June 15, 2025

So'nggi o'lja

Men muhabbat izlagandim, u ov izlab kelgan ekan.

Chiara uyga asabiy kirib keldi. Buni sezgan oyisi unga ortiqcha bosim o'tqazishni istamadi. Chiara xonasiga chiqib alamini devordan oldi. Qancha ursa ham hech alami bosilmadi. Oxiri holdan toyib charchab qoldi. Dush qabul qilib qo'llarini o'rab uxlab qoldi.

Erta tong
Bugun dam olish kuni Chiarani o'qishi ham ishi ham yoq. Bugun to'ygunicha uxlasa bo'ladi. Oyisi ham uni bezovta qilmay ishga ketdi. Soat millari 10 ko'rsatar ekan Chiara endigina uyqudan uyg'ondi.

- Shuncha ham uxlaymanmi, soat 10 bo'libdiku - deb o'ziga o'zi gapirib ketdi. Dush qabul qilib qo'llarini yopadigan uzunroq kiyim kiydi. Oyisi ishga ketganligi sabab bir o'zi tushlik qilib oldi. Anchadan buyon sayr qilmaganligi sabab sayr qilishga ketdi.