Forever Happiness
1-qism @fanfics_queens kanali uchun...
- Jungkook nega Korea kompaniyasi bilan shartnoma tuzishimiz kerak?! Men u yerga boshqa qaytib bormayman demaganmidim senga!? - qiz qovoqlarini uygancha yonidagi yigitga so'zlarkan yigit shunchaki hissiz unga boqardi
- sen faqat o'tmish bilan emas, bugun bilan ham yashashing kerak ahir! Tushunsangchi Minsu bu kompaniya juda katta muvaffaqiyatga erishgan!
- ayshhJungkook buni mendan beso'roq qilmasliging kerak edi! Ahir ular bizni kutishyapti! Men qayta "u" bilan uchrashishni hohlamayman!
- Minsuu, kim aytdi senga "u" bilan ko'rishasan deb? Biz aynan "u" bilan ko'rishgani ketmayapmizku ahmoq qiz!
- men o'ylab olishim kerak! Aeri qayrda?
- u Suho bilan qoldi. Seni uyga olib boraman!
Yigit qizga ma'noli qarash qilgandan so'ng indamasdan o'rnidan turdiyu eshik tomon yo'nalib xonani tark etdi...Minsu ham biroz o'ylanib turgach narsalarini yig'ib so'ng u ham xonadan chiqdi...
_ Yo'lda ketarkanmiz shunchaki oynaga boshimni qo'ygancha ko'chani kuzatishni boshladim. Tomchilab yomg'ir yog'moqda. Bu yomg'ir menga doim o'sha tunni eslatadi...
Mashina katta qasr yoniga kelib to'xtagachgina hayollar ummonidan sohilga qaytdim. Ha uyimiz anchagina katta.
Ko'p o'ylayapman, sog'indim, juda sog'indim...dadamni, Jiminni va "U" ni...lekin "u" meni tashlab ketdiku! Hatto o'g'lini o'ylamay! Nima bo'lsa bo'ldi. Endi avvalgi yig'loqi va uyatchang Minsu yo'q! U o'zgargan...Sen hali qasos olib ulgurganing yo'q Minsu! Barchadan qasos olishing kerak!
- men roziman! Chiptalarni tayyorla ertagayoq Koreaga uchamiz! - Yonimdagi Jungkookga qarab so'zlarimni yakuladimu, mashinadan beparvo tushib ketdim.
Jungkookning hayratlangani ma'lum edi orqamdan soniya o'tmay uy ichiga kirib keldi, ammo men hamon unga beparvo qo'limdagi mittivoyimni erkalagancha divanga joylashdim
- Nima sen rozimisan aaa? Rozimisan Minsuu? Quloqlarimga ishonmayabman! Nahotki sen shartnomani imzolash uchun Koreaga qaytsang!
- anioo Jungkook amaki nega siz doim bunday baqirib gapirasiz quloqlarimni teshib yubordingizku! - tizzamda o'tirgan mittivoyim amakisiga qarab quloqlarini yopgancha yuzlarini burishtirib so'zladi...
Uning qiliqlaridan kulmay turolmayman. Mening mittivoyim mening tabasummimga sabab bo'ladi doim.
- Sen kichik shayton, hali amakini gapiga quloq yopadigan bo'ldingmi? Shushmay turchi qani bu yoqqa kel oyisini erkatoyi - Jungkook ham kulgancha uni quva ketdi...
- hoyy bas qilsangchi Jungkook, mening Suhoyimni qiynama! - oshxonadan mayin ovoz keldi va asta qadamlar bilan uning egasi ham oldimizga tashrif buyurdi...
- mana sening qahvang Minsu. Qalay ishda charchamadingmi? - mening malikam oldimdan joy egallagach yuzlarimga mayin tabassumi bilan tikildi...
- yo'q Aeeyim charchamadim. O'zingchi Suho qiynab qo'ymadimi? - men ham unga tabassumim bilan so'zladimda nigohlarimni kichik Suho va Katta Jungkookga tikdim...
Shu quyon ham hech bolalikdan qolmadida, ammo Suho, u huddi dadasiga o'xshaydi...barcha qiliqlari ham...
- yo'q. Men Jungkookdan farqli ravishda Suhoni tushunaman! - u qo'llari bilan bolani qiynayotgan eriga ishora qilgach kulib yubordim
- ha Aeei senga ham qiyin, bu quyon bilan qanday yashaysan?
- bilmadim, ammo uni sevaman, lekin nega sevishimni bilmayman...- u lablarini burib qo'ydi. Bu qiliq unga juda ham yarashadi...
Uydagi barcha dasturxonga o'tirgach Janob Jeon gap boshladi
- Minsu men Korea kompaniyasiga ertaga uchib borishimiz haqida habar berdim. Jimin ham bizni ertaga aeroportda kutib oladi
-- ha albatta men unga ham ulgurdim!
- nima biz Koreaga ketyapmizmi? - qo'shildi hech narsadan Habari bo'lmagan Aeri
- ha, Suho narsalaringni yig'amiz yuraqol! - Minsu gapni yakunlab Suhoni qo'llaridan ushlagancha xonasiga ko'tarildi...
Yigit aylanma kursisida tebrangancha o'tirarkan eshikning taqqillashi uning hayollarini bo'rondek to'zitib yubordi...
- kiring - dedi yigit bo'g'iq ovozda
- janob, ertaga Jeon Korporations bosh direktori bu yerga shartnoma imzolash uchun tashrif buyurar ekan. Uchrashuvni nechiga belgilashimizni hohlaysiz?
- ular ertaga keladigan bo'lsalar demak ertaga shu yerda bo'lishlari shart! Aeroportdan to'g'ri Kompaniyaga olib kelishingiz kerak!
- albatta janob! - yigit bosh eggancha xonadan g'oyib bo'ldi...
_Mana yana men shu yerdaman. Mening qora o'tmishim...
Yuzlarimga tushishga ulgirmagan yoshlarimni artib tashlab mittivoy Suhoga tabssum qildim. Mening kichkintoyim negadir hafa...
- mitti shahzodam nega hafasiz? - so'radim uning bo'yi barobar bo'lib
-- oyi nega meni bu yerga olib keldingiz?! - u kichik lablarini burgancha qovoqlarini uyib menga tikildi
- bu senga yoqmadimi mittivoyim? - mitti yuzchalarni kaftlarim orasiga oldim. Uning shishgan yuzchalarini ko'rishni ham juda yoqtiraman.
- oyiii men mittivoy emasman! Nega meni bu yerga olib keldingiz?! Do'stlarimni u yerda qoldirib kelish qanchalik qiyin bo'lganini bilasizmi? - gaplari huddi kattalarnikiga o'xshaydiya
- shahzodam mening. Biz ko'p qolmaymiz yaqinda ketamiz. Bilasanmi hozir seni kim olib ketadi?
- tog'ang va bobong! Ularni sog'inmadingmi?
- tog'am va bobom? Ularni juda sog'inganman oyijon tezroq meni olib boring u yerga! - mening shahzodam tog'asini va bobosini juda yaxshi ko'radi. Ularni ko'rmaganiga ham deyarli 1 yil bo'lmoqda
Suhoning yonidan tik turdimu ko'zlarim Jungkook bilan quyuq salomlashayotgan Jiminga tushdi. Bu bolani juda sog'ingandim.
Jimin Jungkook bilan salomlashgach menga va Suhoga qo'l ko'tardi. Suho uning oldiga yugurgancha ketib qoldi. Biz ham ortidan Aeri bilan chamadonlarimizni sudragancha astalik bilan yurib bordik...
Bizdan avval tog'asining oldiga borib ustiga sakrab chiqqan Suho quvonchdan porlardi go'yo. Uni anchadan beri bunday shod ko'rinishda ko'rmagandim...
- ohhh mening kichik shahzodammm! - yigit tabassum bilan quchoqlarini yugurib kelayotgan bolakayga keng ochdi...
- tog'ajooonnnn - mitti Suho tog'asining ustiga sakragancha chiqib oldi
- kichik chempion qalaysan? Oyingni hafa qilmayapsanm? - Jimin tabassum qilgach bolakayning burnidan chimchilab qo'ydi
- yo'q tog'ajon oyimni hafa qilmadim. Hatto brokli bo'tqasini yetishni ham o'rganib oldim! - bolakay brokli so'zini yuzlarini burishtirib aytgach Jiminning tabassumi ikki karra kenggaydi
- ouuu mening Chim Chimim qanday katta yigitga aylanibsan! - Minsu yurib kelish davomida ukasining kelishgan qomatiga ko'z yugurtirib chiqdi
- mening opam ham mendan qolishmaydi! - Jimin ham tabassum qilganicha Suhoni bir qo'lida ko'tarib ikkinchisi bilan opasini quchdi...
- yo'q, aslo. Men ko'p uchganman buni bilasan! Dadamning ahvoli yaxshimi?
- ha dadam juda yaxshilar. Sizlarni uyda kutishmoqda.
- Minsu, biz hamkorning kompaniyasiga borishimiz kerak ekan! - qayerdandir paydo bo'lgan Jungkook yoqimli boshlangan suhbatni qoq belini markaziga tepgan edi
- Jin ursin! O'zi shu yetmay turgandi. Jungkook seni o'ldirmasligim uchun biror sabab aytolasanmi? ) Minsu asabiy sochlarini ortga tashlagancha Jungkookning ko'zlariga g'azabli tikildi
-- ha ha men keltirolaman sevgilim Aeri, u uchun ham meni o'ldirolmaysan! - Jungkook tabassumi bilan Aerining ballaridan quchdi
- Minsu, bolani oldida shilqimlik qilganga shafqat yo'q uni birgalikda o'ldiramiz kelaqol! ) Aeri Jungkookning qo'lini belidan olgancha unga termulib g'azab bilan Minsuga so'zladi
- ohhh meni qutqaring Jimin va Suho!!! - Jungkook yuzida yasama qo'rquvni aks ettirgach Jimin va Suho tomon yuzlandi
- Kookie amaki, bunchalik dramatik bo'lmang! Oyim hazillashyabdi. Sizni o'ldirmaydi! - kichik Suho Jungkookga hammasini bir deganda tushuntirib qo'ydi.
Katta va hashamdor bino qarshisida to'xtagan qimmatbaho qora mashina ichidan tushgan qiz beparvolarcha ichkariga kirish tomon qadam tashladi...
Uni ko'rgan barcha tazim qilarkan qiz shunchaki ko'z qiri bilan ularga qarab qo'yishni ham ep ko'rmasdi go'yo...
- nahotki bu o'sha Park Minsu!?
-- ko'zlarimga ishonmayman! Bu umuman boshqa ayol! Park Minsu bunday ko'rinshda emas edi!
-- to'g'ri Park Minsu doimo uyalchang va yig'loqi edi! Hamda irkit o'rdakcha!
Qizning qadamlari shu nuqtada to'xtadi va nigohlari ortidan hamon bidirlayotgan qizga tikildi.
Qadamlari ortga ketarkan Minsu bir Bora ham yiqilsamchi deb o'ylamasdan orqaga boraverar va nihoyat Marra qizning qarshisi edi...
- uyalchang, yig'loqi hamda irkit o'rdakcha Park Minsu degin, xo'sh seni isming nima?
Qiz oldiga kelgan ayolni ko'rishi bilan dokadek oqardiyu, nigohlarini zumda yerga qaratdida qaltiragancha javob berdi...
- xo'sh Soomi senga oilada tarbiya berishganmi? Birovni ortidan pichirlama deb? - qiz baqirgancha yonidagi qizning yuziga ayab o'tirmay tarsaki tushirdi!
- kechiring xo...- qizning gapi nihoyasiga yetmay imkinchi yuziga ikkinchi tarsakini qabul qilgach ko'zlaridan yoshlari otilib chiqib ketdi
Minsu esa qilgan ishidan g'ururlangancha yo'lida hech narsa bo'lmagandek davom etdi.
Barcha katta majlislar xonasiga yig'ilgach atigi bir insonni kutishardi. Bu ham bo'lsa Kim's Group kompaniyasi Vitse Prezidenti edi...
- xonimlar va janoblar uzr so'raymiz. Prezidentimiz janob Kim bir nech daqiqalarga kechikmoqdalar. Ular kelgunlariga qadar loyihani o'zimiz tushuntirib tursak qarshi bo'lmaysiz degan umitdamiz! - yigit so'zlarini yakuniga yetkazmasdan xona eshiklari katta ochilib barcha kutayotgan inson mikrofon qarshisidan joy egalladi
— rahmat Janob Lee. Barchaga salom Men Kim's Group Vitse Prezidenti Kim Taehyung bo'laman. Uzoq kuttirib qo'ymadim deb umid qilaman! Barcha majlisga muhim shartnoma imzolash uchun yig'ilgan. Demak bizning Koeradagi hamkorimiz "Golden Treee" kompaniyasi Prezidenti Janob Kim Se Hun. Amerikadagi hamkorimiz "Jeon Korporations" kompaniyasi bosh direktori Jeon Jungkook. Koreadagi "Park Industry" kompaniyasi ijrochi direktori Park Jimin va xuddi shu Kompaniyaning Amerikadagi filiali Vitse Prezidenti Park Minsu. Barcha hamkorlarimiz bilan tanishib olgan bo'lsak unda majlisni boshlaymiz! - barcha o'rnidan turib salomlashib bo'lgach Taehyung yangi shartnoma va uning maqsadini tushuntirishni boshladi.
_ Haa, men uni ko'rganimdan hayajonda bo'lsamda, xursandman. Ko'zimdan chiqishga shayalanayotgan yoshlarimni kuch bilan bartaraf etib, jilmaydim...