Hayot yo'li. Maqsad.
Cheksiz tasavvur va koinot nomi bilan.
Bugun 23 yoshdasan. Shu yoshga to'lib qanchadir bilim va dunyoqarashga ega bo'lding, prinsiplaringni shakllantirding, lekin aytarlik hech narsaga erishganing yo'q.
Bir kishi yashab ketishi, yaxshiroq yashashi va komilroq inson bo'lishi uchun nimalar kerak?
- to'rt muchasi sog' (β
)
- bazaviy bilimlarga ega (β
)
- biror e'tiqodga ega (β
)
- axloq va o'zini tutish prinsiplariga ega (β
)
- sportchi (β
)
- shaxsiy didga ega (β
)
- qo'lida hunari bor (β)
- pul keltiruvchi bandlikka ega (β)
- pul keltiruvchi mashg'ulotga ega (β)
- xobbilarga ega (β
)
Shunday ekan senda yo'qlari: hunar va daromad. Ana shundagina odam erkin bo'la oladi.
Odamning primitiv ehtiyojlari:
- kiyim kechak,
- oziq ovqat,
- boshpana.
Mana shu primitiv ehtiyojlaringni o'zing qondira olmas ekansan demak sen boqimandasan, qaramsan. Bu qaramlikdan qutilish uchun albatta senda imkon bor. Buning uchun sen o'z oldingga maqsad qo'yishing kerak. Ushbu maqsad sen uchun eng muqaddas narsa bo'lishi kerak. Sen kerak bo'lsa shu maqsadga sig'inasan, uni xudo deb bilasan va unga intilasan. Sen uchun hayot yo'li bo'lishi kerak, sen o'z yo'lingga ega bo'lishing kerak. Ushbu yo'l sening prinsip va e'tiqodlaringdan kelib chiqishi lozim.
Xo'sh sening e'tiqoding nima? Prinsiplaring nima? Hammasini hozir va shu yerda aniqlashtirib ol. Zero noaniq narsa faqat qorong'ulikda bo'ladi, sening yo'ling esa nurli bo'lishi kerak.
Demak sening e'tiqoding:
- Ateistik materializm β borliq materiya va energiyadan iborat. Hech qanday ruh, oliy ong yo'q.
- de-facto ateizm β xudoning borligi isbotlanmaguncha uni yo'q deyish.
- Naturalizm β hayot tabiat bilan mavjud, deyarli hamma narsada tabiiylik bor. Tabiat va undagi narsalarni hurmat qilish va asrash lozim.
- gumanizm β inson bu oliy qadriyat, inson hayoti hammasidan ustun. Inson erkindir.
- realizm β hayotga real qarash.
- optimizm β hayotga ijobiy qarash.
- ratsionalizm β aql-idrokka tayanish.
- evdemonizm β jisman va ma'nan lazzatga intilish, shu orqali baxtga erishish.
Prinsiplaring nimalardan iborat?
- Tegmaganga tegmaslik. Birinchi xato va aybni kechirish.
- O'g'rilik qilmaslik.
- Birovni onasidan so'kmaslik.
- Ochko'z bo'lmaslik.
- Har qanday vaziyatda ham jonni asrab qolishga intilish.
- Ortiqcha maqtanchoqlik qilmaslik.
- G'iybat qilmaslik.
- Har qanday mast qiluvchi narsalarni (alkogol, nikotin, geroin, kakain) iste'mol qilmaslik.
- Sun'iy ravishda huzurlanmaslik.
Sening istak va hohishlaring, ehtiyojlaring:
- o'z kasbining ustasi bo'lish
- $100000 yilllik daromadga ega bo'lish
istagan mayda-chuyda narsalarni sotib olishga qurbim yetishi kerak
- istalgan odam bilan kelisha olishim kerak
- istagan mamlakatimga sayohat qila olishim kerak
- bir nechta sport turi ustasi bo'lishim kerak. ideal vazn 80kg bo'y 183sm tezlik 11s/100m
- shaxsiy mashinam, uyim, maktabim, IT kursim, bog'im bo'lishi, Jak Freskoday yashash.
- odamlarga yaxshilik qilish, yordam berib qo'llab quvvatlash.
- ilm-fan rivojiga hissa qo'shish.
- tabiatni asrashga hissa qo'shish.
Ana endi maqsadga o'tsak bo'ladi.
Oliy maqsad:
- Komil inson bo'lish
- Biluvchi, eplovchi, ulguruvchi
- Boy filantrop
- Kuchli, Aqlli, Chaqqon, Oliyjanob, Legenda
...bo'lish
Bosqichma bosqich:
1. Ozodlikka yo'l
(23 yoshda)
ish topish, pul topish
2. To'liq ozodlik bosqichi
(24-25 yoshlarda)
Pul jamg'arish, uy qurish, o'zimni o'zim to'la ta'minlash.
3. O'zim uchun sarflash
(25-27 yoshda)
Salomatlikka e'tibor va uylanish. Til va bir qator skillarga ega bo'lish.
4. Kelajakka harakat
(27-30 yoshlarda)
Pul jamg'arish, sayohat.
5. Boshqalar uchun yashash
(30-40 yoshlarda)
Farzadlar, ota-ona, oila uchun sarflash. Shaxsiy biznesni ochish
6. Jamiyat ishlariga aralashish
(40-50 yoshlarda)
Maktab qurish, ilm-fanni va tabiatni asrashni targ'ib qilish. Odamlarga yordam berish, kerak bo'lsa siyosatdon bo'lish.
7. Nafaqa gashti
(50-?? yoshlarda)
Dunyo kezish, salomatlikni yaxshilash. Faylasufga aylanish, yoshlarga ta'lim berish, kitob yozish, jismoniy mehnat qilish. Odamlarni ziyorat qilish.
Butun umrlik homaki library maqsad. Hayot yo'li. Ushbu yo'lni bugun o'qiding, ertaga ham o'qigin. Buni har kuni kechqurun yotishdan oldin o'qishing shart!