May 12

𝓓𝓻𝓮𝓪𝓶

Soomin hammaga qarab chiqdi. Jamoa tinmay shug'ullanardi. Ularni to'xtatishga o'ylanib qoldi. Berilib o'ynashayotgandi hammalari. Keyin hijolatomuz qizlarga qaradi.

– Ozroq kutib turolmaysizlarmi?

Haena indamay chetdagi kursiga indamay o'tirib oldi.

Mirae ham Haenaning yoniga sekin kelib o‘tirdi. Haena unga bir soniya qaradi-yu yana nigohini boshqa tomonga olib qochdi. Mirae ichida kulib qo‘ydi. O'zicha arazlab olganiga.

Sport zal ichida to‘pning polga urilgan tovushi tinmasdi. Ba'zan hushtak ovozi, ba'zan yigitlarning bir-biriga baqirib gapirishlari eshilardi. Havo ham biroz issiq, biroz dim.

Mirae zerikkanidan maydonga qarab o‘tirdi. Avvaliga hech kimga uncha e'tibor bermayotgandi. Keyin birdan ko‘zlari bir tanish yigitda to‘xtab qoldi.

– Ertalabgi yigit...Jungkook...

Mirae buni ichida aytdim o'yladi lekin ovozini Haena eshitib uni yelkasidan ushlab o'ziga qaratdi.

– Kim?

Mirae kulib Haena qaradi.

– Uni ertalab ko'rib qolgandim. Faqat shu. Ko'zimga issiq ko'rindi.

– Mayli... Aytmading ha menga.

– Nimasini aytaman buni?

Mirae yana zalga qaradi. Ko'zi endi faqat unda aylanib yurganini sezib qolib pastga qarab o'tirdi. U boshqa yigitlarga qaraganda ancha yaxshiroq o‘ynardi. Boshqalar jon-jahdi bilan o'yinga qarasa, u huddi ko'ngilchoqlik uchun o'ynaganday kulib, zavqlanib o'ynardi. To‘pni olishi bilan hamma harakati tezlashardi. Maydon ichida boshqa odamga aylanardi.

Mirae beixtiyor unga yana uzoqroq tikilib qoldi.

Shu payt Jungkook to‘pni ushlab chap tomondan yugurib keldi. Qarshisidagi o‘yinchini aldab o‘tib ketdi-yu, sakrab to‘pni savatga tashladi. To‘p savatdan chiroyli tushdi.
Lekin sakrab yerga Jungkookning oyog‘i noto‘g‘ri tushib ketdi.

Uning yuzi birdan og'riqdan tirishib ketdi. Gavdasi muvozanatini yo‘qotib yon tomonga oqsab tushdi.

— Jungkook!

Jamoadagilar ham bir zum to‘xtab qolishdi.

Mirae nima qilayotganini o‘zi ham anglamadi. O‘rnidan sapchib turib maydon tomonga yugurdi.

Haena hayron bo‘lib ortidan qarab qoldi.

— Mir?!

Jungkook esa tishini tishiga qo‘yib oyog'ini ushlab o‘tirib qolgandi. O‘ng qo‘lini to‘pig‘iga qo‘ygan, nafasi biroz o'zgargan.

Mirae uning yoniga yugurib borib oldiga cho‘kkalab o‘tirdi.

— Yaxshimisan? Qattiq og‘riyaptimi?

Jungkook boshini ko‘tarib unga qaradi. Ko‘zlari bir soniya kattalashib ketdi. Unga havotir bilan qarab turgan qiz bugun ertalab ko'rgan qizi edi.

— Sen?..

Soomin ham vahima bilan yugurib keldi. Deyarli yig'layotgandi.

– Aka! Nima bo'ldi? Og'riyabdimi? Oyim...oyimga qo'ng'iroq qilaman.

Mirae bir Soominga bir Jungkookga qarab oldi. Ular aka-singilligi sira hayoliga kelmagandi.

Jungkook Soominning qo'lidan telefonni olib qo'ydi.

– Yaxshiman. Bas qil da uyga qayt. Hozir qaytaman men ham uyga.

Soomin yig'lashdan beri bo'lib jim o'tirardi.

– Oyimga aytaman sizni. Aytib beraman hammasini.

– Mini, uyga qayt!

Mirae shundagina tez kelganini anglab yetdi. Biroz hijolat bo‘lib qoldi. Nima deyarini bilmasdi.

— H-haligi... oyog‘ing...

Jungkook Miraega qarab kulganday bo‘ldi.

— Men yaxshiman.

Lekin ovozi ishonchli emasdi.

Murabbiy ham tez yonlariga kelib cho‘kkaladi.

— Qimirlatma oyog‘ingni.

Jungkook indamay bosh irg‘adi. Mirae esa hali ham uning yonidan ketmay o‘tirardi. Negadir yuragi g‘alati tez urayotgandi.

Haena esa uzoqdan ularni kuzatib turib, Miraega tikilib qoldi.

Mirae esa hanuz Jungkook yonidan ketmagandi. Uning cho‘kkalab o‘tirishi, xavotir bilan gapirishi Haenaning ichida nimadir uyg'otgandek Miraega qarab kulib-kulib qo'yardi. Oldin Miraeni bunday ahvolda hech ko'rmagandi chunki.

Murabbiy Jungkookning oyog‘ini ehtiyotkorlik bilan ushlab ko‘rdi.

— Qattiq qayrilgan bo‘lishi mumkin… Hozircha bosma, maylimi? — dedi u qat’iy ohangda.

Jungkook og‘riqni yashirishga urinib kulimsiradi.

— Mayli, murabbiy. Uncha og'rimayabdi.

Mirae yengil nafas oldi, lekin baribir uning ko‘zlari Jungkookning oyog'idan uzilmadi.

— Yura olasanmi? — dedi u past ovozda.

— Sinab ko‘raman, — dedi Jungkook va sekin qo‘llariga tayangancha o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi.

Lekin oyog‘ini bosishi bilan og‘riq o‘qday o‘tdi, qotib qoldi.

Mirae darrov yelkasidan ushlab qoldi.

— Yo‘q, yo‘q, bunday qilma! O‘tir!

Uning ovozi beixtiyor balandroq chiqib ketdi.

Jungkook yana kuldi, bu safar biroz rostakam kulgu aralash.

— Havotir olma hammasi yaxshi.

— Bu hazil emas...

Ularning orasidagi bu qisqa sukunatda Mirae qo‘lini sekin tortib oldi, lekin baribir yaqin turardi. Go‘yo Jungkookni yiqilib ketishdan o'zi ushlab turganday.

Haena esa bularni ko‘rib jim qoldi. U hatto qimirlamadi ham.

Murabbiy qo‘li bilan boshqa yigitlarga ishorasi qildi:

— Uni chetga olib chiqamiz. Qani yordam bering.

Ikki yigit kelib Jungkookni ehtiyotkorlik bilan yelkalaridan ushlab oldi. Mirae o'zini chetga oldi. Jungkook unga qarab turdi.

– Rahmat, farishta

Mirae bilinar-bilinmas jilmayib qo'ydi.

— Ertalab yordam berganing uchun...

Zalning bir burchagiga o‘tirg‘izishgach, Jungkook chuqur nafas oldi.

— Men yaxshiman, — dedi u yana hazil ohangida.

Mirae unga qarab boshini chayqadi.

— Sen doim shunaqamisan? Joning og'riyabdi ku axir.

— Agar kulmasam, og‘riq meni yutib yuboradi.

Bu gapni u juda past ovozda aytdi. Mirae bir soniya jim qoldi.

Shu payt murabbiy telefonini chiqarib:

— Shifokorga olib borish kerak.

Mirae darrov gapirmoqchi bo‘ldi, lekin Jungkook oldinroq gapirdi:

— Men o‘zim ketaman. Shunchaki… biroz dam olsam bo‘ldi.

– Shifokorni chaqiravering. U yurolmaydi.

Mirae Jungkookga qarab ham o'tirmasdan javob berdi.

Jungkook unga bir soniya qarab qoldi. Keyin sekin bosh irg‘adi.

Maktab shifokori keldi. Uning oyog'ini tekshirib, bog'lab ketishdi.

– 3-4 kun dam olasiz endi.

– 3-4 kun? Bu juda ko'p! 1 haftadan so'ng musobaqa bor ku.

– Bu haqida unutsangiz ham bo'ladi. Boshqa kimdir o'rningizga tushgani ma'qul.

– Ko'p harakat qilgandim.

– O'zingizga yaxshi qarasangiz 3-4 kunda balki yaxshi bo'lar lekin bu qaytish degani emas.

Jungkok indamadi ortiqcha gapirishni istamadi shekilli. So'ng shifokorlar ham ketishdi. Oldida kamchilik qoldi. Mirae ham ketishini ham, qolishini ham bilmay turardi. Haena allaqachon zaldan chiqib ketgandi. Soominni ham Jungkook ketkazib yuborgan.

– Uyga taksida qaytaman. Hammangiz keting!

– Yur, taskigacha borishinga yordam beraman.

Jungkook Miraega qaradi. O'zi asabiylashib turgandi. Miraening unga qarab kulib turganini ko'rib o'zining ham yuziga tabassum yugurdi negadir.

– Yura olaman. Ketdik.

Jungkook rostan endi boyadigan yaxshiroq yurolyotgandi. Oqsoqlanib, sekin yursa ham.

Avvaliga sekin yurib kalidorga chiqishdi. Maktabda deyarli odam qolmagandi. Darslar tugaganiga 1 soatcha bo'lgandi.

Maktab bog'iga chiqishdi. Shunda ko'rdiki, Haena Miraeni kutib o'tirgan ekan. Haena ularni ko'rib ko'zini suzib qo'ydi.

– Men Jungkookman.

Jungkook Haenaga o'zini tanishtirdi.

– Mirae bilan do'stlashib oldik. Sen uning yaqin do'stisan shekilli.

Haena o'zini majburlab kulib uning qo'lini yengilgina siqib qo'ydi.

– Haenaman.

– Hae, taksi chaqirganman yur birga qaytamiz.

– Yaxshisi, taksida o'zing ketaver Haena. Biz alohida ketamiz.

– Nega?, – Mirae unga tushunarsiz qarab javob kutdi.

– Yo'lda tushuntiraman.

Miraening ichida nimadir unga ishonishni, hali bugun ko'rishgan, hali yaxshi tanimaydigan shu odamga ergashishni ma'qul derdi. Haenaga bir qaradi. U hafa bo'lmasmikan deb. Yo'q u aksincha Miraega qarab kuldi.

– O'zlaringiz to'laysizmi? Mir, oqshom uyda kutaman seni.

Mirae orqada Jungkook oldinda yurib borib maktabdan chiqishdi. Yana quyosh botayotgan mahal. Hamma joyga salqin tusha boshlagan. Yoqimli havo bo'layotgandi.

– Boshqa taksi chaqiraymi?

– Yo'q.

– Piyoda ketolmaysan..siz...Xullas.

Jungkook kuldi uning gapini topolmay qolganidan.

– Senlab gapiraver. Elektr somokotda ketamiz.

– Nega?

– Menga mashinada yurish yoqmaydi. Bu zo'r bo'ladi. Yur men bilan.

Jungkook Miraening qo'lidan ushlab olib o'zi bilan yetakladi. Ko'p yurishmadi yaqinginadan skuter topildi.

– Men bunda ucholmayman.

– Qiyinmas bu.

– Ketavering meni uyim uzoq emas o'zim ketaman.

Jungkook Miraening qo'lidan yana ushlab oldi.

– Birga ketamiz.

– Yo'q.

– Chiq. Bir chiqib ko'r.

Mirae yoqar-yoqmas chiqdi.

– Orqamda turasanmi oldindami?

– Aaa?

– Nima?

Mirae nima deyishni bilmay ko‘zlarini katta ochib unga qaradi. Jungkook esa skuter rulini bir qo‘li bilan ushlab, ikkinchi qo‘li bilan hali ham uning qo‘lini qo‘yib yubormagandi.

— Oldinda tursang yiqilib ketasan, — dedi kulib. — Orqamda tur.

Mirae sekin bosh irg‘adi. Keyin sekin uning orqasiga chiqdi.
Jungkook Miraening qo'lini sekin qo'yib yubordi.

— Ushla! Yiqilib tushaman hozir!

Jungkook kulib yubordi uning gaplaridan.

— Yiqilsang ushlab olaman.

— Ishonchsiz gapirding.

— Bo‘lmasa mahkam ushla.

Mirae asta uning ko'ylagidan ushladi. Nozikkina ushladi. Lekin skuter joyidan qo‘zg‘alishi bilan qo‘rqib ketib, beixtiyor belidan mahkam ushlab oldi.

Jungkook yana kuldi unga qarab qo'yib.

— Kulma! Men bunaqa narsaga chiqmaganman oldin!

— Bilinib turibdi.

Shamol Miraening uzun sochlarini ortga uchirardi. Quyosh esa asta-sekin botib, osmonni to‘q sariq rangga bo‘yayotgandi. Yo‘llarda odam kamaygan, atrof sokinlashib qolgan edi.

Mirae avvaliga qo‘rqib ko‘zlarini yumib olgandi. Keyin asta ochdi. Salqin shamol yuziga urildi. Negadir yoqimli edi. Rostan ham endi skuter unga yoqib qoldi.

Jungkook esa odatdagidan sekinroq haydayotgandi. Oyog‘i hali ham og‘rirdi, lekin buni bildirmaslikka urinardi.

— Og‘riyaptimi hali ham? — dedi Mirae past ovozda.

— Biroz.

— Unda to'xtaymizmi?

– Yo'q.

– Nega axir?

— Chunki hozir kayfiyatim yaxshi.

Mirae tushunmadi. Bir necha soniya jimlik cho‘kdi. Faqat shamol va skuterning past ovozi eshitilib turardi.

Keyin Jungkook birdan gapirdi:

— Bilasanmi... bugun yiqilganim yaxshi bo‘ldi.

— Nimaga?

— Sen bilan do'stlashdim.

— Men... shunchaki yordam berdim. Sen ham menga yordam berganing uchun. Biroz o'tib Jungkook skuter tezligini pasaytirdi.

— Muzqaymoq yeysanmi?

— Hozir-a?

— Hozir.

— Oyog‘ing og‘riyapti-ku.

— Sen havotir qilganing sari kamroq og‘riyapti. Oyoqqa muzqaymoqning nima aloqasi bor?

Mirae yuzini burib qo'ydi. Indamadi boshqa.

Skuter yo‘l chetidagi kichkina do‘koncha oldida to‘xtadi. Jungkook tushmoqchi bo‘lganda oyog‘i yana og‘rib yuzlari tirishib ketdi.

Mirae darrov uning qo‘lidan ushlab qoldi.

— Sekin!

Jungkook unga qarab qoldi. Miraening ko‘zlari yana o‘sha haqiqiy xavotir bilan to‘lib turardi. Va negadir Jungkook bir lahza og‘riqni ham unutdi.

– Shu yerda o'tir. O'zim kelaman muzqaymog'ingni.

Shu yerdagi yo'l chetidagi skameykani ko'rsatdi. Mirae do'kon tomonga yurib ketdi. Orqasidan Jungkookning ovozi eshitildi:

– O'zinga ham ol!

Haena chin dildan xursand edi Mirae uchun. Miraeni endigina bunday kimdir bilan ochilib gaplashganini ko'rishi. Maktabdan chiqishi bilan oldida turgan mashinaga o'tirib oldi. Haena mashinaga o'tirgach boshini orqaga tashlab ko'zini yumdi. Mashina harakatlanishni boshladi. Shahar chiroqlari bir-bir yonishni boshlagandi. Haenaga nimadir g'alati tuyulib boshini ko'tarib mashina oynasidan qaradi. O'ziga notanish ko'chalardan o'tib borardi.

– Men bu yerlardan o'tmasdim avval... Manzilda adashdim... Kechirasiz meni orqaga qaytara olasizmi?

– Qayerga borasiz?

– Orqaga maktabga qaytaravering. Men chaqirmagandim taksini. Adashishgan shekilli.

So'ng mashina orqaga qayrildi. 10 daqiqa o'tmasdan yarim yo'lda mashina to'xtab qoldi. Haena osmonga qarab ketayotgandi. Havo aynishni boshlagandi.

– Nima bo'ldi?

– Yoqilg'isi tugadi shekilli. Yurmayabdi

– Men unda shu yerdan qaytaman orqaga. Bir amallab qaytarsiz o'zingiz.

Haena yonida turgan ryugzagini olib mashinadan tushib ketdi. Ortgacha ko'p qolmagandi. Lekin kam ham emas yarim soatcha yurish kerak edi. Havo ham salqinlashib boshlagan. Bahor havosi. Boyagina quyosh charaqlab yotgan osmon endi qora bulutga to'layotgandi. Haena shoshilib tez-tez yurar lekin hali uzoq ketib ulgurmasidan birdan yomg'ir yog'ib yubordi.