak yeyishni yokida og'ir tarsakini kutgani uchunmi dovdiragancha javob berdi
- kim...Kim Taehyung...Dada men hammasini tushuntirib beraman! - qiz yoshlari bilan dadasiga o'tgan ishlarning hammasini tushuntirib berdi..
Janob Park qizini tushungani sababli ortiqcha gap aytishni hohlamadi. Tasodifni qarangki Kim Taehyung Janob Parkning hamkori Janob Kimning o'g'li ekan.
Janob Park Janob Kimga barcha bo'lgan ishlarni tushuntirgach, to'yni tezlashtirib yuborishdi.
Kichik ammo mazmunli va chiroyli to'ydan so'ng Minsu Kimlar xonadoniga ko'chib o'tdi.
Kimlar honadonida faqatgina uch kishi yashaydi, Janob Kim, Taehyung hamda Minsu...
Shuningdek bir nechta hizmatkorlar va qo'riqchilar. Bu uyda barcha Minsu uchun qayg'uradi, birgina insondan boshqa. Ha bu albatta Kim Taehyung. Agar bola bo'lmaganida edi u ikki dunyo bir bo'lsa ham Minsuga uylanmagan bo'lardi...
Shunday qilib kundan kun, oydan oy, yildan yil o'tdi... Minsu ham farzandini dunyoga keltirdi. Bolakayga Suho deb ism qo'yishdi. Tae farzandli bo'lganidan hursand bo'lsada negadir hamon Minsuga qo'pol munosabatda edi...
Barcha qora libosda, qizning ko'zlari esa bir nuqtadan olinmaydi. U yo'qotdi ikki yil davomida unga otasidek bo'lib qolgan insonni yo'qotdi. Endi nima bo'ladi? Nahot hayoti ostin ustun bo'lib ketsa?!
- Park Minsu! - qizning qulog'iga tanish ovoz eshitilgach o'sha tomon qaradi
- ha
- bu yerga kel - Taehyung jiddiy ovozi bilan dedi
Qiz Yigit yoniga borgach divanga o'tirdi
Qiz ortiq so'z demay hujjatlarga imzo chekkach o'rnidan turib shunchaki xonasiga ko'tarildida narsalarini yig'gancha o'g'lini ko'tarib uyni tark etdi.
Qiz majlis tugagunga qadar shularni o'ylab chiqdi, uning yoshligidan ayirgan, hayotga bo'lgan qiziqishini so'ndirgan inson bilan yana bir joyda.
Ammo u minnatdor, yigit unga har qanday holda tik turishni o'rgatdi, sinmaslikni birovga qaram bo'lmaslikni va eng muhimi hayotining mazmuni Kichik Suhoni berdi...
- yangi hamkorlarimizning har biri bilan yuzma yuz gaplashib olsak nima deysiz?! Har biringiz bilan shaxsan tanishish niyyati paydo bo'ldi menda! - Taehyung majlisni yakunlarkan har bir yangi hamkorga birma bir qaradi.
Barcha bir ovozdan rozi bo'lgach uning xonasi tomon yo'l olishdi
- biz bu lanati bilan shartnoma tuzmaymiz Minsu! - Jimin va Jungkook Minsuning oldida turgancha unga birga so'zlashdi.
- buni o'zingiz boshladingiz, endi tomosha qiling. Uning kompaniyasi yaqinda kasodga uchraydi. Shu sabab, biz u bilan shartnoma tuzamiz! Men uchun yaxshi imkoniyat bu! Menga qarshilik qilsangiz yonimda turishingizni keragi yo'q yigitlar! - Minsu mag'rur so'zlarini yakunlagach ularning oldidan ketib qoldi.
Barcha bilan gaplashib yaqindan tanishib bo'lgan yigitning yonida atigi bir inson qolgandi.
- seni yana ko'raman deb o'ylamagandim
- xo'sh men bilan hamkor bo'lasanmi?!
- kompaniyang menikidan kichikroq ekan, lekin mayli roziman! - qiz mag'rurlik bilan so'zlab, oldiga tushib qolgan sochini ortga tashladi
- ha sening kompaniyang anchayin katta! Buni ta'kidlashni keragi yo'q Minsu xonim! - yigit o'tkir nigohlarini qizga tikkancha so'zladi, ammo qiz hech qanday hijolat chekmayotgani yuzidan ma'lum edi
Bir necha soniya ichida ochilgan eshik ikki insonning ham hayollarini tarqatib yubordi...
- Taehyung sening manabu hamkoring mening kotibamni barchaning yonida sharmanda qilibdi! - ichkariga kirib kelgan malla sochli qiz Taening yoniga borgunicha baqirdi
- Aein! Nega bunday baqirasan!? - so'radi yigit jiddiy
- manabu...Sen?! - malla sochli qiz mana endi stulda oyoqlarini chalkashtirib o'tirgan qizning yuzini ko'rib g'azabi ikki barobar ortdi
- salom Aein! Nima bo'ldi meni sog'inmadingmi?! - Minsu g'urur bilan unga qaradi
- sen bu yerda nima qilyapsan lanati! Nima Taeni sog'inib qoldingmi? Irkit o'rdakcha! - qiz ensa qotirgancha Minsuga lab Uchida gapirib Taehyungning keng yelkalari bo'ylab qo'llarini yurg'izdi
- hah, juda kulguli irkit o'rdakcha, ishchilaringa ham sen o'rgatibsanda bu gaplarni!
- ha men o'rgatdim, nima edi? Bu yerda senga nima bor?!
- Janob Kim shartnomani imzolaymizmi? Shartnoma shartlariga ko'ra men ham shu yerda ishlashim zarur ekan! - Minsu hamon o'sha mag'rur ohangda so'zlardi
- nima Tae sen hali bu bilan shartnoma tuzasan va u bu yerda ishlaydimi? Qanaqasiga! Agar meni desang bu shartnomani imzolamaysan!
- janob Kim, kompaniyangiz yaqinda kasodga uchraydi! Buni faqat mening kompaniyam bilan tuzgan shartnomangiz orqali to'xtata olasiz! Mmm Agar rad etsangiz na chora, Jungkook va Jiminning kompaniyalari ham siz bilan shartnoma imzolamaydi! Endi men keta qolay. Sizning visol kechangizga halal bermay - Minsu tabassum bilan o'rnidan turdi
- to'xtang Miss Park! Men roziman. Mana shartnoma. Unga imzo qo'ysangiz bas!
- sen Jim bo'l. Seni deb kompaniyam qulashini istamayman!
- bu boshqa gap! - Minsu shartnomaga imzo qo'ygach xonani tark etdi.