šš»š®šŖš¶
Yomg'ir shu qadar qattiq yog'ardiki, hali beri to'xtamaydiganga o'xshardi. Haenaning usti boshi ho'l bo'la boshlagan, bu esa uning ichidagi iliq hislarni uyg'otardi. Tomchilar ochiq qo'liga donalab tez-tez tushishi uning ko'zlarini baxtdan porlatardi. O'rib yig'ilgan sochlarinida qisqichni olib tashladi. Yomg'irda shunday biroz yurdi. O'n besh daqiqalar yurgach o'zini charchaganday his qila boshladi. Shunda ham to'xtamadi. Yo'lni o'zim topib bora olaman deb o'yladi. Lekin yana yurishda davom etib bu yo'lning ohirini topavermaganidan keyin to'xtadi. Telefonini qo'liga oldi. Quvvati ham kam qolgandi. "Akamni chaqiraman" deb o'yladi.
ā Tez joylashuvingni tashla!
āNamjoon gŹ»azablangan holda baland ovozda gapirayotgan vaqtda Haenaning telefonining ekrani bir qorayib yondi-yu, soŹ»ng tez signal eshitilib, butunlay oŹ»chib qoldi. Haena haligacha yomgŹ»ir ostida turar, u esa hech tinish niyatida emasdi. Telefonning oŹ»chib qolgan ekranidan koŹ»z uzmay qotib turib qoldi. YomgŹ»ir endi uning ustidan kulayotgandek tuyula boshladi. Atrof qorongŹ»ulikka choŹ»kib ketganligiga ulgurgandi allaqachon. KoŹ»zlarini pirpiratib atrofga qarab, na biror uy na biror bir oŹ»rindiq hattoki aniq yoŹ»nalgan yoŹ»l ham yoŹ»q edi.
āMashinadan tushib ketganidan juda afsusda edi. Unga gapini uxlashishga ham ulgurmadi. XoŹ»rligi kelib ketdi. Shu yoŹ»ldan qandaydir mashina yoki avtobus, umuman biror transport oŹ»tib qolib, uni odam yuradigan joylarga olib borib qoŹ»yishini xayol qilib, shunga chin koŹ»ngildan umid bogŹ»lagandi endi va bundan boshqa kutishdan, bu yerda qimirlamay turishdan maqsad yoq. Haena chiqaroqqa qarab kutish uchun yigŹ»lamsirab yura boshlagandi, qorongŹ»ulikdan hech narsa tiniq ko'rinmaydi.
Haena qo'rqib ketgan uning yuzini tiniq ko'rolgani ham yo'q. O'zining ahvolidan uyalib, hijolat bo'lib ketdi. Kiyimlarini, sochlarini to'g'irlagan bo'lib o'rnidan mag'rur turdi.
ā Sen kimsan? Nima qilyabsan bu yerda?
ā Men...men...adashib qoldim...bir kuchuk quvladi shu yerga kelib qoldim.
Yigit indamay bosh silkib qo'ydi.
ā Shu shahardan. Bugun nimadir g'alati...
Yigit uyoq-buyoqqa bir qarab qo'ydi va bir hushtak chaldi. Shunda itning vovillagan ovozi eshitildi va uzoqdan u tomon yugura boshladi. Haena cho'chib yigitning yengidan ushladi avval, keyin esa uni urdi.
Yigit qo'lini Haenadan deyarli siltab tortib oldi.
ā Qayerga ketaman shu mahalda. Hammasiga shu iting aybdor! Uni nega bog'lab qo'ymagansan?! Uni deb shu odam topmas bog'ga keldim. Hech bo'lmasa yo'lda edim. Kimdir o'tib olib ketardi.
ā Men kuchugimni bog'lab boqmayman. U mening qulim emas.
Haenaning alami ichidan toshib ketar, bu amal uning ko'zlarini yoshlab yubordi. Hamma joyi loy, oyoqlari boya yiqilganda shilingan, hatto sochlari va yuzlari ham loy edi.
Boshqa hech narsa demadi. So'zsiz yurib ketdi. Haena uning ortidan borishini ham, bormasligini ham bilmay qoldi bir zum. So'ng baribir boshqa borishga joyi yo'qligi, bu yerlarda bilmagani uchun uning ortidan yugurib ketdi. Orqasidan yetib avval indamay ketdi. So'ng noqulay bo'lsa ham baribir so'radi:
Cho'ntagidan telefonini olib unga so'zsiz uzatdi. Haena ham oldi va akasining raqamini terdi.
ā Iya, sizda akamning raqami bor ekan?
Telefonni o'zi qo'liga olib raqamni ko'rgach Haena Namjoonning singlisi ekanligini bildi. Namjoon va u avval birga o'qishgan universitetda. Bir yo'nalishda. So'ng unga ishi, o'qishi yoqmay qolib tashlab ketgandi. Hamma bilan deyarli aloqani uzgan birga o'qigan o'rtoqlari bilan. Lekin Namjoon va yana bir-ikki do'stlari bilan haligacha onda-sonda gaplashib turardi.
ā Uning singlisi borligini bilmasdim.
ā Uning sizdaka do'sti borligini bilmasdim.
ā Biz do'st emasmiz. Kam gaplashib turamiz.
ā Qo'ng'iroq qilsam maylimi? Havotir olyotgandir.
Yana qaytib berdi telefonni.
Haena akasiga qo'ng'iroq qildi. Lekin bu yerda aloqa yo'q. 2-3 marta qayta-qayta qo'ng'iroq qildi lekin ulanmadi sira ham. Telefonni qaytib uzatdi.
ā Ketdik, - dedi yana. Yana javob kutmay yurib ketdi.
ā Piyodami? Yo'lni aytsangiz o'zim ketaman.
ā Yana itlar talashini istaysanmi?
So'ng ikkisi ham indamay jim ketishdi. Biroz yurishgach bir uyga yetishdi. Bu yer kichik qishloqchaga o'xshardi. Juda ham yoqimli joylar.
ā Juda fayzli joyda ekan. Baxtli ekansiz.
Haena indamay joyiga qoldi. Kelgan yo'llariga, orqasiga qaradi. Katta dalla. Vahima bilan shu dalaga vir itdan qochib kirib qolganiga ishongisi kelmasdi.
Yigit o'z uy eshigi tomonga yurib uyiga kirib ketdi. Haena esa aytilgan joyida jim turardi. Yomgāir endi tingan boālsa ham, sovuq edi havo. Sovuq tanasiga singib ulgurgandi. Qoāllarini bir-biriga ishqalab qo'yardi.
Oradan koāp oātmay eshik yana ochildi. Yigit qoālida qora rangli dubulgāa bilan chiqdi. Ikkinchi qoālida esa kurtka bor edi.
ā Kiyib ol, ā dedi qisqa qilib.
Haena avvaliga tushunmay unga qarab turdi.
Kurtkani qoāliga tutqazdi. Haena indamay oldi. Kurtkadan yigitning atirining hidi anqib turardi. Biroz tutun hidi aralash hid. "Cheksa kerak" deb o'yladi ichida Haena.
Yigit hovli chetidagi tom ostiga bordi. U yerda qora mototsikl turardi. Temir qismlari yomgāir tomchilarida yaltirab koārinardi. U mototsiklni bir harakatda oldinga chiqarib, rulini toāgāriladi.
ā Rostdan ham shunda ketamizmi?
ā Yoāq. Senga maqtanishga olib chiqdim.
Yigit javob bermadi. Faqat dubulgāani unga uzatdi.
Haena dubulgāani kiyishga urindi, lekin eplolmadi. Bir necha marta uringach asablashdi.
Yigit bir xoārsinib unga yaqinlashdi. Haena jimib qoldi. Yigit uning qoāllaridan dubulgāani olib, sochlarini ehtiyotkorlik bilan orqaga yigādi. Sovuq barmoqlari qulogāi yoniga tegib ketganida Haenaning eti jimirlab ketdi.
Dubulgāani toāgārilab taqib qoāydi.
Haena bir soniya ikkilanib turdi. Keyin sekin orqasiga oātirdi. Mototsikl balandroq boālgani uchun muvozanatini yoāqotay dedi.
Yigitning ovozi aralashgani bilan mototsikl bir oz qimirlagandi. Haena qoārqib ketib, uning kurtkasidan sekin ushlab oldi.
Keyin hech nima demay mototsiklni yurgizdi. Motorning tovushi tun sukunatini yorib yubordi. Mototsikl asta yoālga chiqdi. Shamol Haenaning nam sochlarini orqaga uchirardi.
Ular qorongāi dala yoālidan chiqib, asta-sekin shahar chiroqlari tomon ketishardi.
ā Ismingiz nima? ā dedi past ovozda.
Yigit bir necha soniya javob bermadi.
Haena koāzlarini sekin yumdi.
Haena hayron boālib boshini koātardi.
ā Akang sen haqingda gapirgan.
ā Bilmagandim degandingiz ku?
ā Nima deb aytardi? Yomonlarmidi?
ā Yo'q. Shunchaki bir aytgan.
Shundan so'ng gaplashishmadi jim ketishdi. Haenani uyiga olib kirgach o'zi ketishga orqaga o'girildi.
Indamadi. Bir zumda uzoqlashib ketib qoldi. Haena uning orqasidan ancha vaqt qarab qoldi.
Jungkook va Mirae birga uyga qaytishayotgandi. Mirae o'zidan ko'p u haqida o'ylardi. Yomg'irdan so'ng hamma joy ho'l, loy yana toyib yiqilmasin deb ikki ko'zi Jungkookda.
Jungkook unga kulib qo'ydi. Mirae hijolat bo'lib o'zini chetroqqa oldi.
Jungkook Miraeni orqasidan chaqirdi. Ovozi ikkilanganday eshitildi.
ā Sen bilan do'stlashdik ha?
ā Senga nimadir aytsam meni ahmoq deb o'ylamaysanmi.
Jungkook shu yaqindagi o'rindiqni ko'rsatdi Miraega. Mirae o'tirdi. So'ng Jungkook ham o'tirdi.
Mirae havoning salqinidan eti sal junjikib o'tirardi. Uning sovuqqotganini sezib, Jungkook ustidagi maktab formasining kostyumini yechib uning yelkasiga avaylab tashladi. Mirae ko'zlarini unga qaratdi. Jungkook uning ko'zlariga qarab tabassum qildi.
ā Ko'zlaring juda chiroyli ekan.
Mirae uning gaplarini anglab ko'zlari olib qochdi uyalib. Jungkookning o'zi ham aytgan gaplarini anglamay qoldi. Hamma gapi samimiy edi juda.
ā Har doim tushlar ko'raman. Tushlarimda bir qiz bor. Yuzini ko'rmaganman. Ovozini elas-elas eslayman xalos. Qizig'i shundaki u tushlarimga kirgan kuni men juda charchagan bo'laman. Nimagadir ikkilanib,o'ylanib uhlab qolgan vaqtim u tushimga kiradi va meni qaysi qarorimni
tanlasam yaxshiroq bo'lishini ko'rsatib berib ketadi. Uning ovozini eshitaman va uyg'onishni istamayman lekin uyg'onaman. Uyg'onganimda u sababmi bilmadim men o'sha kundan baxtli bo'lib yuraman.
Jungkook indamay jim bo'lib qoldi. Mirae u gapini davom ettirishini kutib turdi. Lekin uzoq vaqt o'rtada sukut bo'lgach o'zi so'rab qoldi.
Mirae sal kam quvonganidan ko'zlaridan quvonchi ko'rinib turardi.
ā Hayotda ya? Ko'rdingmi? Gaplashdingmi? Yuzini ko'rdingmi? Yuzini ko'rmaganman deding qanday taniding?
ā Maktabda. Yuzini ko'rmadim. Ovozini eshitdim yana. Shuni bilamanki u shu maktabda. Uni topishga yordam berasanmi menga?
ā Yo'q. Uning sochlari ham uzun.
ā Maktabdagi yarim qizlarning sochi uzundir.
ā Uning sochi quyoshda porlaydi.
Mirae o'rnidan turib ketdi. Jungkook ham o'rnidan turib uning orqasidan yugurdi.
Shu payt Mireaning oldidan kimdir kelib yo'lini to'sdi.
ā Men ham topishsam maylimi, Jungkook?
Miraening yonidan o'tib Jungkookning yelkasidan qo'lini tashladi.