Tcc
— Men bilan qoʻshilib rohatlan malikam . — Jungkook qizni qoʻlini mushaklari ustiga qoʻydi .
Koʻchadan oddiy koʻringan mashina ichida qandaydir shiddatli hodisalar roʻy berardi . Tahminan bir soat oʻtdi Jungkook hali toʻxtamoqchi emas va shu bilan birga Cheonsa ham lekin birdan boʻlgan telefon ikkalasini ham toʻxtatdi .
— u senga nega qoʻngʻiroq qilyapti .? — ekran yuzida chiqqan Taehyungning ismini ko'rib Jungkookning jaxli chiqdi .
Cheonsa tezlik bilan kiyimini toʻgʻrilab telefonni olib , gaplashish uchun mashinadan tushmoqchi edi lekin Jungkook jaxl bilan Cheonsani bilagidan ushlab oldi .
— Meni tashlab ketmoqchimisan shu ahvolda , oʻsha Taehyung uchun . — Jungkook jaxl aralash Cheonsani qoʻllarini siqdi .
— Qoʻlimni qoʻyib yuboring . Ogʻriyapti . Menga hiyonat qilib yana men bilan birga boʻlmoqchi boʻldingiz gapirmadim , lekin Jungkook haddingizdan oshmang ! — Cheonsa Jungkookka biroz qarab turdida qoʻlini tortib oldi va mashinadan tushdi . Jungkook Cheonsaga bir muddat qarab turdida rolga oʻtirib mashinani haydab ketdi .
— Nega menga telefon qilyapsan — Cheonsa biroz jaxl aralash gapirdi .
— Cheonsa seni uyingga kelgan edim . Yoʻq ekansan — Taehyung muloyimlik bilan kelganini bildirdi .
Jungkookning mashinani haydab ketganini koʻrgan Cheonsani hafsalasi pir boʻldi . Bu qorongʻuda va sovuq havoda uni tashlab ketmasligi kerak edi ahir .
— Taehyung meni olib keta olasanmi . Men hozir *** daman meni olib keta olasanmi — Cheonsa hijolat boʻlgancha soʻradi.
— Ha joyindan qimirlama Choni 3minutda oʻsha yoqda bolaman — Taehyung mashinani tezlashtirdi . Tahminan 3daqiqa va aytilgandek u Cheonsani oldida . Cheonsa oʻziga tanish boʻlgan mashinani koʻrib oʻtirdi . Yengi kalta narsa kiyganligi uchun qoʻli allaqachon qizargan burni boʻlsa sholgʻomni oʻzi. Taehyung Cheonsani bu ahvolda koʻrib ustidagi jaketini yechib Choniga kiygʻazdi va derazalarni yopdi .
— Yarim tunda nega bu yerdasan — Taehyung savol berdi .
— Sayr qildim biroz , zerikkandim .— Cheonsa ochiq sonlarini qoʻllari bilan yopar ekan Taehyung buni sezib salfetka olib berdi .
— Bu boʻladimi — Taehyung Cheonsaga tutqazdi .
— Nega bugun boshqachasan , qandaydir mexribon — Cheonsa oynaga boshini qoʻyib Taehyungga qaradi .
— Shunchaki doʻstimga yaxshilik qilyapman — gap ohirida Taehyung jilmaydi .
— Agar men seni birinchi taniganimda seni sevib qolardim va kelishgan yuzingni hech kim koʻrmasligi uchun faqat ortingdan ergashib yurardim .— Cheonsa oradagi noqulaylik sukutini buzmoqchi boʻlib gapirdi .
— Men boʻlsa meni shunaqa chiroyli xotinim bor deb hammaga maqtanardim va birga dunyo kezardik — Taehyung qoʻshimcha qildi .
— Taehyung sening sevgan qizingga havas qilaman. Sen ajoyib san — Cheonsa hali ham Taehyungdan koʻzlarini uzmagan .
— Nega oʻzing boʻla qolmaysan . Menga imkon bera olmaysanmi Choni — Taehyung yoʻldan eʼtiborini qochirmaguncha qizga qaradi .
— Meni allaqachon erim bor. U meni sevadi .— Cheonsa bu Taehyungni hafa qilishini bilsada shunday dedi .
— Nega oʻzingni aldaysan . Xafamasmande ? U homilador ayolchi Cheonsa? Nega sen qurbon boʻlishing kerak men bilan boʻl . Birga boʻlamiz seni eng baxtli ayol qilaman. — Taehyung umid yoʻq boʻlsa ham Cheonsadan iltimos qildi .
— Kechir Taehyung sen ham bir kun baxtli boʻlasan senga ishonaman —
Cheonsaning ichida turli hil tuygʻular aralashib ketgan , yuragi Taehyung bilan boʻl u seni qadrlaydi desa , miyasi Jungkook asabiylashgandi u seni ering u seni qattiq sevadi deb aytardi .
Cheonsaga telefon boʻldi . Cheonsa Jungkook deb xursand boʻlib ekranga qarasa Asteria . Asteria Chonidan xavotir olgan . .
— Asti kechir telefon qilish esimdan chiqibdi . — Cheonsa aybini tan oldi .
— Axmoq qiz hozir kechirimni vaqti emas . Top kim keldi oldimizga — Asteria hayajon bilan Cheonsaga savol berdi .
— Kim . Jungkook bordimi — Cheonsa biroz tushunmagan boʻldi .
— Seni akang . Vampir akang — Asteria chiyillashdan nari boʻlib javobni aytdi .
— Jake keldimi . Asteria men hozir yetib boraman ayt ketmasinlar — Cheonsa xursand telefonni oʻchirdi.