๐๐๐ฆ๐ข๐ก๐๐ก๐๐ก๐ ๐ค๐๐ฌ๐ง๐๐ฆ๐๐
Ertasi kuni tushlik vaqtida u ishga bormadi. Finni maktabga olib borib,ozi uyga kelib xonasiga chiqdi.Hayolidan birdan nimadir o'tdi-yu o'rnidan turib, dadasini xonasiga kirdi.Kiyimlarini ham alishtirmagan,oyoq kiyimini bogichi hali ham boyloq,va hattoki qo'lidagi sumkasi bilan xonaga otilib kirdi.
Javonni ochdi,nimalarnidir qidirdi.Kiyimlarni surdi,qutilarni tekshirdi, ikkinchi qavvatni ochdi.Ammo hech narsa yo'q. Ish stoliga o'tirib dadasining noutbukini ochdi.Fayllarga kirdi.Eski arxivni ko'rdi. O'zi nimani izlayotganini ham bilmas,lekin jon jahdi bilan qidirar,hech bir faylni etibordan qoldirmay titib chiqdi.Qancha urinmasin,qidirmasin bari befoyda,hech qanday javob yo'q.Na biror qollanma,na hujjatlar va na xat yo'q edi.
Shuncha urinishlari zoye ketgach,stolga boshini qoydiyu tushkunlikka tushgancha o'ziga o'zi Eliz:
-Aaa,Dada.Nimalar bo'lyapganiga tshunmayapman.Nima qilishim kerak o'zi?Nimani qidiryapman?Kimni?Hammasi chalkashib ketdi.Men buni uddalay olmayman.
Shu payt qo'lidagi soati esiga tushib darrov unga qaradi.Kechagi fleshkadan song balki bu soatda yana nimadir bo'lishi kerak degan o'ylar tark etmasdi uni.Shunday ham bo'ldi.Soatning o'ng buragichini ochganida u yerdan yana bir,ammo juda kichik fleshka chiqdi.
Eliz uni noutbukka kirgizib, faylni ochdi.Otasining audio shaklidagi xati:
"-Qizaloฤim,Eliz.Avvalo bu fleshkani tooganingdan xursandman.(siniq kulish,biroz to'xtab)Bilasanmi bir vaqtlari menga bittasi shunday degan edi "Muvaffaqiyatsizlikdan qorqma,aksincha harakat qilmaslikdan qo'rq"Haa..to'g'ri hozir balki xonada stolga boshingni qo'yib, bo'layotgan ishlarga tshunmayapgandirsan(Eliz dadasining uni qanchalar yaxshi bilishidan ko'zlari namlanib,kulib qo'ydi)Ammo men senga ishonaman.Sen albatta hammasini uddalaysan.Axir mening qizimsan.Ammo bularni yolg'iz emas,u bilan birgalikda qilasan.U mening eng yaqin insonim,o'zimga xuddi akam kabi
U bilan o'tgan damlarni hech qachon unuta olmasam kerak.Butun umr xotiralarni eslab,uni qumsab yashayman deb o'ylagan edi.Toki mana bu ishlar sodir bo'lmaguniga qadar.Eliz,sen uni topishing kerak..U seni,meni va oilamizni bu falokatlardan qutqara oladigan yagona inson.
Men eski manzilini aytaman.Uni Shanxaydan topasan,eski uy manzili kompyuterimdagi arxiv bo'limida saqlab qo'yganman.Eliz,qizim..endi men ketishim kerak,sen ham.Tezroq bo'l. Vaqt ziq."
Shu bilan audio tugadi.Eliz oโylanib qoldi.Bir zum noutbukka tikilganicha hayollariga berildi.
Xotiralar:
Bundan 12 yil ilgari Eliz dadasi bilan xonasida suratlarni tomosha qilishmoqda.U do'sti bir begona kishi bilan tushgan suratni ko'tarib:
-Dada,bu kim?Nega uning ko'zlari boshqacha?
Mark suratga qaradiyu darrov yuziga tabassum paydo boโldi.Suratni qo'liga olib:
-Bumi...Bu mening do'stim Jeckie, juda abjir va uddaburon,jangchi.
-Siz menga aytib bergan do'stingiz janob Chanmi?(qiziqib so'radi)
-Ha,qizim..o'sha do'stim..do'stim..(biroz oโylanib qoldi)
-Hozir ular qayerda?
-U..uzoqda.Bizdan ancha olislarda...(tushkun ohangda)
-Nima endi u bilan boshqa uchrashmaysizmi?(dadasining kayfiyati biroz tushganini sezgan Eliz)
-Menimcha..yo'q,qizim.Boshqa endi u bilan uchrashmasak kerak.
-Nima uchun ?
Suratlarni yig'ishtirib:
-Bo'ldi,Eliz.Hozircha shularni bilsang yetadi.Yuraqol maktabga kech qolasan(deb uni xonadan olib chiqib ketadi)"
Eliz shu hayollar o'g'ushida bir necha soatlar davomida o'sha yerda,qimirlamay o'tirdi.Song tushlik vaqti bo'ldi.Uydagi soat buni eslatmaganida ehtimol Eliz hali ham o'sha yerda qolib ketgan bo'lardi. U soatga qarab Finni olib kelish vaqti bo'lganligini sezdi.Noutbukni yopdi,Oโrnidan turdi-da eshik tomon yo'l olganida bo'lgan telefon qo'ng'irogi uni to'xtatdi.
Yashirin raqam.Eliz ko'ngli noxushlikni sezganday qo'llari biroz qaltirab telefonni qulog'iga olib bordi:
-...
-Miss Elizabeth(yana o'sha tanish ovoz)
Biroz qaltiragan ovozda:
-Hhhaa
-Sizga berilgan vaqtni qadriga yetmayapsiz chamamda..Yaxshimass, axir siz ota-onangizdan aqilliroq deb o'ylagan edim.Meni hafsalamni pir qilmang.
-Nima istaysiz?Men hech narsani bilmayman,dedimku?!(ovozida qo'rquv aralash asabiylashish bor edi)
Buni sezgan o'sha odam goshakni u tomonidan achingandek ko'rsatib:
-ะฆ,ั,ั,bunchalar darajada,bo'lmang. Axir ukangiz sizni farishta misolida ko'radi-a..Ismi nima edi?Haa Fin(g'olibona kulib)
Ukasi haqida gap ketishi bilan Elizni butun badanini sovuq ter,qo'rquv qamrab oldi.Hayolida aylanayotgan fikrlar uni qo'rqitar,ukasiga nimadir bo'lgani aniq edi:
-UKAMGA NIMA QILDING?(bu odatdagi ohangda ancha baland chiqdi)
-Tshshshs,o'zingni bos!Menga bunday ohangda gapira ko'rma.Aslo,oqibati yomon bo'ladi.
Faqatgina ukasini o'ylagani uchun o'zini bosishga harakat qilib, nafasini rostladi:
-Fin.. uni ham รฒg'irladingmi?
-Ana endi o'zingga kelding,qushcham..(g'olibona )Finga keladigan bo'lsak, men uni รฒg'irlaganim yo'q.Shunchaki biz biroz birga o'ynashga qaror qildik.Togrimi,Fin?(u narigi tomondagi odamni chaqirayotgandek goโshakni o'sha tomonga chozib)Opangga biron nima deb qo'y.
-Eliz,nimalar bo'lyapti?Iltimos meni bu yerdan olib keting.Men bu amakilar bilan o'ynashni istamayman.(yig'lamsirab)
Uning bu so'zlaridan so'ng Elizni koโzlaridan beixtiyor yoshlar chiqib ketdi.U ukasining yovuzlik qo'lida ekankigi, ular unga istagan ishlarini qilishi mumkinligi hayollaridan o'tdi-yu,ammo ukasini ovutish yo'lida o'zini yig'ishtirib:
-Fin,ukajonim..O'zingni bos.Ular..senga hech narsa qilishmaydi, shunchaki meni ishlarim chiqib qoldi va sen ular bilan biroz muddatga birga bolishing kerak.Men albatta seni olgani boraman.Faqat aqilli bola bo'lgin, doim..(gapini tugatmasidan goโshakni yana o'sha yรฒg'on ovoz egallab oldi)
-Voy,voy, voy..buni qaranglara opa ukaning bir birga bo'lgan qaynoq mehri.Kozlarimga yosh keldi to'g'risi(ularning ustidan kulgan holda ateyin,baland ohangda qarsak chalib)
-Quloq sol,men sen aytgan hamma ishni qilaman
FAQAT FIN VA OTA ONAMGA TEGMAYSAN.
-Bu yerda shartlarni men qo'yaman, oyimqiz. Unutma!Oilang meni qo'limda. Demak meni aytganim bo'yicha ish qilasan.Keyin esa oilangni qaytaraman
Majbur bo'lganidan rozi bo'lgan Eliz:
-..Yaxshi..nima qilishim kerak?
-Hozircha dam olib tur,O'zim senga aloqaga chiqaman va nima qilishing kerakligini o'shanda aytaman.Ammo..bilib qo'y!Agar politsiya,yoki shunga is boshqa odamlarni aralashtirsang,oilangdagilarni birma-bir yo'q qilaman.Hatto tasavvur ham qilisha olmaydigan darajada qiynab,asta sekinlik bilan o'ldiraman.Barini...
Aloqa uzildi.Goshakni qoโyilgan ovozini eshitgach Eliz turgan joyida yerga yiqildi.Ozini koz yoshlaridan tiya olmay,yigโlab yubordi.Barcha umidlari puchga aylanayotganini, oilasini birovlarning qo'lida qay ahvolda ekanini o'ylagani sari yuragi ortiga tortib ketavardi.Endi u nima qilishni bilmas, na kimdandur yordam soray olmas,na davlatdan chiqib ketish ilojisini bilmasdi .U butunlay qulagandi.Otirgan joyida yiglagancha,qolidan ukasi ham ketganini,ota onasini boshqa ko'ra olmasligi mumkinligini o'ylab qo'rqib ketardi.
Nihoyat u o'ziga keldi va telefonni olib qo'ng'iroq qildi.Narigi tomonidan.
Operator: โ San-Fransisko xalqaro aeroporti, chiptalar boโlimi. Sizga qanday yordam bera olaman?
Eliz: โ Salom. Menga Shanxayga bir tomonlama chipta kerak edi.
Operator: โ Albatta, xonim. Toโliq ismingiz va uchish sanangizni ayta olasizmi?
Eliz: โ Elizabeth Howard. Menga eng yaqin reys kerak.
Operator: โ Rahmat, Miss Howard. Bir zum kutib turingโฆ (qogโozlarni varaqlaydi) โฆ ertaga soat 9:45 da reys bor. Siz uchun joy band qilaymi?
Eliz: โ Ha, albatta Juda yaxshi.
Operator: โ Demak, chiptangiz tasdiqlandi. Iltimos, San-Fransisko xalqaro aeroporti, 2-terminalga uchishdan kamida uch soat oldin yetib keling. Yoโlingiz bexatar boโlsin.
Eliz: โ Rahmat.
Operator: โ Marhamat, Miss Howard.
Goโshakni qoygach o'rnidan turib narsalarini joylay boshlaydi.Endi uning maqsadi bir.Shanxayga borib qanday bo'lmasin, uni topish va oilasini qutqarish. Bu xoh xavfli bo'lsin, xoh notanish.
Ertasi kuni soat 9.00.San Fransisko Aeroporti.
Reys vaqtlari jadvaliga qarab turgan Eliz tanish ovozni eshitishi bilan ko'zlari o'sha nuqtada turardi
Eliz o'z reysini zalda kutib o'tirar ekan.Oyoqlari asabiy tarzda qimirlatar go'yoki samalyot tezroq uchishib Shanxayga qonsayu,Eliz tezroq maqsadiga erishsa.
Nihoyat u samalyotga chiqib o'z o'rindigiga asta boshini qo'yib, yana o'ylarga berildi.Dadasining o'sha audio xatini esladi:
"-Eliz,qizim Jeckie men tanigan odamlar ichida eng yaxshisi, u senga yordam berishiga ishonaman. Garchi bo'lib otgan ishlarga qaramay.Bundan 22 yil oldin men Jeckie bilan juda qattiq urushib qoldik.Sababi Shanxayda bo'lib o'tgan ishlar va Jeckiening singlisi bilan bog'liq. Men uning singlisi Sophia bilan munosabatlarda edim ammo bunga boshida Chan qarshi chiqqar, mening ayollarga suyagim yo'qligini bilar va bizni birga bo'lishimizga yo'l qoymasdi. Ammo shunga qaramay men Sophie bilan shu yerlarga qochib ketdik.Hayotimiz boshida juda yaxahi ketayotgan edi hammasi oz maromida ammo oradan kop otmay biz bir birimiz bilan kop janjallashib qola boshladik,mening ishlarim ham borgan sari ortga qarab borar,ikki kishini yashashi va oila boqish degandek, xullas bir kuni mast holatda klubdan chiqib ketayotgan edim,yonimda esa ..bir qiz. Uni tanimas edim,mast bo'lganimiz uchun u ham men ham bir birimizni bag'rimizda mashina tomon yurdik va men undan bosa oldim..biz ..yani men nima qilayotganimni tshunmas edim. Ammo bu meni oqlamaydi,xullas Sophie bizni korib qoldi.Men osha tunda uni ko'zidan chiqayotgan alamli yoshlarni hech qachon unuta olmasam kerak.Men uni oldiga bordim,lekin u ketib qoldi.Shunchalik qattiq yugurar ediki,hatto piyodalar yo'lagidagi mashinalarga qaramay o'tib ketmoqchi bo'ldi, ammo u ..u osha yolakdan ota olmadi.Uni bir yuk avtomobili oz domiga tortib ketdi va osha yerda halok bo'ldi. Men yetib borganimda u allaqachon jonsiz holatda qonga belangancha yerda yotardi.O'sha kuni o'sha baxtsiz kuni..men uni yo'q qildim,oz qollarim bilan uni o'ldirdim,mening bu xatoyim hech qacho kechirilmaydi..Bundan xabar topgan Jeckie esa shunchalar qattiq tushkunlikka tushdiki,u hatto meni do'pposlay ketti,to'g'ri ish qildi..men bunga loyiq edim..aslida bundan ko'piga .Balki o'sha mashina Sophieymni emas meni o'ldirganida bu ishlar hozir sodir bo'lmagan bo'larmidi.Shunday qilib biz boshqa hech qachon Jeckie bilan uchrashmadik, na u qo'ng'iroq qilmadi va na men bunga jur'at qila olmasdim ....
Ammo bilasanmi u baribir oq ko'ngil inson, sen va u albatta bizni topishingizga ishonaman. Sen buni albatta uddalaysan, qizaloฤim.