— WILLED | 17DAN KEYIN —
— Sen Cheonsa bilan qanday boʻlsang men sendanda yaqinroqman . Bu yerga kela koʻrma aks holda yomon boʻladi. — Jake Jungkookni gapini eshtmasdan oʻchirib qoʻydi .
— Kimsan oʻzi Cheonsaga ? — barcha gapni eshitgan Taehyung Jakeni oldiga keldi .
— Qiziqma yigitcha . Koʻp bilgan tez oʻladi . Shunday ekan uyingga bor hozir .
— Aka qayerdasiz — Cheonsa derazadan qarab Jakeni chaqirdi.
— Hozir farishtam . — Jake uyga kirar ekan Taehyungning oldiga toʻxtadi.
— Barchasi keyin bilib olasan . Eshitgan gaplaringni kimgadir gullab qoʻyma ! — Jake Taehyungga oʻlim nikohlari bilan qaradida uyga kirib ketdi .
— Jake kimsan . Hatto Jeon Jungkookka gapingni oʻtqazyapsan . — Taehyung telefonini tezda oldida yordamchisiga telefon qildi .
*— Kechgi soat 11gacha Jake Sim haqidagi maʼlumotlarni tayyorlab qoʻy —* Taehyung aniq bilardi . U Avstraliyadan kelgan yigit emas edi , Jake shunday bir odam ediki hattoki Jeon Jungkookka boʻy soʻnmaydigan va Cheonsani toʻliq himoyasi ostiga ola oladigan . Lekin Jake rejani oʻzgartirmasa bas, Taehyungda allaqachon Cheonsa uchun muxabbat tuygʻulari kurtak ochgani rost , lekin unga uni dunyoga keltirgan , unga yashash imkoniyatini bergan onasi qiziq hozir , onasini koʻrishni istaydi .
— Agar imkon oʻzimda boʻlsa jonimni xavf ostiga qoʻyib boʻlsa ham sen bilan boʻlardim Cheonsa Aruzaki — Taehyung Cheonsaning xonasining oynasiga qarab turdida ux tortib mashinaga minib ketdi .
— Aka siz yoʻqligingiz bilindi . Koʻp qiynaldim lekin Asteria doim men bilan edi . Siz va Jongseo akamning yoʻqligi bilinmadi . — Cheonsa akasini qoʻlini silagancha gapirdi .
— Jongseoni haligacha eslaysanmi ? Uni uchratmadingmi — Jake Cheonsani sinamoqchi boʻldi , faqat oʻzi va yana bir inson biladigan sir orqali .
— Afsuski yoʻq , siz ketgan kuninggizdan 4kundan keyin ketdilar va yolgʻiz oʻzim qoldim va Asteriam keldi — Cheonsa gapini ohirida Asteriani eslab mayin jilmaydi .
— Agar sen qattiq ishongan insoning senga yomonlik qilsa yoki sen uni boshqa bir sen eshitishni xohlamaydigan gapni eshitsang nima qilasan — Jake ovoz tonini pasaytirgancha biroz jiddiylashdi .
— Uni esimdan chiqaraman. Unday inson yoʻq deb hisoblayman — Cheonsa ham jiddiylik bilan javob berdi .
— Farishtam . Sen har doim toʻgʻri tanlov qilgansan va senga ishonaman — Jake Cheonsani sochini siladi va yotoqqa yotqizdi.
— Huddi oldingi vaqtlardagi kabi Ertak aytib berishimni istaysanmi — Jake savol berdi , Cheonsani kulib bosh silkiganini koʻrib 14yil oldingi ertagini boshladi .
— Boshqalarni gapini yashirincha eshitish yaxshi odat emas — Yoongi Cheonsa va Jakeni kuzatib oʻtirgan Asteriani orqasidan kelib shunday dedida oʻziga qaratdi .
— Boshqalarga etibor qaratmasdan doʻstingga ham qara — Yoongi Asteriani qoʻlidan tortgancha xonaga olib kirib divanga o'tirgʻizdi.
— Uyda Cheonsa , Jake bor va sen nima qilyapsan — Asteria qasddan qarshisidagi yigit bilan oʻynashmoqchi boʻlib savol berdi .
— Menga nima sen Cheonsani baxtli boʻlishidan oldin oʻzing haqingda oʻyla . — Yoongi gapini tugatib Asteriani labiga labini bosib oldi . Bu kutilmagan ishdan Asteria tezda labini ushlab oldi.
— Axmoqmisan Yoongi — kimdir koʻrib qolsachi — Asteria allaqachon pomidorga aylanayotgan yuzini darrov yopib oldi. Yoongi oʻrnidan turib eshikni ichkaridan qulfladi va Asteriani yelkasidan ushlab yotoqqa yotqizdi
— Men uchun 10minut yetarli — Yigit Asterianing lablariga labini bosdi .
Jungkook asabiy holatda xonani aylanarkan . Jake bilan yuzma yuz koʻrishib gaplashish eng yaxshi qaror deb oʻylab unga telefon qildi .
— Jake . Gapimni ohirigacha eshit . Agar Cheonsaga nimadir boʻlsa , qoʻlingni uchini tekkizsang omborxonang portlab ketadi — Jungkook gapini tahdid bilan boshladi .
— Jeon Jungkook . Yoki Jungseo deyishim kerakmi ? Balki kompanyang yonib ketar Jeon .— Jake Jungkookka unga qilgan muomalasini qaytardi .
— Kel koʻrishib olamiz . 14yillik doʻstingni koʻrmasdan Avstraliya qayta olmaysan ahir
— Qayerda koʻrishmoqchisan Jeon — Jake asabiy ohangda soʻradi
— **** shu yerda soat 8da huddi haqiqiy doʻstlar kabi koʻrishamiz — Jungkook tushuntirgan boʻldi .
— Yaxshi . Koʻrishguncha — Jake oʻchirdi .
Pov Jake
14yillik vaqt davomida Cheonsamni qattiq sogʻindim. Eng yaqin doʻstim Jungseo ketganidan keyin shu kichkina qizcha meni yashashga undadi lekin taqdir meni undan uzoqlashdi . 18yoshga yetganimda Jungseoni uchratdim lekin u endi Jungseo emas Jungkook edi va men bilan hamkorlikni uzgan dushmanim edi . Cheonsamni topganimda u Jungkook bilan birgalikini bildm , uni Jungkook aslida kimligi haqida bilmasligi aniq , lekin haqiqat shundaki Cheonsa akasi bilan birga boʻlganini bilsa unga boshqa qaramaydi va barchasini toʻxtatadi va menga shu narsa kerak . Farishtam men bilan boʻlishi kerak , faqat meniki .
— Barchasi reja asosida boʻlishi kerak ! U men bilan koʻrishganida siz Cheonsa va dugonasini olib kelasiz — Jungkook buyurgan boʻldi .
— Lekin u yerda bir bola ham bor uni nima qilamiz .
— Bilmayman ! Qon toʻkmasdan ishni yakunlang . — Jungkook gapini tugatib boshini orqaga tashladi .— Cheonsam qaytasan , oldimda boʻlasan — Jungkook qizni miyasiga oʻylagan chogʻi boshqacha tabassum yuziga yugurdi .
Erta tong . Soat 8lar atrofi .
Jungkook va Jake allaqachon birga . Bir vaqtlar yaqin doʻst boʻlgan Jungkook va Jake hozir yuzma yuz oʻtiroshardi lekin gapirishga gap yoʻq .
— Senda Jungseo ismi yaxshiroq turardi . Jeon Jungkook — Jake jim-jitlikni buzdi .
— Men ham xohlamaganman alishtirishni . Lekin yaxshi boʻldi , men u ism bilan Cheonsani akasi boʻla olardm holos , eri emas . Jake Sim — Jungkook gʻolibona jilmaygancha oldidagi kofesini ichdi .
— Cheonsa bilan bir bolani birga koʻrdim. Adashmasam Taehyung edi . Uning ham ismi oʻzgaradimi oilangizga qaytsa — Jake Jungkookning oilasi , Taewon va Taehyung haqida barchasini bilardi .
— Taehyung ukang ekanligini bilmayman dema iltimos — Jake qoʻlini chakakiga qoʻyib savol nigohi bilan Jungkookka qaradi .
— Boʻlishi mumkin emas — Jungkook tezda oʻrnidan turdi .
— Hayr Jeon . Ukangga ehtiyot boʻl yuragiga oʻq tushib qolmasin faroshtamni oldida koʻp oralashgani uchun ! — Jungkook Jakega javob bermasdan birinchi tark etdi .
Jungkook yordamchisiga telefon qildi .
— Kim Taehyungni tezda topib kompaniyaga olib kel
— Yaxshi Janob . Cheonsa xonim va Asteria allaqachon biz bilan . Shahar tashqarisidagi villaga olib boramiz .
— Yaxshi ortingizdan hech kim kuzatmayotganiga ishonch hosil qiling !
Taehyung boshini eggancha dadasini oldiga keldi dadasi Taehyungni yolgʻiz koʻrib qoʻlidagi shampan idishini otib yubordi .
— Yetimcha . Bir ishni eplolmaydigan takasaltang . Nima qilding bu hayotga kelib lanati — Taewon Taehyungni jagʻini qisgancha oʻziga qaratdi .
— Dada Jake Sim Australiadan qaytgan. Biroz vaqt bering
— Boʻlmaydi . Men 17yil kutdim . Joningni tikib boʻlsa ham qizni olib kel . Aks holda oʻzingni ham hali koʻrmagan oilangni ham oʻldiraman lanati . Endi yoʻqol koʻzimga koʻrinma.
Taehyung pastga qaragancha xonadan chiqdi . Yana oʻsha tuygʻu . Ichidan nima oʻtayotganini bilmaydi . Jake telefon qilayotganini koʻrib hayron koʻtardi .
— Kim Taehyung Cheonsa qayerda .
— Men kecha tundan beri u bilan gaplashmadim .
— Lanati Jeon — telefonning u tomonidan Jakening baland soʻkingani eshitildi va oʻchdi .
— Nima Jungkook Cheonsani oʻgʻirlaganmi ? Lanati nega hammasi qiyinlashadi .
Jake yordamchisiga telefon qildi .
— Yangi qurollarni olib chiq . Bu safar qon toʻkmasak bular jim boʻlishmaydi . — Jake toʻgʻri Jungkookni kompaniyasiga yoʻl oldi ...
•
•
•
CHAPTER 16ENDED
FANFIK BY CHEONSA ARUZAKI
~Shu yergacha yetib kelgan boʻlsangiz reaksiya bosib keting🤍Fikringiz har doim men uchun qiziq boʻlgan Franklinchalarim❤️