August 6, 2025

𝗔𝗙𝗦𝗢𝗡𝗔𝗡𝗜𝗡𝗚 𝗤𝗔𝗬𝗧𝗜𝗦𝗛𝗜

𝟮-𝗾𝗶𝘀𝗺

-Tezroq tushaqol,hozir sen ham men ham kech qolamiz(Eliz mashina eshigini yonga egilib ochar ekan xomrayib otirgan Finga qarab)Yaaaana nima bo'ldi?


Qo'llarini chalkashtirib qoshlarini pasaytirib,rrkalandi:


-Sinfga kirishni istamayman,oqigim kelmayapti,muzqaymoq yeyman!!!


-Yaxshi,maktabdan keyin muzqaymoq yeymiz,endi boraqol.


-Yooq!Hoziroq yeyman!Axir o'tgan safar nima degan edingiz?'Istagan muzqaymoqlaringni olib beraman,bog'ga olib boraman'bularni kim va'da berdi menga?(jahli chiqqani qiyofada opasiga qaradi)


-Kh,men aytaveraman,aytaman ham qaytaman ham.Endi esa erkaligingni yig'ishtirib sinfinga bor(Eliz ham unga javoban)


Joyidan qozgalishni istamagan bola battar yig'inib oldi:
-Yoq dedim!


Uning erkaligini kotarishga ayni vaqtda toqati ham vaqti ham yo bo'lgan Eliz qanday hiyla qilishni bilib,telefonini qo'liga oldi:


-Hali shunaqami?Mayli,Yaxshi,Erkalik qilaver hozir dadamga qilamanda,gaplarimga quloq solmayotganingni,kompyuter o'yini olib kelmasliklarini aytaman(telefon raqam tergandek go'yo.


Kompyuter oyini gapini eshitgach Fin qanday mashinadan tushib sinf xonasi tomon ketganini bilmay qoldi.Uning bu qiliqlaridan rohatlanibgina Eliz kulib qo'ydi va universiteti tomon yo'l oldi.



Universitet. Tushlik payti soat 12.40.
Eliz o'z amaliyot natijalarini solishtirib,ularni ko'zdan kechirayotgan payt qo'ng'iroq bo'ldi.Goshakni befarq fayllariga tikilgancha javob berdi Eliz:
-Eshitaman
Qo'ng'iroqning narigi tomonida:
-Miss, Elizabeth Honward.(deya ohangni chozdi,yovuz go'yo uning ismini aytish unga zavq bag‘ishlagandek)
Eliz hayron bo'lib fayllarni stol ustiga qo'ydi va telefoniga qaradi.
"Nomalum raqam"
-Kim bu?(biroz shubhalanib)

Narigi tomondan esa jimjitlik. Faqat nafas tovushi eshitilardi. Sal o‘tib yovuz yana gapirdi:

— Sizni uzoqdan kuzatib kelaman, Miss Honward... siz ota-onangizga o‘xshagan ekansiz — qiziqqon, jasur... ammo biroz beparvo ham.

Elizning yuragi urishini to‘xtatgudek bo‘ldi. Endi bu hazil emasligini his qildi.

— Nima demoqchisiz? Siz kimsiz? Menga nima kerak sizga? — dedi u hafsalasi pir bo‘lgan, ammo boshida baribir kuch topishga uringan holda.

Yovuz kishi go‘yo Elizning qalbidagi har bir zarbani eshitib turgandek, zavqli ohangda davom etdi:

— Men hozircha sizga faqat shuni aytaman: ota-onangiz menga yaxshi do‘st bo‘lishmadi. Shuning uchun men... ularni yonimda saqlab turibman.

Eliz ko‘zlari katta ochilgancha o‘rnidan turib ketdi. Qo‘lidagi telefonni mahkam ushladi.

— Nimani gapiryapsiz?! Ular qayerda?! Ularni tinch qo‘ying! Sizga nima kerak?!

Narigi tomondan yengil kulgi eshitildi, ayni paytda sovuq va qorqinchli edi.

— Shoshilmang, Elizabeth. Men sizni ham tanib olishim kerak... balki ular singari siz ham... “qiziqarli” bo‘lishingiz mumkin.

Ovozi pasaydi. Faqat bir necha so‘z yana eshitildi:

— Tez orada yana bog‘lanaman...

Va goshak uzilib ketdi.

Bir lahzaga xona bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgandek bo‘ldi. Elizning boshi aylanib, telefonni asta qo‘yib, titray boshladi. Nafas olishda qiynaldi. Ko‘zlarida yosh emas, balki g‘azab va cho‘kayotgan hayrat aks etardi.

U zinhor bu qadar g‘alati, qorqinchli qo‘ng‘iroqni olmagan edi. Onasi Margaret va otasi Mark... ular chindan ham yo‘qolgan edi. Ammo bu odam... ularni ushlab turganini aytdi.

Qanday qilib? Qachondan beri? Va... nega aynan hozir?

Eliz tezda sumkasini oldi va telefonni qo‘liga mahkam siqib, xonadan chiqib ketdi.


Eliz titragan qo‘llari bilan mashina kalitini buradi. Dvigatel g‘o‘ldirab ishga tushadi. U nafasini rostlashga harakat qiladi, ammo yuragi urishdan to‘xtamaydi. O‘sha noma’lum odamning so‘zlari, ovozidagi sovuq ohang, ota-onasining “yonimda” ekanligini aytgani, hammasi miyasi ichida qayta-qayta yangrayveradi.

U mashinani haydab ketar ekan, yo‘l bo‘yi otasining telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi:

📱 “Mark Howard — Calling...”

Bir martalik cho‘ng‘iroq...
Ikkinchisi...
Uchinchi...
Ammo... javob yo‘q.

— Javob bering, dada.. iltimos... hech bo‘lmasa biror narsa deyin... — dedi u zor ohangda, ko‘zlarida yosh to‘lishib.

Ammo faqat sovuq jimjitlik, avtomatik javobchi ham yo‘q edi. U telbavor yana onasiga qo‘ng‘iroq qildi. U ham — javobsiz.

Uning sabri tugab borardi. Mashina rulini qattiq siqdi. Yonoqlari qizib ketgan, ko‘zlari qizarib. So‘ng mashinani maktab tomon burdi.

Fin darvozadan endi chiqayotgan edi. Qo‘lida ryukzagi, yuzida o‘sha sho‘x bolalik tabassumi bilan opasini ko‘rib yugurdi:

— Eliz! Nima bo‘ldi? Menga muzqaymoq olib kelasizmi?! Bugun chiroyli dars bo‘ldi...

Eliz hech narsa demay, mashina eshigini ochdi:

— O‘tir!

Fin hayron bo‘lib unga qaradi:

— Yaxshimisiz? Nima bo‘ldi? Nega jahlingiz chiqgan?

Eliz mashinani harakatga keltirdi. Yo‘l bo‘yi uning yuzidan ko‘zlarini uzmadi.

— Siz... yig‘layapsizmi? Sizga kimdir bir nima dedimi?

Shunda Eliz portlab ketgudek bo‘ldi. Uning yuragida yig‘ilib turgan qo‘rquv, xavotir, hayrat va alam hammasi birdan chiqdi:

— Fin! Jimgina o‘tir! Hech qanday savollarsiz, eshitdingmi?!

Fin shokka tushdi. Ilk bor opasining bunday g‘azablanganini ko‘rayotgandi. Yuzidan quvonch uchib ketdi. U bir necha soniya jim bo‘lib qoldi. So‘ng beg‘ubor ohangda so‘radi:

— Nima bo‘ldi, Eliz?

Eliz ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi. U o‘zini tutishga harakat qildi. Ukasining bu gapi uni silkitib yuborgandek bo‘ldi. U nafrat bilan emas, balki achchiq haqiqat bilan:

— Ota-onamiz... ular...

Fin darrov jimib:
— Nima bo‘ldi ularga?.. Yaxshimisiz, opa?

Eliz ko‘zlarini undan olib, yo‘lga tikildi. U qattiq yutindi. Ichida ko‘tarilgan g‘amni yutib yubormoqchi bo‘ldi. Yo‘q. Yo‘q, bu gaplarni hozircha aytmasligi kerak. Fin uchun bu og‘ir. Uni asrashi kerak.

— Hech narsa bo‘lgani yo‘q, Fin, — dedi u yuziga soxta tabassum bilan qarab. — Shunchaki... bugun boshim og‘riyapti, biroz charchadim.

Fin biroz ishonqiramadi:

— Siz yig‘layapsiz-ku...

Eliz jilmaymoqchi bo‘ldi, lekin ko‘zidagi namlikni yashira olmadi. U ukasining qo‘lini ohista ushlab:

— Boshqa savol berma maylimi, iltimos? Boshim...u... charchagan. Keyin gaplashamiz.

Fin bosh irg‘ab, labini tishladi. Keyin yana iljaymoqchi bo‘ldi:

— Balki... sizni muzqaymoq yeyishga olib borsam, kayfiyatingiz ko‘tarilarmidi?

Eliz bir zum kulib yubordi, ko‘zida yosh bilan aralash samimiy tabassum:

— Bu safar sen meni muzqaymoqqa olib borayapsanmi?

— Albatta! — dedi Fin jiddiy ohangda. — Men aytgandim-ku, siz xafa bo‘lsangiz muzqaymoq yeyish kerak deb.

Eliz mashinani burdi:

— Yaxshi. Unday bo‘lsa, bizni eng katta muzqaymoqli chashka kutyapti. Har xil rangli shokoladli, mevali, vanilli!

Fin xursand qichqirib yubordi:

— Yashasin! Men eng katta porloq muzqaymoqni tanlayman!

Eliz esa uning ovozini eshitib, biroz yengillik his qildi. Ammo ichida allaqanday g‘alati bo‘shliq, xavotirli jimlik baribir g‘uvillab turardi. U ota-onasiga qayta qo‘ng‘iroq qilishni xohlar, lekin Finning yonida bu haqida hozir o‘ylamaslikka harakat qildi.

U hali bu kurashga yolg‘iz tushganini Fin bilmasligi kerak. Hozir emas.


Eliz va Fin mashinadan tushishganida quyosh osmonda baland ko‘tarilgan, yozgi havo issiq bo‘lsa-da, bogdagi havo salqin,yoqimli edi. Muzqaymoq vitrinasida turli rangdagi va shakldagi muzqaymoqlar qator tizilgan: pushti qulupnay, sariq mango, oq vanil, ko‘k yong‘oq... Finning ko‘zlari chaqnab ketdi.

— Vaaaay! Qancha rangli muzqaymoqlar! — dedi u hayajon bilan. — Opa, men bularning hammasini xohlayman!

Eliz kulib qo‘ydi:

— Fin, bu yerda necha xil rang bo‘lsa, sening tilingda shuncha rang paydo bo‘ladi!

— Shunday bo‘lsin! Opa, siz pul to‘layotguncha men qaysi rangni tanlashimni o‘ylayman, xo‘pmi?

— Mayli, faqat uzoqlashma!

Eliz muzqaymoq sotuvchisiga yaqinlashib, ikkita katta chashkada muzqaymoq tayyorlashni so‘radi. Orqasini bir zumga o‘girib, pul puli tayyorlayotgan edi, yuragiga bir nima botdi.

Quloq solib, ortiga qaradi.

Fin yo‘q edi.

Elizning yuragi “duk-duk” ura boshladi. U tez atrofga qaradi, ammo Finni ko‘rmadi. Stol tagiga, vitrina ortiga, muzqaymoqchani aylana boshqalar orasiga... yo‘q!

— Fin! — deb baqirdi Eliz, yuragi tobora siqilib. — Fin! Qayerdasan?!

Qo‘llari titray boshladi. Yaqin atrofdagi odamlarning yuzlariga qaradi: hech kim e’tibor qilmagan. O‘sha daqiqada ichidagi qo‘rquv go‘yo butun dunyoni qoplagandek tuyuldi.

"Yo‘q, yana yo‘qotmadim deb umid qilgandim... iltimos, yo‘q..."

Ammo to Eliz chiday olmay, bag‘rini ushlab, lablari titrab, ko‘ziga yosh kelayotgan bir daqiqada...

🎈 — VOOOOH!!! — degan ovoz keldi orqa tomondan.

Eliz cho‘chib o‘girildi.

Fin do‘kon burchagidagi stul orqasidan sakrab chiqdi, ikki qo‘lini havoga ko‘targancha kulib turardi.

— Taaa daaaa! Menman!

Eliz ko‘zlarini kattaroq ochib, bir zum qotib qoldi. So‘ng yuragidagi siqilish bilan birga unga yugurib bordi:

— Fin!!! Nega bunday qilding?! Qanday qilib meni qo‘rqitishing mumkin?! Men seni yo‘qotib qo‘ydim deb o‘yladim!

Fin biroz jim bo‘lib qoldi, yuzidagi kulgu so‘ndi. U sekin Elizning qo‘lini ushladi:

— Kechirasiz, opa... Men faqat hazil qilmoqchi edim...

Eliz o‘zini bosishga harakat qilib, chuqur nafas oldi. Keyin ukasini ohista bag‘riga bosdi:

— Iltimos, boshqa bunday hazil qilma... Men uchun sen butun dunyosan, tushunyapsanmi?

Fin sekin bosh irg‘adi:

— Ha, tushundim...

Eliz uning boshini siladi, so‘ng kulishga harakat qildi:

— Mayli, endi borib muzqaymoq yeylik. Hazil evaziga ikkita kamroq bo‘lasan!

— Eee! — deb Fin yana kulib yubordi.

Ular birga stolda o‘tirib, muzqaymoq yeya boshlashdi. Ammo Elizning yuragidagi xavotir hali ham butunlay ketmagan edi. Fin yonida, biroq qorong‘u kuchlar allaqachon yaqinlashayotgandek edi…


Kechki vaqt.Eliz sokin yurib,charchab qolgan ukasi Finni ehtiyotlik bilan yotoqqa yotqizdi. Yostiqni to‘g‘rilab, ustini yoparkan, Fin ohista ko‘zlarini ochdi.

— Opa...
— Hmm? — dedi Eliz, yuzida tabassum saqlashga uringan holda.
— Ota-onamiz... qachon qaytishadi?..

Bu savol Elizning yuragini tirnab o‘tdi. Bir necha soniya jim qoldi. Finning beg‘ubor nigohi yuragiga og‘irlik solardi.

— Tez orada, Fin... — dedi u yumshoq ovozda. — Hozir ular juda muhim ish bilan ketishgan. Ammo albatta qaytishadi.

Fin ko‘zlarini yumdi, go‘yo bu javob unga yetgandek.

Eliz esa unga qarab o‘tirgancha, cho‘ntagidan otasining eski soatini chiqardi. Bu soat doim otasining bilagida bo‘lardi. Uni Elizga faqat “bir kun senga kerak bo‘ladi” deb berib ketgandi.

Soatni qo‘liga olib, unga tikilib o‘tirarkan, birdan telefon vibratsiya qildi. Bu safar hech qanday raqam yo‘q — ekranda faqat "Qarashni bas qil. Uxlat uni."

Eliz cho‘chib ketdi. Asta telefonni pastga qo‘ydi. Bu qanday qilib... Finning uxlayotganini ular qaerdan bilishadi? Qanday kuzatish bu?

U turib derazadan tashqariga qaradi.Hech kim yo'q.Pardalarni yopdi va Shu payt otasining soatini yana qo‘liga oldi. Soat ichidagi kichik sirli tugmani bosdi. Birdan ichidan juda kichik fleshka chiqdi.

U hayratda. Otasi bunday biror narsa haqida aytmagandi.

> “Bir kun senga kerak bo‘ladi”...
Demak... o‘sha kun bugunmi?

Eliz asta Finning peshonasidan o‘pdi, so‘ng eshikni sekin yopib chiqdi.


U tun yarmida ham uxlolmadi. Qo‘lida otasining eski soatidan chiqqan kichik fleshka. Yuragi gupillab urar, ichida nima borligini bilmasa ham, bu oddiy narsa emasligini sezardi.

Stol yoniga borib, noutbukini ochdi. Fleshkani joylashtirdi. Bir zumda ekranda “Mark Howard Private File” degan papka chiqdi. Eliz titroq qo‘l bilan sichqonchani bosdi.

Papka ichida faqat bitta video fayl:
📹 if_you_found_this.mp4

U videoni yoqdi.


🎥 Video ochildi. Mark Howard (otasi) ekranda paydo bo‘ldi.

U laboratoriya kiyimida, orqa fonda juda murakkab monitorlar, xaritalar, qizil belgilar.

— Agar sen bu videoni ko‘rayotgan bo‘lsang, demak bizning holatimiz yomonlashgan. Eliz... qizim, bu senga ishonib topshirgan topshiriq. Finni asra. Va bu fleshkada joylashgan koordinatalarni hech kimga ko‘rsatma. Ular seni izlab topishadi. Biz sinayotgan narsamiz oddiy emas. Bu... insoniyat uchun xavfli narsa. Agar ular bizni ushlagan bo‘lsa, seni ham izlayotgandir.

(Otasining yuzi quyuqlashdi. Ovozi pastladi.)

— Bu borada senga ko‘mak beradigan yagona odam bor. U sening yoningda bo‘ladi. Ishon. Faqat bir narsani unutma...

“…Hech qachon Finni yolg‘iz qoldirma.”

🎥 Video to‘xtadi.


Elizning qo‘llari muzlab qolgandi. Yuragi bo‘g‘ilib ketgudek bo‘ldi. Qorong‘i xona. Jim-jitlik. Yagona eshitilayotgan narsa —sezayotgan xavf.