June 15, 2025

-- 17dan keyin --

17 yosh boshqalar uchun shunchaki vaqt hisoblanadigan bu sanalar manga ancha narsani koʻrsatdi . 3yoshimda axlat kabi koʻchaga tashlab ketildim va doʻstlarim yoʻq deya olmayman Asteria menda bor biz u bilan teng doshmiz va 4yoshdan boshlab birga katta boʻldik . Odatda men bilan hech kim gaplashmaydi ular mening ota onam katta odamlar boʻlishganini aytishadi holos . Oynaga qaragancha sochimni tarar ekanman tarbiyachi pastga tushishim kerakligini aytdi kimdir meni boqib olmoqchi lekin koʻpchilik tarixini eshitib fikrlaridan qaytishadi va men ham ularni xohlamayman 11oy va 18ga toʻlaman va bu lanatgan joyni tark etaman .

Pastga tushar ekanman qop qora kiyim kiygan erkak va taxminan 45 yoshlardan oʻtgan ayol turardi .

-- Cheonsa -- ayol meni koʻrishi bilan kelib quchoqladi tabiiyki javob qaytarmadim men u kishini tanimayman ! -- Kichkina qizcha eding ulgʻayibsan xolangni tanidingmi panki qizim -- sochlarimdan silagancha menga qarab turardilar .

-- Yoʻq tanimayman -- shunchaki yoʻq dedim chunki 17yilik davrda birinchi marta " Xola " degan tushunchani eshitayotgandim .

-- Endi taniysan panki qizim biz bilan ketasan -- ayol qoʻlimdan ushlab oldi

*Nima bu qoʻpollik -- qoʻlimni tortib oldim .

-- Iltimos tinch qoʻying men sizni tanimayman Asteria meni kutayotgan edi -- bahona qilguncha salkam egizagim dugonamni oldiga yugurdim .

-- Egiz -- xonasiga yugurib kirdim u hayron edi .

-- Nima boʻldi bomjim -- qoʻlidagi kartalarni tezda yashirdi .

-- Meni olib ketishmoqchi ekan xolam kelibdi . Men ketishni xohlamayman . Biz birga California ketmoqchi edikku qoʻzim -- koʻzimga yoshlar toʻldi va quchogʻiga kirdim u esa nima deyishni ham bilmasdan lablarini tishlagancha sochlarimdan silardi u asabiylashyapti .

-- Hozi ular qonab ketadi -- uni yuzidan urib qoʻydim .

-- Seni qanday qilib qoʻyib yuboraman -- uch oydan beri yigʻlamagan dugonam yigʻlab yubordi . Bir birimizni quchoqlab turar ekanmiz tarbiyachi xonaga 4ta barzangilar bilan kirdi ular meni qoʻlimdan ushlagancha tortqilab xonadan olib chiqishdi Asteria qoʻlimdan ushlab olgancha ularga qarshilik qildi lekin ular bir turtishi bilan orqaga yiqilib tushdi .

-- Asteria -- baqirib yubordim koʻzimdan yoshlar toʻxtamayapti .

Barzangilar meni qora moshinaga solishdi .

-- Lanati ba*** fu*k you ! -- ular eshitmasa ham bor ovozim bilan ularni soʻkardim . Oldimda ayol kulgusini eshitganimdan keyin tezda oʻgirilib qaradim u oʻsha menga xolangman degan ayol edi bu holatimda zahrimni sochish uchun odam kerak edi .

-- Siz ! MEN SIZNI TANIMAYMAN DEDIM NEGA YANA MENI TINCH QOʻYMAYSIZ ! - ayol oʻsha tabassum bilan oʻtirardi . Ishim baroridan kelmasligini bilib chuqur nafas oldim va oldinga qaradi.

-- Nega meni istab qoldingiz rejangiz nima -- asabiy holda baqirishdan yiroq boʻlib gapirdim .

-- Aqilli qizaloq Seoulga borganimizda bilib olasan -- men ketamanmi Busandan ? Oʻsha doramalarda koʻradigan joylariga boramanmi . . .men xohlamayman ! Asteriasiz

-- Mening dugonam Asteria ham biz bilan ketadi -- tezda eshikni ochmoqchi boʻldim lekin allaqachon kech edi tezlik bilan qulflandi .

-- Senga u qiz kerak boʻlmaydi -- yuragimdan nimadir ajralgandek edi . Derazadan tashqariga qaragancha ovozsiz yigʻlab ketdim . Bu kun boʻlishini bilardim .

Nechchi soat yurganimizni bilmayman lekin katta va hashamatli uy oldida toʻxtadik . Xolam boy ayol demak mening onam ham shunday boʻlgan .

Eshik barzangi tomonidan ochib berilgach sekin tushdim . Xolamning orqasidan borar ekanman eshikdan ikki ayol chiqib boshini eggancha xolam bilan nimadirlarni gaplashdi . Bir xizmatkor menga achingancha qarab turar ekan hozirning oʻzida uni oʻldirmoqchi edim . Ayollardan biri oldimga keldi va bosh ekkancha menga gapirdi .

-- Kichik xonim xonangizni koʻrsatishimga ruxsat bering .

Uni orqasidan uyga kirdim va xonamga xona meni didimga mos edi pushti devorlari va boshqalar va divan ustida kinolardagi xonimchalar kiyadigan koʻylak

-- Kichik xonim oqshomgacha bu koʻylakni kiyib tayyor boʻlib turarkansiz qolganini Kim xonim tushuntirar ekanlar .

Unga chiqishi kerakligini aytdimda koʻylakni ustimga tashlab oynaga qaradim . Nafislik goʻzallik barchasi bir koʻylakda mujassam .

Soat 6lardan oʻtarkan xolam oldimga kirdi va oldimga oʻtirdi .

-- Qizim soat 7da odamlar keladi seni koʻrish uchun ularni oldida oʻzingni yaxshi tut -- u qanday qilib bu gaplarni bemalol aytishi mumkin

-- Qanaqa qilib meni koʻrishga kelishlari mumkin . Men ularni taniymanmi -- savol berdim

-- Sen tugʻilganingdayoq sizni nigohlab qoʻyishgan . Onang oʻlishidan oldin seni 17 yoshingda u bilan turmush qurishingni aytib ketgan . Menimcha sen onangni iltimosini shunday qoldirmasang kerak qizim . -- koʻzlarimga tik qarab gapirgan ayol meni ancha oʻylovga solib qoʻydi .

Umuman eslolmaydigan onamni tanlashim kerakmi yoki kelajagimni .

Men roziman nima boʻlsa u kishi onam va toʻydan keyin ajrashish qiyin mQasala emas .

-- Yaxshi . Men yolgʻiz qolmoqchiman -- Xolam menga qarab jilmaydida xonamdan chiqib ketdi . Toʻgʻri qaror qildimmi hali ham oʻylovdaman . Mashina ovozini eshitganimdan keyin yugurib borib derazadan qaradim . Yana qora mashinalar nima Seouldagi barcha insonlar shunaqa mashinalar bilan yuradimi . Mashinadan ikki erkak va bir ayol tushdi . Bir erkak va ayolning yoshi kattaroq va ularning oldida boʻyi baland va qora kostyum shim kiyib olgan 20lardan oʻtgan yigit turardi .

-- Bu oʻshami -- bilmasdan gapirib yubordim yigit ham ovozimni eshitgandek boshini koʻtarib menga qaradi . *Lanati shunday omadsiz kun ham boʻladimi *

Ular ichkariga kirib ketishdi va shu zahoti pastdan ismim eshitildi .

-- Cheonsa -- xolam meni chaqiryapti tushishim kerak lekin meni qandaydir hayajon oʻrab olgan yuragim tez uryapti . Oʻsmirlikdagi oddiy holdir balki bu . . .
Oynaga ohirgi marta qaradimda xonadan chiqdim sekin zinalardan tushar ekanman xolam va kelgan insonlar menga qarab turishardi . Ana u yigit ham . Bilmayman nimaga lekin yigitni koʻrib nimadirni sezdim sovuq aura u haddan tashqari jiddiy va gʻalati . Ularning oldiga borib salomlashdim xonimni qoʻlini oʻpdim va xolamning oldilariga oʻtirdim

-- Qizim Jungkook bilan salomlashmaysanmi -- demak uning ismi Jungkook.

Jungkookka biroz tabassum qilgancha egildim u boʻlsa menga qoʻlini choʻzdi va javoban men ham . Qoʻlimdan ushlab turar ekan yuzimni sintez qilgandek qarab turardi .

Pov Jungkook
Demak sen ekaningda oʻsha kichkina . U ancha ulgʻaygan . Men koʻrgan 3yoshli qizchadan asar ham yoʻq . Lekin uning koʻzlari oʻzgarmagan .

Jungkook menga qarab turar ekan men ham undan koʻzimni uzmadim u ertakdagi shahzodalarga oʻxshaydi .