May 26, 2022

Kredit shartnomasining mazmun-mohiyati

Kredit shartnomasining mazmuni va shakli O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining tugishli moddalarida belgilab berilgan.

1.Кредит. Кредит ташкилотлари

kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.

Qonun hujjatlariga muvofiq kredit tashkilotlari bo‘lmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda kredit shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qo‘llanadi.

Agar ushbu paragrafning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa va u kredit shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, kredit shartnomasi munosabatlariga nisbatan qo‘llanadi.

Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart.

Yozma shaklga rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.

Kreditor qarz oluvchini to‘lovga qobiliyatsiz deb hisoblasa, qarz oluvchi kreditni ta’minlash majburiyatlarini bajarmasa, shartnomada nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzsa, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli.

Qarz oluvchi kredit olishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi bu haqda kreditorni kredit shartnomasida belgilab qo‘yilgan kredit berish muddatiga qadar xabardor qilishi shart. Qarz oluvchi kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzgan taqdirda kreditor shartnoma bo‘yicha qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni to‘xtatishga haqli.

1.Шартномалар турлари / Ашёларни кредитга бериш]

Taraflar bir tarafning kredit shartnomasi shartlari asosida turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolarni ikkinchi tarafga berish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomani tuzishlari mumkin.

Ashyolarni kreditga berish to‘g‘risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomaning berilayotgan ashyolarning miqdori, assortimenti, to‘liqligi, sifati, idishi va (yoki) o‘ralishi haqidagi shartlari tovarlarni oldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq bajarilishi shart.

1.Шартномалар турлари / Тижорат кредити]

Bajarilishi uchun pul summalarini yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarni ikkinchi tarafga mulk qilib topshirish talab qilinadigan shartnomalarda, agar qonun hujjatlarida boshqa hol belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, kredit berish, shu jumladan bo‘nak, oldindan haq to‘lash, tovarlarga, ishlar yoki xizmatlarga haq to‘lashni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida kredit berish (tijorat krediti) nazarda tutilishi mumkin. Tegishli majburiyat bayon qilingan shartnoma to‘g‘risidagi qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa va u mazkur majburiyatning mohiyatiga zid kelmasa, tijorat kreditiga nisbatan tegishli suratda ushbu qoidalar qo‘llanadi.

✍️A.Qodirov, Chiroqchi tuman iqtisodiy sudi raisi.