Mas’uliyatning narxi “Kopeyka”mi?
O‘zbek tilining jozibasi bizga bobomeros!!! Risolat Nomozova
Respublikamizda davlat tiliga bo‘lgan e’tibor va uning mavqiyeni oshirish uchun qator qonun va qonun osti hujjatlar qabul qilinib, hayotga tadbiq etilmoqda.
Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda Davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, tumanimiz hududida o‘rnatilgan barcha turdagi reklama bannerlar, peshlavhalar, peshtaxtalarni Davlat tilida yozilishini ta’minlash maqsadida tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilmoqda.
O‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida tadbirkorlik su’yektlari tomonidan xorijiy brend so‘zlaridan foydalanish holatlari, bannerlar yozuvida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar, tilimizga yot so‘zlardan va suratlardan foydalanishmoqda.
Birgina, Kishmishtepa ko‘chasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik ob’yektlaridan birida shunaqa brend so‘z "Ko‘rga hassadek" qilib ilib qo‘yilgan. Ya’ni, “Kopeyka”. Nazarimda tadbirkor “Kopeyka” so‘zi “tanga”, “chaqa” ma’nosini bildirishini ham idrok etmasa kerak.
Ammo tilimizga "begona" bo‘lmagan ushbu so‘z orqali tadbirkorning o‘zbek tiligiga bo‘lgan hurmat va e’tiborni lo‘nda qilib, tabdirkorning tilida "Kopeyka" ga arzimaydi desak, adashmagan bo‘lamiz. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, bu do‘kon peshlavha yozuvining ma’nosi, qiymatini qanday baholash mumkin? Yoki bizda mas’ulyatning qadri “kopeykami”?
Joriy yilning 8-9 iyun kunlari tuman toponomiya komissiyasi a’zolari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida, tumanimizning “Mustaqillik” va “Xonjon” ko‘chalarida o‘rnatilgan barcha turdagi reklama e’lonlari, savdo do‘konlari peshtaxtalari, peshlavhalarining holatlari o‘rganildi. O‘rnatilgan barcha turdagi bannerlarning asosiy qismi Davlat tilidagi qonun ta’lablariga javob bermasligi tufayli tuman toponomiya komissiyasi va tadbirkorlar o‘rtasida turli tushunmovchiliklar yuzaga keldi.
Davlat tiliga bo‘lgan hurmatni avvalo biz o‘zimizdan boshlashimiz kerak. Zero, farzandlarimizga meros qilib qoldirayotgan tilimiz sofligiga putur yetkazmaylik!
✍️R.Nomozova, Tuman hokimining maslahatchisi.