Chirchiq davlat pedagogika universitetining tyutor lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha
Tyutor – bu oliy ta’lim muassasasida talabalarning ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda monitorining va tahlil qilib boruvchi, ta’lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi pedagog xodim sanaladi.
Tyutorlik lavozimiga nomzodning shaxsiga qo‘yiladigan talablar:
– Pedagogik ta’lim bo‘yicha oliy ma’lumotga (bakalavr, magistr, falsafa doktori (PhD) ega bo‘lgan;
– 25 yoshdan kichik, 55 yoshdan katta bo‘lmasligi lozim;
– Pedagogik va psixologik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, ta’lim tizimida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi;
– Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi;
– Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyati va amaliyotini chuqur anglab yetgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lishi;
– Namunaviy shaxsiy fazilatlarga – intellekt, madaniyatli, kommunikativ, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobilyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi hamda mustaqil qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.
Tyutorlik lavozimiga nomzod tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:
(hujjatlar sifatli va imlo xatolardan xoli bo‘lishi zarur):
1. Ob’yektivka – Ma’lumotnoma.
2. Oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi.
3. Pasport ma’lumotlari nusxasi.
4. Pedagogik faoliyati davrida erishgan natijalari (sertifikat, tashakkurnoma, faxriy yorliq, diplom) - 2 nusxada bo‘lishi lozim.
Hujjatlar quyidagi bosqichlarda ko‘rib chiqiladi:
1-bosqich – hujjatlar 2024-yil 1-15-avgustgacha universitetning Ma'naviyat bo‘limiga soat 10:00 dan 16:00 gacha elektron va qog‘oz variantda (papkada) 2 nusxada topshiriladi.
2-bosqich – hujjatlar 2024-yil 16-17-avgust kunlari ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
3-bosqich – 2024-yil 20-21-avgust kunlari ishchi guruhi suhbati o‘tkaziladi.
Ma’lumot olish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: