October 13

The violin market

1-Bo'lim.

Yomg'ir,mashina,kutubxona...

Bahor yomg'iri ajiybda. Insonlarning shaxsiyati kabi, bir maydalab yog'ib, xotiralarni qo'zg'ab yuboradi. Butun tana bo'ylab mayda chumolilar o'rmalagandek bo'ladi, kishi. Ba'zan shunday to'fonlarni ko'tarib yuboradiki, ixtiyorsiz barcha panalarga qochadi, o'zini asrashga harakat qiladi. Barcha yerni alg'ov dalg'ov qilgach, tinchib qoladi. Xuddi shu kabi, maydalab yog'ayotgan yomg'ir ostida, soyabonsiz yurging keladi. Qandaydir, har bir tushayotgan tomchini seni siypalashini istaysan, huddi undan mehr kutayotgandek bo'lasan. G'alati to'g'rimi? Yomg'irdan ham mehr kutsa bo'larkanmi deyotgandirsan hoynahoy? Ha... men shundayman- yomg'ir yog'sa atay soyabon olib chiqmaydigan, usti boshi shalabbo bo'lsa ham yomg'ir tagidan chiqmaydigan. Meni telba deb o'ylayotgan ham bo'lishing mumkin. Buni ko'pchilikdan eshitganman, albatta. Ammo qaraki, manashu telbaligim tufayli, men bir ishqqa duchor bo'ldim. U shunday ediki, ko'zlarini sahroda ilk chiqqan gulga o'xshatardim. Yomg'ir yoqqanda, ko'lmaklar yuzida uning aksini ko'rardim. Layli, majnunga qanday oshiq bo'lsa, men ham unga shunday oshiq edim.Kel yaxshisi senga bizning hikoyamizni so'zlab beraman...

Koreyaga o'qish uchun kelganim bir bahona edi albatta. Ota onamni o'qish uchun zo'rg'a ko'ndirdim-u Koreya, Seul tomon keldim. Bu oson bo'lmadi menga. Axir,Koreya tibbiyotda yuksaklikka yetgan, go'zal diyor. Ertaknamo yurt. Ta'riflab bo'larmidi uni? His qilganlarimni qog'ozda to'la to'kis yozolmayman, aybga buyurmaysiz. Ammo shuni ta'kidlashim mumkinki, Seul siz ekranlarda ko'rganingizdan ko'ra, ming chandon go'zalroq. Sababini aytaymi? Uning atrofidagi mo'jaz xiyobonlarni qayerda ko'rsatishgan aytingchi? Bolalar varrak uchirib yurgan, qariyalar kabutarlarga don berayotgan damlarni kim ko'rsatgan? Bular oddiy holatku deyabsizmi? Siz uchun eng qulay makon qaysi bo'lsa, men uchun ham Seul shunday makonlardan biri. Va shunday bo'lib qoladi...

Tushdan so'ng yana yomg'ir yog'ishni boshladi. Bu safar negadir doimgidek, maydalab yog'madi. Suv tomchilari katta-katta, ko'p yog'ardi. Chelaklab quyilyotgandek edi go'yo. Lekin, nachora, shunday jaladek yomg'irda ham, men kutubxonaga borishga majburman. Dugonamga va'da berib qo'ygandim. Javon ustida turgan kitoblarim-u daftarlarimni sumkamga soldim. Ustki kiyimimni kiyib, eshik tomon yo'naldim. Eshikni ochib, tashqariga chiqmasimdan, yo'lakdayoq yomg'ir ifori, uning shitirlashi eshitildi. Astalik bilan zinalardan tushib borarkanman, pastga tushganim sari sovuq havo kuchayardi. Bu yerda yomg'ir yoqqan payt, havo biroz emas, anchagina sovuq bo'ladi. Sababi, nam havodir balki, buni bilmayman. Yo'lakdan chiqishim bilan yomg'ir tomchilari yuzimga urila,boshladi. Soyabonimni olmasam bo'lmaydi chog'i. Sumkamdan uni olib, qancha ochishga harakat qilsamda ochilmadi. Taqdirga tan berdimda, sumkamga qayta solib, qo'lim bilan kichik soyabon kabi yuzimni yomg'irdan to'sgancha, tez-tez qadam tashlab taksi to'xtash joyiga bora boshladim.

Bu yerni taksilar to'planadigan markaz desam ham,adashmagan bo'laman. Seul ichida harakatlanadigan deyarli barcha taksi haydovchilar ertalab albatta shu yerga keladilar. Insonlarni manzillariga yetkizib qo'ygach, yana shu yerga keladilar. Ko'pchilik Seulliklar shu yerdan taksiga minadilar. Uyim shahar markaziga yaqin bo'lgani uchun har kuni shu yerdan manzilimga yo'l olaman. Markazga yetib borganimdan so'ng doimgidek, daraxt ostida mashinasi turadigan amakimning oldiga bordim. Amakim bilan birinchi bu yerga kelishim paytidanoq, to'g'rirog'i, aeroportdan chiqqan chog'imdan beri tanishmiz. Koreyalik yigitlar juda shilqim bo'lishadida. Mashinasiga o'tirsanggiz, darrov gap otishadi, sizni surishtirishadi. Bu albatta yoqmaydi menga. Doim, amakimning mashinasiga chiqishga harakat qilaman. O'zlari bo'lmasalar kelgunlaricha ularni kutaman. Kelganlaridan so'ng, manzilimga tezda yetkizib qo'yadilar.

-Haa. Yana o'sha dugonang Minraning yoniga ketyabsanmi deyman?

-Darrov sezasiz-a amaki?

Amakimga gapirgancha mashinaga o'tirdim. Manzilni aytganimdan so'ng mashina siljidi.Oynaga yomg'ir tomchilari urilib qandaydir yoqimli ovoz chiqarmoqda. Mashina ichi tinch, ovoz eshitilmasdi. Hayol surib ketardim. Seul ko'chalari doimgidek sershovqin, yomg'ir yog'ishiga ham o'rganib ketishgan, e'tibor qilishmaydi. Har holda hozir bu yerda bahor, yomg'irlar mavsumi. Deyarli har kuni yomg'ir yog'adi. Yerlarda men yoqtirgan ko'lmakchalar paydo bo'ladi. Ajoyib-a? Jimgina oynadan tashqarini kuzatgancha hayol surardim. Ammo hayollarimni to'zg'itib yuborgan mashinaning keskin to'xtashi tufayli amakimga yuzlandim.

-Biron nima bo'ldimi amaki?

Amakimning yuzlaridan norozilik kayfiyati bilinib turardi. Menga javob o'rniga "hozir" degandek qo'l silkidilar-da mashinadan tushdilar. Oynadan sekin mo'raladim. Amakimning mashinalariga boshqa bir mashina urilgan chog'i, orqada yana bir mashina turibdi. Ichidan bir odam tushayotganini ko'rgach ko'zlarimni oynadan oldim. Biroz ushlanib qolishimni bildirish uchun Minraga qo'ng'iroq qildim.

-Menimcha hali beri kelmaydigan ko'rinasan?

Rosti, ketyabman deganimga ham 30 daqiqadan oshibdi. Soatga qayta qaradim-u ahvolimni tushuntira ketdim.

-Minraginam mening. Meni tushun, amakimning mashinalariga bir mashina kelib urildi. Vaziyat yaxshilashishi bilan boraman.

Gapimni aytdimu qo'ng'iroqni o'chirdim. Yomg'ir hiyla sekinlashgan, ammo hanuz o'shandek tomchi ovozlari sekinlashmagan edi. Daqiqalar, soniyalar o'tib borardi.....

Mana mashina to'xtaganiga 10 daqiqadan oshgan bo'lsada, qarangki men haliham kutubxonada emasman. Mashina ichida hamon o'tiribman. Amakim esa muammoni hal qilish uchun kimnidir chaqirishga ketdilar.Hayol surib oynadan atrofni tomosha qilayotgandim. Ammo deraza oynasidagi chertish ovozidan bir cho'chib tushdim. Oynani tushirishim bilan bir yigit mashinadan tushishimni so'radi. Har holda hayron bo'ldim. Ehtiyotkorlik bilan mashinadan tushdim.

-Uzr xonim, aybga buyurmaysiz. Dadangiz sizni manzilingizga shoshyotganingizni aytgandilar.

Hayron edim. Amakim qanday unga ishonishlari mumkin?

-Ha,shunday...

Boshqa gapirmadim. Jim turdim. Qandaydir to'siq to'xtatib qolardi meni...

-Hohlasangiz yuring, kuzatib qo'yay.

Yuziga bilintirmay tikildim. Zarracha his ko'rmadim. Huddi hissiz qo'g'irchoqdek sezdim uni.

-Hohishingiz.

-Qayerga borasiz?

-Markaziy kutubxonaga...

Shunday deyishim bilan telefonini qo'liga olib kimgadir qo'ng'iroq qildi. Gaplashib bo'lgach, menga bir necha daqiqa kutishimni iltimos qildi.

-Ho'p mayli.

Jimidim. Qotib qoldim joyimda. Menga nima bo'lyabdi o'zi? O'zingga kel......

Aytganidek, 1-2 daqiqa ichida bir mashina yetib keldi. Ichidan bir odam tushdida, haligi yigit bilan quyiqqina so'rashdi. Menimcha u kelgan odamga uncha e'tibor qilmasdi. O'shanday hissiz va bee'tibor edi...

-Mashinaga o'tirishingiz mumkin miss. Mening shaxsiy haydovchim, unga ishonishingiz mumkin. Manzilingizga eltib qo'yadi.

Yana jim edim. Tilim tanglayimga yopishgandek,gapirishimga qo'ymasdi. Falaj bo'lib qolgandek edi go'yo...

-Hhozir... mashinadan sumkamni olvolay...

Duduqlangancha aytgan so'zimdan o'zim hayratlandim. Menga nimalar bo'lyabdi? Ertalab kim edim-u hozir kimga aylandim?...

Author : Dami Agreste

@crazy_fanfic