𝓓𝓻𝓮𝓪𝓶
Jungkook va Jimin avvaldan yaqin do'stlar. Ular bir guruhda o'ynashgan. Ikkisi ham juda yaxshi o'ynashardi. So'ng ikki xil jamoaga ajratishgan ularni murabbiylar. Sababi Jimin boshqa maktabga o'qishini o'tkazgan va endi bu maktabning jamoasida bo'lishi kerakmas. Lekin ular alohida boshqa-boshqa guruhlardaligi va ba'zida ular bir-birlariga qarama-qarshi o'ynab qolishganida ham o'rtadagi hurmat yo'qolmagan. Har o'yinda o'rtalaridagi bir-biriga bo'lgan qadrdonliklari ortsa ortdi lekin kamaymadi.
Mirae u yerda boshqa turishni istamadi. O'zini noqulay his qildi. Lekin Jungkook bilan hayrlashmasdan ketishga ham ikkilandi.
Shunday deb sekin aytdi-yu orqasiga o'girildi ketish uchun. Jungkook Jimin bilan gapini shu joyda to'xtatdi. Hamma narsa butunlay esidan chiqdi. Miraening orqasidan qarab qoldi. Mirae ancha uzoqlashgandi undan. Jungkook unga bir zum qarab turdi. So'ng orqasidan yugurishni istadi-yu lekin shikastlangan oyog'i erkin yugurishiga yo'l qo'ymadi. Miraening orqasidan uni chaqirib qichqirdi:
Mirae orqasiga qararkan. Bir joyda turib undan ko'z uzmay qarab turgan Jungkookni ko'rdi.
Mirae ancha uzoqlashib qolgandi. Qaytishga erindimi yoki boshqa nimadir sababmi qaytmadi telefonini ryukzagidan olib Jungkookga qarab turib unga qo'ng'iroq qildi.
Jungkook indamay turaverdi. Mirae ham jim turdi. Hech kim gapirmadi. Bir-birlariga uzoqdan tikilib turaverishdi bir-birlariga. Mirae goh-goh kulib qo'yardi. Jungkookga nima bo'ldi ekan deb o'ylardi ichida. U juda g'alati ko'rinardi. Mireaga shunchalik tikilib qarardiki,
go‘yo bir soniya ko‘zini uzsa, Mirae yo‘qolib qoladigandek. Telefonning narigi tomonida faqat ularning nafas olishi eshitilib turardi.
Jimin esa buni chetdan kuzatib turib, kuldi. Jungkookning bu qarashlarini u juda yaxshi bilardi. Jungkook nimanidir gapirolmay qolganida doim shunday bo‘lardi — gapirmaydi, faqat qarab turadi.
— Nega indamaysan? — dedi Mirae oxiri chidamay.
— Shunchaki… ketib qolishingni xohlamadim.
Bu gap juda past ovozda aytilgan bo‘lsa ham, Miraening yuragi tez urib ketdi. Uyaldi. So'ng ko‘zlarini unga tikib, boshini ko'tarib Jungkookka tikildi.
Atrof jimjit edi. Mashg‘ulot tugagani uchun stadion ham bo‘shab qolgandi. Chiroqlar maydonni yoritardi. Salqin shamol Miraening sochlarini yengil uchirib yubordi.
— Jungkook… oyog‘ing bilan uzoq tik turding... Og'rimayabdimi?
— Bilmayman, — dedi u kulimsirab. — O‘ylashga ulgurmadim.
Mirae nozik kuldi. Jungkook ham uning kulganini ko‘rib yengil kuldi. Go‘yo hozirgina ichidagi og‘ir narsa biroz yengillashgandek bo'ldi.
Jimin asta yonlariga ĺkelib, Jungkookning yelkasiga urib qo‘ydi.
— Seni oyog'inga nima bo'ldi? Dramatik bo'lib ketibsanmi?
— Jim bo‘l, — dedi Jungkook kulib.
— Men bo‘lmasam ikkalang ham bir-biringga qarab tong ottirasanlar.
Mirae kulgisini yashira olmadi. Jungkook esa biroz hijolat bo‘lib boshini boshqa tomonga burdi.
Jimin telefoniga qarab qo‘ydi-da:
— Men ketdim. Murabbiy yana kech qolding deb yozyapti. Keyin ko‘rishamiz.
Jungkook unga qarab bosh irg‘adi.
— Sen o‘ynolmasang ham gapirishni eplaysan, bolakay.
— Baribir sendan yaxshiroqman.
Ikkisi kulib bir-birlariga qo'l berib hayrlashishdi. O‘rtalaridagi eski do‘stlik hali ham o‘sha-o‘sha edi. Raqobat kuchli, lekin hurmat undan ham kuchliroq.
Jimin ketgach, yana jimlik cho‘kdi.
Mirae telefonni qulog‘idan olib, sekin dedi:
Jungkook bir necha soniya unga tikilib turdi. So‘ng kutilmaganda dedi:
Mirae kulib istehzoli bosh chalqadi.
Miraening yuragi yana g‘alati urib ketdi. U sekin yurib ortiga qaytdi. Jungkook esa uni o‘ziga yaqinlashayotganini ko‘rib jilmaydi. Mirae yoniga kelib, yur deganday ishora qildi va yana yo'lga qaradi. Jungkook uning ryukzagidan ushlab yengil tortdi.
Mirae javob bermadi. Yurishda davom etdi.
— Sen ketayotganingda… g‘alati bo‘lib ketdim.
Mirae bu safar ko‘zlarini olib qochdi. Yuragi juda tez urardi.