Axborot xizmati: ijodkor talabalar uchun she’rlar tanlovi; mukofoti - 1 000 000 so‘mlik kitoblar to‘plami
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Axborot xizmati navbatdagi ChDPU she’riyati she’rlar tanlovi boshlanganini e’lon qiladi. Mazkur tanlovda istalgan fakultetdan professional va havaskor talaba ijodkorlar qatnasha oladi. She’rlar 40 qatordan oshmasligi va o‘zbek tilida topshirilishi kerak.
Tanlovning manfaatli jihatlari:
1-o‘rin: 1 000 000 so‘mlik kitoblar to‘plami
2-o‘rin: 500 000 so‘mlik kitoblar to‘plami
3-o‘rin: 200 000 so‘mlik kitoblar to‘plami
Nomzod va topshiriladigan ishlarga bo‘lgan talablar quyidagicha:
- Istalgan fakultet talabalari qatnasha oladi
- Ishtirokchilar ChDPU talabasi bo‘lishi shart
- She’rlar o‘zbek tilida topshirilishi zarur
- She’rlar 40 qatordan oshib ketmasligi kerak
- Istalgan format va janrdagi she’rlar qabul qilinadi
- Bitta ishtirokchi faqat bitta she’r topshirish imkoniyatiga ega
- Shoir talaba o‘z she’rini ifodali o‘qib, videorolik tayyorlaydi
- Videoroliklarni Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi o‘z sahifangiz orqali
- #CHDPU_talabasiman xeshteglar ostida e’lon qiladi;
- She’rlar muallifning o‘ziga tegishli bo‘lishi lozim
- AL (sun’iy intellekt) tomonidan yaratilgan she’rlarni topshirish taqiqlanadi
Tanlovga she’rlar onlayn shaklda 2024-yilning 1-noyabrigacha qabul qilinadi. Videoroliklarni Universitet Axborot xizmatining @Axborot_xizmati_fikr telegramiga yuborishingiz zarur.