July 1, 2025

So'nggi o'lja

Ep -4

Sevgi deb o'ylagan edim, bu esa faqat qirg'in edi.

Hayolimga ham kelmagan voqealar sodir bo'lmoqda. Kimlar orasidaman men shunchaki sevimli mashg'ulot sifatida poyga olamiga kirgan edim. Endichi endi kimlar orasidan vaxshiy yirtqichlar orasida. Men bunaqa bo'lishini xohlamagan edim. Faqat va faqat hayot zavqlanib yashamoqchi edim. Hammasi teskarisiga ketayapti. Chiara hayollar bilan bo'lib ketishga tayyorlanayotgan payti Namjoon uni kuzatib turganini sezmadi. Biroz tomoq qirishi bilan Chiara ortga o'girildi.

- Sen qayerga ketishga tayyorgarlik ko'rayapsan- deya sovuq qarash qildi.

- Poygada meni himoya qilganing uchun rahmat senga, ya'ni sizga demoqchi edim- deya biroz bosh egdi.

- Rahmat aytishni ham bilaman de yaxshi undan mendan qarzingni uz, axir seni saqlab qoldim- deya yovuz jilmayish qildi.

- Nima xohlaysiz - hayron ifodada so'zladi Chiara

- Bugun menikiga borasan, 2 kundan so'ng yana katta poyga bo'ladi tayyorlanishing kerak - deya qat'iyat bilan gapirdi Namjoon.

- Siznikiga bormasdan ham tayyorlanaman, shundog'am asosiy ishimga bormayapman - deb biroz jahl aralash gapirdi Chiara.

- Mendan qarzdorsan, qarzingni shu yo'l bilan uzasan deya qat'iyat bilan gapirdi- biroz sovuq ifoda bilan.

- Yoq hech qachon bunaqa bo'lmaydi - deya Chiara baland ovozda gapirdi.

-Mm yaxshi unda oyingga bugun haqida yoq umuman barchasi haqida aytaman xo'sh seni nima qilar ekan qiziq - deya Namjoon ayyorona jilmayish qildi.

- Tahdid qilayapsizmi - qoshlari chimirildi Chiarani

- Istaganingday tushun, menga qiziq emas, qaror qabul qilib chiq seni mashinada kutaman- deya e'tiborsizlik bilan xonani tark etdi.

Chiara pov.
Nima qilaman boshim qotdi. Unga ishonsa bo'ladimi. Yana uyiga chaqirishinichi aqldan ozaman hozir. Lekin oyimga aytsa ham sog' qolmayman. Keyin poygani tushimda ham ko'rmayman. Huh mashinani qo'lga kiritishim kerak. Maqsadimdan kechmayman.

Ko'chaga chiqqanimda mashinasiga suyanib turgan Namjoonni ko'rdim va sekin qadamlar bilan yoniga bordim.

- Bugun chiqmaysan deb o'ylagan edim- kesatiq bilan gapirdi Namjoon.

- Mana chiqdim - deya muloyimlik bilan gapirdi Chiara.

- Hozirgina menga tashlanmoqchi bo'lib turgan yovvoyi mushukcha eding, endi yoqimtoy mushukka aylanib qolding, aigoo siz qizlarni fe'l - atvoringiz daqiqa sayin o'zgarib turadi, lekin menga yoqayapsan mushukcha - deya kulib gapirdi.

- Kulishni ham bilar ekansizku, sizni faqat jiddiy va sovuq qiyofada ko'rar edim - deya tabassum bilan gapirdi.

- Har doim ham kulib yurmiman, menga yoqmaydi, shunchaki hozir seni yoningda kuldim deya samimiy jilmayish qildi Namjoon.

Chiara pov.
Undagi samimiy jilmayishni birinchi ko'rishim. Yuragim buncha tez urmasa nahot unga oshiq bo'lgan bo'lsam. Aqlingni yig' Chiara. U mafia axir. Menga tinchgina hayot kerak. Ortiqcha urush va qurbonlarsiz.

Namjoon va Chiara bir necha soniya bir biriga tikilib qoldi. Go'yoki ko'zlar orqali suhbat bo'layotganday yurak esa ularni jim tinglayapti. Keyin Namjoon Chiarani olib uyi tomon yo'l oldi. Uyga kelishi bilan ulkan qasrning katta darvozalari ochildi. Namjoon va Chiara ichkariga kirishdi. Namjoon xizmatchilarga Chiara uchun o'z xonasini oldidan xona tayyor qilishini tayinladi. Ungacha ular mehmonxonada kechki ovqatni birga qilishdi. Ovqatlanib bo'lishgach o'z xonalari tomon yo'l olishdi. Chiara to'g'ri borib katta yotoqqa o'zini tashladi. Zum o'tmay o'rnidan turib oyisiga nima deyishni o'ylay boshladi va hayoliga o'qishdagi dugonasi Dain keldi. Telefonini qo'liga olib unga telefon qildi.

- Eshitaman - Dain muloyim ovozda gapirdi

- Men Chiaraman Dain - deb suhbatni davom ettirdi.

- Chiara nega bugun ishga kelmading , boshliq qancha gapirganini bilasanmi o'qishga ham kelmading qayerda eding o'zi - deya Dain biroz jahl aralash gapirdi.

- Dain meni savollarga ko'mib tashladingku shunchaki bugun muhim ishim bor edi , shuning uchun bora olmadim - deya yolg'on gapirishga majbur bo'ldi.

- Qanaqa muhim ish - hayron ifoda gapirdi Dain.

- Ko'rishganimizda hammasini aytib beraman , faqat hozir menga yordaming kerak , ayni paytda juda zarur - deya biroz hafsala bilan gapirdi.

- Nima bo'ldi ,nega birdan xomush tortding- deya havotir bilan gapirdi Dain.

- Bugun oyimga senikida ekanligimni aytaman , sen esa meni gapimni tasdiqlaysan, faqat sezdirib qo'yma - deya erkalanib gapirdi.

- Bu nechinchi martasi axir Chiara sen qayerda qolayapsan bir oyda bu nechinchi marta sodir bo'lishi, rostini ayt menga aytmasdan kim bilandir uchrashayapsanmi - tergaganday bo'ldi Dain.

- Aniyoo qo'ysangchi seningcha meni yigitlar qiziqtiradimi, shunchaki sababini so'rama vaqt topib sen bilan uchrashib hammasini aytib beraman, faqat menga yana biroz yordam qil- deya Chiara xafa bo'lganday gapirdi.

- Kelishdik agar biron nima bo'lsa oyingga o'zing javob berasan - deya jahl bn gapirdi Dain.

- Albatta rahmat Dain endi qo'yishim kerak yordam uchun rahmat seni yaxshi ko'raman - deya kulib gapirdi.

- Mayli yaramas qiz bu oxirgisi - deya u ham kulib telefonni qo'ydi.

Shu payt eshik taqillab Namjoon keldi.

- Kirsam bo'ladimi- qiziqish bn so'radi Namjoon

- Ha albatta marhamat- deya hijolat bn Chiara o'rnidan turib stol tomon bordi.

- Nega hali uxlamading - hayron bo'lib so'radi Namjoon.

- Men odatda juda kech uxlayman , o'ziz nega hali uxlamagan ediz - deya hissiz gapirdi Chiara

- Shunchaki sen bilan gaplashmoqchi edim , soju ichishga nima deysan - qosh qoqib so'radi Namjoon

- Mmm qarshiligim yoq, ichamiz - deya kayfiyati ko'tarildi Chiarani.

- Yaxshi men unaqada olib kelaman - deb yuzida tabassum bilan chiqdi Namjoon.

Birozdan so'ng Namjoon qo'lida sojular bilan qaytdi. Ular ichishni boshladi. Chiara 2 qadahdan so'ng mast bo'lib qoldi.

- Bo'ldi boshqa ichma mast bo'lding, agar shunchalik kuchsiz ekaningni bilganimda edi, senga umuman soju taklif qilmagan bo'lar edim - deya dakki bergandek bo'ldi Namjoon

- Men mast emasman hiq, men yana icha olaman, stakanni bering, - deya Chiara stakan tomon qo'l cho'zdi.

- Bo'ldi bas qil, o'rninga yot ertaga musobaqaga tayyorlanishing kerak - deya Namjoon koyiganday bo'ldi.

Chiara oyoqqa tura olmaydigan darajada mast bo'ldi. Namjoon unga yordamlashib o'rniga yotqizdi. Shu payt Chiara Namjoonni qo'lidan tutib qoldi.

- Sovuq qiyofada bo'lsang ham , juda yoqimtoysan - deya past ammo yoqimli gapirdi Chiara

- Buni bilaman - deya kulib qo'ydi Namjoon

- Maqtanchoq - deya kuldi Chiara

- Axir o'zing meni maqtadingku - u ham qizga tabassum qildi

- Ketma bugun shu yerda qol- deya Chiara erkalandi.

- Bugun biroz erta lekin payti kelganda yonimgdan bir qadam ketmayman - deya labidan chuqur bo'sa oldi. Bu egalik bo'sasi edi. Hayrli tun mening o'ljam yaxshi dam ol - deya ustini yopib xonadan chiqib ketdi.

Namjoon pov.
Birinchi marta o'zimni arang bosib turishim ilgari hech qachon bunaqa qilmaganman. U boshqa qizlardan ancha farq qiladi. Men negadir boshqacha his - tuyg'ularni bugun his qilayapman. Zulmat bosgan hayotimga yorqin nur kabi kirding o'ljam. Hayotimda men qadrlagan inson paydo bo'ldi. Bu sensan meni mitti o'ljam.

Erta tong.
Birinchi marta bunaqa yoqimsiz bosh og'rig'i bilan turishim. Kecha birinchi marta soju ichishim edi. Negadir hech narsani eslay olmayapman kecha nima bo'ldi aysh boshim. To'xta kecha Namjoondan mendan bo'sa oldimi. Axx yoq jin ursin* men nimalar qildim. Endi uni yuziga qanday qarayman.

Yuvinib pastga tushdim mehmonhonada telefon ko'rayotgan Namjoonni ko'rdim. Yuzlarim qizarganini his qildim.

- Hayrli tong - deya samimiy jilmayish qildi Namjoon

- Sizga ham - boshini ko'tarmay qizarib javob berdi Chiara.

-O'tir nonushta qilamiz - deya kulib qarshi oldi Namjoon

- Haligi men uyga ketmoqchi edim - deya hijolatamus gapirdi Chiara.

- Senga kecha hammasi tushunarli bo'ldi deb o'ylagan edim - sezirarli darajada qoshlari chimirildi Namjoonni.

- Tushunarli gapirmadim deb hisoblaymiz - deya xafa ohangda gapirdi.