July 24, 2025

Qonli Ta'til

Ushbu fanfic real voqealarga asoslangan bo'lib,2014-yil Urugvayda Γ΅ldirilgan Lola Chomnalez ishi ilhomlantirgan. Qahramonlar va syujet muallif tomonidan boyitilgan.Lola xotirasiga bagβ€˜ishlanadi

‼️𝑭𝑰𝑡𝑨𝑳‼️
10𝒕𝒉 π’†π’‘π’Šπ’”π’π’…π’†

Sud binosi...
Bugun u har qachongidan ham sokin va ogβ€˜ir edi. Tashqarida jurnalistlar, kameralar, odamlar… hamma bu kuni kutgan edi. Endi haqiqat aytiladi. Endi Lola Chomnalezining oβ€˜limi – shunchaki statistik raqam emas, balki adolatli hukm boβ€˜lishi kerak.

Binoning ichida har bir yurak oβ€˜ziga xos ogβ€˜riq bilan urardi.

Sud zalida joylar band. Old qatorda Mariya va Frank – Lolaning asl ota-onasi. Frank qoβ€˜llarini mahkam birlashtirib, tizzasiga qoβ€˜ygan. U koβ€˜zlarini bir nuqtaga qadagan. Mariya esa bekinib yigβ€˜lamaslikka harakat qilardi. Uning yuragi yana bir bor qizini dafn qilayotgandek ogβ€˜rirdi.

Ularning yonida Anna va Poul – choβ€˜qintirgan ota-onasi. Bir paytlar Lolaning eng yaqin odamlaridan boβ€˜lgan bu insonlar bugun oβ€˜zlarini gβ€˜ira-shira his qilardi. Ular Mariya va Frankka tik qaray olmasdi. Ammo yuraklarida bitta narsa boβ€˜lardi: β€œBiz uni chin dildan yaxshi ko'rar edik…”

Soatlar 10:00 ni koβ€˜rsatdi.

Zalda ovoz chiqmasdi. Odamlar nafasmni ushlab turgandek edi.

Sudyani chaqirishdi.
U oq sochli, tajribali ayol edi. Qoβ€˜lida qogβ€˜oz, koβ€˜zlarida qat’iylik. U joyiga oβ€˜tirganidan soβ€˜ng, sud kotibi baland ovozda e’lon qildi:

> β€œAmerika Qoβ€˜shma Shtatlarining Florida shtati, Mayami shahridagi jinoyat ishlari boβ€˜yicha sudida 2021-yil 6-mart kuni, Lola Darsonning oβ€˜limi boβ€˜yicha ochilgan tergov ishi yuzasidan sud jarayoni ochiq deb e’lon qilinadi!”

Shu on zalda qoβ€˜rquv va ehtiros oβ€˜rtasida bir jimlik choβ€˜kdi. Shunda, ogβ€˜ir qadamlar bilan Agent Aria Hale sudga kirdi.

U qattiq ohangda yurdi. Yelkalari tik. Koβ€˜zlarida charchoq va gβ€˜urur aralash hissiyot. U bilardi: bugun bu joyda faqat jinoyatchilar emas, balki uning oβ€˜z halolligi ham hukm qilinadi.

Yon tomonlarda Anxel Palo va Thommas Weller qoβ€˜llari kishanda bilan keltirildi. Ular sovuq, beparvo koβ€˜zlar bilan zaldagi yuzlarga qarab chiqdi. Ularning chehralarida pushaymonlik yoβ€˜q edi. Balki qoβ€˜rquv ham.

Damian Cole esa sud zalining orqa tomonida, qora kostyumda, jim oβ€˜tirardi. Uning koβ€˜zlari faqat Aria Hale tomon qaragan. U hech kimga, hatto oβ€˜ziga ham ishonmasdi. Ammo baribir oβ€˜zini "aybdor emasman" deb oβ€˜ylardi.

Aria koβ€˜kragini keng ochdi. Nafas oldi. Yuragida Lola, yuragida adolat, yuragida oβ€˜zi uchun ogβ€˜ir tanlovlar... Va u sudyaga qarab boshini egdi:

β€” β€œHurmatli sud a’zolari, bugun sizlar oldida nafaqat jinoyat tafsilotlarini ochib beraman, balki Lolaning ovoziga aylanaman... Chunki u oβ€˜sha kuni baqirdi. Faqat hech kim eshitmadi.”


Sud boshlangan. Odamlar yuragida haqiqatni eshitishga shay. Aria esa endi bor haqiqatni, eng dahshatli, eng gβ€˜amli, eng ogβ€˜riqli shaklda ochib berishga tayyor edi.

Agent Aria Hale mikrofon oldida turar, yuragi boβ€˜gβ€˜ziga tiqilgan edi. Ammo u bu ishda juda uzoqqa borgan edi. U endi ortga qaytolmasdi.

U sekin va ravshan tovushda gap boshladi:

β€” β€œMen Aria Hale, Federal tergov agenti. Oβ€˜tgan bir necha oy davomida men Chomnalez ishi ustida ishladim. Bu ish yopilgan, unutilgan, hatto ba’zi tizimlar bu voqeani tarixdan oβ€˜chirmoqchi boβ€˜lgan. Ammo… bu voqea bir begunoh hayotni yutgan. Va men uni unutolmadim.”

U qogβ€˜ozlarini ochdi. Zalda sukut. Hamma nafasini ichiga yutgan.

β€” β€œLola Darson 7 yil avval oβ€˜gβ€˜irlab ketilgan. Uning jasadi plyaj yaqinidan topilgan. U qattiq qiynoqqa solingan, bolalarcha qoβ€˜rqib… qochishga uringan. Ammo…”

Aria ovozi biroz titradi. U davom etdi:

β€” β€œBiz topgan dalillarga koβ€˜ra, jinoyat sodir boβ€˜lgan kuni, qizni soβ€˜roq qilgan, savol ostiga olgan, zoβ€˜ravonlik qilgan shaxslar ikki kishi boβ€˜lgan. Va ular: Anxel Palo va Thommas Weller.”

Zalda shovqin. Kimdir β€œNahotki!” deb yubordi.

Aria dalillarni koβ€˜rsatdi β€” barmoq izlari, topilgan sumka, DNK natijalari.

β€” β€œSumkada topilgan barmoq izi toβ€˜gβ€˜ridan-toβ€˜gβ€˜ri Thommas Wellerga tegishli. Ammo bu yetarli emas edi. Shuning uchun u yillar davomida yashiringan. Ammo Anxel Palo bilan bogβ€˜liq iz β€” eski kamerada yozib olingan, lekin shu vaqtgacha koβ€˜zdan qochgan kadrlar asosida topildi.”

Zalda oβ€˜tirgan Mariya va Frank bir-birining qoβ€˜lini mahkam ushlab olishdi. Ularning koβ€˜zlarida yosh. Koβ€˜ksida yillar davomida yigβ€˜ilib qolgan ogβ€˜riq toβ€˜kilar edi.

Choβ€˜qintirgan ota-onasi β€” Anna va Poul ham zalda. Ular jim. Ularning koβ€˜zlarida aybdorlik bor. Mariya ularga nafrat bilan qaraydi. Anna esa koβ€˜z yoshlarini arang tutmoqda. U oβ€˜sha pallada xotiralarini yutmoqchi boβ€˜lgandek boβ€˜yinga egilgan.

Aria davom etdi:

β€” β€œThommas Weller β€” voqea sodir boβ€˜lgan davrda turistik qoβ€˜riqlovchi boβ€˜lgan. U va Anxel bolani oβ€˜zlariga jalb qilishgan. Savodsiz, kaltabin va tajovuzkor insonlar sifatida bu begunoh qizni oβ€˜yin deb bilishgan. Lekin u oβ€˜yin emasdi. Bu… jinoyat edi. Shafqatsiz qotillik.”

Agent Aria Hale

Agent Aria Hale oxirgi dalillarni taqdim etarkan, birdan jim boβ€˜lib qoldi. U bir necha soniya davomida hakamlar hay’ati va sud zalida oβ€˜tirganlarga qarab turdi. Soβ€˜ng, ogβ€˜ir ohangda soβ€˜z boshladi:

β€” β€œMen sizlarga hozir aytadigan tafsilotlar juda ogβ€˜ir. Ammo ular aytilmogβ€˜i shart. Chunki bu faqat qotillik emasdi. Bu β€” begunoh qizni vahshiylarcha yoβ€˜q qilish edi.”

Zalda yana jimlik. Aria ichiga tortdi. U hech narsani oβ€˜chirmasdan, hech narsani yashirmasdan, bir-bir soβ€˜z bilan ayta boshladi:

β€” β€œOβ€˜sha kuni β€” voqea kuni… Lola Chomnalez tush paytlarida, taxminan soat birlarda, uyidan chiqib ketgan. U bir daftari va yozuvlari bilan plyaj boβ€˜yiga yoβ€˜l olgan. Quyoshli, oddiy bir kun edi. Ammo… uni kuzatayotgan ikki shaxs bor edi. Anxel Palo va Thommas Weller.”

Aria koβ€˜zlarini yummadi. U yana davom etdi:

β€” β€œAnxel Palo Lolaning bu odatini allaqachon kuzatib yurgan. Bir necha kun oldin ham uni maktabdan, kitob doβ€˜konidan, hattoki chaqaloqlar bogβ€˜chasidan chiqayotganini kuzatgan. Va ular β€” Anxel va Thommas β€” unga qarshi reja tuzishgan. Bu tasodifiy emas edi. Bu sovuqqonlik bilan rejalashtirilgan edi.”

Zaldagi Lolaning onasi Mariya hoβ€˜ngrab yigβ€˜lay boshladi. Frank uni qoβ€˜llab turdi. Anna esa hozirgacha yigβ€˜lamagan boβ€˜lsa-da, shu payt koβ€˜z yoshlarini toβ€˜xtata olmadi.

Aria davom etdi, nafasini toβ€˜gβ€˜rilab:

β€” β€œLola plyajda oβ€˜tirganida, Thommas uni suhbat bilan chalgβ€˜itdi. Bola oβ€˜rtogβ€˜ining kitobi haqida soβ€˜radi. Qiz javob berayotganda Anxel orqadan yaqinlashdi. Ular uni tutib olishdi. Lola avvaliga hech narsa tushunmadi. U qochishga urindi. Ammo...”

Aria boβ€˜gβ€˜ilib qoldi. Soβ€˜ng davom etdi:

β€” β€œAmmo Thommas uni yerga yiqitdi. Anxel esa… uning yuzini qumga botirdi. Lola baqirmoqchi boβ€˜ldi, ammo qum ogβ€˜zini toβ€˜ldirib, nafasini boβ€˜gβ€˜di. U tirishdi, urindi… ammo kuch yetmadi. Nihoyat, Anxel undan voz kechmasdan pichoq chiqardi. Va…”

U bir soniyaga toβ€˜xtadi. Sud zalida faqat yurak urishlari eshitilardi.

β€” β€œVa u pichoqni yuragiga bir marotaba tiqdi.”

Shovqin yoβ€˜q. Hamma qotib qolgan. Aria nihoyat qat’iy ovozda yakunladi:

β€” β€œBu begunoh bir hayotni shafqatsizlarcha yoβ€˜q qilish edi. Va bugun ular bu jinoyat uchun javob beradi.”

Shu payt Aria sukutga choβ€˜mdi. Hammaga qaradi. Shundan keyin birdan oβ€˜zining stoliga yurdi. U bir papkani oldi. Sezilarli ravishda titrayotgan barmoqlari bilan ochdi. Va yana mikrofon oldiga bordi. Ovozi past, lekin oβ€˜tkir edi:

β€” β€œAmmo, janoblar va xonimlar… bu ishning yopilishiga, dalillarning yoβ€˜qolishiga va Anxel bilan Thommasning bir necha yil davomida qamalmay yurishiga sababchi boβ€˜lgan yana bir inson bor…”

Zalda taranglik oshdi. Kim? Kim bu? Degan nigohlar har tomondan unga qadaldi.

Aria koβ€˜zlarini bir nuqtaga qadadi. U kimnidir zimdan kuzatmoqda edi. Nihoyat, sekinlik bilan boshini koβ€˜tardi va toβ€˜gβ€˜ridan-toβ€˜gβ€˜ri Damian Colega qaradi.

β€” β€œMen kecha tunda sumkada topilgan yana bir DNK namunani ekspertizaga bergandim. Oβ€˜sha namunani Damianga koβ€˜rsatmay, oβ€˜zim tekshiruvga yubordim. Chunki… ichimda nimadir bor edi. Va kechasi natijalar chiqqanida… unda yozuv bor edi: Damian Cole.”

Zalda shitirlash, piching. Damian bir necha soniya harakat qilolmadi. U hech narsa demadi. Nafasi qisildi. Koβ€˜zlarini Aria koβ€˜zlaridan olib qochdi. Ammo Aria jim emasdi. U yana davom etdi:

β€” β€œDamian Cole, federal tergov agenti, bu jinoyatga bevosita aloqador boβ€˜lmagan boβ€˜lsa-da… bu ishni yopishda, dalillarni bekor qilishda, xotirjam boβ€˜lishda, ayblilarga muddatli jimlik yaratishda ishtirok etgan. Uning jimligi… jinoyatchilarga hayot berdi.”

Zal hushsizdek. Damian asta oβ€˜rnidan turdi. U Aria tomonga yurdi, ammo hech nima demadi. Faqat titrab soβ€˜radi:

β€” β€œSen… qachon bilding?..”

Aria esa yuzini unga tutdi. Va koβ€˜zlaridagi ogβ€˜riq bilan, lekin qat’iylikda javob berdi:

β€” β€œLaboratoriyaga borgan kecha ”


Sud zalidan keyin...

Kech kirgandi. Sud jarayoni yakunlangani aniq edi, ammo yuraklarda tugallanmagan savollar, aytilmagan ogβ€˜riqlar hanuz yashirinib yotardi. Aria Hale sud binosining tashqarisida, sovuq tongga tikilib turardi. Shunda uning yoniga Damian Cole keldi. U hech narsa demadi. Faqat yonida turib qoldi.

Aria sekin ohangda soβ€˜z boshladi:

β€” β€œMen buni sen qilganingga ishonolmadim. Hali ham... ishonolmayapman. Sen jim qolding. Bilganingni aytmading. Nega, Damian?”

Damian bir lahzalik sukutdan soβ€˜ng, qiyinlik bilan javob berdi:

β€” β€œMen… ular kimligini bilganimda... ortiqcha urunish harakatsiz qolishini afzal bildim. Chunki bu ish tepada bosim ostida yopildi. Va men... sen bilan ishlayotganimda... Aria, men seni himoya qilishni istagandim. Faqat... sening isming bu palapartishlikda chiqishini xohlamadim.”

Aria yuragini changalladi. Koβ€˜zlarida yosh qaynadi.

β€” β€œMen haqiqatni tanlagan edim, Damian. Faqat haqiqat. Meni yolgβ€˜on bilan himoya qilish hech qachon yaxshi natija bermaydi.”

Damian pastga qaradi. Soβ€˜ng, ohista dedi:

β€” β€œMen seni yoβ€˜qotgim kelmagandi...”

Aria unga tik qaradi. Endi yuragi avvalgiday urmasdi. Faqat baribir yurak edi, ezildi. Ammo u aytdi:

β€” β€œMen esa adolatni yoβ€˜qotgim kelmagandi.”


Sud qarori

Sud zali yana toβ€˜la. Barchaning nigohi hakamlar hay’atiga qadalgan. Sudya asta joyiga chiqadi. Va qarorni e’lon qiladi:

> β€œJinoyat tafsilotlari, dalillar, guvohlar va tergovchi Hale tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib...

Anxel Palo va Thommas Weller odam oβ€˜ldirish, zoβ€˜rlashga urinish, jinoyatni yashirish va dalillarni yoβ€˜q qilish ayblari bilan umrbod ozodlikdan mahrum etilsin.

Damian Cole esa xizmat vazifasidan suiiste’mol qilgani, tergov jarayonini sun’iy toβ€˜xtatishga uringani uchun ishdan haydaladi va shartli ravishda 5 yil muddatga qamoqqa olinsin”

Zalda kimdir ovoz chiqarmoqchi boβ€˜ladi, lekin bu voqealar faqat jimlik bilan eshitiladi.


Lolaning ota-onalari β€” ikki dunyo, bir dard

Suddan soβ€˜ng, binodan chiqqanlar orasida Mariya va Frank, Lolaning haqiqiy ota-onasi, oβ€˜zini qiyin tutardi. Ular qizlarini koβ€˜mishgandan beri har kuni yuraklarida savol bilan yashagan:
"Nega aynan bizning farzandimiz?"

Uzoqda Anna va Poul β€” Lolaning choβ€˜qintirgan ota-onasi β€” ham bor edi. Qizlarini birga ulgβ€˜aytirgan, hayotining har lahzasiga guvoh boβ€˜lgan bu juftlik koβ€˜zlarini yerga tikkan.

Toβ€˜satdan Mariya yurib borib, Annaning qarshisida toβ€˜xtadi. Unga tik qaradi. Yigβ€˜lamadi. Faqat yurakdan chiqayotgan ohangda shunday dedi:

β€” β€œAnna ....meni kechir.... ”

Anna birdan yigβ€˜lab yubordi. U Mariyani quchdi. Ikki ona β€” tugβ€˜dirgan va mehr bergan β€” bir-birini faqat yurak bilan tushundi. Ularni Lola birlashtirgan edi. Oβ€˜rtalarida endi na rashk, na ayb bor edi. Faqat β€” qizlari uchun birgalikdagi gβ€˜am.


Oxirgi kadr β€” Aria yolgβ€˜iz...

Aria Hale plyajda turardi. Oβ€˜sha joyda. Lolaning daftari topilgan qumloqda. Shamol sochlarini oβ€˜ynatardi. U yerga egilib, bir varaqqa yozilgan qogβ€˜ozni yerga qoβ€˜ydi.

> "Sen unutilmaysan, Lola. Haqiqat kech kelsa-da β€” adolat yetib bordi. Endi sen tinch uxlashing mumkin."
β€” Aria

U ortiga oβ€˜girdi. Bu β€” faqat ish emasdi. Bu β€” halollik, ishonch va ichki ogβ€˜riqning zanjiri edi. Ammo Aria endi bilardi:
Haqqi bor odam har doim gapiradi. Chunki sukut β€” jinoyatga sheriklikdir.

Va u yurib ketdi. Quyosh botayotgan payt edi. U yolgβ€˜iz edi. Ammo kuchli.

π‘΄π’–π’‚π’π’π’Šπ’‡π’…π’‚π’

𝑼𝒔𝒉𝒃𝒖 π’‰π’Šπ’Œπ’π’šπ’‚ π’Šπ’π’‰π’π’Žπ’Šπ’π’Š π’‰π’‚π’šπ’π’•π’π’Šπ’π’ˆ π’β€˜π’›π’Š π’ƒπ’†π’“π’…π’Š.
𝑩𝒂’𝒛𝒂𝒏 𝒂𝒅𝒐𝒍𝒂𝒕 π’‹π’Šπ’Ž π’•π’–π’“π’‚π’…π’Š. 𝑩𝒂’𝒛𝒂𝒏 𝒆𝒔𝒂 π’‰π’‚π’’π’Šπ’’π’‚π’• π’†π’π’ˆ π’’π’π’“π’π’π’ˆβ€˜π’Š π’ƒπ’–π’“π’„π’‰π’‚π’Œπ’π’‚π’“π’…π’‚ π’šπ’‚π’”π’‰π’Šπ’“π’Šπ’π’‚π’…π’Š.
π‘¨π’Žπ’Žπ’ π’Œπ’Šπ’Žπ’…π’Šπ’“ π’Šπ’›π’π’‚π’š 𝒃𝒐𝒔𝒉𝒍𝒂𝒔𝒂 β€” 𝒖 𝒂𝒍𝒃𝒂𝒕𝒕𝒂 π’•π’π’‘π’Šπ’π’‚π’…π’Š.

𝑩𝒖 𝒗𝒐𝒒𝒆𝒂 β€” π’”π’‰π’–π’π’„π’‰π’‚π’Œπ’Š π’‹π’Šπ’π’π’šπ’‚π’• π’‰π’‚π’’π’Šπ’…π’‚ π’†π’Žπ’‚π’”.
𝑩𝒖 β€” π’Šπ’”π’‰π’π’π’„π’‰, π’™π’Šπ’šπ’π’π’‚π’•, π’‰π’‚π’’π’Šπ’’π’‚π’• 𝒗𝒂 π’Œπ’†π’„π’‰π’Šπ’Œπ’Œπ’‚π’ 𝒂𝒅𝒐𝒍𝒂𝒕 π’‰π’‚π’’π’Šπ’…π’‚.
𝑩𝒖 π’‰π’Šπ’Œπ’π’šπ’‚π’…π’‚ 𝒉𝒂𝒓 π’ƒπ’Šπ’“ π’‰π’‚π’“π’‚π’Œπ’‚π’•, 𝒉𝒂𝒓 π’ƒπ’Šπ’“ π’‹π’Šπ’Žπ’π’Šπ’Œ π’π’“π’•π’Šπ’…π’‚ π’β€˜π’„π’‰π’Žπ’‚π’” π’Šπ’› 𝒃𝒐𝒓.


π‘¬π’”π’π’‚π’•π’Žπ’‚

𝑩𝒖 π’‰π’Šπ’Œπ’π’šπ’‚ π’ƒπ’‚π’…π’Šπ’Šπ’š 𝒂𝒔𝒂𝒓 π’ƒπ’β€˜π’π’Šπ’ƒ, π’‚π’šπ’“π’Šπ’Ž 𝒉𝒐𝒍𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓 𝒓𝒆𝒂𝒍 π’‰π’‚π’šπ’π’•π’…π’‚π’ˆπ’Š 𝒗𝒐𝒒𝒆𝒂𝒍𝒂𝒓𝒅𝒂𝒏 π’Šπ’π’‰π’π’Žπ’π’‚π’π’ˆπ’‚π’. 𝑷𝒆𝒓𝒔𝒐𝒏𝒂𝒋𝒍𝒂𝒓, 𝒗𝒐𝒒𝒆𝒂𝒍𝒂𝒓 𝒗𝒂 π’π’π’Žπ’π’‚π’“ π’Žπ’–π’‚π’π’π’Šπ’‡ π’•π’π’Žπ’π’π’Šπ’…π’‚π’ π’β€˜π’šπ’π’‚π’ƒ π’•π’π’‘π’Šπ’π’ˆπ’‚π’ π’šπ’π’Œπ’Š π’β€˜π’›π’ˆπ’‚π’“π’•π’Šπ’“π’Šπ’π’ˆπ’‚π’. 𝑯𝒂𝒓 π’’π’‚π’π’…π’‚π’š π’β€˜π’™π’”π’‰π’‚π’”π’‰π’π’Šπ’Œ π’•π’‚π’”π’π’…π’Šπ’‡π’Šπ’šπ’…π’Šπ’“.
π‘¨π’Žπ’Žπ’ 𝒖 π’π’“π’’π’‚π’π’Š π’ƒπ’†π’“π’Šπ’π’‚π’šπ’π’•π’ˆπ’‚π’ π’‚π’”π’π’”π’Šπ’š π’ˆβ€˜π’π’šπ’‚ β€” 𝒉𝒂𝒓 π’ƒπ’Šπ’“ π’šπ’β€˜π’’π’π’π’ˆπ’‚π’ π’‰π’‚π’’π’Šπ’’π’‚π’• π’π’“π’•π’Šπ’…π’‚π’ π’ƒπ’Šπ’“π’π’“ π’Œπ’Šπ’Žπ’…π’Šπ’“ π’Šπ’›π’π’‚π’šπ’…π’Š π’…π’†π’ˆπ’‚π’ π’Šπ’”π’‰π’π’π’„π’‰π’…π’Šπ’“.

Real Lola Chomnalez

𝑩𝒖 π’‰π’Šπ’Œπ’π’šπ’‚ β€” π’šπ’π’π’ˆβ€˜π’Šπ’›π’π’Šπ’Œπ’…π’‚ π’šπ’β€˜π’’π’π’π’Šπ’ƒ π’Œπ’†π’•π’ˆπ’‚π’ π’ƒπ’Šπ’“ π’’π’Šπ’›π’π’Šπ’π’ˆ π’π’—π’π’›π’Š.
𝑩𝒖 π’‰π’Šπ’Œπ’π’šπ’‚ β€” π’Œπ’†π’„π’‰ π’ƒπ’β€˜π’π’”π’‚-𝒅𝒂, π’Œπ’†π’„π’‰π’Šπ’“π’Šπ’π’Žπ’‚π’šπ’…π’Šπ’ˆπ’‚π’ π’‰π’‚π’’π’Šπ’’π’‚π’• π’šπ’–π’›π’‚π’ˆπ’‚ π’„π’‰π’Šπ’’π’’π’‚π’ π’Œπ’–π’π’Š.
𝑩𝒖 π’‰π’Šπ’Œπ’π’šπ’‚ β€” π’β€˜π’› π’—π’‚π’’π’•π’Šπ’…π’‚ π’†π’”π’‰π’Šπ’•π’Šπ’π’Žπ’‚π’ˆπ’‚π’ π’ƒπ’‚π’’π’Šπ’“π’Šπ’’ 𝒗𝒂 π’β€˜π’› π’—π’‚π’’π’•π’Šπ’…π’‚ π’Œπ’β€˜π’“π’Šπ’π’Žπ’‚π’ˆπ’‚π’ π’Œπ’β€˜π’› π’šπ’π’”π’‰π’π’‚π’“π’Š π’‰π’‚π’’π’Šπ’…π’‚.

𝑳𝒐𝒍𝒂 π‘ͺπ’‰π’π’Žπ’π’‚π’π’†π’› β€” 𝒔𝒆𝒏 𝒃𝒖 π’…π’–π’π’šπ’π’…π’‚ 𝒋𝒖𝒅𝒂 π’’π’Šπ’”π’’π’‚ π’šπ’‚π’”π’‰π’‚π’…π’Šπ’π’ˆ.
π‘¨π’Žπ’Žπ’ π’”π’†π’π’Šπ’π’ˆ π’π’—π’π’›π’Šπ’π’ˆ, π’”π’†π’π’Šπ’π’ˆ π’šπ’–π’“π’‚π’ˆπ’Šπ’π’ˆ, π’”π’†π’π’Šπ’π’ˆ π’‰π’‚π’šπ’π’•π’Šπ’π’ˆ π’–π’π’–π’•π’Šπ’π’Žπ’‚π’…π’Š.
𝑩𝒖 π’”π’β€˜π’›π’π’‚π’“ β€” π’”π’†π’π’Šπ’π’ˆ π’™π’π’•π’Šπ’“π’‚π’π’ˆ 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏.
𝑩𝒖 π’‰π’‚π’’π’Šπ’’π’‚π’• β€” π’”π’†π’π’Š π’–π’π’–π’•π’Žπ’‚π’ˆπ’‚π’π’π’‚π’“ 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏.
𝑩𝒖 𝒂𝒅𝒐𝒍𝒂𝒕 β€” π’”π’†π’π’Š π’šπ’β€˜π’’π’π’•π’ˆπ’‚π’ π’šπ’–π’“π’‚π’Œπ’π’‚π’“ 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏.


𝑩𝒖 π’‰π’Šπ’Œπ’π’šπ’‚ 𝑳𝒐𝒍𝒂 π‘ͺπ’‰π’π’Žπ’π’‚π’π’†π’›π’π’Šπ’π’ˆ π’™π’π’•π’Šπ’“π’‚π’”π’Šπ’ˆπ’‚ π’ƒπ’‚π’ˆβ€˜π’Šπ’”π’‰π’π’‚π’π’‚π’…π’Š.

𝑺𝒆𝒏 𝒉𝒆𝒄𝒉 𝒒𝒂𝒄𝒉𝒐𝒏 π’šπ’π’π’ˆβ€˜π’Šπ’› π’ƒπ’β€˜π’π’Žπ’‚π’ˆπ’‚π’π’”π’‚π’.
𝑨𝒅𝒐𝒍𝒂𝒕 π’Œπ’†π’„π’‰ π’ƒπ’β€˜π’π’”π’‚-𝒅𝒂, π’šπ’β€˜π’π’Šπ’π’Š π’•π’π’‘π’…π’Š.