So'nggi o'lja
U yugurmaydi - u o'lja izlab ovgan chiqqan yirtqich
Erta tong quyosh nurlari Chiarani yuzlariga tushib uni uyg'otdi. Chiara amallab o'rnidan turdi va yotoq ustiga u uchun kiyim tayyorlanganini ko'rdi. Dush qabul qilib kiyimlarni kiyib pastga tushdi. Mehmonxonada Namjoon Chiarani kutib turardi.
- Hayrli tong- deya Namjoon unga iliq tabassum qildi.
- Sizga ham - deya Chiara javob tariqasida jilmayib qo'ydi.
Shu tariqa ular birga nonushta qilishdi. Nonushtadan so'ng Namjoon Chiaraga
- Aylanib kelmaymizmi - Namjoon
Erta tongdan qayerga - deya Chiara hayronlik bilan so'radi.
- Borganda ko'rasan, yuraqol - deya Namjoon Chiarani qo'lini ushlab tashqariga olib chiqdi.
Tashqariga chiqishsa motosikllar tayyorlab qo'yilgan edi. Chiara sevinib uni oldiga bordi.
- Birga bitta motosiklda aylanib kelamiz - deya Namjoon motosiklni oldiga borib shlemini kiya boshladi. Chiarani ham oldiga chorlab unga ham shlemini kiyg'azib qo'ydi. Ular birgalikda dengiz bo'yiga borishdi. Dengiz havosidan mazza qilib nafas olishdi. Birga suhbatlashdi. Kun ham tushga yaqinlashib qoldi. Chiarani birdan yuzi o'zgardi.
- Tinchlikmi, senga nima bo'ldi - deya Namjoon havotir bilan gapirdi.
- Haligi shuncha kun uyda bo'lmadim, oyimga nima deyish haqida o'ylayapman. Uni ustiga yaqinda o'qishim ham boshlanadi qachon uyimga ketsam bo'ladi - deya biroz xafa bo'lib gapirdi.
- Bularni unut , ketdik uyga - deya gapni aylantirdi.
Yana biroz dengiz atrofini aylanib ular uyga qaytishdi.
Uyga kelib Chiara o'z xonasiga Namjoon esa ofisiga ishlash uchun kirdi. Chiara uyda ekanligi sababli Namjoon kompaniya ishlarini uydan turib olib bordi. Kech ham tushdi. Namjoon pastga tushib ovqatlanish uchun Chiarani kutardi. Borgan sari sabri tugab borgan Namjoon oxiri Chiarani xonasiga o'zi chiqdi. Eshikni zarb bilan ochdi bundan Chiara uchib tushdi.
- Yana qancha kutay seni, nima atayin sabrimni sinayapsanmi - jahl bilan gapirdi.
- Uyga ketishni xohlayman, qachongacha seni tutqin sifatida ushlab turmoqchisiz - deya qiz oxiri ichidagini aytdi.
Namjoon qizni devorga tirab uni barcha yo'llarini berkitdi.
- Istaganimcha, xohlasam umuman ketmaysan shu yerda yashaysan - deya shivirlab gapirdi. Namjoon ko'zlari Chiarani ko'zlaridan uzilib nim pushti lablariga tushdi. Asta ularga yaqinlashib Chiaradan sekinlik bilan bo'sa ola boshladi. Bu holatni anglab yetmagan Chiara nima qilishni bilmay tipirchilay boshladi va Namjoonni o'zidan itardi.
- Poyga borasida noshud desam, bo'sada ham shunaqa ekansanku- deya qiz tomon bo'yin egdi.
- Menga yaqinlashmang - deb orqaga qadam tashlayotgan edi shu payt.
- Qayerga qushcham, mendan qochma - deya yog'on qo'llar uni belidan o'raldi
- Iltimos kech bo'ldi, men ketmoqchiman - deya qiz yig'idan beri bo'lib gapirdi.
- Bilasanmi yirtqich o'ljasini yeyish oldidan u bilan o'ynar ekan,men ham sen bilan o'ynamoqchiman - deya Namjoon tomon bostirib bordi.
- Yaqinlashmang xohlamayman- deya Chiara tipirchilay boshladi
- Xohishingni so'ramadim - deb Namjoon uni devorga mixlab qo'ydi.
Chiara oxiri qaltirab zarb bilan polga tushib yig'lashni boshladi. Bu holatni kutmagan Namjoon qizga nima bo'layotganiga tushunmay qoldi. Qizni qo'l oyoqlari tinmay titrar yig'lashdan o'zini tiya olmasdi. Namjoon asta uni oldiga borib qizga yaqinlashdi.
- Chiara tinchlan , o'zingni bos - deya tinchlantirishga urindi.
- Iltimos uyimga ketay, ruxsat bering sizdan Iltimos boshqa umuman jahlizni chiqarmayman yo'lizdan ham chiqmayman - yig'lab gapirardi.
Shu payt "boshqa yo'lizdan chiqmayman" degan gap Namjoonni qattiq xafa qildi. Sevimli insonni yo'qotishdan qo'rqdi. Xuddi avval oilasini yo'qotganday o'zini yana qayta yomon his qila boshladi. Keyin darrovda o'zini o'nglab gapirdi.
- Yaxshi uyingga ruxsat beraman, faqat ertaga hozir kech tushdi - deya muloyimlik bilan gapirdi.
- Rostanmi, aldamayapsizmi - deya Chiara hiqqilab gapirdi.
- Rost aytayapman, kel o'zimga va' da beraman erta uyingga borasan - deya Namjoon uni bag'riga olib ovuta
boshladi