So'nggi o'lja
Bu yerda tezlik faqat g'alaba uchun emas - u omon qolish uchun ham zarur. Lekin har gal g'alaba qilganingda, kimdir o'ladi.
Bugun ancha og'ir kun bo'ladi. Hamma uchun. Sababi bugungi poyga boshqa poygalarga qaraganda xavfli, qo'rqinchli va oxiri bitta qurbon bilan tugaydigan daxshatli poyga bo'ladi.
Osmonning avzoyi shunchalik buzuqki hattoki bugungi poygani qanchalik daxshatli tus olishini u ham bilgandek.
Maydonga birin- ketin mashinalar kelishib joylasha boshladi. Bu orada Chiara maydonga oxirgi kelib joylashdi uni orqasidan Namjoon keldi. Barcha poygachilar start chizig'iga kelishdi. Endi haqiqiy poyga aurasi his qilish vaqti keldi. O'q ovozi yangrashi bilan barcha mashinalar katta tezlikda harakatga keldi. Bir narsa aniq birinchi kelish uchun hech qanaqa qoida yoq muhimi yutish. Mashinalardan chiqayotgan daxshatli ovozlar butun maydonni egalladi. Xattoki tomoshabinlar ham jim. Atrofni butunlay sovuq aura qoplab olgan. Uchinchi burulish 2 ta mashina bir biriga urilib ketishi oqibatida ikki mashina ham ag'darilib ketdi va portladi. Atrofni tutun qopladi. Hamma hayratda, biroq mafia boshliqlari doimgidek hissiz, hech narsa bo'lmagandek atrofni kuzatayapti.
Poygada jami 16 ta ishtirokchi bor edi. 2 tasi o'yin chiqdi. Poyga davom etmoqda hech kim hech narsa bo'lmagandek o'yinni davom ettirmoqda. Albatta Chiara bundan mustasno. Bunaqa holatlar u uchun begona. Qo'l oyoqlari zir titrar ekan ko'z yoshlarini arang ushlab turdi.
Marra yaqin so'nggi burilish vanihoyat 1 bosqich tugadi. Unda italiyalik mafia a'zosining poyga ishtirokchisi oxirgi bo'lib keldi. Barcha mashinadan tushib maydon o'rtasiga yig'ilishdi. So'nggi kelgan poygachi iltimos qilib to'da boshini oldiga bordi.
- Iltimos janob, o'ldirmang 2 bosqichga albatta harakat qilaman - deb yolvorib gapirdi.
- Endi kech, qoidadan xabaring bor edi - deb gapini yakunlamasidan Namjoon uning peshonasidan otdi.
Buni ko'rgan poygachilar va mafia boshliqlari sekin u yerni tark etishdi. Chiara bu holatni ranglari oqarib, qotib qoldi.
- N.nima qilding - deb dovdirab gapirdi.
- Ishimni bajardim - deb hissizlarcha javob berdi.
- Sen,sen qotilsan men buni shuni qoldirmayman - deb yig'lab yubordi.
- Nima qilasan, qo'limgdan nima keladi - mensimasdan gapirdi.
- Tegishli joyga aytaman, barchangiznj aytaman butun dunyoga ularni mafia seni esa vaxshiy qotil ekaningni oshkor qilaman - yig'idan beri bo'lib gapirdi.
- O'zingga ortiqcha baho berma qizaloq, sen ayni dam yirtqichlar orasidasan, bu yerdan tirik chiqishing dargumon, shunday ekan, men bilan to'g'ri gaplash, aks holda...
- Nima aks holda , boyagi yigitdek, meni ham otib tashlaysanmi - deya yig'lab gapirdi.
- Undan ham yominini qilaman, o'limingni har soniyada o'zing yolvorib so'raysan.
- Bilganingni qil, men hech qachon senga bosh egmayman, bularning barini politsiyaga aytaman - deb yurib ketayotgan payt, Namjoonning gapi uni to'xtatdi.
- Agar politsiyaga aytsang, nafaqat men balki sen ham aybdor bo'lasan, men qutulishim mumkin lekin senchi, oying nima qilar ekan qiziq - deya qosh qoqib qoydi.
- Ah lanati - deb ko'zlarini og'ir yumdi.
- Qizaloq bu ketishda ayblaring badalini og'ir to'laysan - deb ayyorona jilmayish qildi.
Chiara u yerni darrovda tark etdi. Xonasiga borib unsiz yig'lardi.
Chiara pov
Bu nima ahvol a,rostan ham yutqazgan inson o'diriladimi Namjoon uni kiprik qoqmasdan otib tashladi, nima men yutqazsam ham u shunaqa qiladimi, yoq bo'lishi mumkin emas, men nimalarga aralashib qoldim jin ursin* endi qanday bu yerdan qutilaman , albatta 2 bosqichda yutushim kerak bo'lmasa meni ham boyagi yigitni orqasidan yuboradi.
Namjoon xonasida sheriklari bilan gaplashib o'tirgandi.
Birinchi bosqich yomon bo'lmadi Namjoon, bir ketishda 3 tasi o'yin chiqdi, bu ajoyib- deb ichimligini qo'liga oldi.
- Ha menga yoqdi, bunchalik osson bo'lishini men ham o'ylamagan edim- deb sokin ohangda gapirdi.
- Qizaloq ham chakkimas ekan, xo'sh uni sovrin sifatida qo'ysak bo'lar ekan nima deysan - deya qosh qoqib qo'ydi.
- Aslo eshitdingmi, bu gapingni eshitmaganlikka olaman - deb asabiy ohangda gapirdi.
- Yuragingdan joy oldimi bunchalik havotir olayapsan.
- O'lging keldimi, undan ko'ra borib poygaga tayyorgarlik ko'r - deb zarda ohangida gapirdi.
Namjoon pov
Qanchalik sen bilan o'ynashish yoqib qolganini bilganingda edi. Birinchi ko'rgan kunimdayoq mening o'ljamga aylanib bo'lgan eding va seni bo'lishish niyatim yoq. Qay yo'l bilan bo'lmasin qoidalarga qarshi chiqqan holda seni himoya qilaman. Sen faqat va faqat mening o'ljam bo'lasan.
2 bosqich boshlandi. Yana o'sha sovuq auraga mos poyga maydoni. Bu safar moto poyga bo'ladi. Olovli halqalar, notekis va xavfli yo'laklar bo'ladi. Barcha ishtirokchilar maydonga kelishdi. 5 daqiqadan so'ng poyga boshlandi. Chiara bunaqa poygalarda birinchi qatnashishi bo'lganligi uchun butun tanasi qaltirar " men g'alaba qozona olamanmi" degan hayol hech uni tinch qo'ymasdi. Poyga vaqtida 4 ishtirokchi xavfli yo'lakka kelgan paytni o'zidayoq bir - biriga to'qnashib katta halokat sodir qilishdi va o'yin chiqishdi. Chiara ham xavfli yo'ldan katta qiyinchilik bilan o'tgani sabab poygaga oxirgi bo'lib keldi. Barcha ishtirokchilar yana maydonni markazida yig'ilishdi. Chiara esa titrar ketar oyoqlari o'ziga boysunmas, ko'z yoshlarini arang tutib turardi. Shu payt ularning oldiga mafia boshliqlari kela boshladi.
Essiz go'zal qizaloq eding,lekin shartimga ko'nsang balki seni asrab qolarman - deya ayyorona jilmayish qildi.
- Hech qachon, undan ko'ra shu yerda halok bo'lganim yaxshi- deya qat'iyat bilan gapirdi.
- Ohho hali zaharhanda gaplarim ham borde, marhamat janob Kim ishizni yakunlab qo'ying,qizaloq bizga nimadir gaping bormi.
Chiara endi og'iz juftlab gapirmoqchi bo'lganda, Namjoon uni gapini bo'ldi.
- Men olmoslardan kechaman, evaziga qiz tirik qoladi- deya jiddiy ohangda gapirdi.
- Bunaqasi ketmaydi janob Kim biz kelishganmiz - deya ulardan biri jazavaga tusha boshladi.
- Siz meni hududimdasiz, demak qoidalarni men o'zgartira olaman, shunday qilib men olmoslardan kechaman, biroq pullar o'z joyida qoladi, qiz ham , qarorim muhokama qilinmasin.
Barcha o'sha paytni o'zidayoq jim bo'lib qoldi, chunki hech kim Namjoonning hududida unga qarshi chiqa olmasdi.
Barcha o'z ulushlarini olib poyga markazini tark eta boshlashdi. Shu qatorida Chiara ham uyiga ketishga tayyorgarlik ko'rayotgan edi.
- Sen qayerga ketishga tayyorgarlik ko'rayapsan- deya sovuq qarash qildi.
- Poygada meni himoya qilganing uchun rahmat senga, ya'ni sizga demoqchi edim- deya biroz bosh egdi.
- Rahmat aytishni ham bilaman de yaxshi undan mendan qarzingni uz, axir seni saqlab qoldim- deya yovuz jilmayish qildi.