September 17, 2025

WILLED | 17DAN KEYIN

— Bu nima — Cheonsa eri ortida turgan ayolning qorniga ishora qildi .

— Cheonsa men sendan soʻrashim kerak u bilan nima qilyapsan — Jungkook Cheonsani yuzidan siqimlagancha oʻziga qaratdi . Yuzidagi ogʻriqdan Cheonsa koʻzlarini yumib oldi . Taehyung qizni qiynalayotganini koʻrib Jungkookni qizdan uzoqlashtirgancha yuziga musht tushirdi .

— Unga zarar berishga haqqing yoʻq . Agar ozor beradigan boʻlsang uni menga ber — Taehyung Cheonsani ortiga oldi . Cheonsa Taehyungga qarshilik qilgancha Jungkookni oldiga bordi va Jungkookni qoʻlidan ushlab ortidagi qizga bir qarab past ohangda savol berdi .

— Iltimos Jungkook javob berishingiz kerak . U kim ? Bola sizniki emas . . .shunaqami ? — Cheonsa Jungkookni koʻzlariga qaragancha Yoʻq degan javobni kutar ekan . Lekin barchasi teskarisiga ketdi .

— Cheonsam Farishtam . Iltimos oxirigacha eshit . . . — Jungkook gapini tugatmasidan Cheonsa gapini boʻldi .

— iltimos javob bering . Sizning bolangiz emas !? — Cheonsa oʻzini yigʻlashdan zoʻrgʻa saqlab savol berdi .

— Kechir — Jungkook oxirgi soʻzini gapirdi . Cheonsa boʻlsa qotib qolgan edi .

Pov Cheonsa
Nimaga , endi baxtimni topgan edimku axir . Yana men qiynalaman. Jungkook men hayotim davomida ishongan yagona erkak kishi edi . Lekin u ham aldadi , boshqa erkaklar kabi .

Cheonsa boshini quyi solgancha jim turar ekan Taehyung kelib qizni yelkasiga qoʻlini qoʻydi .

— Yigʻlama — bir qoʻli bilan qizni yuzini koʻtarib oʻziga qaratar ekan . Jungkook oʻzini zoʻrgʻa ushlab turardi . U bilardi , hozir qizga teginishga haqqi yoʻq . Jungkook qizni xafa qilganidan oʻzidan nafratlana boshladi , ammo hozir haqiqatni aytadigan vaqt emas . Cheonsa bir kun kelib hammasini biladi va Jungkookka qaytadi . Lekin hozir tanaffus kerak .

— Baxtli boʻling , men uchun ham maylimi ? Siz yaxshi ota boʻlishingiz kerak . Meni orzuim amalga oshmadi va oshmaydi ham lekin siz men uchun xam barchasini oʻzingiz yarating . Meni izlamang . — Cheonsa oxirgi marta Jungkookka qaradida yurib ketdi . Jungkook nima deyishni ham bilmaydi qiladigan ishi qizni ortidan jim holda qarash edi . Cheonsa oldindagi devor ortida oʻtgancha yerga oʻtirib oldi . Ogʻzini yopgancha yigʻlar ekan , allaqachon koʻksida nimadir igna sanchilgandek ogʻrirdi .

Qizni ortidan kelgan Taehyung qoʻlidan ushlab uni turgʻazmoqchi boʻldi . Lekin Cheonsa Taehyungni itarib tashladi .

— Tegma menga axmoq — Cheonsa Taehyungni koʻksiga bor kuchi bilan musht tushirdi.

— Cheonsa tinchlan hozir yana kasal boʻlasan — Taehyung Cheonsani bilagidan ushlab qoldi .

— Sen ham unga oʻxshaysan hammangiz bir xilsiz . Aldab ketasiz . . Axir hayotimda bir marta ishongandim erkak kishiga . — Cheonsa yigʻi aralash zoʻrgʻa gapirar ekan . Taehyung uni bu holatda koʻrib vijdoni qiynaldi . Balki Cheonsani baxtli qilishi kerakdir ? Lekin boshqa tomonda onasichi ? U onasini topishni 18yil kutdi axir .

— Cheonsa menga ishon . Barchasi yaxshi boʻladi . Nega oʻzingni qiynaysan . — Taehyung Cheonsani yuzidan ushlagancha koʻzidagi yoshini artib tashladi . Taehyung Cheonsani koʻrib yuragi ezilardi , lekin endi haqiqiyga aylanayotgan bu oshiqlikni tan olgisi kelmas edi va faqat oʻsha hech qachon koʻrmagan onasini oʻylar edi . Lekin u allaqachon sevgini havodek koʻrishni boshlagan oshiq edi .

— Iltimos meni mehmonxonaga etib qoʻy — Cheonsa biroz xafa holatda Taehyungga iltimos qildi . Taehyung boʻlsa bosh silkigancha qizni mashinasi tomonga eltdi . Eshikni ochib qizni oʻtirgʻizdi .

— Taehyung raxmat barchasi uchun . Seni shuncha rad etsam ham tashlab ketmaganing uchun raxmat . Iltimos doim doʻstim boʻlib qol . — Biroz tinchlangan Cheonsa mashina oynasidan qaragancha Taehyungga raxmat aytar ekan , qizni ancha oʻzini yaxshi his qilayotganini sezgan Taehyung sezilmas jilmaydi .

— Agar yana oʻzingni qiynamasang mayli — Taehyung qizni xursand qilmoqchi boʻlib hazilomuz tarzda gapirdi .

— Albatta — Cheonsa gapi oxirida mayin jilmaygancha gapirdi . Lekin ich ichidan Jungkookni oʻylardi . Nega Cheonsaga uylandi axir ? Oilasi boʻla turib ? Nega Cheonsani qisqa vaqtda oʻziga bogʻlab qoʻydi ?

Mehmonhonaga Cheonsa Cheonsaning ortidan Taehyung kirdi . Qabuldan oʻtib liftga chiqishar ekan Cheonsa ortidan kelayotgan soyani sezgandek boʻldi nima uchundir orqasiga qarashni istadi .

— Choni — ortidan kelgan ovozdan keyin Cheonsa ovozni tanib ortga oʻgirildi . Ortida 3haftadan beri koʻrmagan dugonasi Asteria turardi . Cheonsa koʻziga ishonmasdan ortiga qarab turar ekan Asteriani ortidagi Yoongini koʻrib bu narsa hech qanaqa tush emasligini tushundi .

— Asti — Cheonsa borib Asteriani quchoqlab oldi . Ikki qiz bir birini quchoqlab turar ekan huddi tush koʻradigandek oʻylayotgandi oʻzini.

— Men seni koʻp qidirdim . Sen yoʻqligingda yarmim yoʻqdek tuyuldi . Sogʻindim seni — Asteria dugonasini qattiq quchoqlagancha tinmay sogʻinganini aytardi .

Pov Yoongi
Asteriani bunday koʻrib turganimdan xursandman . Lekin bu yigitcha kim boy koʻrinadi . Nima u Chonini yigitimi ?

Yoongi savol bermoqchi boʻlib ikki qizni suxbatini boʻldi .

— Cheonsa. . .Doʻsting kutib qoldi . —. Cheonsa endi Yoongini esladi . Asteriani qoʻyvorib Yoongini qoʻlidan ushlagancha ovozi eshitilmaydigan darajada uzoqroqqa bordi .

— Unga sevishingni aytdingmi ? —Cheonsa Yoongi va Asteriani birga koʻrganda paydo boʻlgan savolni berdi .

— Ha lekin har doimgidek rad javobi olyapman — Yoongi gapi ohirida chuqur xoʻrsindi .

— Menga ishon sizni birga qilaman — Cheonsa Yoongini sochini toʻzgʻitgan boʻldi .

—·—·—

Bir xil vaqtda ~

Cheonsa va Yoonginng yaqinligini koʻrib Taehyungda savollar paydo boʻldi va oʻylamasdan Asteriaga savol berdi .

— U Cheonsaning yigitimi ? — Uning birdaniga bergan savolidan Asteria kulgusini zoʻrgʻa tiydi .

— Albatta yo'q ular doʻstlar . Sen kimsan — Asteria Taehyungga boshdan oyoq qarab qoʻydi .

— Uning sinfdoshi va doʻsti — Taehyung qizga boshqa gapirmay . Oldinga qaradi . Cheonsa va Yoongi ularning oldiga birga kelishdi . Ularni birga koʻrgan Taehyung qandaydir yoqimsiz tuygʻuni his qildi . Lekin oʻziga notanish.

— Taehyung ketishing mumkin . Raxmat senga — Cheonsa mayin jilmaygancha

— Oʻzingni ehtiyot qil . Ertaga kelaman . Maktabga oʻzim olib boraman . Yoʻq deyish oʻtmaydi . — Taehyung qizga buyruq berdida javobni ham eshitmasdan u yerni tark etdi .

— U seni sevadi . Shekilli — Asteria Cheonsani yelkasiga qoʻlini qoʻygancha savol berdi .

— Shunaqa lekin allaqachon javobini olgan . Hozir shunchaki doʻstlarmiz . — Cheonsa Asteriaga tushuntirgan boʻldi .

— Nima yangiliklar. — Yoongi qizlarning suxbatiga qoʻshildi.

— Yangilik koʻp . Bu goʻzalligim koʻp narsalarga sabab boʻldi . — Cheonsani kayfiyati tushganini koʻrgan Asteria Yoongini qorniga musht tushirdi .

— Cheonsa farishta dugonam . Xafa boʻlma . Yoongiga gapirish xuquqi yoʻq edi oʻzi. — Farishta soʻzini eshitgan Cheonsa yana Jungkookni oʻyladi chunki faqat Jungkook uni farishtam deb chaqirardi .

— Keling yaxshisi xonaga kiramiz — Cheonsa barchasini unutishga harakat qildi . Chunki hozir doʻstlari oldida va u ularni sogʻingan .

(Yoongi va Asteria )

— Nega unga haqiqatni aytmading ? — qiz Jungkookdan soʻradi.

— Seni bu holatda tashlab ketolmayman . — Jungkook qizning biroz katta boʻlgan qorniga ishora qildi .

— Lekin u seni kechirmasachi ? Ajrashishingizga men aybdor boʻlib qolishni istamayman . — Lana fikrini aniq aytdi .

— Men ishonaman. U menga qaytadi. — Jungkook rulni siqqancha oʻzini ishontirishga harakat qildi .

— Bazida kech boʻladi . — Lan shunday dedida tashqariga qarab tabiatni tomosha qilib ketdi . Jungkook boʻlsa bu muammoga qanday qilib chora topishni oʻylardi.

~××

Taehyung qoʻrgʻonga kirar ekan . Dadasi tashqarida uni kutib turardi.

— Qachon Cheonsani keltirasan ? — Janob Kim biroz asabiylik bilan soʻradi .

— Biroz vaqt kerak da. . . — Taehyung gapini tugatmasidan Janob Kim qoʻlidagi varaqlarni yerga uloqtirdi.

— Lanati ! Vaqtni olma ! Menga shu hafta oxirigacha kerak . Qiz ! — Janob kim Taehyungni qarshisiga keldi . — Tushunarlimi ?

— Ha dada — Taehyung javob berdi.

— Aks xolda oilangni oʻldirib tashlayman . Oʻgʻlini koʻrmasdan bu hayotdan koʻz yumadi . . . — Janob kim Taehyungning nozik joyini ushladi .

— Dada vaqt tugashini kuting . . .





CHAPTER 13 ENDED .

FANFIK BY CHEONSA ARUZAKI

~~~~

Shu yergacha yetib kelgan boʻlsangiz reaksiya bosib fikr yozib qoʻying🫠❤️