August 28

𝓓𝓻𝓮𝓪𝓶

Chapter 9

Ertalabdan telefonning jiringi Haenani uyg'otib yubordi. Uyqusirab telefonni yotog'idan qidirdi. Topolmay o'rnidan turishga majbur bo'ldi. Telefon pastga tushib ketgan ekan shuni erinibgina oldi. U vaqtgacha qo'ng'iroq allaqachon o'chib bo'lgandi. Haena telefonni ekranini yoqib ko'rib Miraedan qo'ng'iroq bo'lganini ko'rib shoshib qoldi, uyqusi ham butunlay o'chib ketgandi allaqachon. Tezda qaytib telefon qildi.
- Mir!
- Haena, hali uhlayabsanmi? Qani tez turib tayyorlan.
Miraening ovozida sokinlik va shu bilan birga nimagadir shoshayotgani sezildi Haenaga. O'zi odatda Mirae muhim bo'lmagan ishlarda telefon qilib o'tirmaydi. Agar ko'p marta telefon qilaverganida ham Haena aniq shunday qadrlab, oshiqib javob bergan bo'lardi doim.
Mirae ko'p gapirib o'tirmaydi. Haena Mireachalik irodali qiz emas. Turaman deganidan keyin ham ancha vaqt o'tib so'ng turdi o'rnidan. O'zicha hayoliga ertalabdan kelgan ilk qo'shiqni hirgoyi qigancha yuzini yuvib chiqish uchun vannaga kirib ketdi.
Shu qo'shiqni yana esida bor joyini pichirlab qaytib chiqdi. Oynaga qarab sochini tarab tepadan yig'di. ''Nega sochim Miraenikiday uzun bo'lmaydi hech qachon'' Yana yig'gan sochini yechib bir tarab yoyib qo'yaqoldi. Maktab formasini kiyib xonasidan chiqdi. Yana telefoni jiringladi. Bu yana Mirae ekanini bilardi. Tezda javob berdi kuttirishni ham, kutishni ham istamadi.
-Chiqdingmi?,- Mirae endi umuman shoshmay gapirayotgani Haenaga ham qandaydir sokinik berganday bo'ldi. Agar boshqacha tonda gapirganida balki yolg'on gapirgan bo'lardi chiqdim deb. Mehmoxonadan kelayotgan ovozlar Haenaning diqqatini tortdi negadir. Begona qizning ovozi biroz hayron qoldirdi ham. Akasining ovozi ham bu sasga aralashgandan so'nggina battar qiziqib mehmonxonaga yaqinlashib avval kimligini bilmoqchi bo'ldi.
- Mening yonimga kelganingdan rosti juda xursand bo'ldim.
Namjoon oldidagi qizning yuzlaridan ko'zini uzmay tinglar, unga yuragi achib gapirardi. Haena yillar davomida ilk marta akasini bu ahvolda ko'rib yuragi allanechuk urib ketdi hayajonlanib. Haena hozir akasining oldiga borish, uni bezovta qilish ayni dam o'rinsizdek tuyuldi va hech narsa demay chiqib ketishni afzal bildi. Sumkasini qo'lida mahkam ushlab olib, oyoq uchida yurib mehmonxonadan uzoqlasha borganida, o'sha begona ovoz uning uga tanish,qadrdon laqabni aytganini eshitib to'xtadi.
- Quyoshcha ko'rinmayabdi?
Haena buni eshitdi-yu deyarli muzlab qolayozdi turgan joyida. Bu begona ovoz emas, bu Misoning ovozi. Eshitib ko'zlai deyarli yoshlanib ketdi hech o'ylamasdan o'zini Misoning bag'riga otgisi kelib ketdi.Mirae bilan qanchalik yaqin bo'lsa Misoni ham o'ziga shunchalik yaqin ko'rar, opam derdi uni doim. Shu o'tgan ikki yil davomida Mirae ikkisi doim uning nomini oqlab kelishdi. Uning to'satdan ketib qolganini o'zlaricha tushunib olganlar bor edi albatta.Bir Miraening oilasigagina bu mavzuda umuman so'z ochishga imkon bo'lmagan.
Haena oyoqlari o'z-o'zidan harakatlanib mehmonxonaga, akasi va Misoning oldiga kirdi. Miso divanda chekkada, hijolat bo'lganday suyanib o'tirar, Namjoon uning oldidagi kichkina stulda o'tirardi. Xonaga kirgan Haenani ko'rgan Miso ko'zlari quvonchdan porlab ketganday bo'ldi.
- Opa, o'zingizmisiz?
Haena hamon ko'zlariga ishonmay yaqinlashib so'radi.
- Menman, quyoshcha. Kel yonimga.
Haenaning ko'zidan istar-istamas yosh oqib, yuziga tusharkan Misoning bag'riga bordi. Orziqib quchoqladi. Mirae nimani his qildiykin shuncha vaqtdan so'ng yana ko'rganida. Yana quchoqlaganida. Shu hayoliga keldi-yu Miraeni tezroq ko'rgisi kelib ketdi. Miso ham Haenani sog'inib-sog'inib iliq quchoqladi.
– Darsinga kech qolyabsan. Qani bo'l. Maktabga shoshinglar.
Miso Haenani shoshiltirgan bo'lib gapirdi. Haena hali to'yib gaplashmoqchi edi. Ketgisi kelmay turib qoldi. Buni huddi Haenaning ichidan o'qiganday "Endi ko'p gaplashamiz, quyoshcha. Endi ketib qolmayman" dedi. Haena chiqib ketishdan avval Misoni yana quchoqladi. Shu vaqtda divanning boshqa chekkasida suyab qo'yilgan suyanchiq hassaga ko'zi tushdi yu butun badani ustidan muzlay suv quyganday eti junjikib ketdi.
– Miso? Bu senikimi?

Aktrisa bo'laman deb katta tavakkal bilan uyidan chiqib ketgan, istaganiga yetish uchun bir paytlar har narsaga tayyor bo'lgan bu mag'rur, kuchli qizni bu ahvolda ko'raman deb sira o'ylamagandi. Ichida takror-takror menikimas desin deb umid qilayotganida Misoning yengil jilmayishi, Namjoonning jim o'tirishi yuragini o'rtab o'tdi.
– E'tibor berma bu vaqtinchalik. Kichik ko'ngilsizlik. Seni ham Miraedek qaytadan ovutgim yo'q. Darsinga chop endi.
Namjoon Haenaga endi boraver degandek bosh silkib qo'yganidan so'ng sekin yurib chiqib ketdi. Uydan hafsalasizgina chiqib ozgina uzoqlikda Miraeni ko'rib oldiga yugurib bordi. Miraening yuzida Haena kutganchalik g'amginlik yo'q. Haena Miraega nima deyman, nima deb ovutaman deb ming hayollarni o'ylayotgandi.
- Miso keldi!
Mirea aksincha hayajonlanib, quvonchdan porlab qanotlarida yengil uchib ketishga tayyor kapalakday turardi oyoqlarida.
- Ko'rdim...ha...
- Ko'rdingmi? Qayerda?
- Hozirgina ko'rdim. Miso biznikida hozir.
Haena deyarli maqtangandek gapirdi.
- Ertalabdan ha?
Haena bosh irg'ab qo'ydi.
- Ketdik endi maktabga. Kech qolyabmiz.
Haena Miraedan o'zi gap boshlashini kutar, lekin shu vaqtning o'zida unga savol berishni ham istab, har dam, har damda og'iz juftlab qarab-qarab qo'yardi. Lekin uzoq vaqt ikkisi ham bir og'iz ham gaplashishmay ketishdi.
- Men kechasi uhlamadim.
- Nega?
- Kechasi bilan Miso bilan gaplashib chiqdik. Lekin umuman charchamayabman. Uyqum ham kelmadi.
- To'g'risi hech narsaga tushunmayabman. Nimalar bo'ldi o'zi kecha?
Bir tarafdan Misodan havotir olayotgani sabab sekingina so'radi buni. Dadasi hech narsa demadimi? Onasi Misoni ko'rib nima qildi. Bular haqida tasavvuri yo'q hayolida.
- Dadam uni kecha o'zi olib keldi. Miso avval yashagan uydan hamma narsalarni ko'chirib keishdi. Shuning uchun kech qolishibdi.
- Sen umuman bilmaganmding?
Haena sabrsizlanib so'radi. Barini batafsil bilishni istab Miraening gapini bo'lib qo'yganini sezmay qoldi.
- Qayerdan bilaman. Miso qaytib kelishi hayolimning bir chekkasiga ham kelgan emasdi. Tasavvur qilyabsanmi u to'satdan uyga dadam bilan kulib kirib keldi. Ichimga sig'madim quvonchdan. Oyim ham juda baxtli edi. Endi hammasi iziga tushdi.
Miraening hayajon bilan gapirishini Haena im diqqat bilan eshitb ketardi. Bu safar gapini bo'madi. Maktabga yaqinlashib qolishgan lekin yana orada jimlik bo'lib qoldi.

- Mir... Misoning oyog'iga nima bo'ldi?

- Miso menga qo'ng'iroq qilgandiku. Shunda dadam unga qo'ng'iroq qilgani uchun ekan. Qo'rqibdi gaplashishga. Uning syomkada jarohatlanganini eshitib undan havotir olgan ekanlar. Ha, sen havotir olma harakat qilsa hech qiyinchiliksiz yurib ketarkan. Ozrq vaqt kerak. Dam oladi. Uyda eski ishini qilmoqchi.

- Dasturlash esidan chiqmabdimi?

- Qaydam. Eslab ketar. Uning o'zi beqaror. Qarab tur yana nimadir o'ylab topmasa men ham ismimni Miso deb o'zgatiraman. O'zi bugun qaysi darslar bor. Ishonasami umuman dars qilmadim.

- Ishonmayman.

- Yo'q rostan bu safar...

- Mirae!

Maktabga kirib kelishimiz bilan maktab stadionida yugurayotgan bir guruh yigitlar orasidan biri ajralib chiqdi. U to'g'ri bizning oldimizga qarab bir tez yurib, bir yugurib kela boshladi. Uning sochi uzu emas, lekin yugurayotganida shamolda yengil uchib turishi uchun yetarli. Yigitlarning hammasi bir xil formada lekin unga boshqalarnikidan boshqacha yarashib turganday tuyulib ketdi. Uning bo'yi ham boshqalarnikidan uzunroqmi? Menga shunday tuyulyabdimi? U menga qarab kelyabdi. O'zimni qo'yarga joy topa olmayabman. Shu yerda turaveraymi yoki men ham ozroq unga qarab yurishim kerakmi? U rostan ham menga qarab kelyabd. O'zi kecha qilgan ishim uchun hali uyalyabman.

- Mir, sen mendan nimalarnidir yashiryotganingni sezyabman.

Haenaning to'satdan bunday ilmoqli gapirishidan o'zimga kelib unga o'rinli javob berib ulgurasimdan Jungkook odimga yetib kelib bo'lgandi.

- Darsga ketyabsizlarmi?

-Ha.

- Hali erta ku. Mirae men bilan yur.

-Hecham erta emas.

Jungkook Miraenng qo'lidan ushlab olgandi Mirae cho'chib ketdi hurkak qushday qo'lini tortib olishni ham, unga indamay ergashib ketishga ham ikkilanib Jungkookga qoldi.

- Olib ketaver uni. Darsgacha vaqt bor. Agar kech qolsa ham o'zim hal qilaman. Ketaveringlar.

- Haena!

Bu qiz ustimdan kulyabdi. Meni masxara qilishga bahona kerak bunga.

- Yugura olasanmi?

- A? Nimaga?

- Men bilan yugur.

U boshqa hech narsa demadi mendan javob ham kutib o'tirmasdan meni qoldirib yugurib ketdi. Meni yugurtirish uchun keldimi oldimga. Ertalabdan nia keragi bor. Haenaning ortidan ketsammikan u ham nima hayoliga kelsa shundan ssenariy tuzib bo'ldi. Tirjayib ketgandan sezdim o'zi.
— Kelyapsanmi?

— Qayergacha yugurish kerak?

Erinibgina so'radim uning ortidan baqirib. U mendan 10 qadamcha uzoqda edi.

— Uzoqda emas. Maktabdan chiqmaymiz ham.

— Yugurgim kelmayabdi.

— Unda sekin yuramiz. Darsga kech qolma deb yugur degandim.

— Baribir dars qilmaganman. Sekin yuraveraylik.

— Kel, ozroq yuguraylik.

Jungkook qo'l soatiga qarab qo'yib qandaydir umid ko'zlari bilan menga qarab gapirganiga yuragim boshqacha hislarni tuyib ketdi. U meni sehrlab olganga o'xshaydi. Aqlm va hislarim mos kelmayabdi. Unga taslim bo'lgim kelmayabdi lekin...

— Menga yetib ol!

Miraega tomon sekin ikkilanib yaqinlashib kelayotgan Jungkookning yonidan Mirae unga qarab kulib yugurib o'tdi. Jungkookning yuzi shunday yorishib ketdiki. Mirae buni ko'rib yuzi qizarib ketdi. So'ng orqaga qaramay tezroq yugura boshladi. Yetib olmasligi uchun.

"Mening har holda mening oyog'im jarohatlanmagan menga yetolmaydi" deb qo'ydi o'ziga.

Lekin adashgandi. Mirae og'ir nafas olib orada shodon kulib yugurib borayotganida yoniga Jungkookning yaqinlashganini payqab qolib, yo'lga qarash esidan chiqqarday yiqilayozdi. Jungkook shoshib uni tutib qoldi. Maktab bog'i yo'lagi o'rtasida ular to'xtab qolishdi.

​Miraening uzun sochlari shamolda huddi kinolardagidek yengil uchib turar, Jungkook Miraening qo'lidan birinchi marta ushlaganiga qaraganda mahkamroq ushlab olib, yuziga ilk marta yaqindan, juda yaqindan tikilib qaradi. Miraening uzun kipriklari ora-orada chiroyli ko'zlarini qizg'onib yashirgandek pirpirab turar, Jungkook Miraedan ko'z uzolmay qoldi.

​— Ko'zlaring juda chiroyli... Kipriklaring... ko'zlaringni qizgo'ngani uchun uzun bo'lsa kerak.

​Mirae kulib Jungkookni qo'lidan o'zinikini tortib oldi.

​— Nimalar deyabsan? Qayerga ketyatgandik?

​— Panjaragacha boramiz. Avval ko'rmagan manzarangni ko'rsatmoqchiman.

​Mirae Jungkookning oldida ketar, uni Jungkook orqadan kuzatib bordi. Ular o'sha joyga kelishdi.

​— Quyoshni qara. Chiroyli ha? Buni avval ko'rmaganing aniq

Miraening ko'zi quvonchdan chinakamiga porladi. Buni ko'rish Jungkookni ham hayajonlantirar, yana shu quvonchli yuzni ko'proq porlatgisi kelib ketdi.

​— Bu rostdan juda chiroyli. Quyosh chiqishi bu yerdan juda go'zal ko'rinarkan.

​— Aslida quyosh allaqachon chiqib bo'lgan. Yana ozroq kech qolsak buni ham ko'rolmasdik. Men buni ko'p kuzataman har doim ertalab mashg'ulotga kelganim uchun.

​Mirae jim turib shunchaki uzoqda lekin juda yaqindek ko'rinayotgan katta qizil quyoshga tikilib turardi. Ular shunday jim turaverishdi.

​— Tungi osmonni ham shunday yaxshi ko'rasanmi?

​Jungkook muhim nimadir esiga tushgandek shoshib so'radi Miraedan.

​— Ha. Menimcha buni hamma yoqtiradi.

​— Kel bugun tunda meteor yomg'irini birga ko'ramiz.

​— Bugunmi?

​— Ha.

​— Bilmadim... Mayli. Ruxsat olsam kelaman.

Mirae ketish uchun tayyorlana boshlab Jungkookning oldiga xayrlashish uchun keldi.

– Chiroyli manzara uchun rahmat. Ko'rishguncha.

— Mirae!

​Mirae endi orqasiga o'girilib ketarkan Jungkook uni chaqirdi. Mirae orqaga qaradi. Lekin Jungkook bir oz indamay turib qoldi.

​— Seni kutaman. Ko'changning boshiga borib xabar qilaman.

​Mirae Jungkookga qarab bir kulib qo'ydi. Bu unga berilgan eng yoqimli javobday bo'lib tuyuldi. Mirae yurib borarkan uzun sochiga quyosh nuri tushib sehrli parilarnikiday tovlanar, shamol ham uni erkalaganday avaylab silab o'tardi sochini. Bu holda u dunyodagi eng yoqimli va go'zal qiz edi. Bu Jungkookni battar hayajonlantirib yubordi.
​

​— Sen rostdan ham tushlarimdan kelgansan, malika...