October 13

Najot farishtasi

Jk yonib turgan nigohi bilan bir necha soniya Asenani teshib yuborgach xonadanchiqib ketdi...........

Epizootic 4
Men hozir ishga borishim kerak. - dedi jk oltida oshxonaga tushib.
- Men ungacha sayr qilib turaman unda. - Asena gazni oʻchirib, tayyorlayotgan ovqatini chetga surib qoʻydi.
- Qanday sayr? Kech boʻldi-ku.
- Uyni yopib ketishing kerakmi?
- Ha, sening ustingdan qulflab ketaman. Mehmonxona va oshxonadan boshqa xonalarga oʻtishing taʼqiqlanadi. Baribir bilib olaman. Shunday ekan, bu ishga qoʻl urma.
Jj xonasiga chiqib ketayotganida Asenaʼning hijolatli ovozi eshitilib qoldi.
- Haligi... Xojatxona tomonga oʻtish mumkinmi?
- Mumkin. - jk miyigʻida kulib qoʻyib ishga hozirlik koʻrdi.
Bahor boʻlishiga qaramay qora qoʻlqop kiyib olgan, allaqanday sumkani koʻtarib olgan jk oshxonaga koʻz tashlab, qizning yoʻqligiga ishonch hosil qilgach quloqchin orqali kim bilandir suhbatlashib ketdi.

.
Yoʻlga chiqyapman. Bir zumda yetib boraman.
- Demak odamlar oʻzgarib turar ekan.
- Ajoyib. Jk aytilgan vaqtda aytilgan joyga yetib kelmadi. - jkdan otdi telefon ortidagi odam jk mashinasini koʻchaga olib chiqar ekan. -Aytsam birov ishonmaydi. Senga nima jin urdi?
- Hech narsa boʻlgani yoʻq. Oʻndaqiqaga qolmay yetib boraman. Hech kimga ovoza qilish shartmas! Ish bajariladi.
- jk.mijozning talabi oʻzgardi. Murdaning koʻrsatkich barmogʻini tusab qolibdi koʻngillari.
Jk boʻralatib soʻkinib oldi.
- Yana nima kerak ekan?! Esini yeganmi? Masofadan tinchitaman uni.
- Pishirib yeydimi barmoqni?
- Balki. Hoy menga qara, haqqini olgandan keyin ishingni bajar.
Mening oldimga barmoq bilan kel, aks holda kelishuvga amal qilinmagan deb hisoblanadi va ... natijasini bilasan-a?
- Ha.
Jk goʻshakni oʻchirib yana soʻkinib oldi. Birozdan soʻng keskin tormoz berib bor ovozi bilan gʻazab ila baqirib yubordi.
- ASENA...
Gʻiyq! Mashina keskin toʻxtab, Asenaning boshini urib olgani eshitildi.
Jk.mashinada tushib, yukxonani ochdi va koʻzlari moʻltirab turgan qizni koʻrdi.
- Jin ursin! - jk.mashinasini tepib yubordi. Soʻkinib zahrini mashinaga sochsa ham Asenaga indamadi.
- jk.
- Nima deysan?! "Ayb oʻzingda, mashinada ekanimni payqamading" deysanmi? "Uyda boʻlsang ham mashinangni qulflab yurishing kerak edi,

men mana shu kichkina burnimni ham hammayoqqa suqib yurishim shart" deysanmi? Yoki xojatxona bilan mashinani farqiga bora olmasligingni aytasanmi? A?! Gapir!
- Meni kechir, bunday boʻlishini kutmagandim.
- Sen shuncha-ki mashinamga berkinib olib, qayerda ishlashimni bilib olmoqchi eding! Shundaymi?
Jkning telefoni jiringlab qoldi.
- Sen sababchisan! - baqirdi jk jonsiz telefonga qarab. - Sen mingʻirlab boshimni achitmaganingda uning mashinadaligini avvalroq payqardim. Jin ursin seni!
Jk goʻshakni koʻtardi. Asena esa qoʻrqqanicha katta mashinaning keng yukxonasida biqinib oʻtirar edi.
- Jungkook, kech qolyapsan!
- Hozir yetib boraman! - Jungkook goʻshakni qoʻyib soʻkindi.
Jk bir necha soniya oʻylab, hozirgi holatni tahlil qildi. Juda tez haydagani uchun uydan uzoqlashib ketishgan. Asenani uyga qaytarib yubora olmaydi. Bu yerlardan taksi topish qiyin. Vaqt ham oʻtib bormoqda.
Yagona yoʻl uni ham olib ketish. Oʻtaketkan ahmoqlik. Mashinani ikki koʻcha narida toʻxtish kerak. Keyin kesib olingan koʻrsatkich barmoq bilan koʻchada yurib, mashinasiga yetib olishi kerak.
- Yukxonada yarimta ham tovush chiqarmay, jim oʻtir! - qoʻlini bigiz qilib baqirdi jk. - Axir sen buni qoyillatasan-ku!
Jk yukxona eshigini qarsillatib yopdi. Rulga oʻtirishdan oldin qora oynalarga koʻzi tushib yana asabiylashdi. Agar ichkarini koʻrsatmaydigan shu oynalar boʻlmaganida Ali Asenani darxol sezgan boʻlardi.
- jk, kel gaplashib olaylik. - Asena zoʻrgʻa tovush chiqardi jk mashinani haydashni boshlagach.
- OVOZINGNI OʻCHIR!
Qolgan yoʻlni ikkalasi ham sukut saqlab bosib oʻtdi. Bir necha
daqiqadan soʻng jk mashinadan tushib qurolini shimining orqasiga qistirib mashinani qulfladida koʻcha boʻylab xotirjam harakatni boshladi.

Yukxonada qamalib oʻtirgan Asena bir-biridan dahshatli fikrlar qurshovida qolib ketdi.
- jk qotil! - pichirladi qiz koʻziga yosh toʻlib.
Oradan yigirma daqiqa oʻtmasidan jk qaytib keldi. U hotijram edi.
Demak, ish bajarilgan. Asena tovush chiqarmay yigʻlashda davom etardi.
Jk katta koʻchaga chiqqanida yoʻl chetidagi DAN xodimlari koʻchadan oʻtayotgan har bir mashinani toʻxtatayotganini koʻrdi.
- Qora dori. - pichirladi jk
- Kapitan Lu Suu Hujjatlaringiz?
- Hammasi joyida, kapitan. - dedi jk hujjatlarni taqdim etar ekan.
- Yukxonani oching.
Jk mashinadan tushib yukxonani ochdi. It olib kelib iskatmoqchi boʻlib turgan kapitan yigʻlamsirab turgan Asenani koʻrib jkga yuzlandi.
- U xotinim boʻladi. - hijolatli jilmaydi jk. - Oilaviy mojaro.
- Chindan ham u sizning eringizmi? - Asenaga yuzlandi militsiya xodimi.
- Ha, xoʻjayinim. Aytganlarini qilmaganim uchun jazo bu. - hazil aralash dedi qiz.
- Pastga tushing.
Jk Asenani bir urinishda koʻtarib yerga qoʻydi. Qizning oyoq-qoʻli qaltirar, oʻzi anglab yetgan haqiqatni hazm qila olmasdi. Jk uni yiqilib tushmasligi uchun tutib turdi. Kapitan Le suu esa mashinani toʻliq koʻzda kechirib, itga iskatib koʻrgach ketishlariga ruxsat berdi. Shunga qaramay it burnini jk tomonga burar, ehtimol uning kissasida havo va hidni oʻtkazmaydigan paket ichidagi barmoq va qonni sezgandir?
- Hammasi joyida, ketishingiz mumkin... Zhang!
- Eshitaman, kapitan.

Rafiqangizni asrang. Kun kelib undan ayrilib qolganingizda yukxona emas, boshingizda olib yurishga ham tayyor boʻlasiz, ammo kech boʻladi.
- Tushunarli. Buni esda saqlab qolaman.
Jk bazoʻr yurayotgan Asenani mashinaning old oʻrindigʻiga oʻtkizib u yerdagi sumkaniqizning qoʻliga tutqazib qoʻydi. Oʻzi rulga oʻtirib sukut saqlagancha mashinani boshqarib ketdi.
- Familiyang Jeon emas ekanda?
- Hm. - boʻgʻzida gʻoʻngʻillab qoʻydi jk qizning hozirgi holatda ham savol berganidan biroz ajablanib.
- Ular qayerdan bilishdi? - dedi Asena nima demoqchi boʻlganini tushungan-tushunmaganini bilish uchun jkga koʻz tashlab qoʻyib.
- Hech narsani bilishgani yoʻq. Oʻsha koʻchadan yaqin orada qora dori ortilgan mashina oʻtishi haqida xabar olishgan. Boshqa yoʻl yoʻq, shu koʻchadan oʻtishlari aniq. Qolgan yoʻllarni toʻsib, shu koʻchadagi har bir mashinani tekshirib chiqishyapti.
- Ha, tushunarli... Bu nima? - dedi Asena tizzasida turgan sumkaga ishora qilib.
- L115A3. Snayper.
Asena indamadi. Hech qancha oʻtmay ular uyga qaytishdi. Jk Asenani eshik tagida qoldirib oʻzi mashinadan tushmadi.
- Chopib olingan barmoqni mijozga yetkazib berishim kerak. - hech qanday hissiz dedi jk
Asena Ali tutqazgan kalit bilan eshikni ochib qaltiragancha ichkariga kirib ketdi. Jk esa katta tezlikdamashinani boshqarib ketdi.
- Nega u bunday qildi? - oʻziga-oʻzi savol berdi Asena mehmonxonaga arang koʻtarilib.
Jk ishni bitirib kelganida qiz kreslda oʻylanib oʻtirar edi.
- Xoʻsh gaplashib olamizmi? - dedi jk tund qiyofada.
- H-ha...
,.
- Demak, endi bilasan... kim boʻlib ishlashimni. Nazarimda sen uchun koʻplab sirlar ochildi. Shunda ham savollaring bormi? Eh qanday ahmoqona savol boʻldi-ya! - kinoya ila dedi jk - Senda savol boʻlmasligi mumkinmi?
- Nega bunday qilasan?
- Tushunmadim.
- Nega bu... bu ishlarni qilasan? - dedi Asena qotillik degisi kelmay.
- Ishing boʻlmasin.
- Yoʻq! Ishim boʻladi! Savolimga javob ber, Zhang jeon Jungkook!
Asenaning birdan baqira ketganini koʻrgan jk taajjublandi. Biroz unga tikilib turib, tomoq qirgancha gap boshladi. Uni qanday kuch gapirishga undaganini anglay olmadi.
- Sen mendan nafratlanishing mumkin, ammo men bekordan-bekor bu... bu yoʻlga kirmaganman.
- Sendan nafratlanmayman. Nega bu tubanlikka aralashib qolganingni aytib ber. Oldinda bizni uzoq va bedor tun kutib turipti. Vaqtimiz bemalol.
- Yaxshi. Sirlarimni bilib olgan ekansan, aytganim boʻlsin...

Yoshligimda bir xonadon xizmatkori boʻlganman. Shaharning kazo-kazolaridan edi. Qora dori savdosi bilan shugʻullangan. U yerda qanday yashaganim haqida batafsil aytmoqchi emasman, soʻrama ham. Toʻqqiz yoshimda kenjatoy xoʻjayin ishkal chiqargan... Hamma aybni mening boʻynimga ilib qamatib yuborishdi.
Asenaning achinish aralash xoʻrsingani eshitildi. Jk unga achinishlarini hech qachon yoqtirmagan.
- Keyinchi?
- jk qasosuminal haq! Oʻtirib chiqqanimdan keyin hammasi oʻzgarib ketdi. Oradan yillar oʻtib ularni hammasini tinchitdim. Bitta ham qoldirmay, xonadon qorovulidan tortib to egasiga qadar. Tushungan boʻlsang kerak, u vaqtda men oshxonada ovqat pishirib, boʻsh vaqtida kitob oʻqiydigan bolakayemasdim...Bu ishim shahar kattalariga qadar yetib bordi.
Mahoratimni koʻra olgan edi ular. Meni yana qamashganida ular oʻrtaga tushdi. Hech qancha oʻtmay yana ozodlikka chiqdim... Keyin kimlarnidir oʻyindan chetga chiqarish kerak boʻlib qoldi. Va... Men ularga yordam berdim
Yaxshigina mablagʻ toʻpladim, uy-joy, mashina, hasham. "Frilanser" boʻlib ishlashda davom etdim. Ertak tugadi.
- jk.....
- Nima?
- Sendan bir narsa iltimos qilsam...
- Qoʻrqma, seni barcha gaplardan voqif guvoh sifatida oʻldirmayman.
- A? Men... yoʻq, buni nazarda tutmadim. Sen meni oʻldirmasligingni bilaman.
- Qayerdan bilasan?
- Chunki sen yaxshi odamsan.
- Kulgimni qistatma! Oʻzingni oʻzing aldashing shartmas. Kim-kimligini ikkimiz ham juda yaxshi bilamiz.
- jk! Odamlar yaxshi va yomonga ajratilmaydi. Hammaning ham yaxshi va yomon jihatlari bor. Muhimi biz qaysi hislatni ustun qoʻyishimizda!
- Yaxshi. Iltimosga qaytsak.
- Xoʻsh?
- Uyingda yashab tursam boʻladimi?
- Uyda? Ha. - ajablandi jk boshqacha iltimos kutgani uchun.
- Rahmat. Xolam xoʻjayinini koʻndirmoqchi ekan. Rozi boʻlsa, yana ularning uyiga qaytaman. Ungacha uyingda yashab tursam maylimi?
- Mayli.
- Rahmat… Bilasanmi, sen chindan ham yaxshi odamsan.

Yoshligimda bir xonadon xizmatkori boʻlganman. Shaharning kazo-kazolaridan edi. Qora dori savdosi bilan shugʻullangan. U yerda qanday yashaganim haqida batafsil aytmoqchi emasman, soʻrama ham. Toʻqqiz yoshimda kenjatoy xoʻjayin ishkal chiqargan... Hamma aybni mening boʻynimga ilib qamatib yuborishdi.
Asenaning achinish aralash xoʻrsingani eshitildi. Jk unga achinishlarini hech qachon yoqtirmagan.
- Keyinchi?
- jk qasosuminal haq! Oʻtirib chiqqanimdan keyin hammasi oʻzgarib ketdi. Oradan yillar oʻtib ularni hammasini tinchitdim. Bitta ham qoldirmay, xonadon qorovulidan tortib to egasiga qadar. Tushungan boʻlsang kerak, u vaqtda men oshxonada ovqat pishirib, boʻsh vaqtida kitob oʻqiydigan bolakayemasdim...Bu ishim shahar kattalariga qadar yetib bordi.
Mahoratimni koʻra olgan edi ular. Meni yana qamashganida ular oʻrtaga tushdi. Hech qancha oʻtmay yana ozodlikka chiqdim... Keyin kimlarnidir oʻyindan chetga chiqarish kerak boʻlib qoldi. Va... Men ularga yordam berdim
Yaxshigina mablagʻ toʻpladim, uy-joy, mashina, hasham. "Frilanser" boʻlib ishlashda davom etdim. Ertak tugadi.
- jk.....
- Nima?
- Sendan bir narsa iltimos qilsam...
- Qoʻrqma, seni barcha gaplardan voqif guvoh sifatida oʻldirmayman.
- A? Men... yoʻq, buni nazarda tutmadim. Sen meni oʻldirmasligingni bilaman.
- Qayerdan bilasan?
- Chunki sen yaxshi odamsan.
- Kulgimni qistatma! Oʻzingni oʻzing aldashing shartmas. Kim-kimligini ikkimiz ham juda yaxshi bilamiz.
- jk! Odamlar yaxshi va yomonga ajratilmaydi. Hammaning ham yaxshi va yomon jihatlari bor. Muhimi biz qaysi hislatni ustun qoʻyishimizda!
- Yaxshi. Iltimosga qaytsak.
- Xoʻsh?
- Uyda? Ha. - ajablandi jk boshqacha iltimos kutgani uchun.
- Rahmat. Xolam xoʻjayinini koʻndirmoqchi ekan. Rozi boʻlsa, yana ularning uyiga qaytaman. Ungacha uyingda yashab tursam maylimi?
- Mayli.
- Rahmat… Bilasanmi, sen chindan ham yaxshi odamsan.

Asena jkning yana “bilmayman” deyishidan oldin tez gapirdi. Jk bir soʻz demay yuqoriga – xonasiga koʻtarildi. Asena esa baliqlarga termulib, juda koʻp narsalarni oʻyladi, mulohaza qildi va rejalar tuzdi. Beshta kam yettida jk oshxonaga tushdi. Asena kechki ovqatni tayyorlab qoʻygan edi.
- Darvoqe, ikkinchi qavatda bitta boʻsh xona bor. Bundan keyin mehmonxonada uxlamaysan, oʻsha xonaga koʻchib oʻt.

Qiz tixirlk bn pastki qavatga yugurib keti
-Tashlanib qolmasligi uchun. Endi daf boʻl.
- Asabiylashma, mendan hali beri qutula olmaysan. Nyutni koʻrmoqchiman.
- Bu yer senga hayvonot bogʻi emas. - past ovozda oʻshqirib berdi jk shovqin solmaslikka urinib.

Asena jkni biroz turtib ichkariga kirib ketdi. Yigit pishqirgancha uning ortidan ergashdi.
- Salom, Nyut. - Asenaning qoʻngʻiroq ovozi xonada aks sado berib yangradi.
Nyut yotgan joyidan biroz qoʻzgʻaldi-yu ammo oʻrnidan turmadi.
- Hey oshna, ishlar qalay? - jk Nyutning boshini siladi.
- Maylimi, men ham...
Asena ruxsat soʻrab, javobini ham kutmay sherning oldiga asta choʻkkaladi va Nyutni silay ketdi.
- Senga kechki ovqat olib keldim, Nyut.
Jk qonga belanib yotgan allaqanday hayvonni Nyutning oldiga tashladi. Sher erinibgina koʻzini ochdi-yu qimirlamadi. Jk uning umri oxirlab borayotganini yaxshi bilardi. Ertaga sayrga chiqa olishadimi, yoʻqmi nomaʼlum. Yigit doʻstiga aylanib qolgan bu jonzotning vafot etishini hazm qila olmasdi.

Erta tongda Asena yetti boʻlmasidan nonushta tayyorlab, oʻzi ketib qoldi. Jk ovqatlanib boʻlgach uning xonasini koʻzdan kechirdi. Xonada uning narsalaridan yoʻq edi. Jk qizdan qutulganiga shukr qilib jonivorlarini ovqatlantirishga ketdi.
Oʻsha kuni Asena oʻqishdan chiqib jkning uyiga qaytmadi.
- Alo? - Asenaning qoʻngʻiroq ovozi goʻshakdan yangradi.
- Bu menman. - dedi jk
- jungkook.?...Raqamimni qayerdan olding?
- Bu men uchun muammo emas.
- Xoʻsh, nima gap?
- Ha, boshqa joyda qoladigan boʻldim.
- Senga vaʼda bergandim.
- Ha. Iltimos qilganingda xolang ruxsat olguniga qadar menikida yashab turishing haqida. - yuzini tirishtirib dedi jk
- Ha, umi... Vaʼdangni unut. Shuncha kun yashadim, rahmat. Endi seni bezovta qilmayman. - Asenaning ohangidan kinoya, sovuqlik yogʻilib turardi.
Jk javob qaytarishga ulgurmay Asena telefonni oʻchirib qoʻydi.
Yigitning jaxli chiqdi. Jk hech qachon vaʼdasini buzmagan!
Oradan bir hafta oʻtdi. Shu yetti kun davomida jk oʻzining meʼyoriy hayotini yashadi, Asena esa bu koʻchalarga bir marotaba ham qadam bosmadi.
- Assalomu alaykum. - goʻshakni koʻtardi Asena xolasi qoʻngʻiroq qilayotganini koʻrib.
- Va alaykum assalom. Yaxshimisan qizim? Oʻqishlaring yaxshimi? ...
- Ha, yaxshi rahmat. Oʻzingiz yaxshimisiz?Oʻgʻillaringiz yaxshimi?
- Ha biz ham yaxshimiz. Asena, xoʻjayindan ruxsat oldim. Hadeb oʻrtoqlaringnikida tunab yurma.
- Haligi... Bormay qoʻya qolaman, xola. Oʻquvchilar turar joyidan xona olmoqchiman. Biroz uzoqlik qiladi-yu lekin...
- Aslo. Yotoqxonada qanday qizlar bor, qanday qizlar yoʻq. Oldingi muammolar yetadi. - shangʻillab ketdi xolasi ..
- Xola, qoʻysangiz-chi.
- Gapni koʻpaytirma. Bugun uyga kel.
Tushdan soʻng Asena janob Lening uyiga qaytdi. Jkning uyi yonidan oʻtar ekan, eshikka biroz tikilib qoldi. Uning ham holidan xabar olish kerek, xayoldan oʻtkazdi Asena, oʻzining zerikarli hayotida oʻlib qolmaganiga ishonch hosil qilish uchun.habar olmoqchi boʻldi .....
Asena uyga joylashdi, kechki ovqatga manti pishirdi. Ovqatni uy egalariga suzayotib, alohida likopda jk uchun ham manti olib qoʻydi.
Soat yettiga yaqin Asena mantini olib qoʻshninikiga yoʻl oldi. Jk shu vaqtda kechki ovqatni tanovul qiladi. Qiz jkninh eshigini bir necha bor jiringlatdi, taqillatib ham koʻrdi. Ammo ichkaridan darak yoʻq.
- Koʻchib ketgan boʻlishi mumkin emas. - pichirladi qiz oʻziga-oʻzi.

Asena tutqichni burab koʻrganida eshik ochildi.
- Galvars! - oʻzini koyidi Asena jilmayib. - Eshik ochiq ekan-ku.
Qiz ichkariga kirdi. Uyning birorta chirogʻi yoqilmagan. Jk ishiga ketib eshikni qulflashni unutgan boʻlishi mumkin degan xayolda Asena garajni koʻzdan kechirdi. Mashina ham, motosikl ham oʻz joyida. Qiz ichkari xonalarga kirdi. Qoʻlidagi likopni kechki ovqat boʻlishiga qaramay hech qanday hozirlik koʻrilmagan oshxonaga qoʻydi. Mehmonxona va qoʻshimcha xonalarni ham tekshirib chiqqan Asena jkni topa olmay biroz bezovta boʻldi.
- Nahotki xonasida uxlab qolgan boʻlsa? Axir u uxlamas edi-ku.
Asena andishani chetga surib jkning xonasiga koʻtarildi. Bir necha bor taqillatdi, sado chiqmagach eshikni ochdi. Xonada hech kim yoʻq.
Asena chinakamiga havotir ola boshladi. Tomga ham chiqib koʻrib, jkni topa olmadi.
- Yertoʻla! - Asenaning miyasida toza havoga chiqqach, “chiroq yondi”.
- U Nyutning oldida.
Asena yertoʻlaga tushib Nyutning yopiq eshigiga yaqinlashdi. Xonaga yetib ulgurmasidan eshik ochilib toʻpponchani Asenaga oʻqtab turgan jk koʻrindi.
Yoʻlak qorongʻu boʻlishiga qaramay jkning mahzun chehrasini koʻrgan Asenaning yuragi uvishdi.
Jk uyda izgʻib yurgan odam bir haftadan beri nom-nishonsiz yoʻq boʻlib ketgan Asena ekanini bilgach, toʻpponchani pastga tushirdi.
- Daf boʻl! - jk past ammo gʻazabga toʻla ohangda buyurib eshikni yopib oldi.
Asena ketishni xayoliga ham keltirmay xonaga kirdi. Qiz oʻzi koʻrishni istamagan manzara guvohiga aylandi.

Jk toʻlgʻonib, ingrab yotgan Nyutning ustida yigʻlamsirab turardi.
Jonivor ayni damda soʻnggi nafasini olmoqda.
-jk..... - shivirladi qiz oʻpkasi toʻlib.
- U... oʻlyapti. - jkning ovozi titrab ketdi.
- Unga yordam bera olamanmi?
- Yoʻq. Men yordam berishim mumkin xolos. - dedi jk toʻpponchani Nyutga oʻqtab.
Asena qaltirab ketdi. Hammasi tushunarli. Jk sherni azoblardan tez va oson qutulishiga yordam bera oladi.
- Qoʻlimdan kelmaydi! - baqirdi jk qaltirab turgan qoʻli bilan sochini changallab.
- jk uni qiynama. - yigʻladi Asena.
- Ogʻayni... - jk Nyutning yuziga yuzini bosib pichirladi. - Senga yordam beraman. Ozor chekmaysan. Hammasi oson kechadi.
Xonaga bir necha soniya oʻlik sukunat choʻkdi.Oʻq ovozidan Asenaning qulogʻi shangʻillab qoldi. Jk pistoletni zarb bilan devorga uloqtirdi. Bukchayib qolgan jk boʻkirib yubordi. U xuddi hayvondek oʻkirar, alamdan koʻz yoshlari yuzini yuvardi. Jk sochini yulib yuborgudek boʻlib tortar, maxluqdek baqirardi. U azoblanayotgan edi.
Jk shiddat bilan oʻrnidan turib yoʻlakka otildi. Eshik ham qarsillab ketdi. Singan boʻlsa, ne ajab...
Koʻz yoshlarini tiya olmayotgan Asena ham uning ortidan ergashdi.
Jk yuqoriga chiqib shishadan iborat oshxona devoriga musht tushirdi. Yana bir necha marta urgan edi, oyna sinib ketdi. Asena chinqirib yuborib jkning qoʻllariga yopishdi.
- Tinchlan, jk! Oʻzingni qoʻlga ol! - dedi u jkga kuchi yetmay tipirchilab.
- Yoʻqol!
Jk Asenani bir urinishda oʻzidan itarib, shisha siniqlarini bosgancha oshxonaga kirdi. Yigit qoʻliga tushgan narsani devorga qarata uloqtirar, yaralangan arslon kabi tinmay oʻkirar edi.
- jk, oʻtinaman!
Asena oshxonaga kirganida yonginasidan kosa uchib oʻtdi. Jk stullarni ham olib sindirib tashladi. Keyin qoʻliga pichoqni olib oshxonaning shishali devori singani uchun yoʻlakdagi devorga qarata uloqtirdi. Pichoq bejirim uslubda ishlangan rasmning xoshiyasiga sanchilib qoldi. Jk yana bir pichoqni olib polga sanchib qoʻydi.

- Jungkook - Asenaning lablari titrab ketdi.
- Ket! Uyimdan chiqib ket, yoʻqol! Koʻzimga koʻrinma dedim senga!
Jk stakan olib qoʻlida parchalab tashladi. Asena yigitning qonab yotgan qoʻlini koʻrib oʻzini bosa olmadi.
Asena jkni belidan mahkam quchib oldi.
- Oʻtinaman, jk! Oʻzingni bos. Hammasi yaxshi boʻladi! Menga ishon...
Qilt etmay turgan jk ham birozdan soʻng Asenani quchoqlab, hoʻngrab yubordi.
- Ketma... Seni haydasam ham, haqorat qilsam ham ketma. Meni yolgʻiz tashlab ketma...

Asena oshxona polida choʻkkalab oʻtirar, jk esa uning tizzasiga boshini qoʻyib sassiz yigʻlar edi. Qiz yigitning boshini silash barobarida jkga yupanch boʻlsin deb qoʻshiq kuylar edi.
Men qalbimni yo’qotmoqdaman, Parokanda bo’lmoqda hislar.

Armonlarga yo’liqmoqdaman, Ogoh bo’ling holimdan, do’stlar.
Qiyma-qiymalayotir qaqshatib, Yuragim yig’lar ozor.

E’tiqodsiz erta dahshati, Rastalarga termoqda bozor.

Chirog’i bor yurak qayda bor?
Ayting qaydan topay so’roqlab.

Qarshsida, qarshisida to’yib yig’lay zor, Vujudimni olayin poklab.
Bokiralik yarashur asli Tabiatning og’riq ko’ksiga.

Boshim qo’yib qilayin arzim, Armon qo’shib dilim o’ksigiga.

Tiz cho’kaman holimdan toyib, Ashq zahridan sarg’ayar o’tlar.
Nelarnidir ko’ngliga tuyib, Behis boqar menga manqurtlar.

Chirog’i bor yurak qayda bor?
Ayting qaydan topay so’roqlab.

Qarshsida, qarshisida to’yib yig’lay zor, Vujudimni olayin poklab.

- Ovozing yoqimli ekan. - dedi jk yigʻlayverib boʻgʻilib qolgan ovozi bilan Asena qoʻshiqni tugatgach.
Asena yigitga qarab oʻzini farzandini ovutayotgan onadek tasavvur qildi. Ona mehrini koʻrmagan bolani hayolidan oʻtkazdi qiz.

Asena yangi kunda nima qilishni hal qilishga urinar edi. Agar oʻqishga ketsa, jk yana bir baloni boshlashi mumkin. Agar darsdan qolib, jkni chalgʻitib oʻtirsa institutda muammo chiqishi mumkin.
- jk.
- Bugun shanba. Shanba kuni nima bilan mashgʻul boʻlar eding?

- Ov qilardim. - dedi jk boshini asta koʻtarib.
Tuni bilan yigʻlab chiqqani uchun yigitning koʻzlari qizarib, ishib ketgan edi. Asena uning jaroxatlangan yuz-koʻziga qarab achinib ketdi.
- Bugun ham ov qilasanmi? - asta soʻradi qiz koʻzlarini jkga qadab.
- Ehtimol.
- Bugun darsga bormoqchi emasman. Agar qarshi boʻlmasang, bu yerni biroz tartibga keltirgach men ham sen bilan borsam?
- Seni ham olib ketaymi? - qoshlarini chimirib oʻyga toldi jk
- Iloji boʻlsa. Oʻzi qanday ov qilasan? Bu yerda oʻrmonlar yoʻq shekilli?
- Odatda baliq va qush ovlayman.
- Ov qiziqarli boʻlsa kerak? - jilmaydi Asena
- Bugun bilib olasan. - javoban jilmaydi yigit.
Jk oʻrnidan turib yuqori qavatga chiqib ketdi. Asena quvonishni ham, asabiylashishni ham bilmas edi. Darsdan qolgach muammo chiqmasa boʻldi. Hali xolasi Asena tunda begona yigitni uyida qolganini ham bilmaydi.
Asenaning xayoliga shu fikr kelib gʻalati ahvolga tushib qoldi.
Umuman olganda men bir insonni tubanlikdan qutqarmoqchiman.
Buning yomon tomoni yoʻq. U ham gʻaraz niyatli inson emas, oʻziga-oʻzi taʼkidladi Asena Havotir olishga hojat yoʻq.
Jk birozdan soʻng oshxonaga qaytib keldi. Asena xonadagi shishalarni yigʻishtirayotgan edi.
- Hoy, nima qilyapsan?
- Tozalayapman. - yana baqira boshlagan jkni koʻrib bezovta boʻldi qiz.
-Tozalama. Qoʻlingga shisha kirib ketishi mumkin. Men uyni tozalashga mardikor olib kelaman.
- Yoʻq, oʻzim yigʻishtirib olaman.
- Asena! - jk koʻzini yumib, bir necha soniyadan soʻng ochdi va qizga oʻqraydi.
- Hech boʻlmasa qoʻlingni koʻrib qoʻyishimga izn ber.
- Qoʻlimga nima qilibdi?
Asena jkning kaftini ochib oʻziga koʻrsatdi. Shisha siniqlari yaxshigina jaroxat qoldirgan edi.
- jk, yosh bolaga oʻxshab oʻjarlik qilma! Yiringlab ketishi mumkin.
Koʻrib qoʻyishimga ruxsat ber, seni yeb qoʻymayman! Burgaga achchiq qilib, koʻrpani kuydirganing qoladi xolos.
Jk qizga qarab turdi-da kulib yubordi.
- Mayli, sen aytgancha boʻla qolsin… Burgaga achchiq qilish nima degani? Sen shunda oʻzingni burgaga qiyoslayapsanmi?
Asena xandon otib kulib yubordi.
- Jaxl ustida oʻzingga zarar yetkazma demoqchiman.
- Hmm…Asena necha yildan beri ochilmay, chang bosib yotgan dori qutisini olib mehmonxonada oʻtirgan jkning oldiga bordi. Qiz jaroxatlarni spirtlab tozalab, bint bilan bogʻlab qoʻygunicha jk xarxasha qilmadi.
- Yetar endi, Asena menga jin ham urmaydi. - dedi jk peshonasidagi jaroxatini koʻrmoqchi boʻlgan Asenaga.
- Yaxshi. - qovogʻini uydi qiz. - Oʻzing bilasan.
- Hozir yoʻlga chiqamiz. Xolangdan ruxsat olishing kerak boʻlsa soʻra, narsalaringni ham tayyorla. Men ham hozir tushaman.

Asena jkning gaplaridan soʻng uyiga kirdi xolasi ishlari bn band ekan salom berganda faqat alk oldi qiz endi yuqoriga chiqar ekan xolasi ortidan keldi
-qizim shuni sanjarbekga olib chiqib ber

- keyin darsga ketaman

- hoʻp yaxshi oʻqib kel

Qiz nonushtani honada hech kim yoʻq ekani uchun qoʻydida chiqib ketdi oʻz honasiga kirib kiyimlarini oʻzgartirdi soʻng xorg'in ahvolda Jungkookning yoniga bordi va ular katagina mashinaga chiqishti

- Boshing ogʻriyaptimi? - yoʻldan koʻz uzmay soʻradi jk
- Yoʻq. -Asena muzdek oynaga peshonasini qoʻyib ketardi. -Shunchaki sovuq yoqadi.
- Yukxonada muzlatgich bor. Oʻsha yerda ketasanmi? - hazillashdi jk
- Muzlatgich?
- Nyut... Nyutni olib ketyapmiz.
Asena boshqa savol bermadi. Hammasi kundek ravshan. Jk uni oʻrmonga dafn etmoqchi. Naqadar oliyjanob inson bu...?
Ular ancha vaqtgacha jim ketishdi. Asena oʻzi ham bilmaydigan allaqanday yoʻllarga koʻz tikib ketardi. Bora-bora mashinalar kamayib qoldi.
Yoʻl chetida ham inson, tiriklik alomatlari koʻzga tashlanmas edi. Mashina ildamlagani sayin atrofdagi daraxtlar quyuqlashib bordi.
- Xoʻsh senga yoqyaptimi?
- Ha... Judayam. Oynani ochsam maylimi?
Asena boshini oynadan chiqarib olmaslik uchun bir amallab oʻzini bosgancha atrofni tomosha qila ketdi. Bu yerning havosi biram musaffo-ki!

Nafas olib toʻymaydi kishi. Betakror manzalar koʻzga tashlanyapti. Shahar yoʻqolib borgani sayin tabiat uygʻonmoqda. Asfalt yoʻlining oʻrninimashina balonlari yanchib oʻtgan oʻtlar egalladi. Quyosh ulkan daraxtlar orasidan Asenaga qadar nur sochib uning dilini xushnud aylardi. Qushlar ham ora-orada kuylab qoʻyar, qizning zavqini ochirardi.
- Yetib keldik. - dedi jk mashinani yoʻldan ancha ichkariga olib kirib toʻxtar ekan.
- Voy oʻrmon qani?
- Bu oʻrmon boʻlmay nima, Asena? - atrofga koʻz yugurtirdi jk
- Men umuman boshqacha tasavvur qilardim. Chirmovuqlar, botqoqlikka aylangan joylar va yana nimalardir boʻlishi kerak edi xayolimda.
- Oʻzim shunchaki... Asena sen aytgan chirmovuqlar changalzorda boʻladi. Junglida. Biz esa oʻrmonga keldik.
- Shunaqa de? - Asena hayrat bilan atrofga temurldi.
Koʻkka yetgudek baland bu daraxtlar oʻrmon ichidagilarni quyoshdan pana qilib turardi. Daraxtlarda qushlar in qurgandi. Yer esa baʼzi qadimiy daraxtlarning tomirlari boʻrtib chiqqani yoki daraxti kesilib, toʻnkasi qolgan joylarni inobatga olmaganda tekis edi.
Asena ichkariroqqa qadam qoʻyib atrofni jonli ekanligini his qilib bordi.
Goʻyo barglar orasidan kimdir uni kuzatayotgandek, jonivorlar undan qoʻrqib chekka-chekkadan poylayotgandek. Atrof sir-sinoatlarga toʻla-yu, uni begona odamdan maxfiy saqlamoqchidek goʻyo.
- ASENA! - jkning baqirgani eshitildi.
- Labbay? - Asena ortiga oʻgirildi. Mashinadan juda uzoqlab ketibdi.
Qachon bu yerlarga kelib qoldi?
- Esingni yedingmi? - jk yugurib kelib uni mashina tomonga olib ketdi.
- Kutib tursang hozir kiramiz ichkariga.
-jk kechirasan, men bilmay qoldim.
Yigit indamadi. Asena tabiatga mahliyo boʻlib ichkari ketib qolgan vaqtda jk yukxonadagi muzlatgichdan Nyutni olib tushibdi. Qizning yuragi uvishib, eti jimirlab ketdi.
- Mana buni koʻtarchi, ogʻir emasmi? - jkAsenaning qoʻliga ulkan sumkani tutqazdi.
- Yoʻq. - sir boy bermay dedi Asena sumkani koʻtarib beli bukilib
ketmasligi uchun muvozanatni bir amallab saqlab qolgan boʻlsa-da.
- Bir joy bor. Oʻsha yerda ov qilaman. Yetib borgunimizcha shu sumka senda tursin.
- Yaxshi.
Jk yana bir dunyo narsa solingan yuk xaltasini yelkasiga ortdida mashinani qulfladi. Soʻng yerda uzala tushib yotgan Nyutning jasadini koʻtardi. Jkning tizzalari bukilib ketganini koʻrgan Asena havotir ola boshladi. Qoʻlidagi sumka oʻziga patdek yengil tuyilib ketdi.

Jungkook ichkari kirganimizdan soʻng qabir qazib Nyutni daft eti uni koʻrib yuragim ezildi soʻng qoʻlimdan sumkani olgach boshqa tomon ketik u qushlarni ovlab tushirarkan men yerga qon boʻlib tushgan qushlarni koʻrib yuragim orqaga tortib keti

- Iltimos ketaylik. Qushlarni ovlashing shartmi? - pala-partish gapira boshladi qiz sochlarini changallab. - Jonivorlarga boshqa yegulik bersa ham boʻladi-ku!
- Hayvonlarni oʻldirishni bas qil deyapman. Bu gunoh, jk Tiriklikni Alloh hadya etgan. Ularning jonini olish ham Yaratganning izmida. Sen ularni oʻldirmasliging kerak.
Jk xoʻrsinib, ensasini qotirib turardi. Asena miltiq ushlagan qoʻllaridan nafratlanib ketdi.
- Men oʻz yoʻlimdan qaytmayman. Setga yetarli zahira olgach uyga qaytaman. Senga yoqmasa qaytib ketishing mumkin. Istasang mashinada kut, qoʻlingdan kelsa minib ket.
- jk, sen ham ketishing kerak!
- KETMAYMAN! Oʻzing yayov ketaver uyingga. Darvoqe xizmatkorsan-ku, sening uying yoʻq. Qayoqqa borsang boraver! Mendan nari tursang boʻldi!
Asenaning xoʻrligi kelib yigʻlab yubordi. Ha, u xizmatkor. Ota-onasi erta vafot etgan, xolasi ham kambagʻal. Oʻzi hali mustaqil emas. Ammo bu uning qalbi yoʻq degani emas-ku!
Jk narsalarini yigʻishtirib uzoqlasha boshladi. Asena uni fikridan qaytara olmasligini bilib katta yoʻl tomonga yurib ketdi. Adashib qolish, shuncha yoʻlni yayov bosib oʻtish haqidagi qoʻrquvlar Asenaga begona edi.
Uning xayolida bir soʻz tinmay aylanardi. "Xizmatkorsan!"

#Najot_farishtasi 3-qism tugadi