So'nggi o'lja
Sevgi deb o'ylagan edim, bu esa faqat qirg'in edi.
Hayolimga ham kelmagan voqealar sodir bo'lmoqda. Kimlar orasidaman men shunchaki sevimli mashg'ulot sifatida poyga olamiga kirgan edim. Endichi endi kimlar orasidan vaxshiy yirtqichlar orasida. Men bunaqa bo'lishini xohlamagan edim. Faqat va faqat hayot zavqlanib yashamoqchi edim. Hammasi teskarisiga ketayapti. Chiara hayollar bilan bo'lib ketishga tayyorlanayotgan payti Namjoon uni kuzatib turganini sezmadi. Biroz tomoq qirishi bilan Chiara ortga o'girildi.
- Sen qayerga ketishga tayyorgarlik ko'rayapsan- deya sovuq qarash qildi.
- Poygada meni himoya qilganing uchun rahmat senga, ya'ni sizga demoqchi edim- deya biroz bosh egdi.
- Rahmat aytishni ham bilaman de yaxshi undan mendan qarzingni uz, axir seni saqlab qoldim- deya yovuz jilmayish qildi.
- Bugun menikiga borasan, 2 kundan so'ng yana katta poyga bo'ladi tayyorlanishing kerak - Namjoon.
- Siznikiga bormasdan ham tayyorlanaman, shundog'am asosiy ishimga bormayapman - Chiara.
- Mendan qarzdorsan, qarzingni shu yo'l bilan uzasan deya qat'iyat bilan gapirdi.
- Yoq hech qachon bunaqa bo'lmaydi - deya Chiara baland ovozda gapirdi.
-Mm yaxshi unda oyingga bugun haqida yoq umuman barchasi haqida aytaman xo'sh seni nima qilar ekan qiziq - deya Namjoon ayyorona jilmayish qildi.
- Tahdid qilayapsizmi - Chiara
- Istaganingday tushun, menga qiziq emas, qaror qabul qilib chiq seni mashinada kutaman- deya xonani tark etdi.
Chiara pov.
Nima qilaman boshim qotdi. Unga ishonsa bo'ladimi. Yana uyiga chaqirishinichi aqldan ozaman hozir. Lekin oyimga aytsa ham sog' qolmayman. Keyin poygani tushimda ham ko'rmayman. Huh mashinani qo'lga kiritishim kerak. Maqsadimdan kechmayman.
Ko'chaga chiqqanimda mashinasiga suyanib turgan Namjoonni ko'rdim va sekin qadamlar bilan yoniga bordim.
- Bugun chiqmaysan deb o'ylagan edim- kesatiq bilan gapirdi Namjoon.
- Mana chiqdim - deya muloyimlik bilan gapirdi Chiara.
- Hozirgina menga tashlanmoqchi bo'lib turgan yovvoyi mushukcha eding, endi yoqimtoy mushukka aylanib qolding, aigoo siz qizlarni fe'l - atvoringiz daqiqa sayin o'zgarib turadi, lekin menga yoqayapsan mushukcha - deya kulib gapirdi.
- Kulishni ham bilar ekansizku, sizni faqat jiddiy va sovuq qiyofada ko'rar edim - deya tabassum bilan gapirdi.
- Har doim ham kulib yurmiman, menga yoqmaydi, shunchaki hozir seni yoningda kuldim.
Namjoon va Chiara bir necha soniya bir biriga tikilib qoldi. Go'yoki ko'zlar orqali suhbat bo'layotganday yurak esa ularni jim tinglayapti. Keyin Namjoon Chiarani olib uyi tomon yo'l oldi. Uyga kelishi bilan ulkan qasrning katta darvozalari ochildi. Namjoon va Chiara ichkariga kirishdi. Namjoon xizmatchilarga Chiara o'z xonasini oldidan xona tayyor qilishini tayinladi. Ungacha ular mehmonxonada kechki ovqatni birga qilishdi. Ovqatlanib bo'lishgach o'z xonalari tomon yo'l olishdi. Chiara to'g'ri borib katta yotoqqa o'zini tashladi. Zum o'tmay o'rnidan turib oyisiga nima deyishni o'ylay boshladi va hayoliga o'qishdagi dugonasi Dain keldi. Telefonini qo'liga olib unga telefon qildi.
- Eshitaman - Dain muloyim ovozda gapirdi
- Men Chiaraman Dain - deb suhbatni davom ettirdi.
- Chiara nega bugun ishga kelmading , boshliq qancha gapirganini bilasanmk o'qishga ham kelmading qayerda eding o'zi - deya Dain biroz jahl aralash gapirdi.
- Dain meni savollarga ko'mib tashladingku shunchaki bugun muhim ishim bor edi , shuning uchun bora olmadim - deya yolg'on gapirishga majbur bo'ldi.
- Ko'rishganimizda hammasini aytib beraman , faqat hozir menga yordaming kerak , ayni paytda juda zarur - deya biroz hafsala bilan gapirdi.
- Nima bo'ldi ,nega birdan xomush tortding- Dain.
- Bugun oyimga senikida ekimligimni aytaman , sen esa meni gapimni tasdiqlaysan, faqat sezdirib qo'yma - deya erkalanib gapirdi.
- Bu nechinchi martasi axir Chiara sen qayerda qolayapsan bir oyda bu nechinchi marta sodir bo'lishi, rostini ayt menga aytmasdan kim bilandir uchrashayapsanmi - tergaganday bo'ldi Dain.
- Aniyoo qo'ysangchi seningcha meni yigitlar qiziqtiradimi, shunchaki sababini so'rama vaqt topib sen bilan uchrashib hammasini aytib beraman, faqat menga yana biroz yordam qil- deya Chiara erkalanib gapirdi.
- Kelishdik agar biron nima bo'lsa oyingga o'zing javob berasan - Dain.
- Albatta rahmat Dain endi qo'yishim kerak yordam uchun rahmat seni yaxshi ko'raman - deya kulib gapirdi.
- Mayli yaramas qiz bu oxirgisi - deya u ham kulib telefonni qo'ydi.
Shu payt eshik taqillab Namjoon keldi.
- Ha albatta marhamat- deya Chiara o'rnidan turib stol tomon bordi.
- Nega hali uxlamading - Namjoon.
- Men odatda juda kech uxlayman , o'ziz nega hali uxlamagan ediz.
- Shunchaki sen bilan gaplashmoqchi edim , soju ichishga nima deysan.
- Mmm qarshiligim yoq, ichamiz - Chiara.
- Yaxshi men unaqada olib kelaman - Namjoon.
Birozdan so'ng Namjoon qo'lida sojular bilan qaytdi. Ular ichishni boshladi. Chiara 2 qadahdan so'ng mast bo'lib qoldi.
- Bo'ldi boshqa ichma mast bo'lding, agar shunchalik kuchsiz ekaningni bilganimda edi, senga umuman soju taklif qilmagan bo'lar edim.
- Men mast emasman hiq, men yana icha olaman, stakanni bering, - deya stakan tomon qo'l cho'zdi.
- Bo'ldi bas qil, o'rninga yot ertaga musobaqaga tayyorlanishing kerak - deya Namjoon koyiganday bo'ldi.
Chiara oyoqqa tura olmaydigan darajada mast bo'ldi. Namjoon unga yordamlashib o'rniga yotqizdi. Shu payt Chiara Namjoonni qo'lidan tutib qoldi.
- Sovuq bo'lsang ham , juda yoqimtoysan - Chiara
- Axir o'zing meni maqtadingku - Namjoon
- Ketma bugun shu yerda qol- Chiara.
- Bugun biroz erta lekin payti kelganda yonimgdan bir qadam ketmayman - deya labidan chuqur bo'sa oldi. Hayrli tun mening o'ljam yaxshi dam ol - deya ustini yopib xonadan chiqib ketdi.
Namjoon pov.
Birinchi marta o'zimni arang bosib turishim ilgari hech qachon bunaqa qilmaganman. U boshqa qizlardan ancha farq qiladi. Men negadir boshqacha his - tuyg'ularni bugun his qilayapman
Erta tong.
Birinchi marta bunaqa yoqimsiz bosh og'rig'i bilan turishim. Kecha birinchi marta soju ichishim edi. Negadir hech narsani eslay olmayapman kecha nima bo'ldi aysh boshim. To'xta kecha Namjoondan mendan bo'sa oldimi. Axx yoq jin ursin* men nimalar qildim. Endi uni yuziga qanday qarayman.
Yuvinib pastga tushdim mehmonhonada telefon ko'rayotgan Namjoonni ko'rdim. Yuzlarim qizarganini his qildim.
- Sizga ham - boshini ko'tarmay Chiara javob berdi.
-O'tir nonushta qilamiz - Namjoon
- Haligi men uyga ketmoqchi edim - Chiara.
- Senga kecha hammasi tushunarli bo'ldi deb o'ylagan edim.
- Tushunarli gapirmadim deb hisoblaymiz - deya xafa ohangda gapirdi.