Rejalashtirilmagan muhabbat
- N..nima? U bu yerda nima qilyapti? - yaqinroq kelib, eshik tirqichidan qaradi. Ayni damda Jungkook eshikka g'alati nigoh bilan tikilgancha turardi, buni ko'rib Chanmi darrov eshikdan uzoqlashdi va jim turdi.
- Hoy, nega eshikni yopding? - Jungkook eshikni qo'li bilan taqillatdi. Chanmi yana indamasdan, jim turdi.
- Nega yarim tunda uyimga keldi? U nimani xohlaydi? Politsiyani chaqirsammikan? - sekin telefonini qo'liga olib, ikkilanib turdi.
- Uyda ekanligingni ko'rdim, nega mendan yashirinyapsan? - yana qattiqroq taqillatdi. Ammo Chanmi nima qilishni bilmasdan, haliyam jim turardi.
-...iltimos chiq, shunchaki ahvolingni ko'rgani keldim - Jungkook birdan mayinlashib qoldi. Chanmi esa undan bunaqa muomilani birinchi marotaba eshitayotganidan hayron edi.
- Iltimos dedimi? Nega u g'alati bo'lib qoldi? - deya yana eshik tirqichidan qaradi. Jungkook pastga qaragancha eshik ochilishini kutardi. Chanmi tomoq qirib gapira boshladi.
- Nima xohlaysan? Nega kech bo'lganda kelding?
- Ahvolingni ko'rmoqchi edim, eshikni och, gaplashib olishimiz kerak. Baribir seni ko'rmagunimcha ketmayman - qat'iylashdi.
- Nega? Nima sababdan ahvolimni bilmoqchisan? Menda hammasi joyida, ketaver - balandlashdi.
- Kasalxonadan chiqqaningdan keyin ko'rinmay qolding...shuning uchun xavotirlandim - uning so'nggi so'zlari o'zi umuman istamasada, og'zidan otilib chiqdi.
O'shanda Chanmi, kasalxonada uning oldidan qochib ketganidan buyon Jungkookning hayolini egallab olgandi. O'tirsa ham tursa ham, hozir u qanaqa ahvolda ekan degan savol tinmay miyyasida aylanardi. Buni negaligini hali o'zi ham tushunib yetgani yo'q, shunchaki ichki ovoziga quloq solyapti. Bir necha daqiqa o'tsa hamki, Chanmidan darak bo'lmaganligi sababli Jungkook umidini uzib, uyning ostonasiga o'tirib olgandi. Shu payt eshik tomondan "shiq" etgan ovoz keldi. Jungkook eshik tomonga darrov o'grildi.
Chanmi sekinlik bilan eshikni ochardi. Buni ko'rgan Jungkook darrov o'rnidan turdi va eshikka yaqinlashdi. Chanmi qo'rqa-pisa eshikni to'liq ochdi va tashqariga bir qadam tashladi. Jungkook ham u tomonga yaqinlashdi va bir-birlariga so'zsiz tikilib qolishdi.
Oralaridagi masofa unchalik yaqin bo'lmasada, Jungkook uchun bu yetarli endi. Jungkook o'zini yetarli masofada deb o'yladi, agar unga yana yaqinlashsa Chanmi ortga chekinishi aniq. Sukut yana davom etdi. Jungkook uni ko'rib go'yoki gaplarini unutib qo'ygandek bo'ldi. Faqatgina ko'zlariga termulardi.
- Xo'sh, nima demoqchi eding - Chanmi sukutda zerikib gap boshladi. Jungkookning hayollari birdan tarqab, tetiklashdi.
- Xa..., ahvoling yaxshimi? - nima deyishni bilmadi.
- Ko'rib turganingdek, yoki faqat shu gapni aytish uchun uyimga keldingmi?
- Yo'q, bular senga. Qayering bezovta qilayotganini bilmaganligim uchun, hammasidan olib keldim - deya dori bilan to'lgan paketni Chanmiga uzatdi.
- Ammo...nega bunday qilyapsan? Tushunolmayapman? - paketni olmasdan, shu gaplarni aytgancha Jungkookka qaradi.
- Sen menga g'amxo'rlik qilyapsan, ammo nega? - Jungkook uning gapini eshitib, birdan to'xtab qoldi. Hozir qanday javob berish, u uchun muammo edi.
Pov Jungkook: haqiqatdan ham...men nega bunday qilyapman? Nega hozir bu yerga keldim? Ozimni ojizdek his qilyapman. Buning sababi...uni yoqtirib qoldimmi? Yoon Chanmi menga yoqadimi?
- Yo'q, shunchaki o'shanda muzxonadagi ahvoling haliyam ko'z oldimda. Meni o'rnimda boshqa odam bo'lganida ham shunday qilishi aniq edi. Sen o'zingcha nimalarni hayol qilding? - uning savoliga javob topganidan quvonib, bitta qoshini ko'tarib olgancha, unga savol nigohi bilan tikildi.
- Yo'q, adashyapsan. Seni o'rningda boshqasi bo'lganida bunday qilmasdi. O'sha holatga tushishimizga sen aybdor emasding va meni yaqinim yoki do'stim ham emassan. Shunday ekan nega bunday qilyapsan? Yana qanday rejang bor Jeon Jungkook? - haliyam ostonada Jungkookka qaragancha turarkan.
- Agar o'rnimda boshqasi bo'lsada, va buni qilmas ekan, unda hamma insonlar ham bir xil emas Yoon Chanmi xonim - deya sokin jiddiylik bilan Chanmini bilagidan ushladida, paketni qo'liga tutqazib ko'ziga qaradi.
- Endi esa uyingga kir, tashqari biroz sovuq - deya Chanmining qo'lini qo'yib yuborib orqasiga qayrilgancha, mashinasi tomonga ketdi. Chanmi orqadan qandaydir paketni ushlagancha qoldi.
Nayon kechqurun biroz kechikib uyga qaytdi. Uyga kelganida Chanmi allaqachon uxlab qolgandi. Undan xabar oldi va o'zi ham xonasiga kirib ketdi. Ertalab esa Nayon Chanmiga hammasini aytib berdi. Mingyu unga nima degan bo'lsa barini. Mingyu undan vos kechishni istamasligini va Jungkookdan o'ch olmoqchilini ham. Chanmi nima deyishni bilmasdan o'ylanib qolgandi. Axir unga ham oson emas. Yaqinda qorni ham bilinishni boshlaydi, o'shanda Jungkookdan qanday berkinadi? Jungkook buni bilsa shundog'ligicha qo'yadimi? Shunday muammolari bor bo'lgan bir paytda, Mingyuning bu ishlari albatta Chanmi uchun ortiqcha edi. Shuning uchun qanday yo'l tutishga ikkilandi.
Mia bugun vaqtli uyg'ongancha, nonushta ham qilmasdan, kasalxona tomonga shoshdi. U bugun Mingyuni ko'rishi kerak edi. Ammo Mingyu haliyam uxlayatganligi sababli, Mia yana kutish zalida edi.
- Uff, bu yigit nega buncha uxlar ekan-a? Xuddi yil hisobidan endi, uxlayatganga o'xshaydi - lablarini burishtirib, eshikka tikildi. Yana 10 daqiqa kutish zalida bo'lganidan so'ng, bir hamshira kelib uni o'zi bilan, Mingyuning oldiga olib ketdi. Mia eshikka yaqinlashib, taqillatdi. Ichkaridan "kiravering" degan ovozni eshitganidan so'ng, sekinlik bilan eshikni ochib ichkariga kirdi.
- Janob, ahvolinggiz yaxshimi? - Mia kirib ulgurmasidan, Mingyuning ahvolini so'ray boshladi. Ammo birdan u tomonga qarab, to'xtab qoldi.
Pov Mia: bu..uu nimasi bo'ldi? Nega u bunchalik kelishgan? Xatto, yoqimtoy ham ko'rinyapti. Ammo avval buni payqamagandim...balki bunga o'sha paytdagi qo'rquvim hamda uning yuzidagi qon sabab bo'lgan. Ammo hozir...
- Xa hammasi joyida, marhamat kirishingiz mumkin - Mingyu qaddini rostlamoqchi bo'lib, yostiqdan ko'tarildi. Shu onda Mianing hayollari tarqab, ketib soxta tabassum qilgancha Mingyuga yaqinlashdi.
- Janob, kechirasiz o'sha avtohalokatda o'zimni aybdordek his qildim, shuning uchun shu yerdaman - Mingyuning yonidagi kursiga o'tirib, yerga tikildi.
- Yo'q, unday emas. Buni sizga umuman aloqasi yo'q, shunchaki o'shanda o'zim tezlikni oshirmasligim kerak edi, qolaversa men xato yo'nalishda edim - tabassum qildi.
- Siz unday fikrda emasligingizdan xursand bo'ldim, raxmat janob - endi o'zini erkin tutib, uning yuziga qaray boshladi.
- Aytgancha sizdan unchalik ham kattaga o'xshamayman, meni Mingyu deb chaqirishingiz mumkin.
Pov Mia: demak ismi Mingyu ekanda? Xa u juda kelishgan.
- Ha menikimi...? Meni ismim Kwon Mia, shunchaki Mia deb chaqirishingiz mumkin - shoshib qoldi. Shu payt Mingyu yon tomonidagi stolga cho'zilib, Miaga ichimlik olib bermoqchi bo'ldi. Mia buni ko'rib, darrov o'rnidan turdi va:
- Ichimlik ichishni xohlaysizmi? Men o'zim quyib beraman - deya idishga yopishdi.
- Yo'q shart emas, o'zim - deya Mianing qo'lidan olishga urindi, lekin Mia ham qo'yib yubormaganligi sababli, Mingyu o'ziga idishni qattiq tortdi va tasodifan Mia Mingyuning ustiga quladi va bu oddiy qulash bo'lmadi. Ayni damda Mingyuning lablari ustida Mianing labi harakatsiz turardi.
Tasodifan sodir bo'lgan bu voqeadan, ikkalasi ham shokda edi. Mia ko'zlarini kattalashtirib, darrov Mingyuning ustidan turdi va boshini pastgacha egib ta'zim qila ketdi.
- Janob kechiring, bu behosdan bo'ldi. Uzr so'rayman - deya stuldagi sumkasini olib, tezlik bilan xonadan chiqib ketdi.
Mingyu esa haliyam o'sha holatda qotib qolgandi. Keyin o'zini o'nglab Mianing ustidan kulib qo'ydi.
- Juda ham shoshqaloq qiz ekan...Mia - deya jilmayib turarkan, birdan yodiga Chanmi tushib yuzini qora bulutlar qoplab oldi. Telefonini olib soatga qaradi.
- Rostan ham uni ko'rishni istaysanmi? - kasalxonaga kirishdan avval Chanmini to'xtatgancha savol berdi.
- Xa, muammo bormi? - Nayonga qaradi.
- Yo'q, xohishing. Qan ketdik - deya kasalxonaga kirib, Mingyuni xonasi tomon ketishdi. Avval Nayon xonaga kirdi, so'ngra ortidan Chanmi.
Mingyu ularni ko'rib, o'rnidan turishga urindi. Lekin Nayon bu shart emasligini aytganidan keyin, shunchaki orqaga suyanishni, afzal ko'rdi. Chanmi Mingyuning ko'zlariga tikilgancha u tomonga bordi. Xonada qadam ovozlaridan boshqa, hech nima eshitilmasdi. Nayon chetda jim turib, ularni kuzatishni tanladi. Vanihoyat Chanmi hozir Mingyuning qarshisida. Ikkisi ham nimadan gap boshlashni bilishmayapti. Mingyu avvaliga Chanmining ko'ziga qandaydir ma'no bilan uzoq tikildi, so'ngra o'sha vujudida Jungkookni bolasini ko'tarib turgan qorniga qaradi. Chanmi uning bu qarashidan, achinib yuzini chetga burdi.
- Mana hammasidan xabar topding... - haliyam uning ko'zlaridan, ko'zini olib qocharkan.
- O'sha ablahning bolasini vujudingda ko'tarib yurganingga qancha bo'ldi? - nafrat bilan gapirdi.
- .... yaqinda to'rt yarim oy bo'ladi - past ovozda.
- Nega seni hayotingda to'rt yarim oy avval paydo bo'lmadim? Nega seni undan oldinroq uchratmadim? Nega? - og'riqli ovozlar...
- O'zingni qiynama, bu mening taqdirim. Sen uni o'zgartira olmaysan. Men eng boshidan omadsiz bo'lganman, otam mendan vos kechgan kundan boshlab...
- Bu gaplarni aytishni bas qil! Agar o'shanda o'zgartirolmagan bo'lsam, buni endi qilaman. Yoon Chanmi, men sendan vos kechmayman! Men doim yoningda bo'laman! - Chanmining titroq va sovuq qo'lini kaftiga avaylab olib, siqti. Chanmi unga qarab qo'ydida, indamadi.
Oradan ikki kun o'tdi. Bu ikki kun ichida Mingyuning ichi Jungkookka bo'lgan g'azabga to'ldi. Eng alamlisi hozir unga hech nima qilolmasligi. Agar nimanidir boshlagudek bo'lsa, Chanmidan ayrilib qolishidan qo'rqadi holos. Mia ham kasalxonaga serqatnov bo'lib qoldi. Birinchi bo'lib avtohalokat jabrlanuvchisini topib tez yordamga xabar bergan insondan ko'ra, ko'proq unga yaqinlashgandi. Hatto Mingyuning kasalxonadan chiqish paytida ham uning yonida bo'lib, uyigacha etdi.
Mingyu uyiga qo'riqchilari bilan kirib kelarkan, birinchi bo'lib xonasiga bordi-da yotoqqa o'zini otdi. Bir daqiqa ham o'tmasdan eshik taqilladi. Mingyu uy xizmatchilaridan biridir deya kirishga ruxsat berdi, biroq bu Oq tulki edi. Mingyu ichkariga u kirganidan so'ng ko'zlari yumuq holda gapirdi:
- Xaa, sen keraksan azizim! - Oq tulki sovuq tabassum qilgancha, Mingyuga qaradi. Mingyu ko'zlarini ohistalik bilan ochib, chuqur xo'rsindi va o'rnidan turib yotoqqa o'tirdi.
- Senmiding? Xo'sh nima xohlaysan?
- Nimadir bo'ldimi deyman...Ahvoling yomon? - gipsdagi qo'liga ishora qildi.
- Faqat shu uchun kelgan bo'lsang xonangga ketishing mumkin - deya telefonini olib tita boshladi.
- Yaxshi, aniqlikni yoqtirasanda. Eshitishimcha o'sha yer yutgur Janob Min Yoongi ortga sog'-omon qaytganiga ancha bo'libti. Lekin nega meni xabarim yo'q? va haliyam shu yerdaman?
- Xaxaxa, sen qayerdan eshita qolding? - baland ovozda kuldi.
- Savolimga javob ber! - Oq tulki asabiylasha boshladi.
- Nima shunchalik ham aqling pastmi? Yoki o'zingni shunday tutasanmi? Sen bu yerdan hech qachon ketolmaysan!
- N..nima? Nimalar deyapsan? Bizni kelishuvimiz bor! Yodingdami?
- Kelishuv? Yana qanaqa kelishuv? O'shanda seni Jungkookning qo'lidan saqlab qolmaganimda, hozir tanang allaqachon parchalanib, suvga oqizilgan bo'lardi. Tirik yurganingga raxmat aytsang yaxshi bo'lardi.
- Yaramaslar! Meni aldashga qanday haddilaring sig'di? - turgan joyida jinnisi qo'ziy boshladi va Mingyu tomonga otilib bordi.
- Hoy telba, o'zingni bos! Agar o'lishni istamasang jim yurganing ma'qul. Yo'qsa o'shanda Jungkook chala qilgan ishni o'zim davom ettiraman - dedi va o'rnidan turib Oq tulkining nafratdan portlay deb turgan ko'zlariga qaradida, xonadan chiqib ketdi.