Maktub
Ochilib qolgan betda endi men tushunadigan tilda faqat "Seni kutayabman" degan yozuv bor edi.
Bu qanday kitob ekan o'zi?
Nega muallifi yo'q buni? Tezda noutbukimni ochib bu haqida qandaydir ma'lumot topish uchun izlanishni boshladim. Ko'rinishi bo'yicha qidirdim, kulgili lekin nomi va muallifi yo'q kitoblar bormikan deb qidirdim hatto suratga olib ba'zi tanishlarimdan so'rab chiqdim. Yo'q hech kim bilmas ekan.
Bu menimcha hazil. "Seni kutayabman..." Kim? Qayerda? Meni kutyabdimi? Qo'ysang-chi. Uhlaganing yaxshi. Hayolparast.
Ertangi kun. Tong.
O'quvchining kuni qanday ham boshlanardi? Nonushta qilib, maktabga tayyorlandim. Sumkamga narsalarimni joylayotib kechagi kitobni qo'limga olib yana qarab qoldim. Nega bunchalik o'ylayabman seni? Charosga ham ko'rsataman deb o'zim bilan oldim. Ko'chaga chiqib qarab turdim. Sabrim chidamay ketayabdi. Tezroq kelaqolsa. Ana ko'rindi nihoyat.
Indamay tezligini zarracha o'zgartirmay davom etdi. Ataylab qilayabdimi?
-Keldim. Nimaga buncha shoshilasan? Bugun erta chiqibsanmi?
-Ha. Senga bir noodatiy narsa ko'rsatmoqchiman.
Sumkamdan boyagi kitobni olib unga berdim. Qoshlarini uyib, tushunarsiz kitobni uyoq-buyog'ini aylantirib ko'rib yurishda davom etdi.
-Nima bu? Nimasi g'alati kitob ku bu oddiy.
-Qara, qara muallifi ham nomi ham yozilmagan buni. Yana bunga qara
Kitobni ochib kechagi tushunarsiz tilda yozilgan so'zlarni ko'rsatdim.
-Bu qanday tilligi bilmaysanmi? Bunisiga nima deysan.
Kecha tasodifan ko'rib qolgan gapni ko'rsatdim.
-Bu esa biz tushunadigan tilda yozilgan. Kim kutadi? Qayerda? Nima uchun? Bular qiziq emasmi?
-To'g'ri... Qayerdan olding buni.
-Bugun ham boramiz balki bir narsa topilar. Sen anavi yozuvlarni tarjima qilishga harakat qil.
Kitobni qayta joyiga solib, yo'lda davom etdik. Darslar bilan u deyarli yodimdan chiqib ketdi. Darslar tugagach, Charos yonimga kelib oldi.
-Yur ketdik. Kutubxonaga boramiz.
-Qo'ysang-chi uf jiddiy olib yuribsanmi? Charchadim uyga ketamiz. Boshqa vaqti borarmiz.
-Yo'q uning uchunmas. Kechagi telefonni egasiga berishim kerak-ku.
-Haa,umi. Butunlay unutibman. Mayli yur. Berasan-u tezda qaytamiz.
Shunday qilib yana shu yerga yo'l oldik. Tezroq uyga borib uhlasam edi. Kutubxonaga yetib kelib, atrofga qarab turibmiz.
-Bilmadim kelib qolsa kerak biroz kutaylik qaytib olib ketolmayman buni.
-Shu yerda kimgadir berib ketamiz.
-Xo'p. 15 daqiqa kutib kelmasa ishchilardan biriga berib qo'yishini aytib ketamiz.
10 daqiqacha kutdik. 10 daqiqa ham shunaqa sekin o'tadimi? Zerikib ketdik hey.
Qorovulga berib qo'yish uchun borayotganimizda Charos birdan to'xtatdi.
-Ana u!
-Xudoga shukur hey! Chaqirgandan keyin ertaroq kelsa bo'lmaskanmi?
Charos ketayotgan yigitning ortidan qichqirdi.
Unga qarata aytilgandan keyin ortiga o'g'irilib Charosni ko'rgach tabassum qildi.
-Ha, ha shu menman. Mana telefoningiz?
Charos telefon uzatgan qo'lga qarab qoldi. Va biz umuman kutmagan javobimizni eshitdik.
-Kechirasiz. Lekin bu meniki emas.
-Bu nima deganingiz? Kecha xabar yozdingiz. Rasmingiz chiroyli edi. Telefonimni ertaga olaman deb. Qarang.
-Buni men yozmadim. Menimcha adashgansiz.
-Lekin rasmimni sizdan boshqa hech kim ko'rmagan edi...
-Rostan kecha men kirganimda ham chiqayotganimda ham ikkimizdan boshqa hech kim yo'q edi xonada.
-Yomon hazil bo'ldi. Telefoningizni oling men ketdim.
-Hazillashmayabman. Bu meniki emas.
Uchalamiz bir-birimizga indamay qarab qoldik.
-Yuringlar kamerani ko'rishni so'raymiz. Balki ishchilarnikidir.
Sukutdan so'ng gap boshladi yigit.
-To'g'ri aytyabsiz, yuringlar.
Birgalashib ko'rishga bordik. Biz telefon haqida aytgandan keyin bizga yozuvlarni ko'rsatishga rozi bo'lishdi.
-Mana, mana siz chiqib ketayabsiz.
Shundan keyin telefon jiringlagandi.
Qarab turdik, turdik lekin hech narsa sodir bo'lmadi. Charosning ham xonadan chiqib ketayotgani ko'ringan xalos.