Atirgul yaproqlari..
~ Qora tuman kabi tarqalib osmonni qoplagan bulutlar, inson qalbiga gʻulgʻula solardi. Shahar tashqarisida boʻlayotgan boʻronlar insonlar uchun ahamiyatsiz edi goʻyo. Ayoz qishni boshlangʻich haftalari boʻlsa ham, Koreyada allaqachon qor qoplab boʻlgandi. Qanchalar moʻjizaviy dunyoda, qanchalar shavqatsiz odamlar bor. Atrofda mashina serenalariyu, tez yordam koʻk-qizil chiroqlari, hayvon kabi oʻrab olishgan odamlar, va oppoq qor ustidagi atirgul yaproqlari..... Ila birga soʻngan qon...goʻyo balki sevgi qisamiz shu yerda tugagandir, huddi filmlardagidek! ...
Yarim tunga boʻlganligiga qaramay shahar shovqinlari hali hanuz mavhum, yorqin chiroqlar, katta oylani xonadan kuzatilsa yana chiroyiga chiroy qoʻshmoqda. Xonani bir burchagida yarim soatlarcha koʻzini uzmay narigi burchakda ish bilan band ayolni kuzatayotgan erkak, sabir kosasi toʻlgan zaxoti, marmar polga yaltilayotgan oyoq kiyim sadosi ayol tomon yaqinlashardi. Oʻz aksini koʻrar darajada, stol ustidan barmoqlarini yurgizardi.
Jimin - yarim soat kuzatganim natijasi, bugun, yoʻq, yoʻq yarim tun boʻldi, deyarli yangi kun kirib keldi... Manimcha juda koʻp ishlab yubording xotinjon, balki.... - qizni eʼtibori hali hamon qogʻozlada ekanligini sezgan yigit, qizning stolini ozi tomon kuch bilan burdi.
Chuqur nafas chiqargan qiz, yigit bilan nigohlari birlashdi.
Lisa - xonamda menga halaqit beruvchi chivin borligini bilgach, zarur xizmatlarga xabar bermoqchi edim. Afsuski u men oʻylagandan katta ekan..
Jimin - daxshatni oʻzginasi, kulgiligidan ichim uzilib ketay dedi-yu xotinjon.. - kulimsirab dedi yigit.
Lisa - maqsadga oʻt, nima xoxlaysan?
Jimin - Seni... - xonada kulish ovozi yangradi - albatta seni chunki seni mana shu, otangning kompaniyasidan yulb olishm kerak.
Lisa - qoʻlingdan kelsa barchasini qil, albatta sen uchun qora kiyim kiyishm uchun, azizam - yigit yuzida barmoqlarini bosgan qiz, yigit tomon yaqinlashdi.
Jimin - Lisa men jiddiy gapirdim, sen shunchaki oʻgay otanga chuv tushib qoʻlinda oʻyinchoq boʻlishing va sendan foydalanishi uchun unga ishonib qolyapsan. - achchiq haqiqat kabi urilgan bu gaplar qizni yuz ifodasi oʻzgarishiga sabab boʻldi. - Lisaginam menga qara koʻzlarimga boq - qizning yuzini ikki qoʻl orasiga olgan yigit allaqachon asabiylashishga ulgurgandi. - U shunchaki sendan foydalanib keyin hech kim hech narsa bilmagandek seni yoq qiladi. Shuni chunmayapsanmi. Osha kecha men lanati otangni asil yuzini koʻrdim, oʻz ogʻzi bilan seni oʻldirishini aytdi.
- Nega senga ishonishim kerak?. - Lisa bor kuchi bilan yigitni oʻzidan itardi. - sen bilan turmush qurganimizga 3 yil boʻldiki hali ham ishonchimni qozonmading. - qiz oʻrnidr turar, u tomon qadam tashladi. - Ha, aytgancha, senga turmushga chiqishm sababchisi, sen aytgan oʻgay otamning qaroriku, kim bilib oʻtiribdi deysan, balki bu bir sening hiylalaringdir.
Xonada yigit kishi kulish ovozi yangrar ekan, kulgu emas bu bir inson qalbidan chiqayotgan achchiq haqiqat edi.
Jimin - Ishonch deyapsanmi?.... Men senga 3 yil davomida ishonch tugul sevgimni ham koʻrsatib kelayapman, seni sevishimni, hafa boʻlganimda yonimda boʻlishing, yegʻlaganmda ovutishing hamma hammasini hohlayman lekin bir narsa doim, bu narsalarni cheklab qoʻyadi!!!!!!!. - bir nafas ila aytilgan yurak ogʻrigʻi, koʻz kosasida koʻzyoshlar yegʻilishi sababi boʻldi. - bu sening eʼtiborsizliging, Lisa... bizga shu narsa yetishmayapti. - qizdan biror harakat yokida birgina soʻz kutgan yigit, tilsiz qolgan qiz yuzini kuzatdiyu xonani tezda tark etdi. Oy nurida yaltirab tushgan tomchi koʻzyosh, va qiz yigit ketgan taraf qararkan, nigohlari kichik qahva stolchasida turgan qizil atirgulga tushdi. Lisa atirgul tomon qadamlar, hayotidagi barcha atirgul qissalari yodga oldi.
Yorqin chiroqlar bilan bezatilgan katta xona, allaqachon tashrif buyuruvchilar bilan toʻlgandi. Xona burchagida shampan ichayotgan qiz, nigohlari bir gala erkaklar orasidagi siren koʻzli yigitga qadaldi. Allaqachon hayolga berilgan qizni yelkasiga qoʻyilgan qoʻl, qizni tanasini junjiktirdi.
- Lisa, qizim ahvoling yaxshimi? - yarim yoshga yetib borgan kishi, oq tushgan sochlari aytib turardi.
Lisa - aa, ha dada men yaxshima...
- Kompaniya hujjatlariga qoʻl qoʻyishing kerak, qani yuraqol qizalogʻim sen bilan xonamda gaplashib olamiz. - qizni gaplari tugamasdan, oʻz xonasiga boshlayotgan otasi qizga ikkinchi qavatga yoʻl boshladi.
- qizim, men aytganimdek kompaniya meni qolimga oʻtadi, va men reja qilayotgan Italiyadagi ikkita kompaniyaga ega chiqamiz keyin esa, oz kompaniyangni senga qaytaraman.
Lisa - onamga tegishli kompaniyani hech kimga bermayman deb vaʼda berganman, hatto sizga ham, otajon.
Erkak qosh kotardiyu oz oʻrindigʻiga joylashdi - sen ham onang kabi xulosangni gapirasan. Men..
Otasini gapini kesib qadamlar yaqinlashib dedi - Men javobimni aytdim, oʻgaymisz haqiyqimisiz menga farqi yoʻq, men kompaniyamni hech kimga bermayman. LiAs kompaniyasi onamga tegishlicha qoladi chunki bu kompaniyaga onamning uyqusiz tun mehnatlari ketgan. - Lisa har bir soʻz notalarida onasi bilan boʻlgan xotirasini eslab oʻtdi. - kompaniyani soʻrab ovora boʻlmang, ogohlantirdim otajon, hali koʻp yashashingiz kerakmi? - yuzida nim tabassum qilgan qiz xonani tark etdi.
Zinalardan tez turs tushar ekan, asabiy ekanligi yaqqol bilinib turardi. Soʻngra qizning belidan baquvvat qollar oʻrab raqs zal oʻrtasiga boshladi.
Lisa - hozir buni mavrida emas Jimin. - qiz yigitni oʻzidan uzoqlashtirmoqchi boʻldiku lek, qizning bellaridan mahkamlangan qoʻl bunga yoʻl qoʻymasdi.
Jimin - judayam gʻoʻzal boʻlibsan, hardoimdagidanda koʻproq gozal, mening marvaridim.
Lisa yigitni koʻzlariga qarab turarkan, har safar qizga nomalum inson tomondan joʻnatilgan qizil atirgul va kichik xat ichidagi "Marvaridim" soʻzini yodga oldi. Albatta bu Jimin edi. Lisa uchun barchasini qilgan, dushmanlar boʻlsa u uchun koʻksidan oʻq yegan, zahar boʻlsa zahar ichgan, har daqiqada Jimin Lisa bilan boʻlgan lekin buni nega Lisa anglamadi.
Lisa - Sen..... - millionlab odamlar ichida ikki goʻzal inson raqsi huddiki Rameo va Julyetta kabi edi.
Jimin - oldindan kechirim soʻrayman - yigit qoʻllari qizning orqa boʻyin qismini ushlab oʻziga tortdi hamki ikki lab bir biriga bosildi. Ehtiros ila sevgi quyilgan bu bosa har kim yuragini iliqlikga toʻldirar edi. Soniyalar oʻtmay odamlar orasida toʻs toʻpalon va oʻq ovozlari yangray boshladi. Qaynoq lablar bir biridan uzilar ekan yigit qizni oʻz bagʻriga oldi.
Jimin - tezroq ketish kerak qani, orqa eshikdan chiqamiz - qizni qoʻllariga olgan yigit odamlar ichidan qizni himoyasiga olib eshik tomon yura boshladi. Orqasiga qistirilgan qurolni oldikuya, baland ovozli oʻqlar dushman taraf borardi. Lisaning nigohlari ikkinchi qavatda kulib turgan oʻgay otasiga qadali hamki bu oʻyining barchasini u boshlagan.
Lisa - Jimin tezroq ketish kerak, - bir necha oʻq qizning orqasidagi devorga sanchilarkan bundan qoʻqrgan qiz polga yeqildi. - Jimin..... - allaqachon yelkasidan oʻq yegan Jimin tezda qizni himoya qilib uzun yoʻlaklar tomon orqa eshikdan chiqishdi.
Lisa - senda jarohat bor... - lablari qaltirab dedi qiz.
Jimin - tez, tezda mashinaga - yigit qurolni qattiq ushlab yugirisharkan, darhol yigit qizni oʻz bagʻriga olib orqaga yeqildiyu, mashina soniya ichida osmonga alanga yoqdi. Yigit shivirlab soʻkingancha qizni asta koʻtarib, tezda bu binodan chiqishga urindi.
Jimin - axvoling yaxshimi, yura olasanmi, bir chaqirim narida mashinam bor tez tez borishimiz kerak. - chuqur chuqur nafas olgan qiz yigit bilan qoʻllarin birlashtirib yugurishdi.
Kichik shinam bir uychada ikki qalb bir biriga suyanchiq edi. Jimin atrofni koʻzdan kechirib qurolini yon stolga qoʻyib oʻrindiqga oʻtirdi. Koʻylak tugmalarini bir qoʻli bilan boʻshatishga harakat qildi hamki yelkasidagi ogʻriq bunga yoʻl qoʻymadi.
Lisa - men oʻzim - kiyimlarini oʻzgartirgan qiz yigitning oq futbolkasi uning sonlarigacha tushib turardi.
Jimin - Bu yer ancha havfsiz, men odamlarimga xabar berdim ular bizni xavfsizligimizni taminlab turishadi. - qimirlama - qiz yigitning ikki son oʻrtasida jarohatini tozalay boshladi.
Jimin - labing....
Lisa - gapirma - nigohlar bir biriga toʻqnash kelar ekan, yigit barmoqlarini qiz lablariga bosdi. - senga qimirlama dedim - qiz yana oʻz ishini davom ettirdi.
Oq bindlar yigit yelkasi boʻylab aylanardi. Halitdan beri qizdan nigohlarini uzmagan yigit, qolini qizning beli tomon oʻtkazib oʻziga jipslashtirsh ketidan, qonga boʻyalgan lablar ham bir biriga bosildi.
Qishning ilk haftalari, allaqachon oppoq qor yerni qoplashga ulgurgandi. Uzun mashina yoli yaxmalak kabi muzlagan, mashinalar sekin asta oz manzilida ketar edi lekin faqat birgina mashinadagi illiq tana ichidagi yurak sevgan insoni tomon shoshilardi. Jiminning yuzidan kulgu, va samimiylik jilmayish tark etmasdi, har bir soniyada yon oʻrindiqdagi katta buketdagi atirgulllarga qarab qoyardi, aslida hayolida faqat uni oʻylardi. Telefon jiringlashi ovozidan yana jilmaydi soʻngra javob berdi.
- Men ham seni sogʻindim, azizam. Kechki tushlikda albatta yoningda boʻlaman.
Lisa - Kelishingni intizorlik bilan kutyapman - qizham, illiqlikni his qilgan qalbi yanada unga oshiq boʻlardi.
Jimin - koʻz ochib yumguncha, uyda boʻlaman - telefon oʻchirilgan song mashina tezlasha boshladi hamki, mashina tashqarisidagi kichik oynaga tekgan oq tufayli, yigit choʻchib tushib, orqasida uchta qora mashinalar kuzatayotganini payqadi.
Jimin mashina tezligini oshirar koʻyi, mashina orqa orindigidan qurolini olib, oqlay boshladi. Bir necha oʻq mashinani teshib oʻtdi, Jimin mashina tezligini pasaytirish orqali ikki mashina oʻrtasiga kirib, qoʻllarini ikki yonga yoygan holda õqqa tuta boshladi. Yana mashina tezligini oshirgan Jimin, uchinchi qolgan mashina bilan chap oʻng oyini kabi oʻynashar edi. Keyingi daqiqalarda uchunchi mashinaning shinasiga otilgan oʻq, katta fura bilan toʻqnashib portlay ketdi. Mashina tezligi yuqori boʻlgan sababli, Jiminning qarshisidan chiqqan odam tufayli, Jimin mashinani ters burarkan, mashina barqarorlikni yoqotgan zaxoti, uch marta aylanib chil chil boʻlgan mashina koʻprik toʻsiq stalbasiga borib urildi hamki mashina oldi allaqachon tashqarisiga chiqishga ulgurgan edi. Qishning sovuq kunlari kirib, qorlar qoplanganligi tufayli, tez yordam kelishi juda kech edi. Oppoq qorni, qizil dogʻlar va sevgi ramzini anglatuvchi atirgul yaproqlari birlashishga ulgurgandi. Lekin, telefon jiringlayotgan ovozi, qalbga chang solmoqda edi.
Yorqin quyosh deraza tomon intilib, qorongʻu xonaga yorugʻlik solmoqda edi. Eshikdan kirilgan qadam tovushlari deraza tomon odimladi-u quyosh nurini butun xonaga yorugʻlik taratish uchun, pardalarni ochdi.
Lisa - Jiminshiiiii, seni yana qancha kutishim kerak, qani turaqolsanchi - qiz oq choyshabga oʻralgan, yarim oy shaklida chizilgan tatto korinb turuvchi yalang tanani koʻzdan kechirdi. Sonya ichida qiz yigit bagʻriga yotar ekan, Jimin ham qizni bellaridan qoʻllarini oʻrab oʻziga tortdi.
Jimin - Seni sevaman - nima ochilgan koʻzlar qizga qaratilar ekan, qizning sochlarini siypap bosa bosdi.
- Menham, seni sevaman Jimincham - erkalangan ohangda kulimsirab dedi qiz.
Jimin - balki ertalabki bosamni berarsan - qiz bilan oʻrin almashgan yigit, qizni ikki qoʻl orasiga oldi. Qizham qilarini Jismining boʻyin sohasiga oʻradi. Qaynoq lablar bir biriga bosildi hamki, bir birini taftini his qilmagan bu lablar, eshik signalidan uzildi. - etibor berma - yigit yana labini qizniki bilan birlashtirgan boʻldiki, lekin qiz unga qarshilik qildi. - Bu zarur boʻlishi mumkin.
Pastki qavatda, qizning kulishlari, quvonchlari, sevinishlari, qizning qoʻlidagi bir dasta atrilgul, shunday sevgan insoninga birgina etiborning oʻzigina u uchun katta baxtday tuyuladi. Jimin qizni kuzatib turardi. Qanchalar baxtli onlar. Sevgan insoningni yoningda butun umirga huddi shunday quvonch ila kuzatsangu senga dunyolar ham kerakmas aslida.