Zulmat eshik qoqanda
Zulmat eshik qoqqan soatlar allaqachon boshlangani sababli deyarli hamma chiroqlar o'chirilgan, barcha uyqu sohillarida sayr qilib yurgan mahal bilasizmi kimlar tunni bedor o'tkazadi...?
Sevgilisini diydoriga haligacha to'yolmagan baxtli qizlar, kelajagi yoki oilasi uchun harakatda bo'lgan metin irodali insonlar yokida hayotning o'nqir cho'nqirlari qiynab yuborgan ayrimlarning ko'ziga uyqu shulasi ham ko'rinmaydi...Ammo yana bir toifa borki allaqachon o'z hayotini xayolotiga aylantirib yuborgan Nei Ryomen kabi insonlar.
Barcha chiroqlari o'chirilgan kvartiralarning birida, faqatgina 6qavatning 4xonasidan yorqin yorug'lik porlardi. Qoshnilari tomonida "Xayolparast" "Bekorchi" "Machoxizm" yoki "Beo'xshov" kabi nomlar bilan ataluvchi qiz o'z ijtimoiy tarmoq sahifasiga beshinchi yirik hikoyasining so'ngi qismini joylagach horg'in stulga suyanib, ko'zlarini ishqalashdan oldin himoya ko'zoynaklarini yechdi.
-- lanati...charchadim - ufladi qiz kompyuterdan xabarning joylanish jarayonini kuzatarkan. O'zini stoldan itarib o'rnidan turdi va xonasi derazani ochdida, derazaga suyanib "Nei Ryomen" sahifasidan o'z hikoyalariga kelgan sharhlarga ko'z yugurtira boshladi
-- nahotki shunchalik bag'ri tosh bo'lsangiz...shuncha qiynalgani yeymagandek yana azoblash nega kerak edi - qiz ovoz chiqarib o'qigan sharhidan so'ng asabiylashib telefonni siqdi, qorachig'ini ko'z kosasi bo'ylab aylantirarkan o'zi biladi bu sharh egasini qanday lanatladi.
Keyingi sharhga o'tishdan oldin ozgina hayol surdi. Ko'zlari o'sha yozuvlarda qolib ketdi. Telefon yorug'ligi sababli ko'zlari achishgach fikrini jamlab keyingi sharhga o'tdi
-- ishoning sizni shunchalik yomon ko'rib qolyapman, agarda uyingiz manzilini bilganimda allaqachon jinni xonaga topshirishlarini iltimos qilardim - sharhdan so'ng Nei muzladi, asab tolalari yorilgudek bo'lib baqirdi...yengil tortgach ko'zlarini yumib, ko'zlaridan yosh dumalashiga ruhsat berdi
-- ularning talablarini bajo keltirsam ham men yomonmi? - qiz pichirladi ko'z yoshi bilan allaqachon sho'rlangan lablarini tishlab.
Qoshni xonadan kelayotgan onasining va notanish erkakni aloqa vaqtidagi nolalari eshtilarkan Nei jim turishni va o'sha ovozlarga quloq solishni xoxlamasdi. Telefoni qattiq tishlab, telefon ekranida yana bir siniq iz qoldirgach uni orom kutsisiga otib yubordi. Shahd bilan borib stoli ustidagi uyqu doridan 2tasini hatto suvsiz yutib yubordi. Yuzini qo'llari orasiga olib nimadirni o'yladiyu boshini silkib xayollardan xalos bo'lgnadek tinchlanyiruvchi uyqudori tanasida tarqalib uni uyqu kemasi palubasiga chorlachiga izm berdi.
4ta kichik qadamlar bilan qiz yotog'iga yetdiyu pastelni ko'tarib ichiga kirdi yostiqni quchib unga boshini qo'ydi. Ko'zarini yumarkan ushbu yostiqni issiq va keng yelkali kelajakdagi eri kabi tasavvur qildi. Sekin jilmayib, uyquga ketgach nafasi o'z maromiga tushgan qiz butunlay sokin uyqu domiga cho'kdi
Nei Ryomen... Ko'plar uni maniac yoki vaxshiy qirolicha deydi. Chuki hali hech qaysi o'quvchining uning hikoyalarini o'qishga asabi chidamagn. Va bundaylar juda kamyob. 11yoshida qalam tutgan qiz, o'z hayotini shu hikoyalariga chirmab tashlagan, ko'plar unga hayot u o'ylagandek emasligini va bu hikoya yozishlar bemanilgini tushintiradi...lekin baribir bu qiz o'z hunarini tashlamaydi. Nei o'z agressiyasini, negativlarini hikoya yozish bilan chiqaradi natijada bu asar darajasiga chiqqan hikoyalarining hech biri baxtli yakun topmaydi. Ayniqsa undagi boshqa qahramonlarning hayot qiyinchiliklaridan yoxud taqdir zarbalaridan aqldan ozishi insonning bu asarlardagi chalkashliklardan zeriktirishi aniq. Lekin shunday bo'lsada Nei bu siyoh ruchkasini qo'lidan qo'ymaydi.
Soat millari chiqqillab soniyalar, daqiqalarga ulanarkan yotoqda tinchgina uxlab yotgan qiz to'satdan, og'riqdan qichqirib bukchayishga majbur bo'ldi. Hali uyqusi o'chmagan qiz meni kim tepib yubordi deb o'ylab, suyaklari sinmaganiga hayron bo'lgancha uyqudan ochilishga urindi...ammo haligi fil zarbasidek kuchga ega bo'lgan odam hech narsani kutmay qizning yelkasiga qadar bo'lgan sochlaridan changallab uni sudray boshladi
Qizning polda oyoqlari shilinib, og'riqdan chinqirishiga etibor bermayotgan bu erkak uni endi zinalardan pastga sudray boshladi.
*Axir uyimda zinalar yoqku,* o'yladi Nei ammo miyyasidagi og'riq sabab jumboqning tagiga yeyishga ulgurmadi. Hali ko'zyoshdan yuzi qurimagan qizning ko'zlaridan qayta marjonlar to'kila boshladi.
Haligi inson qizning tepib burchakka uloqtirdi qiz baqirib biqinini ushlarkan boshiga kitob javoni tushib ketgach xonada singan suyaklar ovozi eshitildi. Nei baqirdi...kitob javonidagi kitoblar qonga burkandi. Qimmat polning bu jirkanj qizning qoni bilan bo'yalayotganini tomosha qildi..uni shu ko'yga solgan erkak.
Nei yordam so'rab baqirarkan holsizlikdan ovozi chiqmay qolguncha, haligi erkak joyida qimirlamay ushbu sahnani tomosha qild. Yana oyoqlaridan foidalanib qizning ustidagi yarim tonna keladigan javonni tepib, ag'dararkan qizning ezg'ilanishga sal qolgan, madorsiz tanasi ko'z oldida gavdalandi. Yengillikdan nafas oldi qiz va xaloskoriga... avval uni qiynab endi bir o'limdan saqlab qolgan insonga qarash uchun yuzini zo'rg'a bura oldi.
O'lik qora ko'zlarga duch kelgach qizning dami ichiga qaytdi. Hozirgini ezg'ilanay degan tanasiga kuchli qo'rquv va mador tarqab imkoni bo'lsa bu makonni tark etishni ham xoxlab qoldi qiz.
-- Zaire - deya oldi qiz o'z so'zlarini topolmay. Odatda gapga burro va jumboqga dono bo'lgan zaboni-u miyyasi negadir ishlamay qoldi. *Nima men o'z hikoyamdamanmi, bu tush...albatta bu tush* miyyasida allaqachon majlis boshlangan qiz atrofga qaradi...aynan hozir u nafas olishni unutsa unutadiki lekin bu yuz-u, joylarni unutmaydi. Qiz aynan o'z hikoyasida...muxlislar tomonida aqldan ozgan sharhlar esa bo'ladigan hikoyalarida.
Nei Zaeir deb nomlagan erkak qizga yaqinlasha boshladi. Qizning kichkina va mo'rt gavdasi ustidan baland ko'tarildi. Qiz uning o'lik ko'zlariga tikilarkan xonada bo'g'uvchi sukunat hukmron surdi.
Zaeir qizning suyaklari singan qo'lidan qattiq ushlab boshqa suyaklari sinishiga ishon hosil qilgudek siqdi. Nei og'riqdan yig'lab erkakdan iltijo qilarkan, Zaeir zarikkan hufladi. Keyingi ko'z ochishlar bilan qiz o'zini qayta majburan polda sudralayotgan tanasini topdi. Og'riqdan allaqachon aqli shoshib qolgan va o'limiga rozi bo'lgudek iltijo qilardi.
U bu tush ekanligini yoki haqiqat ekanligini anglolmadi, tush desa og'riqlar va sezgilar bunga teskari, haqiqat desa Zaeir, o'z qo'li bilan yozib, yaratgan maxluqoti qanday qilib bu yerdaligini bilolmasdi. Axir u oddiy hikoya...azoblarini oxiri yo'q deb belgilangan bir hikoya qahramoni...nima u endi qizdan qast olmoqdami.
Neining miyyasi javob topishga juda zaif edi...u ho'ir 1000lab erkaklar ostida uyg'onishga rozi...bu Zaeir isimli maxluoqot qo'lida qolgandan ko'ra. Zaeir Neini sudrarkan qiz tushundi, u hozir o'z qo'llari bilan yaratgan qabih hikoyalarida.
Zaeir qizning 3ta qo'liga teng bo'lgan qo'li bilan katta eshikni ocharkan...qulf buralib eshig g'irchillab ochildi.
Nei ko'rgan manzarasidan nafas olishni unutdi. Butunlab qotib qoldi faqat miyyasida 5 ism takror aylanib ular uni nima ko'yga solishlarining eng jirkanj go'yalarini taxmin qilib ko'rdi. Balki oldin zo'rlab keyin uni tiriklayin yoqishar...yo'q bu ular qila oladigan eng yengil jazo...eng yengili.
-- oh kichkintoyimiz shu yerda...axvollar qanday azizim -dedi bir erkak hayvontomuz tirjayib. Boshini bir oz qizga qarash uchun egerkan, qo'rqqanidan devorga yopishim, devor bilan birlashib ketgudek bo'lgan qizdan hafsalandi.
Zaeir qizning sochlaridan ushlab yerda sudrarkan qiz hatto baqirishni unutgan. Ko'z yosh tiqilib, to'lib qolgan yuzi bilan bir nuqtaga qarardi. Zaeir uni aylana divan o'rtasidagi maydonga tashlarkan o'zi boshqa yovuzlar...balki shaytonlar o'tirgan aylana divandan joy egalladi.
Nei yerga qaradi ko'z qorachig'i kichraygan, nafas olishi allaqachon buzilgan, o'pkasi baqiriqqa to'la, lekin tovushlari yo'q.
-- men...men...hech narsani...tushunmayapman - dedi Nei duduqlanib to'g'ri so'zlarni qidira olmay
-- aynan nimani -dedi boshqa bir erkak
-- men...men... -yig'lab yubordi qiz. Xonada 5 erkakning kulgusi yangradi
-- nima bo'ldi mushuk tilingni tishlab oldidi azizim - dedi boshqa bir sovuq va yo'g'on ovozli erkak. Barcha erkaklar qizning qo'rquvidan rohatlangandek xandon otishardi.
-- qanday -deya oldi qiz pichirlab
-- shunday...biz o'z mudhish, lanati hayotimiz sababli sendan qasos olishimiz uchun shu yerdasan.
-- men...men hech narsa -qiz erkaklarga qaradi.
--Isaac, Mark, Scara, Jay, Zaeir men...men bunga loyiq emasman...sizlar bunday qilolmaysiz.
Har birining yoshi 30dan oshgan erkaklar kilishdan to'xtadi. Kumush rang sochli erkak o'rnidan turib notinch atmasferali xonada charm etikning gursillashini qoldirib qiz tomon yurdi. Neining iyaglaridan muloyimlik bilan ushlab uni o'ziga qarashga majbur qildi. Neining moviy ko'zlari. Qonagan lablari va yuzida ozgina ko'karishlar bo'lsada hali hamon chiroyli aurasiga boqdi. Erkak egilib qizning ko'kargan yanog'ini og'riqli tishladi. Qiz etagini maxkam suqmoqchi bo'ldiyu lekin qo'lidagi singan suyaklar og'rig'i uni sezgir qilib qayta ko'z yoshga undadi.
-- sen bizga hech kim xoxlamaydigan taqdir berding, sen bizning qiynalishimizni...bizda his tuyg'u borligini bilib bizga shunday qilding -dedi erkak past ovozda. Nei endi nimadir deyish uchun og'iz juftlagandi hamki hozirgina tishlab erkalangan yanog'iga shiddatli tarsaki kelib tushdi. Natijada qizning terisi yirtilib yerga quladi. Kumush rang sochli erkak uni sochlaridan o'rab boshini ko'tardi
-- I..Isaac - deya oldi qiz titragan va notekis so'zlari bilan
-- endi bizdan raxm so'rashga haqqing yo'q azizim. Vada bermanki hatto o'lim ham sen uchun mukifot bo'ladi - Isaac qizning yuzini siqib, yuz terisida ko'karish qoldirgancha asabiylikdan qisilgan jag'i bilan vishshilladi