iPhone’ning siz bilmagan maxfiy funksiyalari 🤫
iPhone aslida oʻylaganingizdan koʻprogʻiga qodir! Hozir uning hayotingizni osonlashtiradigan 5 ta yashirin “fishka”si haqida gapirib beramiz.
🔄 1. Harakatni bekor qilish uchun ikkitagina “turtki” yetarli
Matnni tasodifan o‘chirib yubordingiz yoki tahrirlashda xato qildingizmi? Shunchaki iPhone’ni ikki marta silkiting va tizim oxirgi harakatni bekor qilishni taklif qiladi!
📌 Bu qaydlar, xabarlar, brauzer va boshqa ko‘plab ilovalarda ish beradi.
⏳ 2. Musiqani avtomatik o‘chirish
Sevimli taronalaringiz ostida uxlashni xohlaysiz-u, tun bo‘yi musiqa yoniq qolib ketishini istamaysizmi? iPhone uni taymer asosida oʻzi o‘chiradi!
📌 Soat → Taymer → "Yakunlanish boʻyicha" bo‘limida "Ijroni toʻxtatish" bandini tanlang.
Shunda musiqa yoki video belgilangan vaqtda avtomatik ravishda o‘chiriladi!
📸 3. Kamera orqali matn nusxalash
Matnni qo‘lda ko‘chirib yozishga vaqt sarflamang! iPhone matnni bevosita kamera orqali koʻchira oladi.
📌 Kamerani oching → kadrni matnga yoʻnaltiring → “Jonli matn” tugmasini bosing → ajratib oling va nusxalang.
Hatto qo‘lyozma matnni ham koʻchirsangiz boʻladi!
🎙 4. iPhone’ni mikrofonga aylantirish
iPhone’ni AirPods yoki boshqa Bluetooth quloqchinlar uchun simsiz mikrofon sifatida ishlatish mumkin. Bu uzoqdagi nutqni yaxshiroq eshitmoqchi bo‘lganingizda qoʻl keladi.
📌 Sozlamalar → Boshqaruv markazi → "Eshitish" funksiyasini qo‘shing.
Endi "Bevosita ovoz uzatish"ni yoqing, iPhone’ni ovoz manbasiga yaqinroq qo‘ying va quloqchinlar orqali tinglang!
✍️ 5. Ovoz yordamida tezkor matn terish
Ovozli yozuv endi yanada qulayroq! iPhone bir vaqtning o‘zida matnni ovoz orqali yozish va uni qo‘lda tahrirlash imkonini beradi.
📌 Klaviaturani yoqing → mikrofon belgisin bosing → gapirishni boshlang.
Matn ekranda paydo bo‘ladi va siz ovozli kiritishni to‘xtatmasdan turib, uni qoʻlda tahrirlashingiz mumkin!
iPhone’ning barcha ajoyib funksiyalarini kashf qilmoqchimisiz? Chakana’da iPhone’ni kreditga sotib olib, hoziroq barcha imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin!
📲 Chakana.uz saytidan o‘zingizga mos modelni tanlang va zamonaviy texnologiyalardan zavqlanishni boshlang! 🚀