February 16, 2025

Yoshlar - Uchinchi Renessans poydevorlari!

Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz Yangi O‘zbekiston poydevori hisoblangan yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ularni har jihatdan qo’llab-quvvatlash va salohiyatini ro’yobga chiqarishga bor kuch va imkoniyatlar qaratilishini alohida ta'kidlab o‘tdi...

Diyorbek Turg‘unpo‘latov,
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Yoshlar akademiyasi lideri

____________________________

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan o‘tkazilgan samimiy uchrashuvda mamlakatimizning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator masalalarni ilgari surdilar. Prezidentning so‘zlarida yoshlarga bo‘lgan ishonch va ularning imkoniyatlarini kengaytirishga oid fikrlar o‘zgacha ahamiyat kasb etdi. Ular biz, yoshlarning kelajagini belgilashda muhim yo‘nalishlarni ko‘rsatib berdilar.

Chirchiq davlat pedagogika universitetida ham Prezidentimizning yoshlar uchun ta’lim va imkoniyatlarni kengaytirish borasidagi tashabbuslari asosida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Universitetda xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni o‘qitish yo‘lida jiddiy qadamlar tashlanmoqda. Talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirishni takomillashtirish, tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida universitet Yoshlar akademiyasida ham turli ilmiy-innovatsion, ijtimoiy-madaniy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, shuningdek, yoshlarni nafaqat o‘qitish, balki ularni jahon maydonida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor bermoqda. Shu bilan birga, universitetda xorijiy tillar va madaniyatlarni chuqur o‘rganish uchun zamonaviy markazlar ochilib, talabalarga global miqyosda faoliyat yuritish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bu islohotlar nafaqat Chirchiq davlat pedagogika universitetining o‘zini, balki butun viloyatni ilmiy-ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladi.

Prezidentimizning ta’kidlashicha, bizning maqsadimiz – bilimli, ma’rifatli va yurtini sevuvchi yoshlarni tarbiyalashdir. Bu esa nafaqat o‘zimizning, balki butun jamiyatning rivojlanishiga xizmat qiladi. Har bir yoshni o‘qitish, unga yangi ufqlarni ochish orqali, butun jamiyatni ilgari surish imkoniyatini yaratish mumkin.

O‘ylaymanki, bu amaliy ishlarning boshlanishi, hali oldinda juda ko‘p maqsadlar, marralar va natijalar kutib turibdi. Bu jarayonlarga javoban, biz kabi talaba yoshlar yanada ikki hissa kuch bilan, ilm-ma'rifat bilan mehnat qilishimiz lozim.

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web-sayt