So'nggi o'lja
Bu poyga emas - tirik qolish jangidir.
Tonggi nonushta qilingandan so'ng ular birgalikda Namjoonning shaxsiy poyga maydoniga ketishdi. Chiara va Namjoon u yerda shug'ullanish uchun barcha sharoitlar bor edi. Namjoon poyga orqali yillar davomida orttirilgan tajribasini Chiara bilan bo'lishdi. Unga xavfli yo'laklardan qanday o'tishni va qay usulda raqibini ortda qoldirish yo'llarini o'rgatdi.
- Ohho ancha tajribaga ega ekansiz - deya Chiarani ko'zlari quvnadi.
- Ha shunday, o'smirligim poyga maydonida o'tgan shu orqali pul topganman - deya Namjoon bosiqlik bilan javob berdi.
- Bo'lmasa nima uchun mafia bo'lgansiz - deya Chiara qiziqqonlik bilan so'radi.
- Buni tarixi uzun, yaxshisi qiziqma, undan ko'ra poygaga tayyorgarlik ko'r- deya Namjoon qat'iy buyruq bilan gapirdi.
- Aytmasangiz ham mashq qilayapmanku, namuncha jahlingiz tez bo'lmasa - deya Chiara norozilik bn gapirdi.
Bor kuchi bilan kulmaslikka harakat qilayotgan Namjoon endi gapirmoqchi bo'lib turgan payt begona inson suhbatga qo'shildi. Bu Han edi.
- Oo mening qadrli do'stim, yangi qushchangmi - deya Han ayyorlik bilan Namjoonga gapirdi.
Bu gapga e'tibor bermagan Namjoon Chiaraga qarab:
- Pastki qavatda mashqlar zali bor meni o'sha yerda kut - deya Chiaraga buyruq berdi.
Chiara "yaxshi " deganday bosh chayqab maydonni tark etdi.
- Mendan rashk qildingmi - deya g'alati kulish qildi Han.
- Senga nima - zarda ohangida gapirdi Namjoon.
- Qo'pollikning oliy darajasidan Namjoon mehmonga ham shunaqa hurmat ko'rsatadimi - deya soxta araz bilan gapirdi Han.
- Mehmon unvoniga loyiq deb o'ylansanmi o'zingni - deya Namjoon mensimay gapirdi.
- Hih hali ko'ramiz kim nimaga loyiq ekanligini, ha aytgancha bu safargi poygada qushchangni ham qoy, uni o'zim yutib olaman - deya Han yovuzona jilmayish qildi.
- Avvalgi poygada seni yutganini ko'ra olmayapsanmi - deya Namjoon mazah qildi.
Han shunchalik Namjoonga o'lim nigohlari bilan qarar ediki, lekin Namjoon o'z sovuqqonligini yoqotmadi.
- Oyoq tagida o'ralashma bolakay, seni joying poyga maydonida emas - deya kulib Namjoon poyga maydonini tark etdi.
Asabiy qadamlar bilan Namjoon pastga qavatga tushib borar edi hayollarida esa ming hil savol aylanar edi ,,bu safar yuta olmasachi,, ,,Han unga zarar yetkazsachi,, deya qanday pastga tushganini bilmay qoldi. Pastga tushganda Chiara quroldan o'q uzish bilan band edi. Unga bu juda ham yoqqan edi.
- Senga yoqyaptimi - deya Namjoon unga kulib qaradi.
- Judayam menga yoqdi, to'g'risi meni ham mafia bo'lgim keldi, qarang qanaqa ajoyib xonangiz bor ekan, poyga maydonizniku gapirmasa ham bo'ladi - deya ko'zlari quvnab gapirdii.
- Mm kimlarnidir bu narsalar aqldan ozdiribdi shekilli - deya Namjoon ich ichidan miriqib kuldi.
- Nega kulasiz, men rost gapirayapman - deya Chiara soxta araz qildi.
- Oh kichkintoy qo'ysangchi mafia bo'lishni tavsiya qilmayman, tinchgina o'z olamingda yasha bu hayot sen o'ylaganchalik oddiy mafia hayoti emas - deya Namjoon chuqur xo'rsinish bn gapirdi.
Shundan keyin Chiara qayta gapirmadi. Ular yana poyga uchun tayyorgarlik ko'rdi. Orada Chiara uyiga ham borib keldi. Oyisiga ishchi xodimlari bn dam olishga ketayotganini aytdi.
Bugun o'sha kun keldi. Qonli va qurbonlar bilan yakun topadigan poyga.
Birin ketin ishtirokchilar va tomoshabinlar poyga maydoniga kirib kela boshladi. Bugungi o'yin moto poyga hisoblanadi. Xavfli burulishlar, olovli halqalar va notekis yo'llar. O'yinda bugun jami 15 ta poygachi o'ynaydi.
Boshlovchi: Barcha poygachilar o'z joyingizga turib olishingizni so'raymiz. Hamma ishtirokchilar start chizig'iga kelib turib oldi. Doimgidek har bir bosqich uchun oxirgi kelgan ishtirokchi o'ldiriladi. Birinchi kelish uchun hech qanaqa qoida yoq. O'q ovozi eshitilishi bn barcha poygachilar yuqori tezlikda o'yinni boshlashdi. Birinchi bosqich uchun 10 ta aylana belgilandi. Oldinda Namjoon uni orqasidan esa Han edi. Chiara biroz ortda qoldi. Uchinchi aylananing xavfli burulishida 2 ta poygachi
bir biriga urulishi oqibatida biri halok bo'ldi. Ikkinchi esa o'yinni davom ettirdi. Beshinchi aylanaga kelganda halqali olovlar kuchayib bordi. Uchta ishtirokchi olovli halqadan o'ta olmay halok bo'lishdi. Bunaqa manzarani mafialar ko'rib umuman hayron qolishmadi. Sababi ular bundan battarlarini ham ko'rgan. Tomoshabinlar esa hayratdan bilan ko'rar ayrimlari o'sha joyni o'zidayoq tamom bo'lishdi. So'nggi aylana birinchi bo'lib Namjoon keldi. Uni izidan Xitoylik poygachi keldi keyin Chiara va Han kelishdi. Eng so'nggida yaponiyalik poygachi keldi. Motosikldan tushmasdan Namjoon uning yuragiga o'q uzdi. Tomoshabinlar bundan karaxt bo'ldi, garchand oddiy hol bo'lsada.
5 daqiqadan keyin keyin poyga boshlanish arafasida shu payt Namjoonning yordamchisi tezlik bilan yugurib keldi.
- Boss, haligi Chiara xonimni motosikliga Han benzin sepayotganini ko'rdik nima qilaylik - deya biroz bosh egib so'radi yordamchi.
- Hanniki bilan almashtiring faqat o'zi sezmasin - deya Namjoon buyruq berdi.
- Hop bo'ladi boss - deya yordamchisi u yerdan ketdi.
Namjoon pov. O'zing shuni xohlading men bo'lishishni yoqtirmayman, o'ljamga ko'z olaytirganlarni nimta- nimta qilib tashlayman. Hech kim menga tegishli narsadan meni mahrum qila olmaydi.
Poyga boshlandi. Yana o'sha qo'rqinchli o'q ovozi atrofni egalladi. Birinchi aylanini o'zidayoq Han mingan motosikl yonib ketdi. Uning yoniga esa yordamchilari yugurib bordi. Hanning kuyish darajasi 85 % ni tashkil qilardi. Bu yashab qolishning 1 % ga teng degani. Chiara bu holatni ko'rib joyida tosh qotdi. Hayollaridagi o'ylovlar uni taqib qila boshladi. Chunki Hanni o'rnida bo'lishi ham mumkin edi agar Namjoon bo'lmaganda. Shunday qilib o'yin davom etdi. Bu bosqich uchun jami 8 ta aylana qo'yilgan edi. Braziliyalik poygachi Chiarani motosiklni turtib yubordi va Chiara to'g'ri borib poyga maydonidagi devorga urildi. Shunda ham taslim bo'lmadi. Barcha hozir Chiara o'yindan chiqadi deb o'ylagan payt u motosiklini qayta ishga tushirib o'yinni davom ettirdi. Oxirgi bosqichgacha o'yinda 7 ta ishtirokchi qoldi. Finishga yana Namjoon birinchi yetib keldi. Oxirgi bo'lib esa Chiarani turtib yuborgan poygachi keldi. Namjoon uni peshonasidan 2 marta o'q uzdi. Jahli chiqib uni o'sha yerda nimtalashga tayyor edi. Shunchaki mafialar orasida o'zini bosib turdi. Agar shunaqa qilganda hamma Chiarani Namjoonni sevgilisi deb o'ylashlari aniq edi.
Poyga tugagandan so'ng hamma mafialar va poygachilar yig'ilishdi shunda poygani uyushtirgan mafiachi o'rtaga chiqib so'z boshladi.
- Poyga ajoyib o'tdi hammaga ma'zur keldi, buning uchun Namjoonga rahmat, keyingi poygani 6 oydan so'ng Kanada bo'ladi. Unda esa eng katta sovg'alar o'ynaladi. Shuning uchun qattiqroq harakat qiling, bugungi qadah sizlar uchun - deya qadahlarni baland ko'tardi.
Hamma birdan qarsak chaldi, tuyguncha ichishdi hamma mast bo'ldi, Namjoon o'z sovuqqonligini saqlagancha o'tirardi, Chiara esa bugungi poygada bo'lgan voqealar hech ko'z oldidan ketmasdi. Vanihoyat bazm tugadi. Hamma o'z uyiga tarqaldi.
Shu payt Namjoon Chiarani yoniga kelib:
- Bugun menikiga borasan ahvoling yaxshi emas yaralaringni ko'rib qo'yaman- deya muloyim ohangda gapirdi.
- Haligi shartmas men uyga borsam ham bo'ladi, bugun ancha og'ir kun bo'ldi - deya dovdirab gapirdi.
- Ahvoling yaxshi emas dedim, peshonangdagi plaster arang qonni to'xtatib turibdi, qorn qismingdagi yara seni tinmay bezovta qilayapti, shisha sinig'i haliyam azob berayotganini yaxshi bilaman - deya koyiganday bo'ldi.
Shunda Chiarani ko'zlari moshday ochildi. Namjoon uni ahvoli og'ir ekanligi bilganligi, chunki Chiara o'zini tetik tutish uchun qancha harakat qilmasin baribir Namjoon sezganini bildi. Indamay borib Namjoonni mashinasiga o'tirib uni uyiga ketdi. Uyga yetib kelishi bilan Chiara xonasiga chiqdi, uni izidan Namjoon tibbiy quticha bn uni xoansiga kirdi.
- Buni o'zim ham eplay olaman - deya hijolat bo'lib gapirdi.
Namjoon unga e'tibor bermay paxtani xo'llab uni tilingan joylarini artishni boshladi. Achishgani sezgan Namjoon uni puflab biroz og'riq qoldirishga harakat qildi.
Chiara pov. Sovuqqonlik orqasidan mehribonchilik qanchalik g'alati. Tan olaman unga oshiq bo'layapman. Kelishgan yuzini birinchi marotaba yaqindan ko'rishim. Uni qarashlari meni aqldan ozdiradi. Jonim og'rigani uchun mendan havotir olgani bu menga yoqdi. Shu payt Chiara baland ovozdan uchib tushdi.
- Hayoling qayerda,shuncha chaqirdim, ko'ylagingni ko'tar shisha sinig'ini olaman - deya jiddiy qiyofada gapirdi Namjoon.
- Nimaa , yoq buni o'zim qilaman- deya ko'zlarini katta katta ochdi.
- Sendan so'raganimni eslay olmayman hech ,aytganni qil, yoqsa o'zim majbur qilaman - deya asabiy gapirdi.
- Nima uyalmaysizmi - deya ortga qarab yurishni boshladi.
Shu payt uzun va yog'on qo'llar Chiarani bir tortib o'ziga yaqinlashtirdi.
- Men erkakman o'smir yigitcha emasman, qo'rqma ortiqcha harakat qilmayman- deya muloyimlik bilan gapirdi Namjoon.
Sekinlik bilan Namjoon Chiarani ko'ylagini ko'tardi. Ko'ylakni qorin qismi allaqachon alvonrang qonga bo'yalgan edi.
- Ahh bo'ldi ,ortiq bardoshim yetmaydi - deya Chiara yig'lab yubordi.
- Biroz chida,deyarli tugatdim deya Namjoon havotir bilan gapirdi.
Oxirgi shisha sinig'ini olib yarani bog'lab qo'ydi va xonasidan Chiaraga yangi futbolka olib keldi.
- Buni kiyib ol, ertaga senga kiyim buyurtma qilamiz - deya Namjoon unga qo'lidagi futbolkani uzatdi.
- Yaxshi kiyaman , faqat chiqib turing iltimos- deya Pinellas gapirdi.
- Yaxshi kiyinib bo'lganingdan keyin meni chaqir seni kutaman- deya eshikdan chiqib ketdi.
Chiara egnini almashtirib Namjoonni chaqirdi.
- Mana bu dorini ichib ol, og'riqlaringni kamaytiradi - deya qizga mehribonlik qildi.
- Rahmat hammasi uchun, haligi bugun nima bo'lganini aytasizmi - deya muloyimlik bilan so'radi Chiara.
- Bu haqida ertaga gaplashamiz, hozir dam ol - deya unga yotishga yordam berdi va peshonasidan o'pib qo'ydi. Hozir buni hisobini so'rash uchun Chiarani madori yoq edi va jimgin uxlashga yotdi.