So'nggi o'lja
Men muhabbat izlagandim, u ov izlab kelgan ekan.
Men muhabbat izlagandim, u ov izlab kelgan ekan.
Chiara uyga asabiy kirib keldi. Buni sezgan oyisi unga ortiqcha bosim o'tqazishni istamadi. Chiara xonasiga chiqib alamini devordan oldi. Qancha ursa ham hech alami bosilmadi. Oxiri holdan toyib charchab qoldi. Dush qabul qilib qo'llarini o'rab uxlab qoldi.
Erta tong
Bugun dam olish kuni Chiarani o'qishi ham ishi ham yoq. Bugun to'ygunicha uxlasa bo'ladi. Oyisi ham uni bezovta qilmay ishga ketdi. Soat millari 10 ko'rsatar ekan Chiara endigina uyqudan uyg'ondi.
Chiara: Shuncha ham uxlaymanmi, soat 10 bo'libdiku - deb o'ziga o'zi gapirib ketdi. Dush qabul qilib qo'llarini yopadigan uzunroq kiyim kiydi. Oyisi ishga ketganligi sabab bir o'zi tushlik qilib oldi. Anchadan buyon sayr qilmaganligi sabab sayr qilishga ketdi.
Sevimli maskaniga aylangan Sakura bog'iga keldi. Uning navbatdagi sevimli maskani. Xafa bo'lganda yoki kayfiyati bo'lmagan paytda doim Sakura bog'iga keladi. Go'yoki bog' uni ko'nglini ko'taradiganday. Go'zal tabiatini ko'rsang go'yo ertak ichida yashaganday bo'ladi kishi. U ham shunaqa bog'ga kelib biroz sayr qildi. Bog'ni go'zallagidan rohatlandi
Shu payt telefoniga xabar keldi.
Xabarda
Bugun navbatdagi poyga bo'ladi bilaman bugun dam olish kuning lekin kelishing shart o'rninga hech kim chiqa olmaydi. Soat 2 da poyga maydonida bo'l.
Bu xabarni o'qib chuqur nafas oldi. Kecha bo'lgan voqealarni hali unutishga ulgurmasdan yana uni o'sha maydonga taklif qilayapti.
- Tinchgina dam olishga ham qo'yishmaydi. Baridan charchadim. Agar bu holatimni oyim bilsalar bormi. Meni aniq nimadir qiladilar. Bugun yana nima bahona topaman. Boshim qotdi.
Shu o'ylovlar bilan bog'ni tark etdi. Uyiga borib tayyorgarlik ko'rdi. Oyisiga bugun nima deb bahona qilishni bilmay, shunchaki uydan ketdi.
Poyga markazi.
Poyga markaziga yetib keldi, xonasiga kirib kiyimlarini almashtirdi va boshlig'ini xonasi tomon yo'l oldi.
Chiara boshliqni xonasiga kirib
- Bugun poygada yana bir boy oilaning farzandi qatnashadi, uni yutishing shart, aks holda u bizdan pul emas boshqa narsa talab qilishi mumkin - deya unga tushuntirdi.
- Tushunarli, qo'limdan kelgancha harakat qilaman- deb ta'zim qilib chiqib ketdi.
Poyga maydoniga borgandi uni mashinasini tayyorlayotgani ko'rdi va bir chekkada kuzatib turdi.
Shu payt uni oldiga raqini Changbin keldi.
- Salom qizaloq- deb uni nazarga olmay salom berdi.
- Men senga qizaloq emasman - deb ensa qotirib gapirdi.
- Hali zahar tilim ham borde, bu yer poyga, borib uyda qo'g'irchog'ingni o'ynasang bo'lmaydimi - deb qosh qoqdi.
- Seni yutishimdan qo'rqding chog'i, juda bezovtasan- tabassum bilan gapirdi.
- Hih menimi sen-a qo'ysangchi qizaloq - deb baqirib kuldi.
- Unda tomosha qil yutqazsang yana yig'lab yurma yigitcha - deb u yerdan ketdi.
- Sovrin haqida gaplashmadik qizaloq.
- Qanaqa sovrin - deya hayron ifodada gapirdi.
- Agar men seni yutsam sen bilan biroz sho'xlik* qilamiz.
- Istaganing, meni nima xohlashimni aytdim.
- Bu yerdan mag'lubona chiqib ketishingni va umuman ko'zimga ko'rinmasligingni xohlayman - deb mashinasi tomon yo'l oldi.
Poyga boshlandi . O'q ovozi yangragach barcha mashinasini katta tezlik bilan haydab ketdi. Oldinda doimgidek Chiara edi. Bundan jazavaga tushgan Changbin esa asabiylashar gazni bor kuchi bilan bosardi. Ikkilasi bir birini ortda qoldirish bilan ovvora edi. Oxirgi soniya finishga birinchi bo'lib Chiara yetib keldi. Hamma uni qarsak chalib tabriklashdi. Shunda Chiara mashinadan tushib Changbinga qarab ko'z qisib qo'ydi, xuddiki "men yutdim, sen esa doimgidek mag'lubsan degandek" bo'ldi. Changbin alamidan u yerni tark etdi, faqat qasos olish sharti bilan. Changbin hech qachon yutqazganini tan oladiganlardan emas edi.
- Tabriklayman , yaxshi natija ko'rsatding- deb yelkasiga qoqib qo'ydi.
- Rahmat boshliq, minnatdorman - deb kichik ta'zim qilib qo'ydi.
- Bugun vaqting bo'lsa, xonamga bor biroz qahva ichib suhbatlashamiz, kelasi hafta uchun katta yangiliklar qilishimiz kerak.
- Albatta boshliq, 10 daqiqada xonangizga boraman .
Kiyimlarini almashtirib, boshliqni xonasiga bordi.
- Qanaqa yangilik haqida gapirgan edingiz- qiziqqonlik bilan so'radi.
- Chet eldan ham poygachilar kelayotgan ekan, bizni maydonda poyga uyushtirar ekan va bizni poygachilar ham qatnashsa bo'ladi, shu sababli sen kafedagi ishingdan bo'shab, ko'proq mashq qilib tayyorlanishing kerak, bu safargi poyga oldingilaridan tubdan farq qiladi - deya jumboqli gapirdi.
- Ya'ni tushunmagan ohangda so'zladi.
- Ya'ni hech qanaqa qoidalarsiz, xavfli yo'laklar orqali bo'ladi bu poyga ,oxirida esa eng oxirgi kelgan poygacha o'ldiriladi. Chunki ko'proq mafia olamidagi poygachilar kelmoqda- deb biroz havotir bilan gapirdi.
Chiara bu vaziyatdan biroz qo'rqdi,ammo bildirmadi.
- Sizni tushundim boshliq, yaxshi ishdan bo'shayman, faqat bir shartim bor, oyim bu haqida bilmasligi kerak - deb ikkilanish bilan gapirdi.
- Albatta buni faqat ikkimiz va homiymiz biladi.
- Qanaqa homiy - hayron ifodada gapirdi.
- O'rtaga Juda katta pul va olmoslar tikilgan, bilasan menda uncha pul yoq, shuning uchun homiy olgandim - deya sokinlik bilan gapirdi.
- O'tgan tunda sen u bilan janjal qilgan eding.
- NIMA - butkul qotib qoldi, nega aynan u.
- Undan boshqa varinat bor deb o'ylaysanmi, har u eng kuchli mafia bo'lsa.
- Tushunarli menga ruxsat - deb biroz jahl aralash chiqib ketdi.
Chiara pov.
Aysh. Jin ursin* barini nima undan boshqa odam yoqmi. O'ziga ortiqcha baho bergan dimog'dor telba bilan yana ko'rishamanmi. Bu safar aniq uni nimadir qilib qo'yaman.
Shu hayollar bilan Chiara uyiga ketdi. Uy yoniga kelganda uyning chirog'i o'chirilganini ko'rib biroz tinchlandi. Oyim uxlagan degan hayol bilan ichkariga kirdi. Birdan hamma joy yorishib ketdi. Chiara bundan hayron qoldi.
- O.oyii - deb tutilib gapirdi.
- Qayerdan kelayapsan- deb jahl bilan gapirdi. Aslo menga ishda edim dema bugun dam olish kuning ekanini juda yaxshi bilaman.
- Haligi men dugonamni uyida edim. U bilan bugun biroz vaqt o'tkazdik.
- Aldama meni seni hech qanaqa dugonang yoq edi, darrov paydo bo'ldimi- deb jahldan qizara boshladi.
- Oyii siquvga olmasezchi, ha darrov paydo bo'ldi, u bilan vaqt o'tkazdim, shunga kech bo'ldi, nima qilibdi shunga, mana keldimku shunchalik baqirishiz shartmi - deb u ham jim turmadi.
- Ovozingni ko'tarma menga, meni seni oyingman havotir olishga haqqim bor, soatga qaradingmi yarim tun 3 bo'ldi.
- Charchadim oyi, dam olmoqchiman hayrli tun deb yuqori qavatga ko'tarildi.
- Meni hali gapim tugamadi, yaramas qiz deb o'ziga o'zi gapirgancha qoldi.
Chiara xonasiga kirib har doimgidek dush qabul qilib o'rniga yotdi. Kelasi bo'ladigan poygadan havotirda edi. Ayniqsa oxirida aytilgan gap " oxirida kelgan poygachi o'ldiriladi" degan gaplar uni yanada qo'rquvga sola boshladi.