September 9, 2025

— WILLED | 17Dan KEYIN —

Tushlar meni aldamoqda . Barchasini yolgʻon deb oʻylashni boshladim . Dunyoni tark etish kerak boʻlsa men birinchi ketishim kerak , chunki sensiz qola olmayman .

— CHEONSA —

Ertalab issiq quchoqda uygʻondim . Ortimda Jungkookning yalang tanasini sezib biroz qimirladim lekin u meni yoʻqotib qoʻyadigandek qattiq quchoqlab olgan . Men endi baxt , sevgi nima ekanligini anglay boshladim . Jungkookning menga mexr bilan qarashi va hattoki aytmagan boʻlsam ham menga yoqadigan narsalarni bilishi va xursand boʻlishim uchun hamma narsaga tayyorligi . Oʻzimda unga nisbatan tuygʻular his qila boshladim hattoki kelajagimni , lekin barchasi yolgʻonligini bilar edim . Barchasi oʻtginchiligini . Bularni shunchaki tashlab ketishimni ham bilaman . Lekin nega men bunday narsalarga loyiqman ? . . .aynan men endi sevgimni topganimda .

— Farishtam kelishgan ekanligimni bilaman. — Jungkook unga bir xil qarab turgan qizni yuzidan sochlarini olib tashladi .

— Jungkook — Cheonsa hali ham koʻzlarini uzmagan Jungkookdan .

— Eshtyapman . Butun ruxim bilan seni tinglayapman farishtam. — Jungkook koʻzlarini qizniki bilan bogʻladi .

— Bir kun kelib bu hayotdan ketsam va farishtaga aylansam nima qilasiz ? — Cheonsa qiziquvchanlik bilan soʻradi .

— Men ham seni ortingdan ketardim . Biz u dunyoda birga boʻlardik . — Jungkook qizni belidan qoʻlini yurgʻazdi .

— Men sizni ketishingizni xohlamayman . Meni orzularimni amalga oshiringizni xohlayman men boʻlsa sizni uzoqlardan kuzataman . — Cheonsa xuddi bu gaplar nimalarnidir hal qiladigandek Jungkookdan iltimos qilardi .

— Sen boʻlmasang menga nima kerak u narsalar ? Yana bizni qiladigan ishlarimiz koʻp lekin kimdirlar ketmoqchi hozirdan . — Jungkook Cheonsani ustiga chiqib oldi — Menga kecha tundagi yoʻlbarscham kerak — Jungkook qizni lablariga qarab oʻzinikini bosmoqchi boʻldi lekin Cheonsa yuzini tezda burdi .

— Men maktab ketishim kerak axir — Cheonsa Jungkookni pastidan tezlik bilan chiqib oldi va hammomga yugurib kirib ustidan yopib oldi . Koʻkragiga qoʻlini qoʻygancha egilib qoldi . Nafasini sekinlashtirdi ogʻriq biroz tindi lekin butunlay emas .

— Bugun shifokorga borishim kerak . Jungkook bilan bora olmayman . — Cheonsa oynaga qaragancha sochini yigʻishtirdi . — Taehyungga iltimos qilaman u yoʻq demaydi .

— Qaysar sichqoncham nega mendan yashirmoqda — Jimin Hyerinni qidirar ekan ikkalasi ham universitet haqida oʻylashmasdi ham . Qiz toqati toq boʻlib yotoqxona oldidagi xonadan chiqib keldi .

— Ustoz bu kelishgan yuzingiz bilan bitta oʻyinda ham yaxshi emas ekansiz — Hyerin borib oshxona stuliga oʻtirgancha oyoqlarini qimirlatib ovqat kutardi . Hyerinning sevimli bulochkalarini stolga qoʻyarkan qiz uni koʻrib kayfiyati koʻtarildi .

— Men tungi oʻyinlarda yaxshiman. — Jimin qizni qarshisiga oʻtirdi .

— Qanaqa? — Hyerin qoshlarini koʻtargancha ustoziga qaradi .

— Unda sen quyoncha va men boʻri boʻlaman seni topaman va uyogʻi oʻyin davomida boʻladi . Sen boshida qiynalasan lekin keyinchalik rohat olishni boshlaysan.

— Roxat ? Qiziq tuyulyapti menga . Keling hozir oʻynaymiz . — Hyerin oʻrnidan sakrab turdi .

— Maktabga kim ketadi xonim . Oʻyinni kechasi oʻynaymiz . Ota onang Amerikada ekanlar uyda bir oʻzing boʻlganingdan koʻra men bilan boʻlishing yaxshiroq . Oʻyindan esa kechga birga roxatlanamiz — Jimin endi gapirmoqchi boʻlgan qizni ogʻziga bulochka tiqdi .

Cheonsa sinfga kirishi bilan partasi yonidagi Taehyungni koʻrib jilmaydi. Chunki hozir unga aynan Taehyung kerak edi .

— Tae seni yordaming kerak . — Cheonsa borib stulchasiga oʻtirdi .

— Yaxshi lekin mendan yordam soʻraganing gʻalati — Taehyung qiziqqancha savol aralash gapirdi .

— Chunki bu zarur . Men shifokorga koʻrinishim kerak . Lekin . . . — Cheonsa toʻxtab qoldi.

— Nima lekin — Taehyung savol berdi .

— Buni Jungkookka aytmaslikka vada ber u buni bilishini xohlamayman .

— Men u bilan gaplashmayman. Sening axvoling yaxshi boʻlsa boʻldi . — Taehyung qizni qoʻliga qoʻlini qoʻymoqchi boʻldi lekin Cheonsa qoʻlini tortib oldi.

— Taehyung chegarani saqla . Keyin soat 11lardan keyin borsak boʻladi . — Cheonsa shu gaplarni aytgancha oʻrnidan turib ketdi .

Pov Taehyung
Sekinlik bilan qoʻlimga qoʻnyapsan. Lekin bu sekin . Men tezroq maqsadimga erishishim kerak axir. Cheonsa onamni topib olay seni baxtli qilaman . Iltimos hozir biroz sabr qil .

^Timeskip ------>



Taehyungning mashinasida shifoxonaga kelishdi . Tirbandlik sababli biroz kech qolishdi lekin Cheonsa shifokorning oldiga kirishga ulgurdi .

— Nega vaqtidan oʻtkazib yubordingiz . — Shifokor Cheonsani koyigan boʻldi .

— Men oʻtib ketadi deb oʻyladim. - Cheonsa pastga qaragancha javob berdi .

— Bu oxirgi bosqichga oʻtish arafasida . Sizga dori yozib beraman va har hafta koʻrikka kelasiz . Bu oddiy narsa emas . 70% kishilar bu tufayli hayotdan koʻz yumgan lekn siz oʻlmagan 30% orasida ham boʻlishingiz mumkin . — shifokor Cheonsaga varaqni tutqazdi .

— Raxmat xonim . — Cheonsa biroz egilgancha xonadan chiqdi . Koʻzyoshlari allaqachon koʻzini hoʻllashni boshladi lekin atrofdagilar sezmasligi uchun zoʻrgʻa chidab turipti .

— Yaxshimisan. — Taehyung xonadan chiqqan qizni oldiga yugurib keldi .

— Menda hammasi joyi . . .— Cheonsa gapini tugatmasidan yana ogʻriq boshladi. Birdaniga tanasi boʻshab yerga qulayman deganida Taehyung ushlab qoldi . Cheonsani koʻzlari charchagan va qizargan Taehyung boʻlsa shu charchagan koʻzlardan boshqa joyga qaray olmayapti .

— Men turaman . — Cheonsa oʻzini tiklanmoqchi boʻldi lekin Taehyung tezlik bilan uni koʻtarib oldi .

— bu xolatda ruxsat bera olmayman. — Bu tortishuvni uzoqdagilar xuddi ikki sevishganlar suxbatidek tomosha qilishardi .

— CHEONSA — orqadan kelgan ovozdan ikkisi ham hayron qoldi. Jungkook qanday qilib bu yerda boʻlishi mumkin.

— Jungkook. Bu yerda nima qilyapsiz — Cheonsa oʻzini oʻnglab olgancha Jungkookka qaradi lekin uning ortidagi homilador ayol uni koʻproq eʼtiborini tortdi

— Bu nima ? . . .






CHAPTER 12 ENDED
FANFIK BY CHEONSA ARUZAKI