May 15

𝓛𝓲𝓴𝓮 𝔂𝓸𝓾

Chapter 1

Jin

Qanchalik qiyin kelishi noma'lum bo'lgan odamni kutish? Men har kuni kutaman. Ko'zimni ochaman va go'yo hozir oyim xonamga kirib meni boshimni silab uyg'otadigandek kutaman. Singlimni kutaman. Meni tashlab ketishgani uchun qattiq hafaman ulardan.
Ishga borish kerak. Derazadan qarasam hali quyosh chiqib ulgurmagan. Devorda bir ritmda chiqillab ovoz chiqarayotgan soatga qaradim. Soat tongi besh.
Ko‘zlarimni ishqalab sekin o‘rnimdan turdim. Oq parda ortidan kirayotgan xira tong nuri xonani sovuq rangga bo‘yab turardi. Deraza ochiqligi uchun ertalabki salqin havo xonaga sizib kirib etimni junjiktirib yubordi.

— Jin ursin… yana 5 minut uxlasam bo‘lardi, — deb kulib qo‘ydim o‘zimga.

Vannaga kirib, iliq suv ostida uzoq turdim. Suv yelkalarimdan oqib tusharkan, miyam asta uyg‘onardi. Bugun uchrashuvlar ko‘p. Investorlar, yangi loyiha, tugamaydigan qo‘ng‘iroqlar.
Lekin bu menga yoqardi.
So'ng sochimni sochiq bilan quritib, garderob oldida to‘xtadim.
Qora kostyummi yoki kulrang? Bir necha soniya o‘ylanib, qorasini oldim.
Menga hammasi yarashaveradi.
Ko‘ylak tugmalarini beparvo harakat bilan qadab, galstukni odatdagidek tez bog‘ladim. So'ng negadir asabimga o'ynab uni olib tashladim.

Bir tugma ochiq turgani yaxshiroq. Bilagimga soatimni taqdim. Endi mendan taralayotgan qimmat atir hidi xonaga butunlay tarqalib ketdi.
Oynaga qarab kulib qo'ydim.

— Perfect.

Mashina kalitini aylantirib ushladim-da, uydan chiqib ketdim. Mashinaga o'tirgach oynasida yana o‘zimga ko‘z tashladim. Uyqu aralash qarashlar, tartibli qora sochlar va mening o'sha qat'iy qarashlarim va jiddiyligimni bir vaqtda sezdirib turadigan tabassumim.
Shahar hali uyg‘onmagan edi. Men esa allaqachon hammasini zabt etishga tayyorman.
1 yilcha bo'ldi men ko'chada nonushta qilishga o'rganib qolganimga. Uydan chiqqan eng birinchi men boradigan joyim sevimga qahvaxonam bo'ladi. U yerdagi qahva va mevali choy menga yoqadi. O'sha joyda qahva ichib, choyini o'zim bilan olib ketaman.
Tanish kafe oldida to'xtab ichkariga kirdim. Deraza oldidagi joyga o'tiraman. Bu joyga doim men o'tiraman. Planshetimni ochib yangiliklarga bir ko'z tashlash bilan bandman.

— Har doimgidekmi, janob Jin?

Tanish afitsant yigitning ovozini eshitdim. U meni ko‘rishi bilan kulimsirab qo'ydi.
Men planshetdan ko‘z uzmay bosh irg‘adim.

— Americano. Va o‘sha mevali choy.

— Olib ketish uchun?

— Choyni olib ketaman.

– Nonushtaga yana nimadir yeysizmi?

– Yo'q.

— Siz kelmasangiz, tong boshlanmagandek tuyuladi bu yerda.

Jin yengilgina kulib qo'ydi.

Oradan ko'p o'tmay stolim ustiga qahvani qo'yib qo'yishdi.

– Marhamat, olib keldim.

Men notanish qizning ovozini eshitdim. Boshimni ko'tarib unga qaradim. U indamay kulib turaverdi. Uning ustidagi oppoq ko'ylagi. Oq. Yengi kalta oq ko'ylak. Sochlari yoyilgan. To'lqinsimon jigarrang sochlari yelkasidan tushib turibdi.

– Rahmat, – deyoldim faqat.

U yengil ta'zim qilib orqaga o'girildi. U qandaydir boshqacha tuyuldi menga. Oq ko'ylagi mening butun tanamni muzlatib qo'ydi. U nega formasini kiymagan?

– Nega ishxonangning formasini kiymading?

U menga qaradi. Kulib qaradi.

– Endi bu yer mening ishxonam emas. Siz ohirgi mijozimsiz.

Men indamadim. Oldimdagi qahvani qo'limga olib bir ho'pladim. Ta'mi boshqacha. Men yoqtirganimdek emas. Negadir asabiylashdim. Odatda bunday mayda narsalarga asabiylashmayman axir. O'sha qiz hali ketib ulgurmagandi. Bir-ikki stol naridagi stolni tozalash bilan band edi. Uni chaqirdim.

— Nega buning ta'mi boshqacha?

U yana kuldi. Nega? Men jahl bilan gapiryabman axir. Kulib, sokin javob qaytardi.

– Chunki uni men tayyorlamaganman.

Men battar asabiylashdim o'rnimdan turib ketdim. U tezda yonimga kelib oldi. Qo'limdan ushlab qayta o'tirishimga ishora qildi.

– O'tiring!

– Istamayman!

– Jim!

U aqldan ozganmi deb o'ylab qoldim. Lekin gapirmadim ham.

– Men afitsant emasman. Hozir dugonamning o'rniga ishlab turibman. Iltimos o'tiring. Unga gap tegishini istamayman. Bir pas o'tiring keyin sekin chiqib ketasiz.

U o'zini juda erkin tutardi. Huddi hech narsa bo'lmaganday mening oldimdagi stulga o'tirib oldi.

– Sizga men tayyorlagan kofe yoqadimi?

Qo'lini iyagiga qo'yib menga qarab o'tirishi...

– Men bandman.

Qaytib o'rnimdan turdim yana. U qo'limdan ushlab yana qayta o'tqazdi meni. Men butunlay hayron edim.

– Mening ismim Dina.

Menga qarab qo'lini uzatdi. Men qo'lini jim siqib qo'yaqoldim. Unga o'zimni tanishtirib o'tirgim kelmadi.

– Nega ishdan ketyabsan?

– Nihoyat o'zim istaganday ish topdim chunki. Buni uzoq kutgandim. Meni qabul qilishganiga hali ham ishongim kelmaydi.

Bir ish uchun buncha xursand kulmasa bu.

– Omad tilayman. Hayr.

Bu safar men ham unga qarab jilmayib qo'ydim.

– Rahmat. Bu yerga yana tez-tez kelib turing. Menga bu yer yoqadi.

– Kelaman.

Boshqa so'z ortiqcha. Mashinaga chiqib ketdim yana. O'tirgan vaqtim esimga tushib qoldi. Choyni unutibman. Qaytadan mashidan tushgandim o'sha qiz ham shoshib chiqdi eshikdan. Meni oldimga keldi.

– Qolib ketibdi...

Menga uzatib tikilib qarab turaverdi. Buncha ko'p uchradi bu menga. Sovuqqina "rahmat" dedim-u ishga yo'l oldim.

So'ng u ishga yetib keldi. Mashinasidan o'sha ishonchli qadamlari bilan tushib keldi. Jin — yirik development kompaniya CEOsi. Premium binolar, luxury mehmonxonalar,
biznes markazlar,
elit turar joylar quradigan yirik kompaniyaning prezidenti.

Jin ichkariga kirib keldi. Uzun koridor bo‘ylab yurarkan, telefonidagi xabarlarni ko‘zdan kechirardi. Yonida kotibasi bugungi rejalarni unga eslatib ketaverardi.

— Investorlar allaqachon yig‘ilgan, janob Kim. Faqat Han Group hali yetib kelmadi.

— Kechikish odatlari o‘zgarmabdi, — dedi Jin sovuqqina.

Lift eshiklari ochildi. Katta majlislar zaliga kirib kelishi bilan o'tirganlar turib unga ta'zim qilishdi. Sokin, qat'iy qadamlar bilan yurib to'rga borib o'tirib joyini egalladi. Soatiga qaradi.

– Ular kelishmasa o'zimiz boshlaymiz.

Jin boshqa investorlarga qarab gapirdi. Shu vaqt eshik ochilib kutilayotgan odamlar kirib kelishdi.
Ular kirishi bilan xonaning muhiti biroz o'zgarganday bo'ldi. Seokjindan o'ng tarafda o'tirgan kotibasi unga sal egilib pichirladi.

– Han Group keldi.

– Bildim, – dedi sovuqqina.

Eng avval xonaga Yoongi kirib keldi. Keyin boshqalar kirishni boshlashdi. Seokjinning ko'zlari ertalabki tanish qizga tushganida negadir yuziga tabassum yugurganday bo'ldi. Dina ham unga qarab hayronligi yuzidan sezilib turardi. "Yana o'sha. U nima qilyabdi bu yerda?", deb o'yladi ichida.

Yoongi joyiga o'tirarkan Seokjinga qarab yengil tabassum bilan qarab gapirdi:

– Ko'p kuttirmadim deb umid qilaman.

– Doim kech qolasan.

Seokjin istehzoli kulimsirab qaradi Yoongiga.

Yoongi yoniga o'tirgan qizga, Dinaga ishora qilib uni tanishtirgan bo'ldi.

– Bu bizning yangi interyer dizaynerimiz. 3 oy amaliyotda va sinovda.

Dina nozik kulib hammaga qarab boshini sal egib qo'ydi.

Yoongi tanishtirishga davom etish uchun Dinaga qaradi.

– Isming nima edi?

Dina endi gapirish uchun og'iz juftlaganida Seokjin "Dina" deb aytib yubordi. O'zi anglamay qoldi aytganini. Uning hayoliga ham, og'ziga ham beixtiyor keldi bu so'z. Hamma unga qarab qolganday tuyuldi unga. O'zini noqulay his qildi. O'ngg'aysizlanib oldidagi qog'ozlarni tartiblagan bo'ldi.

— Qani majlisni boshladik, – dedi o'zini jiddiyga solib.