July 13, 2025

Reaksiya for Jihyee

Rashk qilishga haqliman. Mendan o'zgasiniki bo'lishing mumkin emas.

Kan Jihyee
23 yoshda yaqinda universitetni tamomladi. Hozirda "Kim corporation"da ish boshqaruvchi sifatida ishlaydi.

Bugungi kun ajoyib boshlandi. Dush qabul qildim,so'ng kiyinib oshxonaga yo'l oldim. Har doimgidek tongni achchiq qahva bilan boshlab oldim. Odatda nonushta qilmayman faqat achchiq qahva ichaman. Bu menga boshqacha energiya beradi. Shu bilan ishga yo'l oldim. O'zimni sevimli musiqamni hirgoya qilib qanday ishga kelganimni bilmay ham qoldim. Lift tomon kelayotgan paytim boshliqni ham ko'rdim.

-Hayrli tong janob Kim- deya Jihyee mayin tabassum bilan unga yuzlandi

- Sizga ham hayrli tong Kan honim - deya Taehyung jiddiylikni saqladi.

Shu yo'sinda ular birgalikda liftga chiqishdi.

Jihyee pov. Biram kelishgan yigit, sovuq bo'lsada doim adolatli qaror chiqaradi, qo'pol bo'lsa ham hammaga doim birdek hurmatda bo'ladi. Lekin uni sevgan qizi bor deb eshitgan edim. O'sha qizga havas qildim.

Lift ochilishi bilan Jihyee 6 qavatga tushdi. Taehyung esa 8 qavatga ko'tarildi.
Shu bilan ular uchun ish boshlandi. Kun tush paytiga yaqinlashdi. Barcha xodimlar tushlikka chiqishdi. Shunda ayrim xodimlar yana gap boshlashdi.

Tushlikdan so'ng yana hamma ishga qaytdi.Shu payt Taehyung kotibasiga telefon qildi.

- Menga savdo bo'limi rahbari Kan honimni chaqiring - deya Taehyung jiddiylik bilan buyruq berdi.

- Hop bo'ladi janob Kim - deya kotiba go'shakni qo'ydi.

Kotiba 6 qavatga savdo ishlari bilan shug'ullanadigan bo'limga bordi va Jihyeeni qayerda ekanini so'radi, so'ng xonasi tomon yo'l oldi.
Eshik taqilladi.

- Kiring - deya Jihyee muloyimlik bilan gapirdi.

- Mumkinmi Kan honim - deya kotiba tabassum bilan gapirdi.

- Albatta marhamat kotiba Pak, xush kelibsiz - deya Jihyeeni kotibani iliq kutib oldi.

- Sizni Janob Kim chaqirgan edilar, shuni aytgani keldim- kotiba.

- Tushunarli kettik - Jihyee.

Ular birgalikda 8 qavatga ko'tarildi. Jihyee Taehyungni xonasini oldiga borganda uni biroz hayajon bosdi. Lekin o'zini yig'ib eshikni taqillatdi.

- Kiring- Taehyung o'sha jiddiylikni saqlagancha gapirdi.

- Chaqirtirgan ekansiz janob Kim - deya Jihyee hijolatomuz gapirdi.

- Ha marhamat Kan xonim o'tiring - deya Taehyung joy taklif qildi.

- Bugun soat kechki 8 da bazm bo'ladi, unda barcha kompaniya rahbarlari taklif etilgan albatta sherigi bilan, shunga sizni taklif qilmoqchi edim, biznes boʻyicha yetarlicha tajribangiz bor, shu bilan hamkorliklar ham qilishimiz mumkin boshqa kompaniyasilar - deya Taehyung iliqlik bilan gapirdi.

- Albatta lekin sevgan qiziz sizni mendan rashk qilmaydimi - deya Jihyee kinoya aralash gapirdi.

- Sevgan qizim - deya Taehyungni qoshlari chimirildi.

- A haligi unuting, menga ruhsat - deya Jihyeeni yuzlari qizarib chiqib ketdi. Tezda u qavatni tark etdi. Nima deganini o'ylab asabiylasha boshladi va o'zini ishga ko'mib tashladi.

Taehyung pov.
Sevgan qizim aslida o'zi ekanini bilsa edi. Jinnivoy rashk qilishni ham bilmaydi. Uni birinchi kompaniyaga kelgan kunidan buyon yoqtiraman. O'sha kundan buyon unga oshiqman. Biroq unga hali bu haqida aytmadim. Vaqti kelsa albatta aytaman. Ungacha uni nima qilishini kuzatish bu men uchun qiziq.

Kechki soat 7 ga yaqinlashishi bilan Jihyee uyiga borib tayyorgarlik ko'rishni boshladi. Yengil make up va bazm bop ko'ylak tanladi. Tayyor bo'lib endi Taehyungga qo'ng'iroq qilmoqchi bo'lganda uyi oldidan mashina ovozi eshitildi. Pastga tushib eshikni ochganda qora mashina ichidan Taehyung tushib keldi.

- Uy manzilimni qayerdan bilasiz - Jihyee hayronlik bilan so'radi.

- Ma'lumotlaringda berilgan - deya Taehyung bosiqlik bilan javob berdi.

- Ochilib ketibsan, lekin ko'ylak ochiqroq ekan menga uncha yoqmadi - deya Taehyung yuzini burishtirdi.

- Sizga yoqishi shart emas janob Kim muhimi o'zimga yoqdi, men sumkamni olib chiqaman - deya Jihyee biroz jahl aralash uyga kirib sumkasini olib chiqdi.

Shu tariqa ular birgalikda bazmga borishdi. Taehyung bazmga viqor bilan kirib bordi. Chunki Koreaning eng mashhur biznesmenlaridan biri edi. Ayni damda ham uning kompaniyasiga hamkorlik takliflari tushmoqda.
Ular asta - sekinlik bilan hamma bilan salomlashib chiqishdi.
Shu onda Taehyung Jihyeeni biroz e'tiborsiz qoldirdi. Sababi Taehyung bir chet ellik hamkori bilan suhbatlashib qolib ketdi. Taehyung hamkori bilan suhbat qurayotgan payt behosdan ko'zi Jihyeega yomon ko'z bilan qarab turgan bir nechta erkaklarga tushdi. Birdan Taehyungni jahli chiqib katta qadamlar bilan Jihyeeni yoniga bordi va yo'g'on qo'llarini uni belidan o'rab oldi. Bu ishni kutmagan Jihyee esa ko'zlari katta - katta bo'lib Taehyungga tikilib qoldi.

- Bu nima qilganingiz qo'lingizni oling - deya Jihyee uni qo'lidan chiqishga harakat qildi.
Shunda Taehyung qo'llariga biroz bosim berib Jihyeeni belini qattiqroq siqdi.

- Yaxshilikcha jim bo'l,senga bu ko'ylakni kiyma degan edim, lekin aytganni qilmading, ko'zi och bo'rilar esa sendan ko'zini uzmayapti- deya Taehyung jahl bilan gapirdi.

- Menga qizig'i yoq, bu ko'ylak menga yoqdi, kiydim, boshqasi bilan ishim yoq, keyin menga faqatgina ishxonada xo'jayinsiz, janob Kim - deya oxiri Jihyee bor kuchini to'plab uni qo'lidan chiqdi.

- Sabrimni sinama qizaloq, jahlim chiqsa oxiri yaxshilik bilan tugamaydi - deya Taehyung o'zini bosishga harakat qildi.

- Nima qilish kerakligini menga emas , yoqtirgan qizizga aytasiz, men esa ketdim janob Kim - deya Jihyee asabiylashib bazmdan chiqib ketdi.
Taehyung ham uni ortidan chiqib qo'lidan ushlab mashinaga o'tirg'izdi.

- Aqldan ozdingizmi - deya Jihyee baland ovoz bilan gapirdi.

- Ha meni aqldan ozdirding - deya u ham Jihyeedan qolishmay baland ovozda gapirdi.

- Nega menga baqirasiz, sizga nima qildim - deya Jihyee yig'lashga tayyor edi.

Taehyung chuqur xo'rsinish bilan gap boshladi.

- Menga bunaqa ochiq kiyinishing yoqmaydi, menga yoqadigan inson faqatgina meni oldimda bunaqa kiyinishi mumkin o'zgalar oldida emas - deya bosiqlik bilan gapirdi.

- Qanaqasiga axir sizni yoqtirgan qizingiz borku - deya Jihyee hijolat bilan gapirdi.

- Ha to'g'ri sevgan insonim bor u ham bo'lsa sensan Jihyee- deya Taehyung tabassum bilan gapirdi.

- Rostanmi - deya Jihyee ko'zlariga yosh oldi.

- Ha rostan menga yoqasan Jihyee birinchi ko'rgan kunimdayoq senga oshiq bo'lganman - deya Taehyung iliqlik bilan gapirdi. Buni aytish uchun qulay vaqtni kutdim, o'sha kun bugun ekan.

Jihyee bu gaplarni eshitib qizarib ketdi. Yuzlari qizargandan Taehyungga qarashga botina olmadi.

Taehyung uni ortiqcha siquvga olmasdan uyiga tashlab qo'yishga qaror qildi va mashinani o't oldirib Jihyeeni uyi tomon yo'l oldi.
Yo'l bo'yi ular gaplashmasdan keldi. Orada Taehyung Jihyeega tabassum bilan qarab qo'yardi. Mashina Jihyeeni uyi oldiga kelib to'xtadi va endi Jihyee tushaman degan payt Taehyung mashinani qulflab qo'ydi. Jihyee unga hayron bo'lib qarab qoldi.

- Meni sevgan qizim sensan, mendan boshqa erkakni senga nazari tushishi mumkin emas, hatto soyasi ham oldingda bo'lishini istamayman,shunday ekan meni jahlimni chiqarma hopmi - deya Taehyung muloyimlik bilan gapirdi.

- Hop - deya Jihyee uyalib yerga qaradi.

- Aqlli qizaloq, uni uyingga bor men qarab turaman, ehtiyot bo'l, yaxshi dam ol, shirin tushlar ko'r - deya Taehyung qizni yuzida qisqa o'pich qoldirdi.
Bundan Jihyee uyalib mashinadan tez tushib uyiga yugurib kirdi. Buni ko'rgan Taehyung esa kulgancha u yerni tark etdi.

Kunlar shu tariqa o'ta boshladi. Taehyung va Jihyee ancha bir biriga yaqin bo'lishdi. Oxirida esa ular turmush qurishdi. Hozirda ular baxtdan ko'zlari quvnagan misli oqqushlardir.