May 24

š““š“»š“®š“Ŗš“¶

Chapter 6

Yomg'ir shu qadar qattiq yog'ardiki, hali beri to'xtamaydiganga o'xshardi. Haenaning usti boshi ho'l bo'la boshlagan, bu esa uning ichidagi iliq hislarni uyg'otardi. Tomchilar ochiq qo'liga donalab tez-tez tushishi uning ko'zlarini baxtdan porlatardi. O'rib yig'ilgan sochlarinida qisqichni olib tashladi. Yomg'irda shunday biroz yurdi. O'n besh daqiqalar yurgach o'zini charchaganday his qila boshladi. Shunda ham to'xtamadi. Yo'lni o'zim topib bora olaman deb o'yladi. Lekin yana yurishda davom etib bu yo'lning ohirini topavermaganidan keyin to'xtadi. Telefonini qo'liga oldi. Quvvati ham kam qolgandi. "Akamni chaqiraman" deb o'yladi.
Bir-ikki chaqiruvdan so'ng telefonning qarshi tomonidan Namjoonning ovozi eshitildi.

– Oyim havotir olib yotibdilar. Qayerlarda yurubsan?

Haena kamdam-kam holdagina akasidan hijolat bo'lardi. Akasi bilan odatda erkin gaplashishga o'rganib qolgandi. Hozir ayb o'zida bo'lmasa ham uyalinqirayabdi akasidan. Begona taksiga o'tirib olgani o'zini aybi, yo'lni bilmay bilaman deb tushib ketgani o'zining aybiday tuyuldi. Bir pas jim o'yga tolib qoldi oyoqlari ostiga hamon tushayotgan yomg'irga qarab. Jimlik uncha uzoqqa cho'zilmadi lekin bu Namjoonga yoqmadi. Ovozini pasaytirib endi ovoz toni havotirga almashdi.

– Yaxshimisan?

– Aka, adashib qoldim.

– Bu nima deganing? Qayerda adashasan?

– Adashib qoldim tamom! Hech kimga indamay turing o'zim boraman.

Telefonning quvvati tugayotganini bildirib signal eshitildi.

– Hozir telefonim o'chadi. Maktab atrofidami, qayerlardadirman. Adashib boshqa taksiga o'tiribman. U ham yurmay qoldi. Men tushib qoldim.

— Tez joylashuvingni tashla!

​Namjoon gŹ»azablangan holda baland ovozda gapirayotgan vaqtda Haenaning telefonining ekrani bir qorayib yondi-yu, soŹ»ng tez signal eshitilib, butunlay oŹ»chib qoldi. Haena haligacha yomgŹ»ir ostida turar, u esa hech tinish niyatida emasdi. Telefonning oŹ»chib qolgan ekranidan koŹ»z uzmay qotib turib qoldi. YomgŹ»ir endi uning ustidan kulayotgandek tuyula boshladi. Atrof qorongŹ»ulikka choŹ»kib ketganligiga ulgurgandi allaqachon. KoŹ»zlarini pirpiratib atrofga qarab, na biror uy na biror bir oŹ»rindiq hattoki aniq yoŹ»nalgan yoŹ»l ham yoŹ»q edi.
​Mashinadan tushib ketganidan juda afsusda edi. Unga gapini uxlashishga ham ulgurmadi. XoŹ»rligi kelib ketdi. Shu yoŹ»ldan qandaydir mashina yoki avtobus, umuman biror transport oŹ»tib qolib, uni odam yuradigan joylarga olib borib qoŹ»yishini xayol qilib, shunga chin koŹ»ngildan umid bogŹ»lagandi endi va bundan boshqa kutishdan, bu yerda qimirlamay turishdan maqsad yoq. Haena chekkaroqda kutish uchun yigŹ»lamsirab yurdi, qorongŹ»ulikdan hech narsa tiniq ko'rinmaydi.
Shundoqqina orqasidan shitirlagan ovozni eshitib qo'rqib ketdi. Yuragi o'ynab orqasiga tez qaradi uning nimaligini bilish uchun. Yuragi qo'rquvdan o'ynab tez urib ketdi. Qaradi-yu qotib qoldi. Ko'zlaridan hech narsani anglab bo'lmay qoldi. Uncha uzoqda emas yonginasida, 2-3 qadam narida kuchuk turardi unga qarab. Bir qaraganda uni kuchuk deyish ahmoqlik. U katta, Haenaning ko'ziga esa o'z shaklidan ham katta, vahimali, vajohatli ko'rindi.
Haena bir qadam ortga tislandi. Yomgā€˜ir ham, adashib qolgani ham hech nima ko'ziga ko'rinmadi. Koā€˜zlari faqat oā€˜sha bahaybat itda edi. It ham qimirlamas, faqat unga tikilib turardi. Qorongā€˜ulikda koā€˜zlari yaltirab koā€˜rinardi.
Haena yutindi. Nafasi qisilib ketayotganday edi. Yoki ataylab sekin nafas olayabdi.
– Yaxshi kuchuk... — dedi titroq ovozda, oā€˜zi ham nima uchun gapirayotganini tushunmay.
It birdan past ovozda irilladi.
Haenaning yuragi orqasiga tortib ketganday boā€˜ldi. Oyoqlari qaltiray boshladi. Sekin ortga yurishga urindi, lekin yomgā€˜irda loy boā€˜lib ketgan yerda oyogā€˜i toyib ketay dedi. Shu payt it bir qadam oldinga tashlandi.
Haena endi oā€˜zini tutolmadi.
Burilib yugurib ketdi. Qattiq yugurardi. Orqasiga qarashga umuman fursat yo'q edi.
Yomgā€˜ir ostida nafasi boā€˜gā€˜ziga tiqilib yugurardi. Oyoq kiyimiga suv sachrab, loylarga botardi. Orqasidan esa sharpalar aralash vahimali vovullash eshitildi. It ham yugurayotgan edi. Huddi hozir yetib oladiganday.
— Yoā€˜q... yoā€˜q... — dedi Haena nafasi uzilib.
Yuragi shu qadar tez urardiki, qulogā€˜iga oā€˜z yurak urishidan boshqa narsa eshitilmay qolgandi. Koā€˜zlariga yosh qalqdi. Yoā€˜l qorongā€˜i, sirpanchiq edi. Qayerga yugurayotganini oā€˜zi ham bilmasdi.
Birdan oyogā€˜i nimagadir ilishib ketdi.
Haena yerga yiqildi. Kaftlari loy va suvga botib ketdi. Tizzasi achishib ketdi. Orqasidan kelayotgan itning tovushi esa tobora yaqinlashayotganday.
Qoā€˜rquvdan nafasi titrab quloqlarini qo'llari bilan mahkam yopib oldi. Itning ovozi yaqindan kelayotgandi. Shunday qilsa, quloqlarini yopib olsa hammasi o'tib ketishiga ishonardi u. Yuragi tez-tez urardi itdan hali qo'rqib. Ko'zlarini ham mahkam yumib olgan ko'yi o'tirarkan sekin ko'zlarini ochganida uning qarshisiga kimdir kelib to'xtaganini ko'rdi. Avvaliga faqat uning oyoqlarini ko'rdi. Keyin sekin boshini ko'tarib qaradi. U odam ham Haena tengi egilib unga tikildi.

– Kimsiz?

Haena qo'rqib ketgan uning yuzini tiniq ko'rolgani ham yo'q. O'zining ahvolidan uyalib, hijolat bo'lib ketdi. Kiyimlarini, sochlarini to'g'irlagan bo'lib o'rnidan mag'rur turdi.

– Sen kimsan? Nima qilyabsan bu yerda?

– Men...men...adashib qoldim...bir kuchuk quvladi shu yerga kelib qoldim.

Yigit indamay bosh silkib qo'ydi.

– Qayerdansan o'zi?

– Shu shahardan. Bugun nimadir g'alati...

Yigit uyoq-buyoqqa bir qarab qo'ydi va bir hushtak chaldi. Shunda itning vovillagan ovozi eshitildi va uzoqdan u tomon yugura boshladi. Haena cho'chib yigitning yengidan ushladi avval, keyin esa uni urdi.

– Nega chaqirding uni?!

Yigit qo'lini Haenadan deyarli siltab tortib oldi.

– U mening itim! Ketaver!

– Qayerga ketaman shu mahalda. Hammasiga shu iting aybdor! Uni nega bog'lab qo'ymagansan?! Uni deb shu odam topmas bog'ga keldim. Hech bo'lmasa yo'lda edim. Kimdir o'tib olib ketardi.

– Men kuchugimni bog'lab boqmayman. U mening qulim emas.

Haenaning alami ichidan toshib ketar, bu amal uning ko'zlarini yoshlab yubordi. Hamma joyi loy, oyoqlari boya yiqilganda shilingan, hatto sochlari va yuzlari ham loy edi.

– Ortimdan yur.

Boshqa hech narsa demadi. So'zsiz yurib ketdi. Haena uning ortidan borishini ham, bormasligini ham bilmay qoldi bir zum. So'ng baribir boshqa borishga joyi yo'qligi, bu yerlarda bilmagani uchun uning ortidan yugurib ketdi. Orqasidan yetib avval indamay ketdi. So'ng noqulay bo'lsa ham baribir so'radi:

– Telefoningiz bormi?

Cho'ntagidan telefonini olib unga so'zsiz uzatdi. Haena ham oldi va akasining raqamini terdi.

– Iya, sizda akamning raqami bor ekan?

Yigit joyida to'xtab qoldi.

– Ber chi?

Telefonni o'zi qo'liga olib raqamni ko'rgach Haena Namjoonning singlisi ekanligini bildi. Namjoon va u avval birga o'qishgan universitetda. Bir yo'nalishda. So'ng unga ishi, o'qishi yoqmay qolib tashlab ketgandi. Hamma bilan deyarli aloqani uzgan birga o'qigan o'rtoqlari bilan. Lekin Namjoon va yana bir-ikki do'stlari bilan haligacha onda-sonda gaplashib turardi.

– Uning singlisi borligini bilmasdim.

– Uning sizdaka do'sti borligini bilmasdim.

– Biz do'st emasmiz. Kam gaplashib turamiz.

– Qo'ng'iroq qilsam maylimi? Havotir olyotgandir.

Yana qaytib berdi telefonni.
Haena akasiga qo'ng'iroq qildi. Lekin bu yerda aloqa yo'q. 2-3 marta qayta-qayta qo'ng'iroq qildi lekin ulanmadi sira ham. Telefonni qaytib uzatdi.

– Ketdik, - dedi yana. Yana javob kutmay yurib ketdi.

– Qayerga?

– Uyinga tashlab qo'yaman.

– Piyodami? Yo'lni aytsangiz o'zim ketaman.

– Yana itlar talashini istaysanmi?

So'ng ikkisi ham indamay jim ketishdi. Biroz yurishgach bir uyga yetishdi. Bu yer kichik qishloqchaga o'xshardi. Juda ham yoqimli joylar.

– Uyingiz shu yerdami?

– Ha

– Juda fayzli joyda ekan. Baxtli ekansiz.

– Shu yerda kut.

Haena indamay joyiga qoldi. Kelgan yo'llariga, orqasiga qaradi. Katta dalla. Vahima bilan shu dalaga vir itdan qochib kirib qolganiga ishongisi kelmasdi.

Yigit o'z uy eshigi tomonga yurib uyiga kirib ketdi. Haena esa aytilgan joyida jim turardi. Yomgā€˜ir endi tingan boā€˜lsa ham, sovuq edi havo. Sovuq tanasiga singib ulgurgandi. Qoā€˜llarini bir-biriga ishqalab qo'yardi.

Oradan koā€˜p oā€˜tmay eshik yana ochildi. Yigit qoā€˜lida qora rangli dubulgā€˜a bilan chiqdi. Ikkinchi qoā€˜lida esa kurtka bor edi.

– Kiyib ol, — dedi qisqa qilib.

Haena avvaliga tushunmay unga qarab turdi.

– Sovqotasan. Kiy.

Kurtkani qoā€˜liga tutqazdi. Haena indamay oldi. Kurtkadan yigitning atirining hidi anqib turardi. Biroz tutun hidi aralash hid. "Cheksa kerak" deb o'yladi ichida Haena.

Yigit hovli chetidagi tom ostiga bordi. U yerda qora mototsikl turardi. Temir qismlari yomgā€˜ir tomchilarida yaltirab koā€˜rinardi. U mototsiklni bir harakatda oldinga chiqarib, rulini toā€˜gā€˜riladi.

Haena sekin yaqinlashdi.

– Rostdan ham shunda ketamizmi?

– Yoā€˜q. Senga maqtanishga olib chiqdim.

Haena labini burishtirdi.

– Qoā€˜pol ekansiz.

Yigit javob bermadi. Faqat dubulgā€˜ani unga uzatdi.

– Taqib ol.

Haena dubulgā€˜ani kiyishga urindi, lekin eplolmadi. Bir necha marta uringach asablashdi.

– Taqilmayapti... Kerakmas

Yigit bir xoā€˜rsinib unga yaqinlashdi. Haena jimib qoldi. Yigit uning qoā€˜llaridan dubulgā€˜ani olib, sochlarini ehtiyotkorlik bilan orqaga yigā€˜di. Sovuq barmoqlari qulogā€˜i yoniga tegib ketganida Haenaning eti jimirlab ketdi.

– Qimirlama.

Dubulgā€˜ani toā€˜gā€˜rilab taqib qoā€˜ydi.

– Boā€˜ldi.

Yigit mototsiklga oā€˜tirdi.

– Chiq.

Haena bir soniya ikkilanib turdi. Keyin sekin orqasiga oā€˜tirdi. Mototsikl balandroq boā€˜lgani uchun muvozanatini yoā€˜qotay dedi.

– Ehtiyot boā€˜l!

Yigitning ovozi aralashgani bilan mototsikl bir oz qimirlagandi. Haena qoā€˜rqib ketib, uning kurtkasidan sekin ushlab oldi.

– Men yiqilib tushmaymanmi?

– Unda mahkamroq ushla.

– Ushladim.

– Mahkamroq dedim.

Keyin hech nima demay mototsiklni yurgizdi. Motorning tovushi tun sukunatini yorib yubordi. Mototsikl asta yoā€˜lga chiqdi. Shamol Haenaning nam sochlarini orqaga uchirardi.

Ular qorongā€˜i dala yoā€˜lidan chiqib, asta-sekin shahar chiroqlari tomon ketishardi.

– Ismingiz nima? — dedi past ovozda.

Yigit bir necha soniya javob bermadi.

– Yoongi.

Haena koā€˜zlarini sekin yumdi.

– Men Haena.

– Bilaman.

Haena hayron boā€˜lib boshini koā€˜tardi.

– Akang sen haqingda gapirgan.

Haena kulib yubordi.

– Bilmagandim degandingiz ku?

– Esimga tushib qoldi.

– Nima deb aytardi? Yomonlarmidi?

– Yo'q. Shunchaki bir aytgan.

Shundan so'ng gaplashishmadi jim ketishdi. Haenani uyiga olib kirgach o'zi ketishga orqaga o'girildi.

— Kirmaysanmi?

– Yo'q.

– Akam xursand bo'lardi.

Indamadi. Bir zumda uzoqlashib ketib qoldi. Haena uning orqasidan ancha vaqt qarab qoldi.

Jungkook va Mirae birga uyga qaytishayotgandi. Mirae o'zidan ko'p u haqida o'ylardi. Yomg'irdan so'ng hamma joy ho'l, loy yana toyib yiqilmasin deb ikki ko'zi Jungkookda.

– Unday qarayverma.

Jungkook unga kulib qo'ydi. Mirae hijolat bo'lib o'zini chetroqqa oldi.

– Senga qaraganim yo'q.

– Men yaxshiman.

Mirae indamay qo'yaqoldi.

– Mirae

Jungkook Miraeni orqasidan chaqirdi. Ovozi ikkilanganday eshitildi.

– Hm? Nima?

– Sen bilan do'stlashdik ha?

– Ha desa ham bo'ladi.

– Senga nimadir aytsam meni ahmoq deb o'ylamaysanmi.

– Nima gap?

– Kel shu yerga o'tiraylik.

Jungkook shu yaqindagi o'rindiqni ko'rsatdi Miraega. Mirae o'tirdi. So'ng Jungkook ham o'tirdi.
Mirae havoning salqinidan eti sal junjikib o'tirardi. Uning sovuqqotganini sezib, Jungkook ustidagi maktab formasining kostyumini yechib uning yelkasiga avaylab tashladi. Mirae ko'zlarini unga qaratdi. Jungkook uning ko'zlariga qarab tabassum qildi.

– Ko'zlaring juda chiroyli ekan.

– Aa?

Mirae uning gaplarini anglab ko'zlari olib qochdi uyalib. Jungkookning o'zi ham aytgan gaplarini anglamay qoldi. Hamma gapi samimiy edi juda.

– Nima demoqchi eding?

– Har doim tushlar ko'raman. Tushlarimda bir qiz bor. Yuzini ko'rmaganman. Ovozini elas-elas eslayman xalos. Qizig'i shundaki u tushlarimga kirgan kuni men juda charchagan bo'laman. Nimagadir ikkilanib,o'ylanib uhlab qolgan vaqtim u tushimga kiradi va meni qaysi qarorimni

tanlasam yaxshiroq bo'lishini ko'rsatib berib ketadi. Uning ovozini eshitaman va uyg'onishni istamayman lekin uyg'onaman. Uyg'onganimda u sababmi bilmadim men o'sha kundan baxtli bo'lib yuraman.

Jungkook indamay jim bo'lib qoldi. Mirae u gapini davom ettirishini kutib turdi. Lekin uzoq vaqt o'rtada sukut bo'lgach o'zi so'rab qoldi.

– Keyin chi?

– Men uni topdim.

Mirae sal kam quvonganidan ko'zlaridan quvonchi ko'rinib turardi.

– Hayotda ya? Ko'rdingmi? Gaplashdingmi? Yuzini ko'rdingmi? Yuzini ko'rmaganman deding qanday taniding?

– Bitta bitta savol ber.

– Hammasini aytasan!

– Maktabda. Yuzini ko'rmadim. Ovozini eshitdim yana. Shuni bilamanki u shu maktabda. Uni topishga yordam berasanmi menga?

– Ovozni o'zidan ha?

– Yo'q. Uning sochlari ham uzun.

Mirae ko'zini suzib qo'ydi.

– Maktabdagi yarim qizlarning sochi uzundir.

– Uning sochi quyoshda porlaydi.

– Topgan gapingni qara.

Mirae o'rnidan turib ketdi. Jungkook ham o'rnidan turib uning orqasidan yugurdi.

— Topishasan ha?

Shu payt Mireaning oldidan kimdir kelib yo'lini to'sdi.

– Men ham topishsam maylimi, Jungkook?

Miraening yonidan o'tib Jungkookning yelkasidan qo'lini tashladi.

– Qayerdan paydo bo'lding, Jimin?

Jungkook va Jimin qo'l berib ko'rishib ketishdi.