Qora qashqir
U -qo'rg'oshindan yasalgan yurak,benzin hidi va xotiralardagi qonga belangan yo'llarda ulg'aygan qiz edi.Uni muhabbat emas qasos yo'ldan qaytara olardi. Faqat... bir inson bundan mustasno edi.
Milanda tungi hayot qaynagan barcha sho'x - shodon, bog'larda juftliklar sayr qilishar ularga monand atrofda romantik musiqa jo'r bo'lar, o'yingohlarni yosh bolalarning shodon kulgisi qoplagan. Barcha baxtli.
Ammo ba'zi insonlar emas. Ular o'zining qora hayotidan mamnun holda yashamoqda.
Chiara Sforza. Yoshi 20 da Turin milliy universiteti biznes fakulteti talabasi. Qora biznes va asosiy biznes olamida eng yosh aqlli kuchli yetakchi hisoblanadi. Unga barcha hattoki eng katta biznes egalariga ham tan berishgan.Uni qora olamda "Qora qashqir"deb atashardi,o'ziga xos sovuq aura ega insonlar qatorida edi. Ota onasi yoshligida vafot etishgan va uni bolalar uyiga topshirishgan. 5 yoshida uni italyan mafia oilasi asrab oladi. Uni katta qiladi. O'qitadi turli xildagi sport turlari qo'l janglari,boks va qilichbozlik kabi sport turlarini shu bilan ko'plab sohalarda tahsil olgan. Boshqa bolalar singari unda bolalik bo'lmagan. Yoshligidan kattalar kabi fikrlagan ya'ni shunga majbur qilishgan. Boshqa qizaloqlar kabi qo'g'irchoq o'ynamagan. Qurol va avtomatlar bo'lgan birinchi o'ljasini 7 yoshida ovlagan va u kiyik bolasi bo'lgan.
Chiarani asl oilasi ham mafia bo'lgan lekin ularni xiyonatda ayblab o'ldirishgan. Chiara bularni yoshligida eshitgani uchun qasos uni ko'zlarini ko'r qilgan va ota onasini qotilidan qasos olish maqsadida yoshligidan boshlab harakat qilib kelmoqda.
Yana biroz harakat va marra uniki. Ha har doimgidek g'oliblik Chiara tomonda.
Styord:Tabrikliman miss Chiara doimgidek chaqqonsan.
Chiara: Rahmat Mr Bianchi, deya ikki do'st qo'l siqishdi.
Styord: Xo'sh bugungi bayramni nishonlash uchun qayerga boramiz.
Chiara: Kechir Styord bugun oilamiz bilan muhim masalada uchrashuvimiz bor, shunga borishim kerak xafa bo'lmisan degan umiddaman.
Styord: Yoq albatta unda ertaga sovg'aningni olib kelgan paytda nishonlaymiz.
Chiara: kelishdik. Ko'rishguncha.
Styord: Ko'rishguncha senorita.
Bugun faqat ikki do'st poyga uyushtirgan edi va yutuq eng qimmat mashinalardan biri porsh avtomobili o'ynalgan edi.
Chiara doim yutgan mashinalarini mehrimonlik, qariyalar va bolalar uyiga sovg'a qilardi.
Sforezlar xonadoni.
Qo'rg'on eshiklari ochilib sovuq auraga xos boʻlgan qora mashinada Chiaraga uyiga qaytdi. Mehmonxonada janob Sforez va Sforez xonim uni kutib turishardi.
Chiara: Hayrli kech barchaga ma'zur tutasizlar biroz kechikdim.
Mr Sforez: Senga ham qizim, qayerdan kelayapsan- biroz jiddiy ohangda savol berdilar
Chiara: Poygadan- hech qanaqa ikkilanishlarsiz.
Mrs Sforza: Bu qiziz hech odam bo'lmadi kech bo'ldi deguncha o'sha poygalariga qarab yo'l oladi.
Mr Sforez: Chunki meni qizimda - mag'runona bosh ko'tardi.
Chiara: Rahmat dada
Mr Sforez : Qizim senda muhim gapim bor.
Chiara: qanaqa
Mr Sforez: Ertaga Koreaga uchamiz, korealik mafia do'stim bazm uyushtirayotgan ekan bizni oilani ham taklif qilishdi, shunga senga ham narsalaringni tayyorla oilaviy Korega boramiz.
Chiara; meni borishim shartmi shunchaki o'zingiz borib keling bilasiz menga unaqa shovqin va odam ko'p joylar yoqmaydi- deya noligandek bo'ldi.
Mrs Sforez: agar hozir poyga yoki ko'cha janglari deganda oyog'ingni qo'lingga olib tayyor bo'larding - deya kesatiq ohangda gapirgan bo'ldi.
Mr Sforez : Ko'cha janglari - chimirilgan qoshlari bilan qiziga qaradi. Buni qanday tushuntirmoqchisan xo'sh
Chiara: Unuting dada, yaxshi ertaga Koreaga boramiz hayrli kech yaxshi dam olinglar deya xonasiga ketdi. Muzdek dush qabul qilib yumshoqqina o'rniga yotdi. Chiara uchun bu tun boshqacha maroq bilan o'tdi. Doim poygali va ko'cha janglarida keyin mazza qilib dam olardi.
Sforezlar Italiyadagi eng kuchli obro'li va taniqli oila hisoblanadi.
Tong vaqti
Soat 4.00 Sforezlar erta tongda Koreaga yo'l olishdi. 11 soat deganda Seoul aeraportiga qo'nishdi.
Ular Koreadagi uncha katta bo'lmagan ixcham uylariga kelishdi va biroz dam olib kechki bazmga tayyorgarlik ko'rishdi.
Kechki payt.
Bazm boshlanish arafasida bazmda barcha mafialar o'z oilalari bilan yolg'izlar esa shunchaki bir kunlik shaxslar* bilan kelishgan. Shu payt eshikdan Sforezlar oilasi kirib keldi. Ichkaridan shunchalik yoqimsiz va sovuq muhit taralib turardiki Chiara bularga chidashga majbur edi. Shu payt ularning oldiga Koreaning eng obro'li mafiali oilalardan biri Kimlar kutib olishdi.
Janob Kim: Xush kelibsan do'stim
Janob Sforez: Xush ko'rdik do'stim - deya 2 do'st ko'rishishdi.
Shu tariqa oilalar bir biri tanishishdi va davraga qo'shildi. Bu paytda bu muhitga moslasha olmagan Chiara havo almashtirish uchun tashqariga chiqqan edi. Shu payt baland bo'yli odam bilan to'qnashib ketdi.
Chiara: Kechirasiz janob ko'rmay qoldim ming bor uzur -deya boshini ko'tarib qaradi.
X: Hech qisi yoq, isming nima.
Chiara: Chiara Sforez
X: Sforezni qizimisan - deya hayronlik bilan so'radi
Chiara: Ha shunday- hech qanaqa hissiyotlarsiz
X: Kim Seokjin tanishganimdan xursandman deya qo'l uzatdi.
Chiara uni qo'liga tikilib ikkilangacha siqib qo'ydi.
Seokjin: Kettik ichkariga deya taklif qildi.
Chiara: Yaxshi - qisqa javob qildi.
Seokjin pov.
Judayam chiroyli qiz ekan. Italyan bo'lsa ham koreys tilida xatosiz gapirar ekan. Sovuq auraga ega bo'lgani bilan judayam mehribon qizga o'xsharkan. Ovozini mayinligidan hech kim uni mafia oilasida katta bo'lgan deb o'ylamaydi.
J.k: Ana farzandlarimiz ham kelishayapti - deya ularga ishora qildi.
K.X: Xo'sh bolalar tanishib oldingizmi biroz hazl ohangda ularga yuzlandi.
Seokjin: Ha oyijon qisqa javob bo'ldi.
J.k: Do'stim nima deysan balkim do'stlik rishtalarini qarindoshlikka aylantirarmiz deya Janob Sforezga yuzlandi.
J.S:Yaxshi taklif do'stim
Chiara birdan ularga yalt etib qaradi .
Kim SeokJin 30 yoshda. Koreaning eng mashhur kuchli,kelishgan shu bilan birga sovuq aurali insonlardan. Uni kuchliligidan Koreadagi barcha mafialar zir titraydi.
Chiara pov
Nima bular aqldan ozganmi tanishganizga 5 daqiqa ham bo'lmagan odamga meni uzatishmoqchimi deyman.Aslo bunga rozi bo'lmayman. Men bu erkinligimdan kechib hech qachon kimgadir qaram bo'lishni xohlamiman.
Bazm tugadi hamma o'z uylariga qaytdi.
J.S: SeokJinga turmushga chiqasan- qat'iy so'zlagan bo'ldi
Chiara: Taniganizga 5 daqiqa ham bo'lmagan yigitga meni berib yubormoqchimisiz dada
J.S: SeokJinni ancha beri bilaman judayam aqlli va kuchli Koreaning eng oldi mafialaridan biri. Seni yaxshi himoya qila oladi.
Chiara:Menga himoyachani keragi yoq. O'zimni o'zim himoya qila olaman.
J.S: Men bitta gapiraman o'sha yigitga turmushga chiqasan, aks holda ota-onangni qotili kim ekanini aytmiman va hech qachon topa olmaysan - deya honasi tomon ketdi.
1 haftadan so'ng SeokJin va Chiarani to'yi bo'lishdi. Kuchlar birlashdi va yanada qudratliroq mafialar to'dasi tuzildi. To'ydan so'ng Chiara SeokJinga bosh egishni xohlamadi. Uni ko'zlarini qasos ko'r qilgandi. Buni tushungan SeokJin Chiarani ota - onasini qotilini topishga unga yordam berdi. Qotilni topdi qasos olindi lekin baribir uni yuragi halovat topmadi.Bilardi qasos olingan bilan uning Ota- onasi qaytib kelmasligini. Oxiri taqdirga tan berib SeokJin bilan yaxshi munosabat qurishga harakat qildi va u buni uddaladi. Hozirda ular qora biznesni tashlab o'zlaring asl bizneslarini boshqarib kelmoqda va ular judayam baxtli oila bo'lishdi.
Qasos insonni shu darajada ko'r qilishi mumkinki ba'zan yaqinlaringga qanday zarar yetkazganingni bilmay qolasan. Qasos olding ham deylik lekin nimadir o'zgarishiga ishonasanmi. Yoq,aslo! Yelkangdagi tog' ag'darilishi mumkin biroq qalbingni tub tubida mittigina so'nmas olov uchquni bo'ladi